Karfagen saltanatining tashkil topishi va uning ijtimoiy
iqtisodiy manosabatlari.
M.av. V—III asrlarda Karfagetpquldorlik
davlati o 'z kuch-qudratining yuqori pog'onasiga ko'tariladi. Kar
fagen qo'shinlari Sitsiliyadagi m ag'lubiyatdan so'ng tashqi siyo-
sat sohasidagi harakatlarini Shimoliy Afrikaga qaratadi. Karfagen
qo'shinlari shahar atrofi va qo’shni qabilalar yashaydigan yerlarni
bosib olib, qo'shib oladi. Shuningdek, karfagetlliklar hozirgi Tunis,
183
Jazoir, G 'arbiy Afrikada joylashgan Marokash, Mavritaniya kabi
Atlantika okeani sohillaridagi davlatlarning verlarini ham bosib
oladi.
M azkur davrda Karfagen G 'arbiy O 'rtayer dengizidagi Korsika.
Sardiniya, Malta, Ispaniyaning janubi va Afrikaning Atlantika so-
hillarini egallab o 'z davrining siyosiy va iqtisodiy jihatdan qudratli
davlatiga aylanadi va o '/in in g istilochilik sivosatini davom ettiradi.
M a’lumki, m.av. V -IV asrlarda Karfagen O 'rtayer dengizidagi
eng yirik savdo-sotiq markazlaridan biriga aylandi. Uning hudu-
diga Sharqiy 0 ‘rtayer dengizi sohillarida joylashgan Finikiya,
Misr, Kichik Osiyo, qator yunon shaharlari. Sahroyi Kabir ich-
karisidan, shuningdek, Atlantika sohillaridagi mamlakatlardan turli
-tuman buyumlar kelar edi. O 'z o'rnida Karfagendan nomlari zikr
qilingan mamlakatlarga xilma-xil buyumlar chiqarib sotilar edi.
Chetdan kelgan buvumlarni oldi-sotdi savdosida karfagenlik sav
dogarlar vositachilik vazifasini bajarar edilar. Shuni aytib o ‘tish
joizki Karfagen ko'rfazida dengiz kemalari kirib kelib turadigan va
chiqib ketadigan joylar orasta qilib qo'yilgan edi. Uzoqdan kelgan
savdogarlar va ularning buyumlarini saqlash uchun omborlar va
odamlar uchun turar joylar, mehmonxonalar ham bor edi.
Karfagenliklar tashqariga metall buyumlar va qullarni chiqarib
sotar edilar.Ular pul zarb qilmas, oldi-sotdida yunon va eron tan-
galaridan, shuningdek, qimmatbaho metallardan foydalanar edilar.
M.av. V—111 asrlarda Karfagen shaharlarida zargarlik. kulol
chilik, haykaltaroshlik, temirchilik, qurolsozlik, kemasozlik, du-
radgorlik, to ‘qimachilik, tilla, kumush, mis va qo'rg'oshindan turli
buyumlar ishlaydigan ustalar faoliyat ko‘rsatar edilar. Shuni ham
aytib o'tish joizki, m.av. V -IV asrlarda Karfagenga qarashli yer-
larda bug'doy, arpa, don ekinlari ekish, bog'dorchilik. uzumchilik
ham rivoj topgan edi. Qishloq xo'jaligida erkin dehqonlar bilan
birga yollangan ishchilar va qullar ishlar edilar. Katta yer egalari-
ning mulklarida esa ko'proq qullar ishlatilgan.
Karfagen jam iyati asl m a’noda quldorlikka asoslangan bo'lib.
aholi oliy tabaqa, oddiy fuqaro va qullar tabaqasidan iborat boigan.
184
Do'stlaringiz bilan baham: |