Boshlangʻich sinfda matematika oʻqitish metodlari. Induksiya,deduksiyava analogiya
Parmanova M BT207
1.Matematik induksiya.
2.Matematik induksiya usulida misollar yechish .
3.Matematik dedukskiya
4. Matematik deduksiya usulida misollar yechish
5.Analogiya metodi.
Reja
Induksiya – ma’lum miqdorda yakka holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni kuzatish orqali, shu kuzatishlarga tayangan holda ishlab chiqarilgan umumiy xulosa chiqarish. Bu usul bo’yicha, oldin ko’p miqdordagi obyekt yoki jarayonlar yaxshilab kuzatiladi, o’rganib chiqiladi, keyin ushbu kuzatishlardan yagona, umumiy xulosa chiqariladi. Induksiyada mantiq asosiy o’ringa ega emas, tajriba birlamchi ro’lga ega. Faktlardan qoidaga qarab, yakka holdagi ko’plab o’rnaklardan yagona umumiy xulosaga qarab boriladi. Xususiy holatlar, fikrlardan umumiy bir xulosa ishlab chiqiladi.
Hаr qаndаy mulohаzаni ikki xilgа: umumiy vа xususiygа bo‘lish mumkin:Hаr qаndаy uchburchаkdа ichki burchаklаr yig‘indisi 180o gа teng.
Hаr qаndаy juft son ikkigа bo‘linаdi; bu jumlаlаr umumiy.
Аgаr: 1. To‘g‘ri burchаkli uchburchаkdа o‘tkir burchаklаr yig‘in-disi 90o gа;
2.56 songa bo‘linаdi desаk, bulаr xususiy mulohаzаlаr (tаsdiqlаr) bo‘lаdi.
2-misol. (Qiziqarli masala). Bir boy dehqonning otini sotib olmoqchi bo’ldi, lekin otning 1000 so’mlik bohosi unga ko’p ko’rindi. Shunda dehqon boyga otning taqqalaridagi mixlarni arzon bahoga sotib olishni, otni esa sovg’a sifatida olib ketishni taklif qildi va mixlarning birinchisiga 1 tiyin, ikkinchisiga 2 tiyin, uchinchisiga 4 tiyin, to’rtinchisiga 8 tiyin va hakazo, har bir keying mixga avvalgisidan ikki baravar ko’p to’lashni so’radi. Boy bu shartga rozi bo’ldi. Har bir taqada 6 ta mix bor. Boy otni necha so’mga sotib olgan?
YOUR TITLE
Add Your Title
Add Your Title
Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text
Add Your Title
Add Your Title
Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text
Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text
Deduksiya – oldindan mavjud bo’lgan bir umumiy haqiqat, umumiy prinsipning o’ziga xos tartibli fikrlash va mantiq qoidalariga asoslangan holda, maydaroq, yakka holatlarga tadbiq qilinishiga aytiladi. Deduksiyada umumiy bir gipoteza hayotdagi mavjud yakka holatlar orqali tekshirib chiqiladi. Bu umumiy prinsip oldindan mavjud, va holatlarni faqatgina bu prinsipni tekshirish, tatbiq qilish uchungina o’rganiladi. Bu yerda birlamchi o’rinda mantiq turadi; tajriba esa ikkilamchi hisoblanadi.
Birinchi sinf o`quvchilariga yig`indi bilan qo`shiluvchi orasidagi bog`lanishni tushuntirish uchun bolalarni xulosaga induktiv yo`l bilan olib kelamiz. Ko`rsatmalilikdan foydalanib, oldin hamma doirachalar qanchaligi topiladi (1+2=3).
1+2=3
Shundan keyin 1ta qizil doiracha surib qo`yiladi, bunda bolalar 2ta ko`k doiracha ya’ni ikkinchi qo`shiluvchi qolishiga ishonch hosil qilishadi (3-1=2). Shundan keyin 3ta doirachadan 2ta ko`k doiracha ayirilsa 1ta qizil doiracha, ya’ni birinchi qo`shiluvchi qolishiga ishonch hosil qiladilar (3-2=1).
3-1=2
3-2=1
Shundan keyin boshqa sonlar hamda boshqa ko`rsatmali materiallar bilan bir qatorda shunday mashqlar bajariladi va bolalarning o`zlari ushbu umumiy xulosani ifodalashadi; agar yig`indidan birinchi qo`shiluvchi ayirilsa, ikkinchi qo`shiluvchi qoladi, agar yig`indidan ikkinchi qo`shiluvchi ayirilsa, birinchi qo`shiluvchi qoladi.
Analogiya metodi – shunday xulosaki, bunda predmetlar ba’zi belgilarning o`xshashligi bo`yicha ham o`xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi. Analogiya “xususiydan xususiyga boradigan”, bir konkret faktdan boshqa konkret faktlarga boradigan xulosadir.
Masalan, uch xonali sonlarni qo`shish va ayirishning yozma usullarini ko`p xonali sonlarni qo`shish va ayirishga o`tkazish analogiya usulini qo`llashga asoslangan. Shu maqsadda metodik adabiyotlarda ko`p xonali sonlarni yozma qo`shish va ayirish bilan tanishtirishda shunday misollarni yechish tavsiya qilinadiki, bunda har bir navbatdagi misol oldingisini o`z ichiga oladi.
Analogiya metodi
Boshlang`ich maktabda matematika ta’limining maqsadi – o`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o`z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini hayotga tadbiq qilish hamda ta’limning ikkinchi bosqichida o`qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta’minlash.
Matematika bo`yicha standart ko`rsatkichlari bolalarda natural sonlar va nol to`g`risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko`nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlar va arifmetik amallarni qo`llay olishga o`rgatish, eng sodda geometrik shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo`lish hamda og`zaki hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilishdan iboratdir.
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |