Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Puerilizm  —  bolalar  xatti-harakatini  eslatuvchi  liolat  bo‘lib, 
yoshi  kattalarda  kuzatiladi.  U lar  bolalarga  xos  b o ‘lgan  qiliqlar 
ko‘rsatadi,  boladek  ingichka  tovush  chiqarib  gapiradi,  ko‘zlarini 
k atta-k atta  ochadi,  kipriklarini  pirpiratadi,  birov  gapirganda, 
og‘zini ochib turadi.  Bemor shu  qilig‘i bilan boshqalarning diqqatini 
o ‘ziga  jalb  qiladi.  Ammo,  bundan  oldin  orttirilgan  ko‘nikmalari 
saqlangan  b o ‘ladi.
Isterik  buzilishlarning  yana  bir  turi  —  bu  isterik  depressiyadir. 
Bunda  bem or  o ‘ta  past  kayfiyatda  boMadi  va  bu  qilig'i  bilan 
atrofdagilar diqqatini o‘ziga jalb etishga intiladi,  ularni o ‘ziga rahmdil 
bo‘l ishga chaqiradi. U  naqadar og‘ir ahvolda ekanligiga boshqalarning 
e’tibor berishlarini  xohlaydi  va  hokazo.
Isterik tutqanoq xuruji  ham keng tarqalgan simptomlardan biridir. 
Isteriyada  kuzatiluvchi  tu tq an o q lar  har  xil  b o ‘ladi  va  ularning 
epilepsiyada  kuzatiladigan  haqiqiy  tutqanoqlardan  farq  qiladigan 
tom o n i  ko‘pdir.  Isterik  tu tq an o q   hech  qachon  b em o r  yolg'iz 
qolganda  ro‘y  bermaydi,  chunki  unga  doim  tom oshabinlar  kerak 
bo'ladi.  Talvasa  tutganda,  bem or  birdan  yerga  yiqilib,  mushaklari 
tortishadi  va  talpina  boshlaydi,  lekin  boshi  bilan  qattiq  narsalarga 
urilmaydi.  U lar  tutqanoq  xuruji  paytida  o ‘ziga  qulay  joy  topib, 
biror joyiga  qattiq  shikast  yetkazmasdan  yiqilishadi.  Xuruj  paytida 
bem orlar,  odatda,  yoy  singari  egiladi  —  bunga  isterik  yoy  deb 
ataladi.  Bunday  fe’l-atvor  ko‘pgina  injiq  va  erka  bolalarga  xosdir. 
M asalan,  onasi  yangi  o ‘yinchoq  olib  bermaganda,  ular  do‘konda 
yerga  yiqilib,  qo‘l  va  oyoqlarini  yerga  urishadi,  goho  boshini  ham 
yerga urib qattiq chinqirab yig‘laydi. Agar qo‘rqib  ketgan ona bolasi 
so‘ragan  o ‘yinchoqni  olib  bersa,  bola  shu  zahoti  tinchlanadi.  Bu 
odat keyinchalik voyaga yetgan yoshda ham namoyon bo'lishi mumkin.
Isterik  xurujda  m ushaklar  tortishuvi  (xalq  orasida  buni  tomir 
tortishuvi deb ham atashadi)  ham m a vaqt  ham  kuzatilavermaydi va 
xilma-xil bo‘ladi, ularda soxtalik va atayinlik seziladi.  Masalan, bemor 
kishi  go‘yo  uni  kim dir  urm oqchi  bo'lgandek,  yuzini  qo‘li  bilan 
berkitadi,  qichqirib  yuboradi,  xo‘rsinib  yigMaydi  va  hokazo.  Isterik 
tutqanoqda bemorlarning es-hushi joyida bo‘ladi, ular tevarak-atrofni 
to ‘la  idrok  etishadi va unga  tegishlicha  reaksiya qilishadi.  Masalan, 
agar xuruj tutganini birov mazax yoki kalaka qilgudek bo'lsa, bemor 
darhol  xurujni  to ‘xtatadi  va  o ‘rnidan  turib  ketadi.  Xuruj  paytida 
bem or epilepsiyada bo'lgani kabi tilini tishlab olmaydi va bexosdan 
siyib  yubormaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


X afaqon  kasalligi  xuruji  yoki  yurak  xurujini  eslatuvchi  isterik 
tutqanoqlar  ham  ko‘p  kuzatiladi.  Yurakning  tez-tez  urishi,  bosh 
aylanishi,  ko'ngil  aynishi  va  hushni  yo‘qotish  bilan  kechadigan 
vegetativ  xurujlar  ana  shular jum lasidandir.  Xuruj  paytida  bem or 
boshdan-oyoq titraydi va hamma yerim qaqshab og‘riyapti deb noliydi. 
M e’da spazmi bilan kechuvchi xurujlarda qorinda kuchli og‘riq paydo 
boMadi,  bem or  to ‘lg‘anib  yotib  oladi,  qayt  qiladi.
Isterik nevrozda turli xil falajliklar ham kuzatiladi.  Isterik falajlar 
ba’zan  miya insultidan keyingi  klinik manzarani eslatadi.  Bu  manzara 
mutaxassis  boMmagan  kishining  fikrini  chalgMtishi  m um kin.  Isterik 
falajliklarda  reflekslar  va  m ushaklar  tonusi  o ‘zgarm ay  qoladi,  pa­
tologik reflekslar kuzatilmaydi.  Tananing qoq o ‘rta chizig‘i bo'ylab, 
falajlangan  tom onda  sezgi  ham   buziladi.  Periferik  falajlikda  kuza- 
tiluvchi  m ushaklar  atrofiyasi,  m ushak  kuchining  susayishi  qayd 
qilinmaydi.  Bordi-yu,  isterik  falajlik  n o to ‘g‘ri  davolansa  yoki  uni 
davolash cho‘zilib ketsa,  bem orda uzoq vaqt davom  etadigan oyoq- 
qoMlardagi  harakatsizlik  mushaklarning diffuz atroflyasiga sababchi 
bo‘lishi  mumkin,  xolos.
Isteriyaga  chalingan  b e m o rlard a  gipcrkinezlar  (beixtiyoriy 
harakatlar)  ham  kuzatilishi  mum kin.  Bu  harakatlar bem orda  haya- 
jonlanganda  kuchayadi  va  tinchlanganda  kam ayadi  yoki  butunlay 
to ‘xtaydi.  G iperkinezlar  isterik  xuruj  tugagandan  keyin  ham   yuz 
berishi  mumkin.  Ba’zan  bem orda falajliklar  g ip erk in ezlar  bilan 
birgalikda kuzatiladi. Isterik giperkinezlar  butun gavdaning silkinishi, 
titroq xurujlari,  bosh va oyoqlarning titrashi,  ayrim  m ushak guruh- 
larining  uchib  turishi,  qoMlarning  g ‘ayritabiiy  harakat  qilishi  bilan 
kechadi.  C hin  giperkinezlardan  farqli  oMaroq,  u lar  bem orning 
hissiy  holatiga,  ruhga  shikast  yetkazuvchi  vaziyatga  ko‘p  jihatdan 
bogMiq.  Bu  sim ptom lar  uzoq  vaqt  davom   etishi  va  arzim agan 
kelishmov-chiliklarda kuchayib ketishi  mumkin.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish