birinchilardan bo'lib ilk sivilizatsiya shakllangan va rivojlangan
mamlakatlar tarixidir. Demak, kishilikning ibtidoiy tuzumi dastlab
shu hududlardagi katta-kichik daryolar bo'yida buzila borib, ish-
lab chiqarishning asta-sekin rivojlanishi natijasida ilk davlatlam-
ing vujudga kelishiga zamin hozirladi. M.av. IV-mingyillikning 2
yarmida Shumer va Misrda dastlabki sivilizatsiyaning qaror topishi
qadimgi dunyoning butun manzarasini o'zgartirib yuborgan. Qa
dimgi Sharq sivilizatsiyasining
asosiy markazlari Nil, Frot, Dajla,
Hind, Ganga, Xuanxe va Amudaryo kabi ulug' daryolarning serho-
sil vohalarida vujudga kelgan. Sharq sivilizatsiyasining shakllanib
rivoj lanishi da ishlab chiqaruvchilar va tabiiy-geografik muhitning
o'rni katta ahamiyatga ega bo'lgan. Qadimgi sharq tarixini olim-
lar uchta katta tarixiy davrga bo'lib, o'rganishni tavsiya qiladilar.
M.av. IV-mingyillikning oxiri va III
mingyilliklar Qadimgi Sharq
dunyosining dastlabki sivilizatsiyasi mavjud bo'lgan. Dunyo miq-
yosidagi bu dastlabki sivilizatsiya, keyingi davrdagi boshqa joy-
lar sivilizatsiyasiga o ‘zining ijobiy ta’sirini ko'rsatgan. Bu davr
da Shumer, Misr va Hind vodivsida eng dastlabki yozuv tizimi
shakllanib, monumental m e’morchilik va tasviriy san’at rivoj top-
di.
Misr ehromlari, qadimgi Shumerning zinopoyali zikkuratlari,
Xarappa va Moxenjadoro kabi majmualari kishilik madaniyatining
oliy darajadagi yutuqlari qatoriga kiradi.
Mazkur davrda Misr va Shumerda kichikroq hududni egallagan
“nom” va "en” deb atalgan dastlabki yangi tabaqaviy jamiyat, shahar
vaviloyat maqomidagi ilk davlatlar vujudga kelgan. Ular uyoki bu
hududda hukmron bo'lish uchun o'zaro kurash olib borganlar.
M.av. XXXIII asrlarda Yuqori Misrda 22, Quyi Misrda esa
20 ta mayda davlatchalar —“nomlar” mavjud edi.
Keyinchalik esa
Misrda tnarkazlashgan davlat tuzish uchun qizg'in kurash olib bo-
rilgaii. Nihoyat m.av. X XXI-XXIX asrda olib borilgan kurashar
natijasida birlashgan ilk podsholik qaror topadi.
Shumer shahar-davlatlari o ‘rtasidagi o'zaro kurash m. av XXIV
asrga kelib o ‘z nihoyasiga yetadi. Oqibatda Misr va Mesopotamiya-
da cheksiz huquqqa ega bo'lgan dispotik podsholiklar shakllanadi.
M.av. XXVIII—XXII-asrlarda Misrda m.av. XXIV-XXI-asr-
larda
M ssopotamiyadagi sargon va sargoniylar boshliq Akkad.
346
tim in g uchinchi sulolasi boshqargan despotik m onarxiya-yak-
ka hokimlikning yorqin timsoli bo'ladi. Ular o 'z
davrining yirik
quldorlik davlatlari edi.
M.av. butun 111 mingyillik davomida qadimgi Sharqning Shi
moliy Mesopotamiya. Eron, 0 ‘rta Osiyo, Kichik Osiyo va Sharqiy
О 'it aver dengizi sohilidagi mamlakatlarida ibtidoiy jam oa tuzumi
emirilib. tabaqalarga ajralgan quldorlik davlatlari tashkil topdi, ular
ham sivilizatsiya markazlari hisoblangan qadimgi Sharq dunyosining
tarkibiy qismiga aylanadilar.
Birinchi davr oxirlariga kelib Sharqiy O 'rtayer dengizi sohillari-
dan Hindiston yarimoroligacha bo'lgan joylarda ibtidoiy jam oa
yemirilib, tabaqaviy jam iyatga asoslangan davlatlar tashkil topib,
ishlab
chiqarishning rivojlanishi, ilm-fanning taraqqiy etishi nati-
jasida u yerlarda ham sivilizatsiya markazlari shakllanib ravnaq
topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: