Z. Akbarova Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga adabiy til me’yorlarini o’rgatish usul-vositalari


Tarbiyachi nutqiga qo’yiladigan pedagogik talablar



Download 231 Kb.
bet14/18
Sana25.06.2022
Hajmi231 Kb.
#704954
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Akbarova

Tarbiyachi nutqiga qo’yiladigan pedagogik talablar
Tarbiyachi uchun namunali nutqni egallash — bu uning o’z kasb-koriga tayyorligini belgilovchi kursatkich hisoblanadi.
Taniqli pedagog, bolalarni ona taliga o’rgatish uslub va uslubiyotlarini ishlab chiqqan uslubiyotlchi, maktabgacha tarbiya bo’yicha mashhur mutaxassis, professor Ye.I.Tixeeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: „Bog’chada bolalar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachining (bog’bonning) tilidir, tarbiyachining tili bolalar tiliga g’oyat samarali va nihoyatda kuchli ta’sir ko’rsatadigan hamma narsalarni o’zida birlashtiradigan bo’lishi ke-rak. Bog’bonning tili bekamu kust, adabiy talaffuzning har qanday nuqsonlaridan xoli bo’lishi lozim".
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, har bir tarbiyachi o’z nutqidagi nuqsonlarni aks ettiruvchi daftar tutishi, unga kamchiliklarini belgilab borishi, so’ngra ularni bartaraf etish bo’yicha reja tuzib, ishni tashkil etishi kerak.
Har bir tarbiyachi-pedagog nutqiga qo’yilgan talablarni juda yaxshi bilgan holda o’z nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etib borishi kerak.
Tarbiyachi nutqiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagi-lardir:
7. Nutq tovush tomonining to’g`riligi. Agar tarbiyachining nutqi aniq bo’lsa, jumlaiarni, so’zlarni va har bir tovushni aniq talaffuz etsa, bolalar ona tilining tovush tomonini muvaffaqiyatli o’zlashtira oladilar. Ko’p hollarda, ayrim tarbiyachilar tovushlarni noaniq talaffuz etadilar, so’zning tarkibidagi ayrim tovushlarni tushirib ketadilar, tovushlar o’rnini almashtiradilar.
2. Adabiy til normalariga muvofiq, to’g’ri talaffuz. Tarbiyachi adabiy til normariga amal qilishi, o’z nutqida turli mahalliy so’zlarni ishlatmasligi, so’z urg’ularini to’g’ri ishlatishi lozim.
3. Nutqning intonatsion-ifodaviy vositalaridan to’g’ri foydalanish. Nutqda fikrlar, his-tuyg’ularni aniq ifoda etish lozim. Bunga faqat so’zlar yordamidagina emas, balki nutqning intonatsion-ifodaviy vositalaridan: ovoz kuchi, temp, to’xtam, ritm, urg’u va hokazolardan foydalanish orqali erishiladi.
Tarbiyachining she’r, ertak va hikoyalar o’qib berayotganda ushbu vositalardan o’rinli foydalanishi bolalar asar mazmunini yaxshi tushunib olishlari va ona tilining go’zalligini his etishlariga yordam beradi.
Tarbiyachining bir xil ohangdagi nutqi kichkintoylarni zeriktiradi, asar mazmuniga bo’lgan qiziqishini susaytiradi. Bunday nutqni eshitishdan zerikkan bola boshqa narsalarga chalg’iydi, so’ngra tarbiyachining nutqiga butunlay quloq solmay qo’yadi.
4. Tarbiyachi nutqining jo’shqin, intonatsiyaga boy bo’lishi. Shoshnlib gapirish so’zlar tarkibidagi tovushlarni noaniq talaffuz etilishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun bolalar bilan nutqiy muloqotda bo’lganda shoshilmasdan, o’rtacha tempda (tezlikda) gapirish kerak. Bunday tempda gapirish nutqning aniq bo’lishini ta’min-laydi, aksincha, tez temp nutqning buzilishiga sabab bo’ladi, uni idrok qilishni qiyinlashtaradi.
Tarbiyachi ovozdan to’g’ri foydalanishi lozim. Haddan tashqari baland gapirish boshqalarni charchatadi. Agar ovoz past va kuchsiz bo’lsa, bolalar mashg’ulotda zerikadilar.
5. Tarbiyachi nutqining aniq, oddiy bo’lishi, fikrlar izchillik bilan bir-biriga bog’lanib, tushunardi ifodalanishi. Bolalar tarbiyachidan, kattalardan tovush va so’zlarni to’g’ri talaffuz etishni o’rganibgina qolmasdan, balki tinglagan ertak va hikoyalarining mazmunini aniq, qiziqarli tarzda qayta hikoya qila olishga, tevarak-atrofni kuzatish natijasida olgan taassurotlarini so’zlab berishga, o’z fikrlarini ketma-ketlik bilan bayon etishga, xulosalar qilishga ham o’rganadilar.
Nutqda bildiriladigan mazmunni bolalarga tushunarli, qiziqarli, bog’langan holda yetkaza olish tarbiyachi nutqining zaruriy xususiyatlaridan hisoblanadi.
Tarbiyachi fikrini ketma-ketlik bilan bayon etishi, o’z nutqini tushunarsiz so’zlar, murakkab va uzun jumlalar bilan qalashtirib tashlamasligi kerak. Agar tarbiyachining nutqi qisqa jumlalardan iborat bo’lsa, uni bolalar oson o’zlashtiradilar. Aksincha, nutqdagi jumlalar uzundan-uzoq bo’lsa, nutqning mazmunini tushunib olish juda qiyin bo’ladi.
6. Tarbiyachi lug’atining boy bo’lishi so’zlarni to’g`ri va aniq ishlata olsa, u chog`da uning nutqi bolalarga tushunarli bo’ladi. O’zbek tilining lug’ati juda ham boy, u doimo yangi so’zlar bilan to’ldirib boriladi, iste’moldan chiqqan so’zlar yo’qolib boradi. Tarbiyachi bolalar bilan nutqiy muloqotda bo’lganda, ularning yoshini hisobga olib, ona tilining lug’at boyligidan keng foydalanmog’i lozim.
Tarbiyachi bolalar bilan so’zlashganda adabiy tildagi so’zlarni ishlatishi, qo’pol, iste’moldan chiqqan so’zlarni ishlatmasligi kerak. Tarbiyachining lug’ati qanchalik boy va rang-barang bo’lsa, uning nutqi shunchalik aniq-ravshan bo’lib, bolalar shunchalik ko’p so’zlarni o’zlashtirishlari mumkin.
Ba’zan ayrim tarbiyachilarning lug’atida kamchiliklar uchrab turadi. Bular quyidagilar: a) kichraytirish-erkalash so’zlaridan o’rinsiz foydalanadilar (Nasiba, qo’lchalaringni yuv; Kamola stol ustidan kosanash olib qo’y va boshqalar);
b) ortiqcha so’zlarni ko’p ishlatadilar (demak, shunday qilib, ya’ni);
v) katta bolalar bilan nutqiy munosabatda bo’lganda, kichik yoshdagi bolalar bilan so’zlashganda ishlatiladigan so’zlardan, ya’ni taqlidiy so’zlardan foydalanadilar (Vov-vov qani?, Miyov-miyov qani?)
So’zlarni to’g’ri tanlash tarbiyachi nutqini ifodali, mazmunli bo’lishini ta’minlaydi.
Yangi so’zlarni ishlatashga juda ehtiyotlik bilan yondashish kerak. Bunda ushbularni hisobga olish lozim:
birinchidan, bolaning yoshini hisobga olib so’z tanlash;
ikkinchidan, doimo yangi so’zlarni lug’atiga kiritish, lug’atida bor bo’lgan so’zlarni faollashtirish, ularning ahamiyatini tushuntirish.
Xulosa qilib aytganda, tarbiyachining hikoyasi to’liq, chiroyli, so’zlari to’g’ri tanlab olingan, grammatik tomondan to’g’ri shakllangan, mazmunli va ifodali, mantiqan bog’langan bo’lishi kerak.
Tarbiyachi hikoya qilib berishda sinonimlardan, o’xshatish va hikoya so’zlardan foydalanishi zarur. Bu tarbiyachi nutqining ifodali, jozibali, mazmunan boy bo’lishini ta’minlaydi. Shuningdek, tarbiyachi o’z nutqida xalq og’zaki ijodidan (maqol, matal, tez aytish, topishmoq va h.k.), frazeologik so’zlardan o’rinli foydalanishi kerak.
7. Tarbiyachi nutqining samimiy bo’lishi. Tarbiyachi bolalar bilan ishlash jarayonida nutqining quyidagi jihatlariga e’tibor berishi lozim:
1. Ona tilidagi hamma tovushlarni to`g’ri talaffuz etishi, nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etashi.
2. Sof, aniq-ravshan nutqqa ega bo’lishi, ya’ni diksiyasi yaxshi bo`lishi.
3. Nutqida adabiy talaffuzdan (so’zlardan) foydalanishi, ya’ni orfoepik normalarga rioya qilishi.
4. Bayon etiladigan fikrlarning mazmuniga qarab intonatsiya vositalaridan (ovoz kuchi, tempi, urg’u, to’xtam, ritm, temp, ohang) to`g’ri foydalanishga harakat qilishi.
5. Bolalar bilan nutqiy muloqotda bo’lganda yengil, sekin templigi, o’rtacha baland ovozdagi nutqdan foydalanishi.
6. Bolalarning yoshiga qarab hikoya matnining mazmunini bayon etishda sinonim, omonimlardan va kinoya so’zlardan, xalq og’zaki ijodiyotining namunalaridan foydalanishi.
7. Nutqning grammatik tomoyillariga e’tibor bergan holda fikrini izchillik bilan bir-biriga bog’lab bayon etishi.
8. Bolalar bilan so’zlashganda baland tonda gapirmaslik, qo’pol so’zlardan (adabiy til normalariga to’g’ri kelmaydigan, mantiqsiz so’zlardan) foydalanmaslik.

Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish