‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I


-§. Qadimgi Turon, Turkistonda ilk diniy-falsafiy



Download 7,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/295
Sana19.05.2023
Hajmi7,77 Mb.
#940670
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   295
2-§. Qadimgi Turon, Turkistonda ilk diniy-falsafiy
ta’limotlarning vujudga kelishi va rivojlanishi
Qadimgi Turon zam inida dastlabki diniy-falsafiy qarashlar 
m iloddan oldingi V I11—V asrlardayoq shakllana boshlangani 
m a’lum.
Miloddan aw algi VI asrdan to milodning III asrigacha bu 
yerda zardushtiylik va u bilan bog‘liq bo‘lgan dualistik dunyo­
qarash tarqalgan edi. Zardushtiylik faqat din bo'lib qolmay, balki 
o ‘sha davrning hukm ron m afkurasi,ijtim oiy-siyosiy, axloqiy- 
falsafiy qarashlarining mushtaraklashgan ifodasi edi.
Z ard u shtiy lik n in g nazariy asosi bun d an 2800 yil oldin 
vozilgan 
,,Avesto“ 
adabiy yodgorligining mazmuniga kirgan diniy- 
falsafiy g'oyalardir.
,,Avesto“da qadimgi kishilaming inson, ijtimoiy munosabatlar, 
tabiat va uni bilish yo'llari haqidagi tasaw urlari um umiy tarzda 
ifoda etilgan.
Zardushtiylikning jam iyat tarixi to ‘g‘risidagi g'oyalari Tavrot 
va Q ur’ondagi tasaw urlarga juda yaqin bo'lib, unda tasvirlangan 
birinchi odam — Ilmadir. Boshqa odam lar undan tarqalgan. 
Ilm aning hukm ronlik davri oltin davr hisoblanadi. U davrda 
odamlar o'lim nimaligini bilmagan. Xudo — Axura Mazda abadiy 
bahorni yaratgan. N atijada, odam lar baxtli va farovon yashadilar. 
Lekin bir paytga kelib, odam lar gunoh ish qilib qo'yadilar, ya’ni 
taqiqlangan m olning go'shtini yeydilar. Shunda Axra M anyu 
(„ A m m a n ") — yovuzlik Xudosining qahri kelib, odamlarga qor 
va sovuqni yuborgan. Ilma odam lar va mollarni sovuqdan saqlab 
qolish uchun uy qurib, unga barcha tirik narsalardan bir juftdan 
joylashtirgan. Shundan keyin tarixning 
birinchi davri
— oltin davri 
tugab, 
ikkinchi davri
— yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurash
42


davri boshlanadi. 
Uchinchi davr —
insoniyatning kelajagi davridir. 
Bu davrda qadimgi odam larning baxt-saodat, adolatli jamiyat 
haqidagi orzu-umidlari ushaladi. Yaxshilik va yomonlik o ‘rtasidagi 
kurashda Xudo Axura Mazda g‘olib chiqib, baxtli hayot saltanati 
qaror topadi, o'lganlar tiriladi, gunohkorlar jazolanadi.
Zardushtiylikda o ‘sha davrning huquqiy va axloqiy qarashlari 
ham o ‘z ifodasini topgan. Zardushtiylikning axloqiy majmuasida 
mehnatsevarlik, adolat, halollik, yaxshilik asosiy o'rinni egallaydi. 
,,Avesto“da ibtidoiy davrdan feodal davrgacha bo'lgan axloqiy 
qoidalar o 'z aksini topgan. Zardushtiylikning axloqiy asosini uch 
narsa — 
ezgu fikr, ezgu so ‘z
va 
ezgu amal
tashkil etadi.
Yaxshi fikr Axura Mazda Xudosining hislati (ramzi), yomon 
fikr esa — A m Manyu Xudosining xislati hisoblanadi. Zardushtiylik 
jamiyatda odamlar tinch yashashi, bir-biriga samimiy munosabatda 
bo'lishi, bir-biriga yordam qilishi g'oyalari tarafdori bo'lib, 
shafqatsizlik, zo'ravonlik, shuhratparastlik, hasad qilish, tuhmat, 
jahlga yo'l qo'yish, va’daga vafosizlik kabi illatlarni qoralaydi.
Zardushtiylikda insoniy burch faqat axloqiy yo'l-yo'riqlarni 
o'zlashtirishdan iborat bo'libgina qolmasdan, balki oilaviy turmush, 
yaxshi yor va farzand to'g'risida ham o'ylash ekanligi ta ’kidlanadi. 
Umuman,zardushtiylikda oilaviy burch va farzand tarbiyasi masalasi 
alohida o'rin tutadi.
Zardushtiylikda O 'rta va Yaqin Sharadagi huquqiy qarashlar 
ham o 'z ifodasini topgan. Q adim zam o n lard an beri kishi­
larning jamiyatdagi munosabatlarini tartibga solib turuvchi urf- 
odatlar va axloqiy qoidalar mavjud bo'lgan. Zardushtiylikda ular 
Axura Mazda Xudosi nomidan ilohiy qonun darajasiga ko'tariladi. 
,,Avesto“da huquqiy qoidalar tartibli tarzda ifoda qilingan bo'lmasa 
ham, o'sha davrning huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan va 
ularni to 'g 'ri aks ettirgan.
Shakllangan va rivoj topgan qadimgi Sharq jamiyati asoslari 
milodning II—III asrlariga kelib asta-sekin yemirila boshlaydi. Uning 
zam inida feodal m unosabatlar rivoj topadi. Bu jarayonning 
murakkab va ziddiyatli kechishi o'sha davrlardagi falsafiy qarashlarda 
ham aks etdi. Shuning oqibatida zardushtiylikdan yangi oqim — 
moniychilik kelib chiqadi. Bu ta ’limotning asoschisi M oniy degan 
kishi bo'lib, u 216—217-yillarda tug'ilgan va 276-yilda Jundishopur 
shahrida qatl etilgan.
M oniy ta ’lim oticha, olam da nur dunyosi — yaxshilik va 
zulmat dunyosi — yovuzlik mavjud. U lar o'rtasida abadiy kurash 
boradi. Lekin, pirovard natijada yaxshilik tantana qilishi, inson
43


o ‘z xulqi va butun hayoti bilan yorug‘likning zulm at bilan 
kurashishiga yordam berishi va yaxshilikning tantanasi uchun 
xizmat qilishi kerak.
Moniy ta’limoti quldorlik davlatiga, shuningdek, hukmron dinga 
qarshi qaratilganligi uchun, uning tarafdorlari hukmron siyosiy 
kuchlar va din ulamolari tomonidan qattiq quvg'inga duchor boidilar.
V asrning oxiri va VI asrning boshlarida 0 ‘rta Osiyo va Eronda 
kuchayib borayotgan zulmga qarshi 
Mazdak 
boshchiligida xalq 
ko'zg'aloni k o ‘tarildi. Bu harakat ayovsiz ravishda bostirildi. 
M azdakning o ‘zi esa, dahriylikda ayblandi.
Mazdakchilar mafkurasi jam oa yerlarini bosib olishga qaratil­
gan harakatni va dehqonlarning qaramligiga qarshi kurashishni 
himoya qilishga qaratilgan edi. Mazdak ta ’limoti zardushtiylikdagi 
yorug‘lik va jaholat, yaxshilik va yovuzlik kurashining dualistik 
aqidalaridan kelib chiqadigan falsafiy qarashlarga asoslanar edi. 
Lekin, mazdakchilikda sof falsafiy va diniy masalalar katta o ‘rin 
tutmaydi. Unda ijtimoiy masalalar birinchi o ‘rinda turadi.
Mazdak ta ’lim oticha, asosiy yovuzlik — boylikka hirs qo ‘yish 
va kambag‘allikdir. Bular g‘arazgo‘ylik, bir-birini ko‘rolmaslik, 
qasos olishning sabablaridir. Ijtimoiy adolatsizlikga qarshi kurash, 
hasadgo‘ylik, bir-birini ko‘ra olmaslik, qasos olishni bartaraf etish, 
haqiqiy insoniy munosabatlarni vujudga keltirishning yo ii — Xudoga 
toat-ibodat qilishdir.
Miloddan awalgi II va I asrlarda Turon zaminida buddizm 
ham keng tarqalgan. Turkistonning Marv, Balx, Termiz, Sig‘nok, 
Quva, Koson, Sam arqand, Buxoro kabi shahar va viloyatlarida 
ham buddachilik ta ’limoti aqida va marosimlarini ishlab chiqishda, 
ularni boshqa Sharq m am lakatlarida targ'ib etishda alohida o ‘rin 
tutgan markazlar bo ‘lgan.
Miloddan awalgi I asr va milodning IV—V asrlari orasida 
O 'rta Osiyo, T uron-Eron, Shimoliy Hindiston, Kavkazning Osiyo 
etaklaridan „Saddi ch in “gacha bo‘lgan hududni o ‘z ichiga olgan 
K ush o n sh oh lar saltan ati M axayana buddachiligini o ‘zining 
g‘oyaviy e ’tiqodi, mafkurasi, deb e ’lon qilgan edi. Sharq m am - 
lakatlan tarixiga oid ilmiy adabiyotlarda Hindistonda miloddan awalgi
V II—VI asrlarda buddachilikning xinayana nomli oqimi keng 
tarqalgan edi. Xinayananing bosh g ‘oyasi — faqat juda kibor, 
m u’tabar tabaqaga mansub buddaviy aziz-avliyolargina „Nirvana" 
saodatiga (ya’ni, „m utlaq m as’udlik, ezgulik-jannatiylik holati“) 
erisha oladi. Shu sababli bu ta ’limot H indistonning o ‘zida ham 
keng tom ir ota olmadi.
44


M anbalarning xabarlariga qaraganda, kushonlar saltanatining 
asoschisi, buyuk sho h an sh o h i K anishka K adfis to m o n id an
Panjobning Jalandxar shahrida chaqirilgan b uddachilarning 
umum jahon Jome yig‘inida 

Download 7,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish