Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent



Download 3,71 Mb.
bet127/220
Sana22.07.2022
Hajmi3,71 Mb.
#840098
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   220
Bog'liq
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Tengdoshlari bilan muloqotda:
tengdoshlari bilan yonma-yon o’ynay oladi;
tengdoshlari bilan muloqotga kirisha oladi;
tengdoshlari bilan salomlasha oladi;
tengdoshlarini ismi bilan chaqiradi;
olgan taassurotlarini boshqa bolalar bilan o’rtoqlasha oladi;
tengdoshlari bilan o’yin qoidalarini birgalikda kelishib oladi;
tengdoshlari bilan muloqotda o’z fikrini ayta oladi;
tengdoshlari bilan yuzaga kelgan nizolarni bartaraf eta oladi;
tengdoshini so’z orqali baholay oladi;
tengdoshiga oddiy takliflar, iltimoslar bilan murojaat qiladi;
o’yin davomida tengdoshiga sherik sifatida qaraydi;
tengdoshlari bilan muloqotda dialogik nutqdan foydalanadi.
Maktabgacha ta’imga tayyorgarlik: jismoniy, psixologik,pedagogic intellektual, kommunikativ, xissiy-irodaviylik tushuniladi.


Karlik-eshitishning turg‘un yo‘qolishi bo‘lib, unda mustaqil holda nutqni egallash, hattoki quloqqa yaqin bo‘lgan masofada bo‘lgan nutqni aniq idrok etish imkoniyati bo‘lmaydi. Total (to‘liq) karlik juda kam uchraydi. Ko‘pincha karlikda baland nonutqiy tovushlar, quloq suprasiga yaqin masofadagi ba’zi nutqiy tovushlarni idrok etish darajasida bo‘lgan eshitish qoldiqlari saqlanib qoladi. Audiometr tekshiruvi eshitishning 80 dbdan yuqori darajada yo‘qolganligini ko‘rsatadi.
Zaif eshituvchilik- eshitishning turg‘un pasayishi bo‘lib, unda ushbu eshitish qoldig‘i asosida nutqiy zaxirani minimal holatda mustaqil ravishda egallash, murojaat etilgan nutqni quloq suprasiga yaqin masofada idrok etish imkoniyati bo‘ladi. Audiometr tekshiruvi eshitishning 80 db kam bo‘lmagan pasayishini ko‘rsatadi.
4. Eshitish muammolari holatidagi nutqning rivojlanish darajasi va tavsifi qator sabablar bilan bog‘liq bo‘lib, R.M.Boskis 4 omilni ajratadi: Eshitishning buzilish darajasi.
1. Eshitish muammosining kelib chiqish vaqti.
2. Eshitish muammosi yuzaga kelgandan so‘ng bola uchun yaratilgan pedagogik sharoit.
3. Bolaning individual (yakka) xususiyatlari.
Yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda eshitish qoldiqlari bir xil bolalarning nutqiy rivojlanishlari turlicha ko‘rinishga ega bo‘lishi kuzatiladi. Ushbu mezonlarga tayangan holda R.M.Boskis har ikki guruhdagi eshitishida muammolari bo‘lgan bolalarni o‘z navbatida yana ikkitadan guruhga bo‘ladi:
Karlar:
1. Tug‘ma yoki erta kar bo‘lib, nutqi bo‘lmagan karlar.
2. Kech kar bo‘lib, nutqi saqlangan karlar.
Zaif eshituvchilar:

  1. Nutqida qisman chetga chiqishlari (nutqning grammatik tuzumida ba’zi chetga chiqishlari, ya’ni qo‘shimchalarni noto‘g‘ri qo‘llash yoki tushurib qoldirish, ba’zan talaffuz muammolari) bo‘lgan zaif eshituvchilar;

  2. Chuqur nutqiy muammolari bo‘lgan, ya’ni lug‘at zaxirasi o‘ta chegaralangan ( nutqi qisqa, noto‘liq so‘zlardan, grammatik tuzumi so‘z-gapdan, bo‘g‘in- so‘zlar qatoridan iborat) zaif eshituvchilar.

Shunga ko‘ra, R.M.Boskis va S.A.Zikov eshitmaydiganlar ta’lim-tarbiyasi ularning nuqsonlariga moslab emas, balki ushbu nuqsonni yengish yoki zaiflashtirishga qaratilgan sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilishini ta’kidlaydi (S.A.Zikov 1938 y, 1970 y.)
Ko‘zi ojizlar maktabiga quyidagi bolalar qabul qilinadi:
1) yaxshi ko‘z markazining ko‘ruv o‘tkirligi korreksiya qilinganda 0,04 dan past bo‘lganlar;
2) ko‘z nervining lat yeyishi, ko‘z to‘rining pigment distrofiyasi, retinitlar, xorioretintlar, sariq dog‘ distrofiyasi; ko‘z xiraligi tez o‘tkirlashib boradigan kasallik, gidroftalma va glaukomaning boshqa turlari, shuningdek, ko‘rish qobiliyatining tez kamayib borishi bilan xarakterlanadigan kasalliklar vaqtida yaxshi ko‘ruvchi ko‘zida markaziy ko‘ruv o‘tkirligi korreksiya qilinganda 0,05 - 0,08 ga teng bo‘lgan bolalar;
3) ko‘rish maydoni 35° gacha konsentrik toraygan yoki skotoma kasaliga uchraganlar.Zaif ko‘ruvchilar maktabiga quyidagi bolalar qabul qilinadi:
a) boshqa ko‘rish funksiyalari (ko‘rish maydoni, yaqindan ko‘rish o‘tkirligi)ning, patologik jarayonning shakllariga va o‘tishiga qarab yaxshi ko‘ruvchi ko‘zning markaziy ko‘ruv o‘tkirligi kor­reksiya qilinganida 0,05-04 doirasida bo‘lganlar;
b) katarakta, afakiya, uzoqni ko‘rishlik, uzoqni ko‘ruvchi asstigmatizm, yuksak darajadagi uzoqni ko‘ra olmaslik va statsionar holat bilan xarakterlanadigan uzoqni yaxshi ko‘rmaslik asstigmatizmi bo‘lganida yaxshi ko‘ruvchi ko‘zining markaziy ko‘rish o‘tkirligi korreksiya qilinganida 0,05 D dan yuqori bo‘lgan bolalar;
v) tez-tez takrorlanib turadigan keratitlar, iridotsiklitlar, uventlar bo‘lganida, yaqinni ko‘rishlik 10 D dan ortiq va uzoqni ko‘rishlik 10 D dan ortiq bo‘lgan yoki yaqin masofada ishlaganda kamol topadigan ostenopik hodisalar ro‘y berib, assigmatizmi 0, OD dan ortadigan xollarda markaziy ko‘ruv o‘tkirligi yuqoriroq bo‘lgan bolalar.
g) barcha hollarda bolalar oddiy optik oynalar yordamida kor­reksiya qilinganida ko‘rish qobiliyatini belgilaydigan jadvalning 9- shriftini kamida 15 sm masofadan o‘qiy olishlari lozim.
Ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar sog‘lig‘i tufayli va boshqa sabablarga ko‘ra qabul qilish yoshidan 1-2 yil, ba’zan esa undan ko‘proq vaqt o‘tib ketgan bo‘lsa ham maktabga qabul qilinadilar. Maktabgacha tarbiya guruhlariga 6 yoshli bola­lar qabul qilinadilar.
Ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar maktabiga quyidagilar yuborilmasligi lozim:
a) aqliy jihatdan g‘oyat qoloq, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar (imbetsillik, idiotiya darajasidagi oligofreniya);
b) hatti-harakatida juda katta kamchiliklari bo‘lgan va emotsional-irodaviy sohasi buzilgan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi psixopat bolalar;
v) mustaqil harakat qilish va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkonini bermaydigan harakat sohasidagi chuqur buzilishlari bo‘lgan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar;
g) ko‘r-kar-soqov bolalar.Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar maktabiga bolalar respublika, viloyat, shahar yoki tuman tibbiy-pedagogik komissiyasining qarori asosidagina yuboriladilar.Komissiyaning tegishli qarorisiz bolalarni maktabga qabul qilganligi uchun maxsus muassasa rahbari shaxsan javobgardir.

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish