Z. Hakimova, Fardu magistranti N. I. Toirova, filologiya bo’yicha falsafa fanlari doktori



Download 46,5 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2022
Hajmi46,5 Kb.
#564167
  1   2
Bog'liq
maqola konferensiya


KOGNITIV TILSHUNOSLIKDA KONSEPTUAL METAFORANING TUTGAN O’RNI.
Z. Hakimova, FarDU magistranti
N.I.Toirova, filologiya bo’yicha falsafa fanlari doktori
Ba'zi nazariyotchilar metafora nafaqat stilistik, balki ular kognitiv jihatdan ham muhim ekanligini ta'kidlaydilar. “Biz yashayotgan metafora” asarida Jorj Lakoff va Mark Jonson metafora kundalik hayotda nafaqat tilda, balki fikr va harakatlarda ham keng tarqalganligini ta’kidlaydi. Metaforaning umumiy ta'rifini ko'p jihatdan bir-biriga o'xshamaydigan ikkita narsa boshqa muhim jihatdan qanday o'xshashligini ko'rsatadigan taqqoslash sifatida tasvirlash mumkin. Lakoff va Jonson har kuni ishlatiladigan metaforalarga bir nechta misollar keltiradi, jumladan, "argument - bu urush" va "vaqt - pul". Metafora kontekstda shaxsiy ma'noni tasvirlash uchun keng qo'llaniladi. Mualliflar aloqani mashina sifatida ko'rish mumkinligini ta'kidlaydilar: "Muloqot - bu mashina bilan qiladigan narsa emas, balki mashinaning o'zi.”1
Metafora asosida nom ko’chishi predmet, harakat, holatlarning keng ma’nodagi o’xshashligiga asoslanadi. Asos konkret, abstrakt bo’lishi mumkin. Metafora tuzilishiga ko’ra sodda va kengaygan, badiiy hamda lingvistik metaforalarga ajratiladi. Lingvistik metafora ekspressiv bo’lmagan atama, badiiy metafora ekspressivdir. Metaforaning ana shunday mohiyatini inobatga olgan holda o’zbek professori Rahmatulla Qo’ng’urov metaforaga shunday ta’rif beradi: “Metaforani yashirin o’xshatish deyish mumkin. Ammo u oddiy qiyosdan farq qiladi. Agar oddiy qiyos har doim ikkita a’zodan tashkil topsa (ya’ni nima qiyos qilinadi, nima bilan qiyoslanadi, qiyos qilinuvchi va qiyos qilinadigan predmet), metaforada faqat ikkinchi qism – o’xshatilgan narsa qoladi, o’xshagan narsa tushirib qoldiriladi va u kontekstda ochiq sezilib turadi. Demak, metaforada tasvirlanayotgan predmet ana shu ikkinchi qism orqali idrok qilinadi”.Ushbu fikrga qo’shilgan holda shuni ham aytish kerakki, sof lisoniy nuqtai nazardan, bizningcha, metaforani “yashirin o’xshatish” emas, balki “qisqartirilgan o’xshatish” deb qarash maqsadga muvofiqroq ko’rinadi. Metafora aslida nutqqa obrazlilik, emotsiya berish maqsadida narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanib, so’zlar va iboralarni ko’chma ma’noda o’xshatishdir.
Shotlandiyalik yozuvchi va shoir Stivensonning aytishicha, metaforani osongina aniqlab olish mumkin, chunki uni tom ma’noda qabul qilib bo’lmaydi, u matnning boshqa qismlari bilan “qo’shilmaydi”. U metaforalarni tarjima qilish muammosi bilan shug’ullanib, “tushunishni to’g’ridan to’g’ri tushunish kerak bo’lgan va tavsifiy ma’noda metaforaviy gapnng assotsiativ bilan ifodalanganini bildiruvchi jumla sifatida ta’riflash kerak” 2degan xulosaga keladi.
Mashhur tilshunos, nasr yozuvchisi A.G.Pol metafora haqida shunday ta’rif bergan: “ Metafora hali adevkat nomlarga ega bo’lmagan tasvirlar majmualarini belgilashning eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi.Metafora inson tabiatidan muqarrar ravishda kelib chiqadigan va namoyon bo’ladigan narsadir. O’zi nafaqat she’riyat tilida, balki va hatto eng muhimi odamlarning kundalik nutqida majoziy iboralar va rang-barang epitetlarga bajonidil murojaat qiladi.(Pol,p53).
Kognitiv tilshunoslik doirasida metaforani fikrlash tarzi sifatida batafsil tadqiq qilish E.Makkomakning “Metaforaning kognitiv nazariyasi” asariga bag’ishlangan bo’lib, u metaforani o’ziga xos kognitiv jarayon sifatida belgilaydi.
Ko’plab tilshunoslar metaforaning semantik noaniqligi haqida gapiradilar. Demak, uning ikkitomonlamaligining mohiyatini amerikalik shoir va yozuvchi K.Peyl shunday ifodalagan: “Metafora ikkilik paradoksidir. Metafora ham yolg’on, ham haqiqat: bir ma’noda to’g’ri, majoziy ma’noda va boshqa ma’noda noto’g’ri.(CH.Pyle). Olim quyidagi misolni keltiradi: Bob – ilon, bu ibora to’g’ri bo’lishi mumkin(Bob ayyor), va u yolg’on bo’lishi mumkin(Bob haqiqatan ham ilon emas). Keyinchalik K.Peyl “an’anaviy ramziy mantiq qonunlariga zid ravishda tilda paradoksikal ikkilik mavjud” degan xulosaga keladi. Kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan, metafora ustida bir qancha olimlar tadqiqot o’tkazganlar. Ular orasida M.Osborn, J.Jeyns, E.Kassier, N.F. Alfirenko, J.Lakoff, M.Jonson kabi olimlarning ishlari asosiy o’rin egalaydi.
“Blendning nazariyasi” deb nomlanuvchi qarashni yaratgan olimlar – M. Terner va J.Fokone fikriga ko’ra, kognitiv metaforalar murakkab dinamik va integratsion jarayonni namoyon etib, yangi – qorishiq mental maydonlar yaratilishiga sabab bo’luvchi hodisadir3. Rus olimi N.S.Valgina esa metaforalar biridan- biriga o’tib boruvchi uch xil ma’nolar yig’indisidan iborat, deb hisoblaydi: 1) to’g’ri ma’no – factual axborotni ifodalaydigan ma’no; 2) ko’chma ma’no – konseptual axborotni ifodalaydigan ma’no; 3) qayta anglangan ma’no (ramz) – ichki axborotni ifodalaydigan ma’no(tagma’no)4.
Kognitiv metaforalar nazariyasiga ko’ra, metaforalashtirish asosida bilim tuzilmalari (freym va ssenariylar) o’rtasidagi o’zaro aloqa jarayoni yotadi. J.Lakoff hamda M.Jonson fikriga ko’ra, verbal tuzilmada eksplitsit ifodalanmagan mazmun freymlar haqidagi bilimlar asosida keltirib chiqariladi5. Hozirgi vaqtda kognitiv metaforalar nazariyasi ko’plab sohalarga tatbiq etilgan bo’lib, bilish, tushunchani kategoriyalashtirish, konseptuallashtirish, baholash va olamni tushuntirishning samarali usularidan biri hisoblanadi. Kognitiv metaforalar haqidagi nazariyalarga asoslanib, bu hodisaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: kognitiv metafora – shaxs kognitiv faoliyatiga xos hodisa bo’lib, bir tushuncha yoki hukm haqidagi bilim tuzilmalari asosida ikkinchi tushunchani yoki hukmni konseptuuallshtirishdir. Masalan: Matvey Semyonovich yal-yal yonayotgan qip-qizil, yirik yoqutni ta’zim bilan ola ekan, uning qiymati juda baland ekanini sezdi(P.Qodirov. “Humoyun va Akbar” romani) gapidagi baland so’zining metaforik ma’noda qo’llanilishiga matn tuzuvchining tezaurusida uzual holatda mavjud bo’lgan NARX BU – VERTIKAL UZUNLIK tuzilishidagi kognitiv metafora asos bo’lgan. Buni nutqimizda qo’llanuvchi narxi pasaydi, narxi o’rtacha, narxi baland, narxi osmonda kabi birikmalar ham isbotlaydi.
Adabiy tilning bir qismi sifatida metaforadan foydalanish tinglovchiga biror bir ibora yoki fraza orqali nima nazarda tutilayotganini yaqqol anglashlari va ko’z oldilariga keltirishlari uchun katta yordam beradi



Download 46,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish