Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.O’smirning ijtimoiy-pedagogik qarovchizligini qanday izohlaysiz?
2.Ichkilikbozlik sabablari va ularni bartaraf etish yo’llari.
3. Ota-onalar bilan ishlashning o’ziga xos yo’nalishlari.
4. Ichkilikbozlikni oldini olishda ijtimoiy-pedagogning faoliyati asosiy vazifalari.
Giyohvandlik – deviant xulq shakli sifatida.
Butun dunyoda sog’lom turmush tarzini izdan chiqarayotgan asr vabosi hisoblangan illatlardan biri giyovandlikdir. Giyovandlik deganda eyforiya holatini keltirib chiqaruvchi moddalarga ishtiyoq tushuniladi.
Eyforiya-haqiqiyahvolga mos kelmagan holda kayfiyatning ko’tarinki bo’lishi holatidir. Giyovand moddalarni iste’mol qilish nafaqat alohida shaxsga balki jamiyatga ham zarar keltiradi. Ijtimoiy tibbiy sohada giyovand moddalarni iste’mol qilishning ikki turi mavjud: 1) giyovand giyovand moddalarni iste’mol qilishni o’z ixtiyori bilan chek qo’yishi mumkin bo’lgan holat, 2) u bu ishni qilishga qurbi yetmaydigan holat. Giyovandlikning ijtimoiy pedagogik
yo’nalishda o’rganish uni giyovandlikka jismoniy yoki ruhiy tobelik bilan xarakterlanadigan deviant xulq-atvor shakli ekanligini aniqlasa bo’ladi. Bu tobelik bolani jismoniy yoki ruhiy ishdan chiqishiga, shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasiga olib keladi. Giyovandlikning turlaridan biri taksikomaniya hisoblanadi.
Taksikomaniyada giyovand modda o’rniga organizmga benzin kabi maishiy kimyo vositalar kiritiladi.Taksikomanlar odatda 13-14 yoshli o’smirlar bo’lib, ular o’z organizlarining zaharlanishi oqibatlarini tushuna olishmaydi. Taksikomaniyaning xavfi shundaki bolalar organism zaharlanishi natijasida yo nobud bo’lishadi yoki shunga olib boruvchi harakatlar sodir etishadi.Taksikoman tirik qolgan taqdirda ham bola organizmiga zaharli moddalarning ta’siri juda yomon oqibatlar-nogironlik, aqlinorasolikka olib keladi.Giyovandlik hozirgi kunda quyidagi sabablarga ko’ra jiddiy muammo hisoblanadi:-o’smir yoshidagi giyovandlarning ommaviy ko’payishi.
-qimmat turuvchi va kuchli ta’sir ko’rsatuvchi narkotik moddalarni iste’mol qilishning keng tarqalishi. -giyovand bolalar va o’smirlar ijtimoiy maqomining o’zgarishi.
Agar 5 yil avval bular asosan noxush oilalarda voyaga yetgan farzandlar bo’lsa, hozirgi kunda giyovand bolalar va o’smirlar safi yuqori daromadli oilalar farzandlari bilan to’lib bormoqda. Bu oilalardagi o’smirning moliyaviy erkinligi, yuqori bo’lmagan axloqiy normalar alohida yoshlar submadaniyatini shakllantirishga olib keldi. U submadaniyatlarda yetakchi qadriyat vazifasini erkin vaqt o’tkazish bajaradi. Giyovand moddalar esa muayyan hayot tarzining xususiyati hisoblanadi.
Mashhur dikotekalar, rok-yulduzlar konsertlari giyovand moddalar iste’mol qilinadigan xavfli joylarga aylangan. Bugungi kunda garchi bir dozasi uchun narxi 50-150$ bo’lsa ham kokoin, geroin, “ekstozi” tabletkalari kabi giyovand moddalarni iste’mol qilish katta xavf tug’dirmoqda. birinchi iste’mol qilish bosqichi “yarim giyovandlik” bosqichiga aylanib unda o’smir turli narkotik vositalarni qayta-qayta iste’mol qila boshlaydi. Turli narkotiklarni iste’mol qilgan o’smir ularning ichidan
birini tanlab oladi. Bu yerda chetga chiquvchi xulq-atvorning kasallikka aylanishi haqida gapirish mumkin. Chunki, kerakli narkotik turi tanlangach giyovandning avval ruhiy, so’ngra jismoniy tobeligi boshlanadi.
O’smirlik davrining qiyinchiliklari haqida yuqorida to’xtalib o’tilgan edi. O’smir guruhlar o’z xususiyatlariga ega bo’lib, ular: -kattalarning g’amxo’rligiga qarshi chiqish -tengdoshlar bilan guruhlarga birlashish kabi o’smir xulq-atvor reaksiyalari bilan bog’liq.
O’smirning giyovandlik xulq-atvori asosida ma’lum sabablar yotadi:
1. Shaxsning xarakteri ko’rsatkichlari
2. Ruhiy va jismoniy og’ishlar uning shaxsiyatiga turli omillar ta’siri:
a) biologik omillar-narkotik vositalarga nisbatan bag’rikenglik, kasallik, charchoq munosabati bilan giyovand moddalar qabul qilish;
b) ruhiy-eyforiya holatini boshdan kechirishga qiziqish, o’zini namoyon qilishga intilish, ijobiy ijtimoiy qiziqishlarning yo’qligi, ruhiyatning buzilishi;
v) ijtimoiy tengdoshlar guruhlari, moddaning ta’siri;
d) ijtimoiy madaniy va submadaniyatning ta’siri-ba’zi yoshlar guruhlari narkotiklarni hayotning ajralmas bo’lagi deb hisoblashadi;
e) yoshlarning givandlashuv muammolarini uzoq vaqt oshkor qilmasliklari;
j) sobiq mafkuraviy va ijtimoiy institutlarning barham topishi, o’smirlarning g’arb madaniyati bilan qiziqib qolishlari;
z) narkotiklarga yetishish mumkinligi.
Yoshlar giyovandigi bilan shug’ullanayotgan pedagoglar va olimlar o’smirlarning giyovand moddalarni iste’mol qilishlari sabablari haqida o’z nazariyalarini ilgari surmoqdalar. Bu nazariyalarning mazmuni va nomlanishi ular qaysi omillarni eng muhim deb hisoblashlariga ko’ra aniqlanadi.
Programmalashtirish nazariyasining tarafdorlari (G.A.Shichko, E.I.Bextel,
A.N.Mayurov, S.N.Sheverdin, F.G.Uglov, A.A.Gabiani, A.I.Durandina, Dj.di Djennaro va boshqalar) ijtimoiymadaniy omilni yaqqol ajratib, o’smir spirtli ichimlik, giyovand moddalarni iste’mol qilishi jamiyatda keng tarqalgan ichish-chekish an’analari, spirtli ichimliklar reklamasi, atrofdagilarning yomon namunasi oqibati deb hisoblashadi.
Demak, o’quvchilarni information va psixologikantialkogol himoya bilan qurollantirish lozim. ijtimoiy pedagogik qarovsizlik nazariyasi tarafdorlari (D.V.Kolesov, V.Guldman, M.Raytenberg, A.F.Boyko, B.S.Bratus va P.I.Sidirov) bolalar va o’smirlarning giyovand xulqatvorini mikro ijtimoiy muhitning noxush sharoitlari va o’smirning psixologik xususiyatlari keltirib chiqaradi deb hisoblashadi. Muammoning yechimini bu nazariya tarafdorlari o’quvchilarning ijtimoiy pedagogik qarovsizliklarini oldini olishda deb ko’rsatishadi.Bulardan kelib chiqqan holda shunday savol tug’iladi-voyaga yetmaganlarning giyovand bo’lib qolishlariga nima sabab bo’lmoqda? Bunda hammasi muayyan bir shaxsga bog’liq. Giyovandlikning nafaqat o’zi, balki ashxs rivojlanishi, uning ijtimoiy hayotda ishtirok etishi uchun yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi ham salbiy hodisadir.
Giyovandlik oqibatlari 3 turga ajratiladi: biologik, ijtimoiypsixologik va jinoiy.Biologik oqibatlarga faollik, shaxsning quvvat zahirasining tushishi, biologik ehtiyojlarning kamayishi (ovqat, uyqu), qarshilik ko’rsatishning pasayishi, bola organizmining barbod bo’lishi kiradi.
Ijtimoiypsixologik oqibatlarni bolaning axloqiy degradatsiyasi deb xarakterlasak bo’ladi. Avval unda giyovand modda iste’mol qilishdan boshqa qiziqishlari va ehtiyojlari pasayadi, so’ngra umuman yo’q bo’lib ketadi.
Giyovand moddaga qiziqish butun hayotning o’rnini bosadi. Atrof-muhit giyovand tomonidan giyovand moddalarni topishni va iste’mol qilishni og’irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi nuqtai nazardan baholanadi. Jamiyat bilan foydali ijtimoiy aloqalar uziladi (giyovand do’stlaridan ajraladi, o’qishni xohlamaydi). Ruhiy qulay holat faqatgina giyovand moddaning kerakli me’yori iste’mol qilinganda yuzaga kelishi mumkin.
Giyovandlikning jinoiy oqibatlari biologik va ijtimoiy psixologik oqibatlar bilan
izohlanadi. Bu o’zaro aloqaning mexanizmi quyidagi ko’rinishga ega. Giyovand o’z qiziqishi,ehtiyojlarini qondirish uchun o’qishni yoki ishini tashlashi kerak. Chunki uning vaqti faqat giyovand moddalar izlash bilan o’tadi. Ularni doimiy xarid qilishga mablag’ yetishmaganligidan giyovand ularninoqonuniy yo’l bilan qo’lga kiritish yo’llarini izlaydi (o’g’irlik, talon-taroj orqali). Pul yo’q bo’lgan hollarda narkoman o’z maqsadiga yetishish uchun har nimaga xatto qotillikka ham tayyor bo’ladi. Narkotik vositalarni noqonuniy ishlab chiqarish, qo’lga kiritish, saqlash yoki sotish,
O’quvchilar militsiya va narkologik statistikani, tumandagi giyovandlik vaziyatni o’rganishadi, bolalar uylariga borishadi. Barcha to’plangan materiallar pedagog-tashkilotchi qo’llariga to’planadi va uzoq muddatli o’yinni yakunlaydigan teatli sahna ko’o’rinishi uchun ishlatiladi. Uzoq muddatli o’yin o’quvchilarning giyovandlikka qarshi faoliyati bilan ham bog’liq. Unda o’quvchilar mustaqil ravishda giyovandlikka qarshi adabiyotlarni o’rganishadi, referat va dokladlar tayyorlashadi, giyovandlikka qarshi reydlarda ishtirok etishadi, mahalliy giyovandlik holatini o’rganish bo’yicha mustaqil tadqiqotlar olib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |