Karfagen
madaniyati.
Finikiyaliklar davlati, shuningdek,
uning mustamlakasi - metropoliyasi hisoblangan. Karfagen-Tir
madaniyati o'ziga xos xususiyat kasb etgan. Uncha katta bo'lrna-
gan Finikiya katta shahar-davlatlari Misr, Xett, Bobil, Ossuriya
va boshqa shahar-davlatlarning siyosiy va madaniy ta’siri osti-
da bo'lgan. Shu bois ularning madaniyati mazkur Sharq xalqlari
madaniyati ta’siri ostida vujudga kelgan va rivoj topgan. Ana shun
day jarayon y a ’ni mahalliy va qo'shni xalqlar madaniyatining ara-
lashuvi, qorishuvi natijasida karfagenliklar madaniyati shakllangan
va taraqqiy etgan. Karfagenliklar hamisha mahalliy aholi, shuning
dek, O 'ratayer dengizi havzasi va qirg'oqlarini bosib olish va mus-
tamlakaga aylantirish jarayonida o'zlarim ng raqiblari yunonlar va
rimliklardan xavfsiragan, xavotirlanganlar. Shu bois ular dastlabki
vaqtlardan juda k o 'p m ablag‘, kuch va vaqt talab qiladigan urush-
larda band bo'lganlar. Shuning uchun ham karfagenliklar yuqori
darajadagi o'ziga xos madaniyat yaratishga erisha olmaganlar.
Karfagenda xalq og'zaki ijodi, yozma adabiyot, tasviriy san'at,
shuningdek, falsafa ham juda sust rivojlangan edi.
186
Karfagenliklar Qadimgi Sharq va Yunon mualliflari va ular
ning asarlaridan fovdalanishni m a'qul ko'rganlar. Ular (iomerning
"Odisseya va Iliada'' dostoni, Gerodotning “Tarix” kitobi, Yunon
tragediyasining buyuk namoyandalari bo'lgan Esxil, Sofokl, Evri-
pid, Yunon komediyasining yirik vakili Aristofanning asarlari bilan
tanish b o ig an lar va ularni maroq bilan o'qiganlar.
Shuningdek. karfagenliklar yunonlarning mashhur faylasuf,
shoirlari va ularning asarlarini yaxshi bilganlar. Ammo Karfagen-
dan chiqqan mashhur faylasuf. adib. notiq va shoirlarning nomlari
qadimgi manbalarda kam uchraydi.
Lekin Karfagenda ularning turmush tarzi bilan. lmyoti bilan
chambarchas b o g iiq b o ig a n amaliy ilmiy bilimlar, xususan, den-
gizchilik. qishloq xo'jaligi bilan b o g iiq agronomiya, geografiya,
matematika, astronomiya va shaharsozlik ancha rivojlangan edi.
Karfagenliklar va ularning ajdodlari finikiyaliklar O 'rtayer den
gizi sohillarida yashaganliklari uchun kemasozlik va dengizchilik
yuksak darajada rivojlangan edi. Gerodot Finikiya dengiz kemalari-
ga yuksak baho berganligi fikrimiz dalilidir. Ayni paytda karfagen
liklar qishloq xo'jaligi, ziroatchilik ishlarining zukko bilimdon-
lari edilar. Karfagen dengizchilari Giskon rahbarligida Britaniya
orollarigacha yetib borgan. Mashhur dengiz sayyohi Gannon eks-
peditsiyasi ekvatorial Atlantika sohillari b o 'у lab suzgan. Karfa
gen m einorlari shaharsozlikda ham katta yutuqlarga erishishgan.
M e'm orlar Karfagen shahri va uning qal’asini o 'z zamonasi dara-
jasida juda mustahkam qilib barpo qilganlar.
Bu hoi u yerda amaliy m e’morchilik ilmining rivojlangan-
ligidan darak beradi. M e'm orlar shaharni mustahkam tosh devorlar
va mudofaa minoralari bilan o ‘rab qurganlar. Uchinchi Puni urushi
davrida rimliklar Karfagenning mudofaa devorlari va minoralarini
juda qiyinchilik bilan buzib shahar ichkarisiga kirganlar. Mahalliy
aholi rimliklarga qattiq qarshilik ko'rsatgan.
Karfagenda yer bilimi ancha rivojlangan edi. U yerda Magon
tomonidan agronomik - qishloq xo'jaligi, ziroatchilikka oid max-
sus qo'llanm a tuzilgan. Bu q o ilan m a lotin tiliga tarjima ham qilin
gan. Undan ziroatchilar uzoq yillar davomida foydalanganlar.
187
Karfagenliklarning geografik bilimlari ham yuksak b o ig an .
Ular Afrika, 0 ‘rtayer dengizi, A tlantika okeanining Afrika sohilla-
rini, Kanar va Azor orollarini juda aniqlik bilan xaritaga tushirgan-
Shuni ham ta ’kidlash o‘tish joizki, karfagenlik dengizchilar At
lantika okeanini suzib o'tib Amerika sohillariga yetib borganlari
ehtimoldan xoli emas.
Vatandoshimiz Abu Ravhon Beruniy (973-1048) G 'arbda qan-
daydir quruqlik bor deganda, XV asrda Kolumb tomonidan " k a s h f
etilgan Amerikani ko ‘zda tutgan.
Karfagenliklar o'zlariga xos m a’naviy madaniyat yaratganlar.
M a’naviy madaniyatning bir turi din va diniy e ’tiqodlar turkumidir.
Karfagenliklarning dini qadimgi fmikiyaliklarning an ’analarini
o'zida saqlab qolgan. Karfagenliklar finikiyaliklar singari ko'p
xudolikka e ’tiqod qilganlar. Ularning eng mashhuri Tinnit, Vaal-
Melkart, M olox va boshqa xudolaridir.
Tinnit ayol xudo bo'lib, u shaharlar homiysi oy, donishmandlik,
to'kin-sochinlik, va tabiat kuchlarini tiriltiruvchi, jonlantiruvchi
timsoli, mujassami sifatida gavdalanadi.
Karfagenliklarning izzatli va hurmatli xudolaridan biri Vaal -
Melkart hisoblanadi. U tabiatni tiriltiruvchi va o'ldiruvchi, kishilar-
ga baxt-saodat, umrboqiylik va dushmanlarga dahshat, qo'rqinch
soluvchi sifatida gavdalantirilgan. Karfagenliklarning yana bir xu
dosi M olox bo'lib, dahshatli urush xudosi hisoblangan.
Karfagenliklar mazkur xudolarga bag'ishlab dabdabali ibodat-
xonalar qurib. ularda ibodatlarni bajo keltirganlar. Tinnit xudosining
ibodatxonasi binosi Birsada-Karfagen akropoli - qal'a, qasrida jo y
lashgan edi. Birsa va Karfagen qal'asi shaharning eng mustahkam
joyi hisoblangan. Birsa ibodatxonasining qulatilishi Karfagenning
dushmanlar tomonidan q o ig a olinishi hisoblanardi.
Karfagenliklar o 'z xudolariga bag'ishlab qurbonlildar o'tkazib
turardilar. Xudolarini xursand qilish uchun hatto odamlarni qur
bonlik uchun so'yganiar. Karfagen madaniyati G 'arbiy O 'rtayer
dengizi va Shimoliy Afrika tarixida sezilarli iz qolditgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |