Birinchi vazifasi – diagnostika qilish. Bu faoliyat bolalarni spirtli ichimliklarga o’rganishlari xavfi omillarini yo’qotishga qaratilgan. Bu vazifa spirtli ichimlik iste’mol qilishga odatlangan bola haqida ma’lumotlar to’plash yo’li bilan amalga oshiriladi. Pedagog bolaning xususiyatlarini o’rganadi, uning oilasi haqida ma’lumotlar to’playdi, bolaga yomon ta’sir ko’rsatish manbalarini o’rganadi, spirtli ichimlik ichishga o’rgatuvchilarni aniqlaydi, mikromuhitning bolaga ta’sirini o’rganadi.
Ma’lumotlar to’plash bolaning o’zi bilan. Uning ota-onalari. Sinf rahbari bilan suhbatlar, so’rovlar (og’zaki yoki yozma ravishda) amalga oshiriladi. Bundan tashqari standartlashtirilgan intervg’yu olish, kuzatish, oila va bolaning hujjatlarini o’rganish usullarini ham qo’llaniladi.
Ikkinchi vazifasi – taxmin qilish, uning mazmuni pedagog birinchi vazifasi asosida pedagog alkogolizmga berilgan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat dasturini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi.
Uchinchi vazifasi – ta’lim-tarbiyaviy. Bu faoliyat ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmunini hamdauni amalga oshirish metodlarini tanlashni ko’zda tutadi. Pedagog bolaning ijtimoiy-reabilitatsiyasi jarayonida uning qaysi sifatlari tarbiyalanishi kerakligini aniqlaydi, bolaning ta’lim va tarbiyasidagi kamchiliklarini yo’qotadi.
To’rtinchi vazifasi - huquqni himoya qilish. Pedagogik o’z faoliyatini huquqiy asosda qurishi kerak, bu bolaning huquqlarini himoya qilishni hamda ularga rioya qilishni bildiradi.
Beshinchi vazifasi – tashkilotchilik. Bu bola bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib borishda turli mutaxassislarning ishtiroki va birgalikda ishlarni olib borishlarini talab etadi.
Oltinchi vazifasi – kommunikativ. Uning mazmuni ijtimoiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ma’lumotlar almashish maqsadida uning ishtiroklari o’rtasida ko’plab aloqalar o’rnatilishi zaruriyati yuzaga kelishidan iborat bo’ladi.
Yettinchi vazifasi – oldini olish – profilaktik, bu faoliyat olingan yaxshi natijalarni mustahkamlash va ichkilikbozlik va alkogolizmning takrorlanishi mumkinligini yo’qotishni ta’minlaydi.
O’zining faoliyatida ijtimoiy pedagog uchta asosiy rollarda ishtirok etadi:
- maslahatchi sifatida, u ota-onalar va bolalar o’rtasida janjalsiz, tortishuvsiz, kelishib munosabatlarda bo’lish muhimligi va mumkinligi haqida oilaga ma’lumotlar beradi.
- konsulg’tant rolida, oilaviy, mehnat, boshqaruv va jinoiy qonunchilikni hamda psixologik, pedagogik, ijtimoiy pedagogik masalalarini tushuntiradi.
- ota-onalar yoki yaqin atrofidagilari tomonidan bolaning huquqlari buzilgan hollarda himoyachi sifatida harakat qiladi.
Bola bilan ishlar olib borishda quyidagi maqsadlar ko’zlanadi:
Kichik yoshdagi maktab o’quvchisida o’kishga intilishni shakllantirish (bola spirtli ichimlik iste’mol qilishga odatlanganda odatda maktabda o’qishida jiddiy muammolar yuzaga keladi va o’qishni istamaydi qoladi).
Irodasi, o’z qadr-qimmatini xis etish kabi shaxsiy sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish
Ishlash metodlari: yorqin emotsional hikoya qilish, namoyish etish, ko’rsatib berish, syujetli-rolli o’yinlar.O’smirlik davrida,11 yoshdan boshlab, kattalar bolalarga o’z ta’sirlarini yo’qota boshlaydilar va o’z tengdoshlari bilan munosabatlar katta ahamiyatga ega bo’la boshlaydi. O’smirning ijtimoiy mavqei qanchalik past bo’lsa, uning guruhga ta’siri shunchalik past bo’ladi. Shuning uchun u o’zi istamagan ijobiy harakatlarni amalga oshiradi.Ijtimoiy pedagog ishida asosiy e’tiborni quyidagi yo’nalishlarda guruhlar bilan ishlashga qaratishi shart:
Alkogolizm sabablari va oqibatlarini oldini olish bu- ishni alkogolizm bilan bog’liq mavzuda guruhli munozaralar yoki roli o’yinlar o’tkazish yordamida amalga oshirish mumkin.
O’smirlarni bo’sh vaqtlarini tashkil qilish, chunki mazmunsiz vaqtni o’tkazish o’smirlarning spirtli ichimliklar iste’mol qilishlari rivojlanishi xavfi asosiy omili hisoblanadi.
O’smirda alkogolga qarshi ishonchini shakllantirishga qaratilgan alkogolga qarshi tarbiyalash.
Maktab pedagogik jamoasiga alkogolizmgi qarshi bilimlar berish. Alkogolga qarshi tarbiya elementlarini maktab doirasida fanlarga kiritish mumkin. Masalan, “Davlat va huquq asoslari” faniga “alkogolizmga berilib ketish oqibatida ota-onalik huquqlaridan ma’hrum etish” mavzusini kiritish mumkin; “Tarix” faniga “Qoloq xalqlarni ularni qul qilish maqsadida kolonizatorlar tomonidan spirtli ichimlik berib mast qilishlari” mavzusini va boshqalarni kiritish mumkin.
Ijtimoiy pedagogning vositachilik faoliyati – bu oldini olish ishlariga faqatgina o’kuvchilarning ota-onalarini emas, balki militsiya xodimlarini, rayon poliklinikasi shifokorlarini, jamoatchilikni ham jalb qilishdan iborat bo’ladi.