‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I


M ustaqillik uchun kurash turli sh akllarda ho ‘lishi mumkin



Download 7,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/295
Sana19.05.2023
Hajmi7,77 Mb.
#940670
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   295
M ustaqillik uchun kurash turli sh akllarda ho ‘lishi mumkin.
Bular quyidagilardan iborat:
a) ko‘plab m amlakatlar va xalqlarning o ‘z ozodligi uchun 
xalqaro imperializm, buyuk davlat shovinizmi va kommunizm 
hukmronligiga qarshi birgalikda kurashi;
b) har bir m am lakat, m illat o ‘zining m ustaqilligi uchun 
kurashi.
Xalqaro imperializm, sovet totalitar tuzum ining jahondagi 
ko‘plab m amlakatlarda o ‘rnatgan zulmi milliy ozodlik harakat- 
larining, bir-biri bilan bog‘langan jarayon sifatida, kuchayishiga 
sabab bo ‘ldi. Bunday kurashlar dunyoning turli joylarida, turli 
sharoitlarda, turli davrlarda bo‘lishidan q at’iy nazar, ular mustam- 
lakalar bilan m etro p o liy alar o ‘rtasidagi z id d iy atlar keskin- 
lashishining oqibati edi. Bu kurash natijasida xalqaro imperializm 
va sovet totalitar tuzum ining tom irlariga bolta urildi, ko'plab 
mam lakatlar, xalqlar o ‘z mustaqilligini q o ‘lga kiritishi uchun 
imkoniyat yaratildi.
M illiy m ustaqillik u ch u n kurash h ar b ir m am lakatning 
maqsad va manfaatlari bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Milliy 
mustaqillik ayrim mamlakatni boshqa davlat asoratidan qutqazish, 
o‘z taraqqiyoti yo'llarini mustaqil hal eta olishiga imkon yaratishdir. 
Bu o ‘rinda mustaqillikka intilayotgan davlatning, unda yashayotgan 
barcha aholining m anfaatlari birinchi o ‘rinda turadi va shu 
maqsadlar asosida kurash olib borilm og‘i lozim.
K o‘p millatli m amlakatlarda davlat mustaqilligini bir millat 
mustaqilligi bilangina tenglashtirish nazariy xatoliklarga, amaliy 
chalkashliklarga, ixtiloflarga olib kelishi mumkin. Mustaqil davlat 
asosiy yerli millatnigina emas, balki, shu mamlakatda yashayotgan 
boshqa millatlaming manfaatlarini ham himoya etm og‘i zarur.
Umuman olganda, m illiy m ustaqillikning ja m iy a t taraqqiyoti
tezlashishiga k o ‘rsatadigan ijobiy t a ’siri quyidagilardir:
1) mustaqillik tufayli har bir m am lakat va millat o ‘z iqtisodiy 
imkoniyatlaridan, ishlab chiqaruvchi kuchlaridan ularning ijti­
moiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlarini to ‘la hisobga olgan holda, 
oqilona foydalana oladi;
2) fan-texnika taraqqiyoti borasidagi yutuqlar ayrim davlat- 
laming monopoliyasi bo‘lib qolmay, barcha mamlakatlarda ularning 
keng qo‘llanishiga imkon yaratiladi;
3) barcha mustaqil mamlakatlar o'rtasida tenglik, teng huquq- 
lilik va hamkorlikka asoslangan yangi iqtisodiy, siyosiy m unosa- 
batlar o'rnatilishi m umkin bo'ladi;
281


4) jahonning tabiiy resurslaridan butun insoniyat va kelajak 
avlodlar manfaatlarini ko‘zlab, oqilona foydalanish yo'liga o'tish 
mumkin bo‘ladi;
5) milliy va irqiy munosabatlardagi barcha adolatsizliklarga, 
tengsizliklarga chek q o ‘yilib, har bir xalq m a’naviyati,m illiy 
xususiyatlari, qadriyatlarini erkin rivojlantira olishiga sharoit 
yaratiladi, milliy, um um insoniy qadriyatlar birgalikda, uzviy 
bog‘liq ravishda rivojlanishiga imkoniyat yuzaga keladi;
6) jahondagi xalqlar, mamlakatlarning iqtisodiy va m a’naviy 
taraqqiyotini muvofiqlashtiruvchi xalqaro tashkilotlar faoliyatini 
har tom onlam a rivojlantirishga sharoit tug‘iladi.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida bu tadbirlami bir- 
biri bilan bog'liq ravishda amalga oshirish jamiyat rivojlanishini 
tezlashtirishning muhim shartidir. Hozir 0 ‘zbekistonda izchil amalga 
oshirilayotgan islohotlarning dastlabki natijalari bu fikrning 
isbotidir.

Download 7,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish