Z. Akbarova Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga adabiy til me’yorlarini o’rgatish usul-vositalari


Tarbiyachining o’z nutqini takomillashtirish ustida ishlashining zarurligi



Download 231 Kb.
bet15/18
Sana25.06.2022
Hajmi231 Kb.
#704954
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Akbarova

Tarbiyachining o’z nutqini takomillashtirish ustida ishlashining zarurligi
Nutqdagi kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etmaslik natijasida yillar o’tishi bilan bu nuqsonlar mustahkamlanib, ko`plar uni sezmay ham qoladi.
Nutqida kamchiligi bo’lgan tarbiyachi bolalar bilan ishlashi mumkin emas.
Ko’pchilik kattalar nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish.mumkin emas, deb hisoblaydilar. Lekin bu fikr to’g`ri emas. O’z nutqi ustida doimiy va qat`iy ishlagan tarbiyachi nuqsonlarini bartaraf etishi mumkin. Ayniqsa, tarbiyachi o’z nutqida sirg’aluvchi (s, z), shovqinli (sh, j, ch), sonor (l, r) tovo’shlar talaffuziga e’tibor berishi kerak. Agar tovush talaffuzida nuqsoni bo’lsa, artikulyatsiya apparati a’zolarining harakatiga, tovush talaffuzini takomil-lashtirishga yordam beruvchi mashqlarni bajarishi kerak. Buning uchun maxsus adabiyotlardan foydalanishi lozim. (T.B. Filicheva, L.S. Volkova, G.Chirkina, L.Mo’minova. „Logopediya" T., „O’qituvchi", 1993; Q.Shodieva. ,,Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish". T., „O’qituvchi", 1994).
To’g`ri nafas olish va nafas chiqarish ustida ishlash. Tarbiyachi so’zlashganda to’g’ri nafas olib, uni to’gri chiqarishi nutqning jarangdor, ohangdor bo’lishiga yordam beradi. U normal holdagi ovoz va tovushnimg hosil bo’lishini ta’minlaydi, nutqning bir xilligi va musiqaviyligini saqlaydi, nutqning mazmundorligiga qarab ovoz kuchi va balandligani o’zgartirish imkonini beradi. Nutq jarayonida to`g’ri nafas chiqarishda kamchiligi bo’lgan tarbiyachi doimiy ravishda to’g’ri nafas chiqarishga yerdam beruvchi quyidagi mashqlarni bajarib borishi zarur:
1. Tarbiyachi o’ziga qulay bo’lgan joyni (turgan holda, chalqancha yotgan holda, o’tirgan holda) tanaydi. Bir qo’lini qorniga, ikkinchi qo’lini esa yondan ko’krak qafasining pastki qismiga qo’yib, 30 marta burni orqali chuqur nafas oladi (bunda qorin yuqoriga ko’tariladi, oldinga chiqadi, ko’krakning pastki qismi kengayadi). Bu qorin va ko’krak qafasiga qo’yilgan qo’l yordamida his etiladi — shu vaqtning o’zida havo erkin, bir tekisda chiqariladi (qorin va ko’krak qafasining pastki qismi avvalgi holatiga qaytadi).
2. Burun orqali qisqa havo olib, uni 2 — 3 soniya davomida o’pkada ushlab turib, so’ngra og’iz orqali bir tekisda cho’zib chiqarish.
3. Og’izni ochgan holda qisqa nafas olish va cho’zib, ashula qilib unli tovushlardan (a, o, i, u) birontasini talaffuz etish.
4. Bir nafas chiqarishda bir nechta unli (a-u-o`-i-o-e) tovushlarni talaffuz etish.
5. Bir nafas chiqarishda 3 dan 5 gacha sanash (bir, ikki, uch...), sekin-astalik bilan sanashni 10—15 tagacha yetkazish. Bir nafas chiqarishda teskari (o’n to’rt, o’n uch, o’n ikki) sanash.
6. Bir nafas chiqarishda (avval qisqa, so’ngra cho’zib) tez aytish aytib, bir jumla bilan ikkinchi jumla o’rtasidagi to’xtam vaqtida havoni yutish (nafas olish):
a) Oq choynakka oq qopqoq, ko’k choynakka ko’k qopqoq.
b) Chovli simdan, chovgun misdan.
v) Lola arralaydi, Sora allalaydi.
g) G’uj chumchuqlar g’ujum ustida chug’urlashib, g’uj chumchuqqa g’ujum cho’qilatmaydi.
7. Bir nafas chiqarishda yonib turgan shamni puflab o’chirish, shoxdagi barglarni, qoqigulni, yupqa qog’ozdan qirqilib, ipga osilgan kapalak shakllarini puflash va hokazolar.
Diksiya ustida ishlash. Diktsiya deganda — sof, aniq, ravshan nutqni, tovush talaffuzini tushunamiz. Yaxshi diktsiyani hosil qilishh uchun artikulyatsiya apparati a’zolarining harakatlarini takomillashtirish va mustahkamlash kerak (lablarni sust harakatlanishini, tilning kam harakatchanligini va hokazolarni bartaraf etish), to’g’ri nafas olish va chiqarishga ahamiyat berish lozim. Buning uchun pastki jag’, til, lablar harakatini rivojlantiruvchi maxsus mashqlarni bajarish kerak, tarbiyachi bu mashqlarni oyna oldida o’tirib bajaradi.
Pastki jag’ muskullari harakatini rivojlantirish uchun tarbiyachi quyidagi mashqlarni bajarishi mumkin"
1. Pastki jag’ni tishlar orasidagi oraliq ikki barmoq kengligida bo’lguncha erkin ravishda qo’yib yuborish.
2. Bir nafas chiqarishda unli tovushlarni talaffuz etish:

  • tishlar oralig’idagi masofa ikki barmoq kengligida;

  • tishlar oralig’ida1"i masofa bir barmoq kengligida;

3. Unli topushlarni (a, o, u, i) ovoz qo’shib aytish:
4. Bir nafas chiqarishda bir nechta unli tovushni birgalikda cho’zib talaffuz etishda hokazo.
5. Unli tovushlarga boy bo’lgan maqollar, tez aytishlar topishmoqlar, so’z o’yinlarini aytish.
1. Tez aytishlar:
a) Juvarini chumchuq eb ketdi. Egasi ertaga kelaman deb ketdi Kelmay ketgur ko’r chumchuq juvarini egasi kelguncha vayron qilib ketdi.
b) To’rt laylak toqqa chiqib, lakalakalamoqchi bo’libdi. Laka-lakalasa ham lakalakalamoqchi bo’libdi.
//. So’z o’yinlari:
a) Olmaxon olmani ol, ma! Olmani olmaxondan olma.
b) Mehmon sizning olmangiz, Xomligimda olmangaz, Nortojiga o’xshab so’ng Voy qornim deb qolmangiz.
///. Topishmoqlar:
a) Yurar tekis egatdan, Barmoqlari po’latdan, Yelkasida qopi bor,
Katta temir savatdan. (paxta terish mashinasi)
b) Kelsangiz ham,
Ketsangaz ham, , -
Har zamonda qo’l berishni, Yo’l berishni, qo`ymas ekanda. (eishk)
v) Tarvuzim bir oyoqli, po’sti rangdor bo’yoqli. Ko’rsatar hamma yoqni,
Ham yaqin, ham yiroqni. (globus)
IV. Maqollar:
a) Birlashgan yovni yengar.
b) Do’st so’zini tashlama, tashlab boshing qashlama
v) Avval o’yla, keyin so’yla.
g) Bir kattaning so’ziga kir, bir kichikning.
6. a, ya unli tovushlari bo’lgan she’r tanlab, uni ifodali o’qish.
7. a, ya unli tovushlari bo’lgan asarlar o’qish.
Yuqoridagi vazifalarni bajarishda pastki jag’ning erkin tarzda pastga tushishini nazorat qilib turish kerak.

Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish