29-rasm. Psixoanalitiklar “M en”, “Super-men” va “Id ” orasidagi
munosabatlarni qaltis joyda otni boshqarayotgan chavandozga
о ‘xshatishadi; «Men»
— bu chavandoz,
«Super-men» —
atrof-muhit,
«Id» —
katta kuchga ega ot.
www.ziyouz.com kutubxonasi
to ‘xtatishi va o ‘zi xohlagan tom onga yo‘naltira olishi zarur, aks holda
u yiqilib qattiq jarohat oladi yoki halok boMadi. B a’zi vaziyatlarda
qachon to ‘xtash va qaysi tom onga yurish kerakligini chavandoz
emas, balki otning o ‘zi tanlaydi. M asalan, chavandoz uxlab qoladi,
charchaydi yoki kasallanadi.
«Men»ning (chavandozning) ahvoli «id»ning (otning) ahvoliga
qaraganda biroz murakkabroq. Chunki, «men» b ir to m o n d an atrof-
m uhitning, ya’ni tashqi olam ning qonun-qoidalariga am al qilishi
kerak, ikkinchi tom ondan kuchli otni («id» ni) boshqarishi kerak.
«Men» ham tashqi olamning, ya’ni «super-m en»ning talablarini,
ham «id»ning ehtiyojlarini qondirishi uchun doim xavotirda yashaydi.
Bu talablarni bajarish uchun «men» doim sergak boMib turishi kerak,
bu talablar bajarilmasa, aybdorlik hissi aynan uning b o ‘yniga tushadi.
Demak, «men» doimo o ‘zini himoya qilish yoMlarini izlaydi. Z.Freyd
nevrozlarning kelib chiqishini ushbu ziddiyatli munosabatlardan izlagan.
Keyinchalik Z. Freyd yaralangan harbiy xizmatchilarda ham nevroz
va isteriya holatlarini kuzatadi. Bu kasalliklarni jinsiy mayl bilan izohlab
boMmasdi, albatta. Endi Z.Freyd ong ostiga qam algan va qondi-
rilmagan ehtiyojlarni boshqacha yoM bilan qondirish yoMlarini izladi,
ya’ni u seksual faoliyatni boshqa faoliyat bilan alm ashtirish (sub-
limatsiya) mumkinligini ilgari surdi. Bu faoliyat nim a? U lar axloq
qonunlariga zid kelmaydigan faoliyatlar (fan, m adaniyat, sport,
ijod va h.k). Bu nazariyani Z. Freydgacha ham o'rganishgan. Biroq Z.
Freyd insoniyat yaratgan m adaniy boyliklarni an a shu xil evrilish
(sublimatsiya) mahsuli deb bildi.
U m um an olganda, psixoanalitik yoM bilan davolash nimaga
asoslangan? Oddiyroq qilib tushuntirganda, psixoanalitik bilan yolg‘iz
qolgan mijoz o ‘zini erkin q o ‘yib ko‘zlarini yarim yum gan holda
yotadi yoki bemalol o ‘tiradi va xayoliga kelgan b arch a fikrlarini
oqizmay-tomizmay so‘zlab beradi. Bu yerda birorta ham sir qolmasligi
va bem or uyalmasligi kerak. M a’noli so‘zlarm i, m a’nosizm i, bem or
ularni psixoanalitikka ochib tashlashi kerak, zarur boMsa, bu maqsadga
erishish uchun gipnoz ham qoMlaniladi.Ana shundagina, Z.Freyd
ta ’biri bilan aytganda, ruhiy poklanish, ya’ni «katarsis» ro‘y beradi
vatuzalish jarayonijadal kechadi. Z. Freydning fikricha, eng muhimi
m azkur assotsiatsiyalar ong tom onidan boshqarilm asligi kerak va
bem or fikrini erkin ifodalashi zarur. Psixoanalitiklarning ta ’kid-
lashicha, ana shundagina ong ostiga qamalgan istak- xohishlar va ong
tom onidan taqiqlangan ziddiyatli m uam m olar o ‘z yechim ini topadi
va natijada nevroz chekinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |