Kognitiv buzilishlar:
- fikrini b ir joyga jam lay olm aslik, parishonxotirlik, xotira
pasayishi;
- bir qarorga kelishning qiyinligi;
www.ziyouz.com kutubxonasi
- o ‘zini, dunyoda bo‘layotgan voqealarni, kelajakni faqat yomon
fikrlar bilan o ‘ylash;
- fikrlar inertligi.
Depressiya diagnozini qo‘yish uchun yuqorida sanab o ‘tilgan
simptomlaming aksariyati kamida ikki hafta mobaynida kuzatilishi lozim.
Kasalliklaming xalqaro 10-tasnifida “Affektiv buzilishlar” rubrika-
siga quyidagilar kiritilgan: hozir kuzatilayotgan depresciv epizod,
rekurrent (takrorlanuvchi) depresciya, bipolyar buzilishlar (depressiya
va maniakal holatlarning almashinib turishi), siklotimiya va distimiyani
o'zida mujassam etgan kayfiyatning surunkali buzilishlari. Affektiv
buzilishlar klinikasidadepressiv epizodlar (kattadepressiya, unipolyar
yoki monopolyar depressiya, avtonom depressiya) alohida o ‘rin kasb
etadi. Shuningdek, ushbu tasnifda nopsixotik shaklga ega affektiv
buzilishlar ichida “Stress bilan bog‘liq nevrotik va somatik buzilishlar”
ham da “Aralash xavotirli va depressiv buzilishlar” farq qilinadi.
Agar xavotir va depressiya belgilari birgalikda namoyon bo‘lsa-
yu, biroq vegetativ buzilishlar ustunlik qilsa, unda depressiyaning
yengil turi haqida so‘z ketadi. Bunday holatni mutaxassislar “Xavotirli
depressiya” deb atashadi. Agar vegetativ buzilishlar "va depressiya
belgilari bir xil tarzda nam oyon bo ‘lsa, “Aralashgan xavotirli-
depressiv buzilishlar” tashxisi qo‘yiladi. Bularning ichida depresciv
epizod, odatda, to ‘la tuzalish bilan yakunlanadi, biroq, b a ’zi
bem orlarda vegetativ belgilar uzoq davom etadi. Tuzalgan b e
morlarning 30 foizida depressiya qaytalanishi mumkin. Bunday
paytlarda rekurrent (takrorlanuvchi) depressiv buzilishlar haqida
so‘z ketadi.
Depressiya diagnostikasida uning kechishini to ‘g‘ri baholash o ‘ta
muhimdir. Masalan, tibbiy amaliyotda ko‘p uchraydigan rekurrent
(takrorlanuvchi) depressiya, depressiv va maniakal bosqichlarning
almashinib turishi bilan kechadigan bipolyar buzilishlar b a’zi bir
diagnostik qiyinchiliklar tug‘dirish mumkin.
Xalqaro tasnifga muvofiq, depressiyaning yengil (subdepressiya),
o ‘rtacha va og‘ir turlari farqlanadi.
Depressiyani aniqlashdagi podiagnostika ко ‘p uchraydi va 10 ta
bem ordan bor yo‘g ‘i bittasi rnaxsus davolash muolajalarini oladi,
xolos. Somatik buzilishlar bilan namoyon bo'ladigan depressiyalarda
bemorlarga zarur bo'lm agan tekshiruvlar va shart bo‘lmagan dori-
darm onlar buyuriladi. Tabiiyki, bunday yo‘l kutilgan ijobiy natijani
bermaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Aytib o ‘tganimizdek, depresciya uchun kayfiyatning pasayishi,
fikrlar karaxtligi va harakatga bo‘lgan motivatsiyaning yo‘qolishi xosdir.
M ana shu uchta simptoinning uzoq vaqt birgalikda namoyon bo‘lishi,
depressiya diagnozini qo‘yishga asos bo‘la oladi. Depressiya bilan og‘rigan
bemorlarga dunyoni va atrofda bo‘layotgan voqealarni negativ tarzda
qabul qilish, o'zining hayotda tutgan o 'rn in i pessimistik ruhda
baholash, o ‘zini hech kimga keraksizdek his qilish o ‘ta xosdir. U lar
doim o xavotirda yashashadi, hech q an d ay faoliyatga qiziqish
boMmaydi, atrofdagi o'yin-kulgilarga va yaqinlarining taqdiriga e ’tibor
ham qilmaydi. U lar doimo xo‘rsinib yuradi, ularni chalg‘itish uchun
biror-bir ishga majburlash mumkin, biroq, uni hech qanday e ’tiborsiz
bajaradi va bem orning kayfiyati ko'tarilishiga bu ta ’sir qilmaydi.
Bem orlar uxlay olishmaydi yoki faqat uyqu bosaveradi, yom on
tushlar ko‘rib chiqadi. U lar tu rli-tu m an b o ‘lib, bem or tushida
birovlarni b o ‘g‘ib oMdirib yuradi, pichoqlaydi, olam dan o ‘tgan
yaqinlami va qonli voqealarni ko‘p ko‘radi. Bunday tushlar bem orlar
kayfiyatini yanada tushiradi va ahvolini og'irlashtiradi.
Depressiyaga ta ’rif bera turib, ushbu kasallik uch un xos b o ‘l-
gan yana bir xavfli belgini aytib o ‘tish lozim , ya’ni o ‘z joniga qasd
qilishga intilish. Shuning uchun ham depressiya barcha davlatlarda
ijtimoiy m uam m oga aylangan. Depressiyada anoreksiya ham ko ‘p
uchraydi.
Anoreksiya ovqat yeyishdan bosh tortish bilan nam oyon bo‘ladi.
Ruhiy shifoxonalarda depressiyaning og‘ir turi bilan davolanayotgan
va ovqatlanishdan butunlay bosh tortgan bem orlarni majburlab,
zond orqali ovqatlantirishga to ‘g‘ri keladi. Lekin bu m uam m oni
b a ’zi bemorlarga tushuntirish orqali yechish mumkin.
Past kayfiyat depressiya xuruji davrida doim o nam oyon bo‘ladi
va atrofdagi vaziyatning o ‘zgarishiga qarab o ‘zgaravermaydi. Biroq,
kun davomida kuchayib yoki kamayib turishi mumkin.
Aksariyat psixologlarning fikricha, depressiya kuchli, maqsadga
intiluvchan, biroq hissiyotga beriluvchan odam larda ko‘p kuzatiladi.
U larning depressiyaga tushishdan oldingi hayoti o ‘rganilganda,
quyidagi xususiyatlar aniqlangan:
-
depressiyaga uchragan shaxslarning o ‘ziga xos dunyoqarashi
bo'ladi, ular atrofdagi voqealarni o ‘z dunyoqarashidan kelib chiqqan
holda tahlil qiladigan va hissiyotga beriluvchan shaxslardir. U lar
ko'pincha, hayotdan qoniqmay yashashadi, erishgan yutuqlari ularni
qoniqtirmaydi, o ‘z faoliyatiga tanqidiy m unosabatda boMishadi, ular
www.ziyouz.com kutubxonasi
faqat marrani egallash uchun yashashadi. Shu bilan birga, ular
boshqalarning, masalan, hamkasblarining xatolarini topishni va
m aslahat berib yurishni xush ko‘rishadi. O datda, ular kuchli
odamlardir. Agar uning xatosini ko'rsatishsa, bundan qattiq aziyat
chekadi va shu odamni yoqtirmay qoladi.
- ular oilada ham, uyda ham aniq bir reja asosida hayot kechirishga
intilishadi, o ‘ta talabchan bo‘lishadi, bola-chaqasidan ham shunday
yashashni talab qilishadi. Bu, ko'pincha, oilaviy majoralarga sababchi
bo‘ladi.
- ular oila va ishdagi muvaffaqiyatsizliklarni va musibatli voqea-
larni og‘ir qabul qilishadi, ular ichkilikka ham tez ruju qo'yishlari
mumkin;
- ular yolg‘izlikni yoqtirishadi, biror bir ishni boshlashsa yoki
rahbarlardan topshiriq olishsa, uni mukammal bajarishga intilishadi.
Bunday odamlar arzimagan bahodan juda xursand va arzimagan
koyishdan qattiq xafa bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham ularning
jahlini chiqarish yoki kayfiyatini tushirish osondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |