Pastki labning harakatini rivojlantirish uchun mashqlar. Pastki labning yetarli darajada harakat qilmasligi sababli ayrim tarbiyachilarda ko’pgina unli va undosh tovushlar aniq, ravshan talaffuz etilmaydi. Har bir tovushni talaffuz etishda artikulyatsiya apparatining ma’lum bir a’zosi harakat qiladi.
Masalan, „S" tovushini talaffuz etganda artikulyatsiyan apparati a’zolari quyidagi holatda bo’ladi:
— lablar kulgu xolatida, ochiq;
— pastki va ustki tishlar bir-biriga yaqinlashgan, orasi biroz ochiq;
— tilning uchi pastki tishlar orqasida, yuqori qismi esa yuqori tishlar tomon biroz ko’tarilgan.
„Sh" tovushini talaffuz etganda esa artikulyatsiya apparati a`zolari quyidagi holatda bo’ladi:
— lablar biroz oldinga naychaga o’xshab cho’zilgan;
— tishlar bir-biriga yaqinlashgan, ammo birikmagan (ular orasidagi masofa 1 mm ga teng);
— tilning uchi yuqorigi tishlar tomon ko’tarilgan.
Mana shu xolatlarni hisobga olgan holda tarbiyachilar artikulyatsiya apparati a’zolarining harakatini takomillashtirish maqsadida ushbu mashqlarni bajarishlari foydadan holi emas:
1. Tishlarni biriktirmasdan, lablarni kulgu holatiga keltirib, bir necha daqiqa ushlab turish.
2. Tishlarni bir-biriga yaqinlashtirib, lablarni oldinga naycha holatiga keltirib cho’zish.
3. Og’izni yumib, tishlarni bir-biriga jipslashtirib, lablarni kulgu holatiga keltirish.
4. Lablarni naycha holataga keltirib oldinga cho`zish bilan lablarni kulgu holatiga keltirish mashqini navbatma-navbat bajarish.
Shunga o’xshash mashqlarni maxsus adabiyotlardan foydalanib bajarish kerak.
(M. Ye. Xvattsov. Logopediya. M., 1959. T. B. Filichevsts L. S. Volkova, T. CHirkina, L. Mo’minoea, Logopediya. T., O’qituvchi, 1993. Q. S. SHodieva. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish. T., „O’qituvchi", 1984, 1994.)
Til muskullarini rivojlantirish uchun mashqlar. Til tovushlar hosil bo’lishida faol ishtirok etadi. Uning harakatiga qarab.,nutq aniq, ravshan bo’ladi. Ayniqsa, undosh tovushlarning birikmasidan iborat bo’lgan so’zlarni talaffuz etishda qiyinchiliklar vujudga keladi, chunki til harakati bir holatdan ikkinchi bir holatga tez o’tishi zarur bo’ladi. Shuning uchun har bir tarbiyachi til muskullari harakatini rivojlantirish va mustahkamlash uchun bir qancha mashqlarni bajarishi lozim. Bular taxminan quyidagi mashqlardir:
1. Tilni chiqarib o’ngga, chapga, yuqoriga, pastga harakatlantirish.
2. Tilni chiqarib chapdan o’ngga, o’ngdan chapga qarab aylanma harakatlantirish.
3. Og’izni ochib, tilni yengil chiqarib, uni keng, tor, kosacha holatga keltirish.
4. Og’izni biroz ochib, til uchi bilan yuqorigi tishlarning tashqari va ichkari tomoniga tekkizish.
Tarbiyachi ushbu mashqlarni bajarishda maxsus adabiyotlardan (Logopediya. T., „O’qituvchi", 1993 y., 75 — 79- betlar) foydalanishi mumkin.
Nutq orfoepiyasi (juda to’g’ri talaffuz etish qoidalari) ustida mashq qilish. Nutq orfoepiyasi ustida mashq qilish, nutqning adabiy talaffuzini o’zlashtirish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki talaffuz har doim ham qoida talabi asosida, ya’ni adabiy til normasi talablari darajasida bo’lmaydi. Shuning uchun ham adabiy til normalari darajasidagi nutqni suxandonlardan, badiiy so’z ustalaridan, namunali madaniy nutqqa ega bo’lgan kishilardan o’rganishl kerak. Ularning nutqlariga taqlid qilish lozim.
Agar ayrim so’zlarning to’g’ri talaffuz etilishiga, urg’ularning ishlatilishiga shubha bo’lsa, lug’atdan foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |