103
vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmasligi, ya‘ni yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan
bog‘lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo‘lmaydi.
Muammoli vaziyat har
qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda o‘quvchi-talaba mashaqqat talab
qilgan tushuncha yoki faktning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo‘lgan vazifa,
masala bo‘yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:
- o‘quvchi-talabaga notanish bo‘lgan faktning mavjud bo‘lishi;
- vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko‘rsatmalar, yuzaga kelgan
bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatlarni hal etishda o‘qituvchi o‘quvchi-talabalar faoliyatini
fikr yuritishning mantiqiy operatsiyalari: tahlil, sintez, taqqoslash,
analogiya,
umumlashtirish, tasniflash va xulosa yasashga yo‘naltiradi.
Muammoli vaziyatlardan o‘quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi
mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin.
Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni
muammoli dars shaklida o‘tish tavsiya etiladi. O‘qitish jarayoniga muammoli
darslarni qo‘llash uchun o‘qituvchi quyidagi masalalarni hal qilishi kerak bo‘ladi:
o‘quv dasturi bo‘yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o‘tish
mumkinligini;
- mavzu matnidagi masalalar bo‘yicha
muammoli vaziyatni keltirib
chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik,
sistemalilik, mantiqiylik, ketma-ketlik, izchillik prinsiplariga
amal qilishi;
- o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni
ta’minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o‘z o‘rnida va samarali
foydalanish yo‘llarini belgilashi zarur.
Professor N.Azizxo‘jaeva muammoli vaziyatning ma’nosini
quyidagicha
ta’riflagan, ya’ni muammoli vaziyat o‘quvchi-talabalarga ma’lumotlar, bilimlar
bilan yangi dalillar, hodisalar, vaziyatlar orasidagi dialektik qarshiliklar bo‘lib,
ularni tushunib olish uchun ilgari olgan bilimlarining etishmasligidir
2
. Bu qarama-
104
qarshiliklar (tushunmovchiliklar) ijodiy bilimlarni o‘zlashtirish uchun
harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat xususiyati quyidagilardan iborat:
- o‘quvchi-talabalar uchun noma’lum yangilik mavjudligi;
- muammolarni o‘zlari hal etishlari;
- shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni o‘zlari
o‘rganishga harakat qilishlari;
- nima noma’lum ekanligini bilib, ma’nosini tushunib, uni hal etishga intilish
kabilar.
Yuzaga kelgan muammolarni tahlil qilib fikr yuritish, o‘quvchi-talabalarning
mustaqil aqliy faoliyatini rivojlantirishning muhim talablaridandir. Bunday fikr
yuritish o‘quvchi-talabani shu narsani anglay olmaganligini tushunib etib, bu
gapning ma’nosiga jiddiy ravishda e‘tibor berishga qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: