3. Tibbiy-biologik yondoshuv-bu yondoshuvning mohiyati ijtimoiy me’yorlardan oq’ishganlikning oldini olishda tibbiy-profilaktik xarakterdagi turli psixik nosoq’lom shaxslarga munosabat-biologik darajada bo’lishi lozim. Agar insonda psixik (ruhiy) rivojlanishi, soq’liq’ida turli nuqsonlar bo’lsa, u o’z ruhiy xususiyatlariga asosan ma’naviy-axloqiy me’yorlarni buzishi mumkin. Bu holatda insonga uni o’zgartirib bo’lmaydigandek qaraladi. O’smirda bunday psixik nosoq’lomlikni o’z vaqtida aniqlash juda muhimdir.Chunki, ular umuman hayolga kelmaydigan harakatlarni sodir etishlari mumkin. O’smir psixiatr mutaxassislar ko’rigidan o’itkazilib, shunga muvofiq tibbiy davo choralari ko’rilishi lozim.
4. Ijtimoiy-pedagogik yondoshuv-bu yondoshuv mohiyati o’smirni deviantlik xulq-atvoridagi shaxsiy xususiyatlarini qayta tiklash yoki to’q’rilashdan iborat. Ayniqsa, uning axloqiy-irodaviy shaxsiy xususiyatlarini qayta tarbiyalash shart. O’smirlarda, ularning irodaviy xususiyatlari, xulq-atvorida quyidagilarni shakllantirish lozim:
o’z so’zi va ishining egasi bo’lish;
o’smirning jinoyatga boshlovchi, jamiyatga zarar yetkazish kabi illatlarga bo’lgan qiziqish va harakatlarini to’xtatish;
hozirgi davrda muhim bo’lgan masalalar bilan band qilish;
huquqqa qarshi bo’lmagan, puxta o’ylab chiqilgan maqsadlarni qo’yish.
Erki bo’lmagan inson flyugerga o’xshaydi, shamol qay tarafga essa o’sha tomonga o’giriladi. Bunday insondan ijtimoiy me’yorlarni buzish, jinoyatchilikni kutish mumkin. Uni yengillik bilan aldash, o’zgalarning so’zlariga quloq solishi. o’zga axloqiy qarash va baholarga oq’dirish oson. O’zga axloqiy qarashlarga ergashib, u huquqbuzarlik va ahloqsizlik xulq-atvoriga ega bo’ladi. Bunday insonlarni tarbiyalashda jamiyat tomonidan unga erkinlik va huquqlarini berib, uni o’z-o’zini boshqara olishga o’rgatish zarur.
5. Sakntsiyalarni qo’llash. Bu yondoshuv mohiyati huqukbuzarlik qilgan insonni jinoiy qonunlar asosida jazolash turadi.Biroq, jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, bu samara bermaydigan holat bo’lib, jamiyat tomonidan qattiq sanktsiya bo’lib hisoblanadi, xalos. Shu sababli ijtimoiy oq’ishganlik sabablarini aniqlash va bartaraf etishda bu faqatgina yordamchi vosita bo’lib hisoblanadi.
Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada me’yorning o’z ko’rsatkichlari, parametrlari (o’lchami), tavsifnomalari mavjud. Me’yorga muvofiq bo’lmagan holatlar barchasi boshqa so’z “me’yordan oq’ishlik” deb yuritiladi.Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan oq’ishlik” tushunchalari juda muhimdir. Ular bolaning ijtimoiy xulq-atvori rivojlanish jarayonini xarakterlash uchun qo’llaniladi.Xulqiy oq’ishlik negativ va pozitiv xarakterga ega bo’lishi mumkin. Masalan, me’yordan xulqiy oq’ishlik holati bola rivojlanishida ham aqliy norasolik va qobiliyatlilik bo’lib ifodalanishi mumkin.Bola xulq-atvoridagi bunday negativ xulqiy oq’ishlik jinoyatchilik, alkogolizm, giyohvandlik va boshqalar sifatida insonning (nafaqat insonning, balki jamiyatning) ijtismoiy shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Xastalik – inson soq’liq’idagi har qandy yo’qotish, psixik yoki jismoniy funktsiya anatomik tuzilmasi elementlari, faoliyatdagi biror-bir qiyinchilikning aniqlanishidir.
Cheklangan imkoniyat – inson uchun yehyordagidek hisoblanadigan har qanday cheklanish yoki o’z faoliyatining yo’qolishi (nuqsonning ko’pligi yoki asorati) yoki inson faoliyati doirasidagi har qanday cheklanishlar.
Layoqatsizlik (nogironlik) – inson soq’liq’idagi nuqsonlar asorati yoki cheklangan imkoniyat, me’yoriy qaysidir rolning bajarilishiga to’siq bo’lgan, yosh ko’rsatkichlari, jinsiy yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqadigan holat.
Pedagogik me’yordan oq’ishlik. Bu shunday tushunchaki, hozircha pedagogika va ijtimoiy pedagogikada juda kam qo’llaniladi. Pedagogik me’yorlarda eng avvalo standartlar ko’zda tutiladi. Ular ta’lim darajalarini belgilab beradi. Ta’limni egallaganlik yoki egallay olmaganlik me’yordan oq’ish me’yorlari haqida fikr yuritish mumkin. Pedagogik me’yorlar bo’lib, mamlakatda qabul qilingan umumiy ta’lim standartlar hisoblanadi. Bu standartlarga muvofiq ma’lum yoshdagi bola, shu davrga muvofiq darajadagi ta’limni o’zlashtirishi, o’rta ma’lumot (9-sinf)ni olishi va o’rta maxsus yoki kasb ta’limini olgan bo’lishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) ga muvofiq umumiy o’rta ta’lim (9-sinf) hamma uchun majburiydir.Shu baza asosida mustaqil ta’lim sifatida majburiy bo’lgan o’rta maxsus yoki kaab ta’limi o’qish muddati uch yil davomida amalga oshiriladi. Biroq o’rta ma’lumotni olmagan bolalar ham bor,o’zi mustaqil kasb ta’limi faoliyati turlarini egallay olmaydigan bolalar ham uchrab turadi. Bunday bolalarning o’qishga hoxishi yo’qligi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasb faoliyati bilan shuq’ullana olmasligi kabi xususiyatlari birlashtiradi. Shunday holatlarlardan kasb ta’limiga ega bo’lmagan bolalar kelib chiqadi.Bu me’yordan oq’ishganlikni bartaraf etishda mutaxassisning ijtimoiy-pedagogik yordami zarur bo’ladi.