ANNOTATION
This textbook is intended for students of 5112100 - Technological education
and teachers of "Technology" in secondary education, which includes the goals
and objectives of the discipline, methodological bases, historical development,
didactic bases, classification of teaching methods, research methods, integration
with applied sciences, use of innovative pedagogical technologies in teaching
science, course work on technology teaching methods, final qualifying work and
methodological requirements for pedagogical practice.
Ma’sul muharrir:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori,
dotsent.
Qo‘ysinov Odil Almurotovich
Taqrizchilar:
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professori, pedagogika fanlari nomzodi
M.M. Axmetjanov
Buxoro davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari doktori
H.O.
Jo‘rayev
4
KIRISH
Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishda yurtboshimiz tomonidan belgilab
berilgan bir qancha strategik masalalarga asosan ta’lim sohasini modernizatsiya
qilish, ijtimoiy-iqtisody jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali
kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali,
kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularni
intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida
shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi bir qancha dolzarb vazifalar
belgilab berilgan.
Ushbu dolzarb vazifalarni amalga oshirishda barcha fan sohlarini tubdan
takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘grisidagi Qonuni”,
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilab berilgan davlat ta’lim standartlari
asosida tog‘ri ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Mazkur o‘quv qo‘llanma ham barcha berilgan talablar asosida ishlab
chiqilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarining “Texnologik ta’lim” yo‘nalishida
tahsil olayotgan talabalar hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi Texnologiya fani
o‘qituvchilari uchun qo‘llanma sifatida tavsiya qilinadi.
O‘quv qo‘llanmada davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq
Texnologiya faniga qo‘yilgan talablar, ushbu fanning boshqa fanlar bilan aloqalari,
shuningdek Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi fanining malaka talablari,
o‘qitish shakllari, fanning tadqiqot metodlari, didaktik tamoyillari, didaktik
tizimlari, texnologiyalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan hamda fanning
laboratoriyalari va ustaxonlariga qo‘yiladigan talablar va boshqalar bayon qilingan.
Ilmiy didaktik ma‘lumotlar, kuzatishlar shundan dalolat beradiki, mazkur
qo‘llanma talaba yoshlarning idroki va tasavvuriga ta’sir ko‘rsatib real borliqning
ayrim jihatlarini to‘liq anglash, ijodiy qobiliyatlarini mukammallashtirish, bilish
faoliyatlarini rivojlantirish, iroda, his tuyg‘ularini takomillashtirishni yo‘lga
qo‘yishni, yoshlarni kasbiy, ijodiy bilim, ko‘nikma va malakalarini chqurroq
o‘zlashtirish imkonini yaratadi.
5
Shuni inobatga olib, Texnologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan
talabalar hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan
Texnologiya fani o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan “Texnologiya fanini o‘qitish
metodikasi” deb nomlangan o‘quv qo‘llanmada fanni o‘qitish sohasi, maqsadi,
vazifalari, didaktik tizimlari, o‘qitish metodlari tasnifi va ularning o‘ziga xos
pedagogik-psixologik xususiyatlari to‘g‘risida ilmiy-metodik hamda didaktik
masalalar yoritilgan.
Shuningdek qo‘llanmada o‘quv mussasasida bo‘lishi lozim bo‘lgan o‘quv
ko‘rsatmali metodlar, shakllari, texnologiyalarining muhimligi, texnologiya fani
o‘quv-tarbiya jarayonlarini samaradorligini oshirishdagi ahamiyati, ko‘rgazmali
qurollar, tarqatma materiallarni tayyorlash haqida ham ma’lumotlar bayon
qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |