Mustahkamlash uchun savollar 1 .Me’yor tushunchasini qanday tushinasiz
2.Me’yordan orqada qolish haqida nima bilasiz.
3.Ijtimoiy burishlar nima?
4.Qaysi davrda o’spirinning axloqiy rivojlanishi shakllanadi?
Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati. Ijtimoiy pedagogikaning tamoyillari. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzlukso’z talim tizimda amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o’quv yurtlarida olib boriladi: o’rta kasbiy ta’lim muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta’lim maktablari (Institut va univsrsitetlar). O’rta kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflarla va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O’rta ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga qiyin vaziyatlarpi singab itishda yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko’maklashuvchi faoliyat turlarini tashkillashtirish.
Bolalarning rivojlanishi uchun zarur hart-haroitlar yaratish, ularning ota—onalari bilai hamkorlik qilish, o’z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o’qib borishdan iboratdir. O’rta kasbiy ta’lim bilim yurtini tugatgach ular oliy ta’lim muassasida o’z iqishini davom ettirishi mumkin. Ijtimoiy pedagog faqat o’qituvchi emas, bola qanday o’qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir.
U bola shayotini, kechinmalarini huddi o’zinikidagidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo’llanmalar bera oladigan mutaxassis bulmog’i kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog fakat o’z fanini bo’libgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o’z ustida ishlaydigan inson bo’lish muhim ahamiyatga ega. Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o’quvchi inson moshiyatini anglaydi.
O’z hayoti dovomida inson to’g’risida xosil qilingan tushunchalar asosida, shaxs haqiqiy fuharo bo’lib yetishadi. Insonparvarlikka asoslangan ta’lim - ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funksiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyoharashi yaxlitligini ta’minlaydi.
Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, ko’nikma, malaka, malaka berish, ularning insoniy dunyoharashini shakllantirishdan iborat. U bo’lajak fuharolar tomonidan insonlar faoliyatining turli sohalarida insonparvarlik g’oyasi va qadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo’lib xizmat qiladi.
Ta’limda zamonaviylik – ta’lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajribada sinalgan didaktikaga oid yangiliklar, faol metodlar va shakllar, tartib – qoidalarni joriy etishning majburiyligi milliy dastur g‘oyasidir. Ta’limning taraqqiyot darajasi uning mazmuniga kiritilayotgan fan – texnika yangiliklari bilan tavsiflanadi.
“Ta’limda intellektual sohani rivojlantirish – ta’lim oluvchining fikrlashini (bilishini, ijodini) xotirasini, diqqatini, aql sifatlarini (teranlik, egiluvchanlik, tejamkorlik, mustaqillik), fikrlash ko‘nikmalarini (ajratish, qo‘shish, tahlil va h.k.), bilish (ta’lim oluvchilarni qarama – qarshilik va muammolarni ko‘rish, savollar qo‘yish, farazlarni ilgari surish va h.k.), o‘rganishni bilishini rivojlantirish, predmetga oid bilim, o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni.
Ta’limda bevosita iroda sohasini rivojlantirish – ta’lim oluvchida maqsadga intilishni shakllantirish jarayoni bo‘lib, unda asab va muskullarning zo‘riqishini yenga olish, tashabbuskorlik, o‘z kuchiga ishonish, o‘zini boshqara olishni rivojlantirish, bilimlarni o‘qitish (qanday faoliyat ko‘rsatish), faoliyatni rivojlantirish, uni qanday amalga oshirish va nazoratni tashqi ko‘nikmasiz olib borish kabi qobiliyatlar muhim hisoblanadi.
Ta’limda motivatsion sohani rivojlantirish – ta’lim oluvchining intellektual bilimlarga, tabiatni anglashga, jamiyatga, insonga fikrlash va bilish qonuniyatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini shakllantirish jarayoni.
Ta’limda ematsional sohani rivojlantirish – ta’lim oluvchida o‘z hissiyoti va ruhiy holatlarini boshqarish bo‘yicha zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni bo‘lib, unda ortiqcha xavotirni yengish va o‘zini xolisona baholash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlikni tarbiyalash muhim hisoblanadi10 Ta’limda metodologik hayot tajribasiga ziddiyatli holatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi:
ijtimoiy-shaxsiy hayotiy tajribasiga asoslangan muntazam davom etadigan jarayon hisoblanadi;
real vaziyatdan kelib chikib, ziddiyatli holatlarida ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi;
mavjud amaldagi holatga doim moslashish jarayoni hisoblanadi;
shaxslararo aloqalarni qamrab oladi;
shaxsning shakllanish jarayonini yo’naltiradi.
Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari — "Ijtimoiy pedagog" mutaxassisi "pedagog" so’zidan olingan bo’lib, avvalo o’qituvchi ma’nosini anglatadi. Shu bois mazkur lavozimning joriy etilganidan sung aynan o’qituvchilarning birinchi ijtimoiy psdagoglar bo’lgani ajablanarli emas. Ijtimoiy pedagoglarni qayta tayyorlash bo’yicha kurslar tinglovchilarinipg aksariyat qismini dam o’qituvchilar tatiqiq etadi. Yana shuni ta’kidlamoq joizki, ijtimoiy psdagoglarnipg kasbiy taysrgarligi ham pedagogik oliy o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. Pedagog - o’qituvchining kasbiy faoliyatida ko’pgina umumiyliklar mavjud. Bu ikkala kasbning ham ob’ektn bola, uning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishidir. Bu narsa ularning yaqinligini yana bir bor tasdiqlaydi.
O’z navbatida mazkur mutaxassiliklarning kasbiy faoliyati ularning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga imkon beruvchi bir qator tafovutlarga ham ega. O’qituvchi o’zining asosiy ta’lim berish vazifasini bajarar ekan, yosh avlodga bilim va jamiyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy madaniyat tajribasini o’rgatadi. Ushbu jarayonda bola tarbiyalanadi va shakllantiriladi. Ijtimoiy pedagogning diqqat markazida esa bolani jamiyatga moslashib ketishiga yordam berishdir.