1. «Ikki qismli kundalik» metodi.
«Ikki qismli kundalik» metodi darsning yangi mavzu o`rganilayotgan qismida yoki yangi terminlar, tushunchalarni mustahkamlashda foydalaniladi.
Bu metod bilan ishlash asosan yozma shakli amalga oshiriladi.
Bunda o`quvchi o`zining konspekt daftarini ikki qismga ajratadi.
Yangi o`rganilgan tushuncha, ta’rif yoki izohlar daftarning birinchi tomoniga yoziladi. Ikkinchi tomoniga esa har bir o`quvchi berilgan ta’rifdan kelib chiqib, o`z ta’rifini bir nechta variantda yozishi kerak. Masalan:
Berilgan ta’rif
|
Ta’lim oluvchining ta’rifi
|
|
|
«Mantiqiy chalkash zanjirlar» metodi.
Xronologik yoki sabab – oqibat zanjiridan iborat 5 - 6 ta alohida takliflar, matndan jumlalar, gaplar, iboralar, rasmlar orqali ifodalashlar, she’rlar, ko`chirib olinadi. Har qaysisi alohida qog’ozga tushirilib, chalkashtirib joylashtiriladi.
Guruh ushbu yozuv tushirilgan qog’ozlarni to`g’ri tartibda tiklab, joylashtirib, to`g’ri ketma - ketlikda joylashishi haqida tushuntirib berishi kerak bo`ladi. Keyin esa matnni o`qish davomida, guruh taxminlarining to`g’ri yoki noto`g’riligini tasdiqlab berilishi kerak.
7- AMALIY MASHG’ULOT.
Mavzu
|
Ijtimoiy- pedagogik texnologiya strukturasi va mazmuni. Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyalari.
|
Mashg’ulot shakli
|
Bilimlarni chuqurlashtirishga va mustakamlashga, talabalarning mustaqil fikrlashini shakllantirishga qaratilgan seminar mashg’uloti
|
Mashg’ulot rejasi
|
T Bosqichlilik - ijtimoiy - pedagogik texnologiya strukturasi va uni amalga oshirish jarayonining asosiy xususiyati sifatida. Ijtimoiy - pedagogik texnologiyani tanlash jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi. Ta`lim muassasasining yo‘nalishi, ijtimoiy - pedagogik vazifalar bilan bog‘liqligi. Ijtimoiy - pedagogik tashhis, istiqbollari, rejalashtirish, boshqarish va baholash.
|
Adabiyotlar
|
1. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston”, 2017
2. Kieron Hutton. “Social pedagogy in UK”. -Angliya. Russel House Publishing, -2013.
3. Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.
4. Mavlonova R. va boshqalar “Ijtimoiy pedagogika” T.: Istiqlol, 2009 y.
|
Mashg’ulotning maqsadi
|
Mavzu bo’yicha bilimlarning chuqurlashtirilishini ta‘minlash.
|
Pedagogik vazifalar
|
Mavzuni mustaqil o’rganish malakalarini shakllantirish;
Mavzu bo’yicha bilimlarni chuqur o’zlashtirish va mustahkamlashga yordam berish;
Guruhlarda hamkorlikda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish;
O’z nuqtai nazariga ega bo’lish, mustaqil ishlash qobiliyatlarini o’stirish;
Mantiqiy xulosa chiqarishga ko’mak berish;
|
Metodlar
|
Interfaol metod va texnologiyalar
|
O’qitish vositalari
|
Ma‘ruzalar matni, elektron doska, yangi adabiyotlar
|
O’qitish shakllari
|
Jamoa va guruhlarda ishlash, kartochkalar bilan ishlash.
|
O’qitish shart-sharoitlari
|
Texnik vositalar bilan ta‘minlangan va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya
|
Mustaqil ish
|
Ijtimoiy - pedagogik tashhis, istiqbollari, rejalashtirish, boshqarish va baholash.
|
Nazorat va baholash
|
Og’zaki va yozma nazorat, o’z-o’zini nazorat qilish, reyting, savol-javob.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |