Юртбошимиз ташаббуси билан ташкил этилган уч босқичлик спорт ўйинлари ёшларимиз доимо орзиқиб кутадиган катта байрамга айланиб улгурди


Umum ta’lim maktablarda jismoniy tarbiyaning tutgan o’rni



Download 134,74 Kb.
bet4/10
Sana25.02.2022
Hajmi134,74 Kb.
#462163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gandbol bo’yicha to’garak mashg’ulotlarining vazifalari va vositalari

3.Umum ta’lim maktablarda jismoniy tarbiyaning tutgan o’rni
Sportda yuksak ko‘rsatkichlarga faqat ijobiy izlanish sharoitdagina erishish mumkin. Yangi sport yutug‘i hamisha u yoki bu darajada kashfiyotdir. Sportchi imkoniyatlaridan foydalanishning yangi usullarini, mashg‘ulotning yangi metodlarini kashf etishdir. Shuning uchun sportchidan ishga shunchaki ongli munosa-batda bo‘lishgina emas, balki doimiy ijodiy tashabbus talab qilina-di. Shuning uchun sport mashg‘ulotiga rahbarlik qilishda onglilik va aktivlikning umumiy pedagogik prinsipi alohida ahamiyat kasb etishi tushunarlidir. Sportda ihtisoslashish sportchining har tomonlama rivojlanishni inkor etmaydi. Aksincha, organizmning funktsional imkoniyatlarini umumiy yuksaltirish jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini har tomomnlama rivojlantirish asosidaina tanlangan sport turida mumkin qadar ko‘proq yutuqqa erishiladi, sport mashg‘ulotidagi butun tajriba ham, nazariy va eksperimertal tadqiqotlarni juda ko‘p ma’lumotlari ham ana shu ta’kidlaydi. Sport yutuqlari sportchining har tomomnlama taraqqiy etganligiga bog‘liqligiining ikkita asosiy sababi bor. Birinchidan organizmini ajralmas ekanligi uning barcha a’zolari tuzim va qfunktsuimyalari faoliyat va taraqqiyot jarayonida o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Qaysi jismoniy fazilat ko‘proq, qaysisi, kamroq rivojlanishi zarur ekani, har qaysi sport turining o‘ziga hos nisbatda bo‘lsada biron jismoniy qobiliyati g‘oyat yuksak darajada rivojlantirishi uchun organizmi funktsional imkoniyatlarini umuman yuksak bo‘lishi shart, ya’ni har tomonlama ravishda rivojlanish jarayonidagina bunga erishish mumkin degan umumiy konupsiyat ham hamisha kuchda qoladi. Ikkinchidan turli harakat malakalari va mahoratari o‘zaro hamkorlikda ishlaydi, sportchi tomonidan o‘zlashtirilgan harakat malakalari va mahoratlari doirasi qanchalik keng bo‘lsa, harakat faoliyatining yangi formalarini yaratish va ilgari o‘zlashtirganlarini takomillashtirish uchun shunchalik qulay asos mavjud bo‘ladi. Yangi harakat formalari ilgari tartib topgan formalar asosida paydo bo‘ladi va ularning u yoki bu elementlarini o‘z ichiga oladi. Xilma-xil harakat kordinatsiyalari o‘zlashtirish jarayonida bu yo‘lda uchraydigan qiyinchiliklarni yenga borish natijasida harakat faoliyatini yana ham takomillashtirish qobiliyati, mashg‘ulotni rivojlanishi yana ham muhimroqdir. Demak, sportga takomil topishning obektiv qonuniyatarini sport mashg‘uloti chuqur ixtisoslashtirilgan jarayon bo‘lishi bilan birga, har tomomnlama rivojlanishga olib kelishni talab qiladi. Sportchi umumiy va mahsus tayyorgarligining birligi degan so‘z sport yutuqlariga erishishga hamda oqibat natijasida sportdan yetkazmay turib, bu birlikning qaysidir tomonini mashg‘ulotdan olib tashlab bo‘lmaydi. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi, shuningdek, ular mazmunining birbiriga bog‘liq, ekanligi bilan ham ifodalanadi, chunki umumiy jimoniy tayyorgarlikning mazmuni esa umumiy tayyorgarlik natijasida paydo bo‘lgan shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Umumiy va mahsus tayyorgarlik birligini dialiktik tarzda qarama-qarshi birlik sifatida tushunmoq kerak. Mashg‘ulot vaqtida bu birlik tomonlarining har hil nisbati ishga birdek foyda keltiravermaydi. Xar bir aniq holatda ma’lum me’yor mavjud bo‘lib, uning buzilishi sportda taraqqiyotda erishishga halaqit beradi.
Bu me’yor tanlangan sport turining o‘ziga hos hususiyatlariga hmda boshqa bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq.
Amalda mashg‘ulot jarayonining ayrim etaplariga umumiy tayyorgarlikka yetarli baho bermaslik hollarini ham kuzatish mumkin. Bu yana shu bilan murakkablashadiki, umumiy va mahsus tayyorgarlikning turli etaplarida qonuniy sur’atda turlicha o‘zgarib turadi. Hozir bu muammo garchi to‘liq hal etilmagan bo‘lsada mazkur o‘zgarishlarning asosiy tendensiyalari aniqlab chiqilgan. Mazkur muammoning qanday hal etilishini bir yillik va ko‘p yillik mashg‘ulot strukturasiga xarakteristika berish munosabati bilan quyida ko‘rsatiladi. Sport mashg‘ulot jarayonining uzluksizligi quyidagi asosiy momentlar bilan harakatlanadi:
1)mashg‘ulot jarayoni tanlangan sport turida kamolotga erishish maqsadida butun yil bo‘yi va ko‘p yillar mobaynida surunkasiga davom etadi.
2) Navbatdagi har bir mashg‘ulot mashg‘ulotning ta’siri bundan ilgarisining “o‘zi” ustiga boradi.
3)Mashg‘ulotlar o‘rtasidagi dam olish intervali ish qobiliyatining tiklash va o‘stirishning umumiy tendensiyasini kafolatlaydigan darajada bo‘lib, goho ish qobiliyati qisman tiklanib yetmay turib mashg‘ulot o‘tkazishga ham yo‘l qo‘yiladi. So‘nggi ikki moment ayrim ma’noda baxsli bo‘lib, shuning uchun izoh talab qiladi. Navbatdagi har bir mashg‘ulot mashg‘ulotning ta’siri ilgarigisining “izi” ustida qo‘shilishi haqida gapirilganda “iz” so‘zini organizmida mashq mash-g‘ulotlari natijasida yuzaga keladigan va oqibat natijada sprtchi organizmining ish qobiliyati yuksalishda, uning fazilatlari, mala-kalari va mahoratlarining rivojlanishda o‘z ifodasini topadigan ijobiy o‘zgarishda deb umumiylashgan ma’noda tushunish kerak. Demak, ikkinchi momentning ma’nosi mashg‘ulot,mashg‘ulotlari arafasidagi intervallarning haddan tashqari uzaytirib yuborilishining yo‘l qo‘ymasdan, ilgarigi ta’sir etishlar natijasida saqlana borishni ta’min etishdan va shu yo‘l bilan sport faoliyatida uzluksiz yuksalish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Uchinchi momentning ahamiyati yuqorida tizimlilikning umumiy prinsipi tahlil etishi munosabati bilan yo‘lakay tushuntirib o‘tilgan. Bu sportda nagruzka bilan dam olishni almashtirib turish tizimining o‘ziga hos tomonlarini ta’kidlab o‘tish kerak. Gap shundaki, sportchining o‘quv-mash-g‘ulotlari hamma vaqt faqat ish qobiliyati to‘la tiklangan va “o‘ta” tiklangan sharoitda o‘tkazilvermaydi. Vaqt-vaqti bilan ish qobiliyati ham to‘la tiklanmagan sharoitda bir necha o‘quv-mashg‘ulotlari sama-rasini jamlashga yo‘l qo‘yiladi. Buning ma’nosi organizmga alohida yuksak talab qo‘yishi va natijada navbatdagi dam olish vaqtida ish qobiliyatini juda yuksak darajaga ko‘paytirishdir. Keyingi yillar-dagi sport amaliyoti va eksperimental mashg‘ulotlar mashg‘ulot nagruz-kalarining bunday rejimli ma’lum sharoitlarda ratsional hisoblanish mumkin ekanligidan dalolat beradi. Bunda charchoqni tamomila qondirish uchun yetarli dam olish, sportchining oldindan mashq ko‘rganligining yuqori bo‘lishi puhta vrach-pedagogik nazorat albatta shartdir.
Shunday qilib, umumiy qoida-navbatdagi har bir o‘quv mashg‘ulotini ish qobiliyatini to‘la boshlash – sport mashg‘ulotida mahsus hususiyatlarida bo‘ladi.
Bu yerda mazkur qoida har bir mashg‘ulotga alohida tadbiq etilishi shart bo‘lmay, balki bir necha mashg‘ulotlardan iborat mashg‘ulotlar seriyasiga tadbiq etiladi. Bunga ana shu qismlar jamlangan ulkan bitta nagruzka hisoblanadi. Bu qismdagi mashg‘ulotlarning miqdori va ular o‘rtasidagi intervallarning kattaligi ko‘pgina shart-sharoitlarga jumlaga, mashg‘ulotning davr va bosqichlariga bog‘liqdir. Mashg‘ulot jarayonining umumiy miqdori anchagina ortib, ayrim vaqtlarda haftasiga 6 ta va undan ortiq martaga yetadi. Albatta, bunda barcha mashg‘ulotlar asosiy emas va nagruzka jihatidan teng bo‘lmaydi. Ularning bazilari olg‘a tomomn odimlashga, ya’ni sportchilarning yangi marralari egallashlariga hizmat qilib, ularga eng yuk-sak mashg‘ulot talablari qo‘yiladi. Boshqa ba’zi ma’lumotlar esa qo‘-shimcha ahamiyatga ega bo‘ladi. Asosiy mashqlar agar ular chidamlilik-ni tarbiyalashga ko‘proq qaratilmagan bo‘lmasa odatda umumiy ish qo-biliyati tiklangan va ortgan sharoitda olib boriladi. Qo‘shimcha mash-g‘ulotlar esa g‘oyat hilma-hil sharoitlarda o‘tkazilishi mumkin. Chunki ularning ma’lum qismidan hatto dam olishning aktiv normasi sifa-tida ham foydalaniladi. Inson taraqqiyotini boshqarish jarayonida funktsional nagruzkalarni doimiy suratda yuksaltirib borish zaru-riyati tug‘ilishi yuqorida aytib o‘tdim. Bu sport mashg‘uloti uchun nihoyatda to‘g‘ridir, chunki sport yutuqlarining darajasi mashg‘ulot talablari mutanosibdir. Sport mashg‘uloti jarayonida jismoniy nagruzkalar ham, tehnik, taktik va iroda tayyorgarligi sohasidagi talablar ham ortib boradi. Sportchining tobora mukammalroq, malaka va ko‘nikmalarni egallab borishga, jismoniy va ma’naviy kuch-quvvatini tobora ko‘proq, namoyon qilishga safarbar etadigan vazifalarni izchillik bilan bajarish ana shunday dalolat beradi. Sport mashg‘ulotida jismoniy tarbiyaning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, nagruzkalar orasuratda ham o‘sib boradi. “Maksimum” so‘zini bu yerda sport bilan ko‘p yillar davomida shug‘ullanilganda nagruzkaning perspektiv ko‘paya borishi ma’nosida ham, sport taraqqiyotining har bir yangi bosqichlarida eng ko‘p nagruzkalardan tizimli ravishda foydalanib borish ma’nosida ham tushunmoq kerak. Sport mashg‘ulotining mazkur hususiyati uning ilmiy prinsipi sifatida birinchi marta A.N. Krestevnikov tomomnidan ta’riflangan. Mashg‘ulot nagruzkalarnining ta’siri ostida organizmda paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarning miqdori ish qobiliyati “o‘ta tiklanish”ga bog‘liq ekanining topilishi bu prinsipni tasdiqlagan eng muhim fakt bo‘ldi.
“Yuqori nagruzka” deganda ko‘pincha haddan tashqari ko‘p batamom charchatib tashlaydigan nagruzka tushuniladi. Uni organizmning funktsional qobiliyatlari chegerasidagi, hech qachon uning moslashuv imkoniyatlaridan tashqari cheklaydigan nagruzka deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Agar sportchi mashq qila turib o‘zining moslashuv imkoniyatlari me’yoridan chiqib “haddan tashqari charchab qolsa”, va buning natijasida o‘ta mashq, ko‘rkamlik holtiga tushib qolsa, unda mazkur nagruzka maksimal emas, balki haddan tashqari nagruzka bo‘ladi.
Maksimal nagruzka esa organizmga uning fiziologik normalariga to‘la mos tushadigan talablar qo‘yilib, mashq ko‘rganlikni eng yuqori darajaga ko‘taruvchi faktor hisoblanadi.
Maksimal nagruzkaning aniq, miqdor o‘lchami, tabiiyki sportchining oldindan qay darajada mashq ko‘rganligiga, uning individual hususiyatlariga hamda sport turining hususiyatlariga bog‘liq. Masalan, yugurishga endi o‘rganayotgan staer uchun bir mashg‘ulotda 10-15 kilometr atrofida yugurish maksimal hisoblansa, yuksak malakali staerlar bir mashg‘ulotda 60 kilometr va undan ortiq masofani bemalol bosib o‘tadilar, kichik razryadli shangagilarning mashg‘ulot mashqlari vaqtida maksimal nagruzka kamdan – kam 10 tonnaga boradi, eng kuchli og‘ir atletikachilar esa bu miqdorni 20-30 tonnacha va undan ortiq darajaga yetkazadilar. Bunga shankaning o‘rtacha og‘irligi 130-180 kilogramm va undan ortiq bo‘ladi. Xozirgi zamon sportni amaliymashg‘ulot nagruzkalarining ratsional miqdori haqidagi miqdori ilgarigi tasavvurlarni ancha o‘zlashtirib yuboradi. Insonning imkoniyatlari va ularning taraqqiy etish darajasi eng tahminlardan ham yuksakroq bo‘lib chiqdi. Shu munosabat bilan oshirilgan mashg‘ulot nagruzkalari amalga tobora kengroq va dadil qo‘llanilmoqda. Nagruzkalar miqdori ayrim o‘quv mashg‘ulotlarida ham haftalik, oylik va yillik jami mashg‘ulotlar ma’nosida ham ortib bormoqda. Yaqindagina faqat yetakchi sportchilar uchun ishlatib kelgan yillik nagruzka hajmi endilikda o‘rta malakali sportchilar uchun norma bo‘lib qolmoqda. Nagruzkani oshirishda asta-sekinlik va maksimal nagruzkani qo‘llash garchi ular o‘rtasida qarama-qarshiliklar bo‘lishi mumkin esada, bir-birini inkor etmaydi. Maksimal nagruzkalardan foydalanish dastlabki tayyorgarlik jarayonida ularning asta-sekin yuksala borishning natijasi bo‘lmog‘i kerak. Aks holda maksimal nagruzkalar salomat-likni mustahkamlash va sport yutuqlarini o‘stirish ishiga qarama-qarshi bo‘lib chiqadi. Nagruzkaning chegarasi har doim organizmning mazkur taraqqiyot bosqichlaridagi imkoniyatlariga muvofiq ravishda belgilanishi kerak. Mashg‘ulot natijasida funktsional va moslashuv imkoniyatlarining osha borishiga qarab nagruzkaning maksimum asta-sekin ortib boradi: oldingi bosqichda maksimal bo‘lgan ko‘rsatkich undan keyingi bosqichga oddiy nagruzka bo‘lib qoladi. Mashg‘ulot nagruzkalarining ortib borish jarayonida, yuqorida aytib o‘tilgandek ularning hajmi va intensivligi o‘zgaradi. Lekin ularning o‘sib borishi barcha bosqichlarda birdek parallel ravishda bo‘lmaydi. Ma’lum bosqichlarda hajm ko‘proq, yuksalsa boshqalarida intensivlik ortadi. Bu nisbatan uncha katta bo‘lmagan mashg‘ulot jarayonlari uchun ham xarakterlidir. Sport mashg‘ulotining ko‘zdan kechirib chiqilgan qonuniyatlari bemlollik va individuallashtirish prinsiplariga alohida ahamiyat berish kerakligini taqozo etadi. Organizm funktsional imkoniyatlariga nihoyat darajada yuksak talablar qo‘yilishi munosabati bilan yosh taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, shuningdek salomatligi bir muncha zaif bo‘lgan shahslar uchun yohud yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rmagan kishilar uchun sport mashg‘uloti jismoniy tarbiyaning yaqinligi formasi hisoblanmaydi.
Binobarin, bemalollik muammosi sportga tadbiq etilganda, jismoniy tarbiyaning boshqa vositalardan foydalangandagiga qaraganda ko‘proq qat’iy cheklanishlar shart ekanini hisobga olgan holda hal qilinishi zarur.
Maksimal nag-ruzkadan foydaanish faqat tushumlilik prinsipiga qat’iy amal qilingan sharoitdagina mumkin, faqat mashg‘ulotlar davomiyligini chuqur o‘ylangan tuzimlilikgina mashg‘ulot jarayonining uzluksizligi hamda nagruzka bilan dam olishning ratsional suratda almashlab tuzlishigina bunday nagruzkalarning ijobiy samara berishini ta’minlashanishi mumkin.Sikllilik, ya’ni ma’lum mashg‘ulotlarning bosqichlarining, davrlarning nisbatan to‘la takrorlanib turishi mashg‘ulot jarayonining butun strukturasi uchun harakterlidir. Mashg‘ulotning katta hamda kichik sikllari bo‘ladi. Mikrotsikllar bir necha kun, ko‘pincha bir hafta davom etadi. Ularning strukturasiga ta’sir etadigan juda ko‘p shart-sharoitlardan eng muhimlarini ko‘rsatib o‘taman. Bulardan birinchisi nagruzkalar dinamikasining kichik “to‘lqin” larini hosil qiladigan faktorlarning o‘zidir. Ikkinchidan, o‘zaro optimal aloqada bo‘lgan turli yo‘nalishdagi mashqlari takror tadbiq etish zaruriyatdir. Mashg‘ulotda nimagadir ortiqroq qaratilgan turli mashqlar bir qancha mashqlardan foydalaniladi, bunda ularning mashg‘ulotlarida qanday to‘lgani va bir-biri bilan qanday tadbirda almashinib turishiga ham aslo befarq qarab bo‘lmaydi. Masalan, tezkorlik mashg‘ulotlarni ko‘p hollarda chidamlilik mashqlari bilan bir mashg‘ulotda bajarishi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ular turli mashg‘ulotlarda to‘plangan bo‘lsa, eng yahshi samara beradi. Boshqa mashg‘ulotlarga nisbatan ham shu kabi ma’lum navbat tartibi saqlanishi kerak. Bular bari mikrosikllar struk-turasida o‘z ifodasini topadi. Uchinchidan, mehnat va o‘quv faoliyatining umumiy rejimi g‘oyat muhim ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun mashg‘ulot mikrosikllarining ko‘pincha bir haftalik bo‘lishi ham tasodifiy emas. Bu mashg‘ulot jarayonini optimal tashkil etish talablariga hamma ham javob bersada, mehnat va o‘quv haftasining ritmiga osonroq mos tushadi. Mash-g‘ulotning struktura va mazmuni umuman muntazam surtda o‘zgarib turgani uchun, mikrosiklar mashg‘ulot jarayonining bosqich va davrlari, hususiyat-lariga qarab qayta tuzilib turadi. Mikrotsikllar aslini olganda mashg‘ulot strukturasining eng variativ elementidir. Murabbiy bilan sportchi mikrosikllarining mazmun va strukturasi zarur o‘zgarishlar kiritish bilan mashq ko‘rganlikni taraqqiy etishga halaqit berish mumkin bo‘lgan xilma-xil tashqi qismlarga barham berdi va bu shu yo‘l bilan mashg‘ulot jarayonining umumiy tendensiyasini ta’min etadi. Sport mashg‘ulotining katta sikllari mazkur mavzuni keyingi bo‘limida qarab chiqiladi. Bu yerda esa, faqat ular sport formasini rivojlantirishning sikllari bilan bog‘liq ekanligini hamda mazkur jarayonining turli bosqichlarida sport formasi taraqqiyotini boshqarish hususiyatlarini ifoda etuvchi davrlardan tashkil topishini aytib o‘tamiz. Navbatdagi har bir sikl o‘zidan oldingisini shunchaki takrorlab qolmay, balki yangi asosga shu jumladan, mashg‘ulot vosita va metodlarini qisman yangilash asosida ko‘riladi hamda odatda mashg‘ulot nagruzkalarining yuksakroq darajasida o‘tadi.
Sikllilik sport mashg‘ulotining asosiy konupsiyalaridan biri sifatida tizimlilik va ilgarilab borish prinsiplaridan foydalanishga bevosita aloqador.
Bu konupsiya mashg‘ulotlarning ketma-ketligini belgilashda ham, nagruzka va dam olish tizimini tuztishda ham va mashg‘ulot jarayonlari strukturasiga aloqador boshqa barcha muammolarni hal etishda ham muntazam ravishda hisobga olib borilishi shart. Shunday qilib sport mashg‘uloti murabbiy va sportchi faoliyatining natijalari belgilaydigan o‘ziga hos spetsifik qonuniyatlariga ega. Faqat ana shu qonuniyatlarini bilib olgandagina hamda ulardan ta’lim va tarbiyaning umumiy prinsiplari bilan birgalikda ma-horat bilan foydalanilgandagina sport bilan borish mumkin. Uzoq vaqt aytaylik, bir yil davomidagi mashg‘ulot jarayoni ma’lum davrlarga bo‘lib tuziladi. Boshqacha qilib aytganda, mashg‘ulot strukturasi va mazmunining barcha elementlariga yo‘nalishga, vositalariga metodlariga, umumiy va mahsus tayyorgarlik nisbatlariga, nagruzkalar dinamikasiga va hokazolarga qanday bo‘lmasin ta’sir etadigan qonuniy suratdagi davriy o‘zgarishlarning sabablari haqida gapirish uchun sport formasi tushunchasiga qaytoq hamda uning taraqqiyot qonuniyatlarini ko‘zdan kechirib chiqmoq kerak. Sport takomillarining har bir yangi bosqichiga tegishli tayyorgarlikni ko‘rish natijasida qo‘lga kiritiladigan holatni sportda yutuqlarga eri-shish uchun optimal tayyorik holati deb aytiladi. Endi sportchining ma’nosini ochish muhimdir. Sport formasi ko‘p jihatlidir. Mahsus ma’lumotlarni umumiylashtirish unga hos bo‘lgan belgilar majmuani ko‘rsatish mumkin. Fiziologik nuqtai nazardan sport formasidan quyidagilar xosdir. Sport formasi bo‘lmagan paytda mumkin bo‘lgan yuksak funktsional darajada bajarishda barcha ish spetsifik muskul ishini bajara olish qobi-liyati, ya’ni sport formasi davrida organizm eng yuksak funktsional dara-jaga ega bo‘ladi.
Funktsiyalarni tejash ya’ni nihoyat darajasiga yetmagan standart ishlarini jarayonlarni mukammalroq koordinatsiya qilinishi hamda organizmning funktsional darajasiga ega bo‘ladi, imkoniyatlari yuksakroq, bo‘lishi tufayli qator fiziologik o‘zgarishlarni kamaytirish;
Yuksak stabillik va shu bilan birga sport harakati malakalari dinamik stereotiplarining variativligi;
Yuksak safarbarlik, ya’ni organizmning harakat faoliyati jarayoniga tezroq kirishib keta olishi va bir ishdan ikkinchi ishga tezroq, o‘ta oladigan qobiliyatning mukammalroqligi, tiklanish jarayonlarining tezroq o‘tishi, sport formasi davrida ish samaraliroq bajarilishi bilan bir qatorda charchash holatidan keyin ish qobiliyati tezroq tiklanadigan bo‘ladi.
Sport formasi haqida psihologik tasavvurlar hozirga tla va yetarli darajada yaqin emas. Shunday bo‘lsada quyidagi belgilarni ko‘rsatish mumkin:
Tanlangan sport faoliyati sharoitlari bilan bog‘liq, mahsus idrok etishi qobiliyatining yashilanishi;

Xarakatlarni ongli ravishda boshqarish va sport taktika tafakkurining ijodiy namoyon bo‘lishi imkoniyatlarining yuksalishi ifoda kuchi diapazonining kengayishi musobaqalashishga va yutuqlarga erishishga qaratilgan alohida emotsional kayfiyat, sport formasi – o‘z – kuch – quvvatiga qatiy ishonishga asoslanib, eng zarur jasorat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan davr.


Sport formasi pedagogik nuqtai nazardan qaraganda sportchining yutuqqa, erishishga optimal tayyor ekani hamma tomonlarning – psihik, jismoniy sport – tehnik va taktik jihatdan tayyor ekaning garmonik birligidn iboratdir.
Sport formasini baholash uchun hilma-hil metodlardan foydalanadilar. Shulardan asosiylarini shartli ravishda pedagogik va vrachlik – fiziologik metodlarga bo‘lish mumkin.
Pedagogik metodlar sportchining fazilatlari, malakalari va mahoratlari umumlashtirib baholash asosida uning tayyorlik darajasini aniqlaydi. Bunda sport musobaqalaridagi, yangi sport formasini baholashda hisobga olinishi kerak bo‘lgan real sport kurashi sharoitidagi sport natijalari eng umumiy mezon bo‘ladi. Bunday natijada sportchi tayyorlik darajasining barcha tomonlari huddi ko‘zguda ko‘rilgandek ravshan aks etadi. Agar sportchi o‘zining avvalgi shahsiy rekordidan yuqori yoki o‘sha darajaga yaqin natijaga ko‘rsatsa, tahminan bo‘lsa ham, u sportchini for-mada ekan deb hisoblaydilar.
Biroq sport natijasi tayyor ekanlikning ayrim tomonlarini tanlab nazorat qilishga imkon bermaydi. Bundan tashqari sportchining ayrim turlarida hozirda sport natijalarining yetarli darajada obektiv miqdor o‘lchovlari mavjud emas. Bular bari qo‘shimcha hususiy me’zonlar bo‘lishini talab etadi. Shu maqsadda jismoniy tehnik va taktik tayyorgarlik bo‘yicha kontrol mashqlardan foydalaniladi. Shuningdek, musobaqalar va ma’suliyatli chamalashlar sharoitida sportchining tehnikasini, taktik harakterlarini va umuman o‘zini qanday tutishni kuztish ham keng qo‘llaniladi. Tanlab baholash yana ham aniqroq bo‘lishi uchun tugal harakatlarni ya’ni hatto ularning ayrim elementarini mahsus apparatlar yordamida ham hisobga olinadi.
Sport formasini baholashning vrach – fiziologik metodlari organizmning harakat faoliyatini amalga oshirishdagi hamda ta’min etadigan eng mim tizimlari qobiliyatini aniqlashga qatilgan. Buning uchun, jumladan, stanlart va maksimal va spetsifik nagruzkalar bilan funktsional sinovlardan foydalaniladi.
Tadqiqotlar sport formasining taraqqiyotining jarayoni fazoli xarakterda ega ekanini ko‘rsatadi. Bu jarayon uch fazodan – formaga kirish uni saqlash va sport formasini vaqtincha yo‘qotishda ibar bo‘ladi. Sport formasiga kirish fazasi sport formasi uchun zarur sharoit shakllanishi va taraqqiy etishdan hamda sport formasi bevosita tashkil topishdan iborat bo‘ladi. Sport formasini tashkil topishi saqlab turilishi va vaqtincha yo‘qotilishi ta’siri natijasida ro‘y beradi. Sport formasining taraqqiyot arafasiga qarab ularning harakteriga o‘zgarib turadi. Shunga muvofiq mashg‘ulot jarayoni 3 davrga bo‘linadi:

  1. Sport formasiga kira borish uchun zarur sabab va sharoitlar yaratiladigan davr ya’ni tayyorlov davr:

  2. Sport formasini saqlab turadigan sport yutuqlariga aylantiradigan davr ya’ni musobaqalar davri

  3. Zarurat tufayli sportchiga aktiv dam olishiga imkon beradigan davr. Bu davr mashg‘ulotning kumilyativ eforekti o‘ta mshq ko‘rganligiga o‘tib kelishini oldini oladi. Va shu bilan birga sport takomilining ikki bosqichi o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlaydi. (o‘tish davri)

Bu davrlar faqat sportchi biologik sabablar bilan hamisha sport formasida bo‘la olmasligi uchungina emas, balki mashg‘ulotlarning struktura va mazmunini muntazam o‘zgartirib turish – sportda kamolotga erishishning zarur obektiv sharti bo‘lgani uchun ham paydo bo‘ladi.
Tayyorlov davrida yuqorida aytganimdek sport formasiga kirish uchun kerakli sharoit yaratilishi va rivojlantirishga hamda sport formasi bevosita paydo bo‘lishi ta’minlanishi lozim. Shunga binoan bu davr ikki asosiy bosqichga bo‘linadi. Ularning birinchisi odatda ko‘proq davom etadigan bosqichlar. Mashg‘ulotning yo‘nalishli ekani. Birinchi bosqichlarda sport formasining mustahkam poydevorini yaratilishi kerak. Bu vazifa sportchi tayyorgarligining asosiy bo‘limlariga muvofiq quyidagicha aniq hal etiladi.
Jismoniy tayyorgarlikda birinchi darajali vazifa organizmining barcha jismoniy hislatlarini har tomonlama rivojlantirish qo‘li bilan uning funktsional imkoniyatlarini umumiy darajasini ancha yuksaltirishdan iborat. Mazkur bosqichdagi jismoniy tayyorgarlik ixtisosni chuqurlashtiradi ham ko‘ra ko‘proq, tanlangan sport turida progruzka bevosita yoki bilvosita sabab bo‘luvchi funktsional imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgandir. Buning sababi shundaki, sport formasi kelajakda qay darajada bo‘lishi avvalo jismoniy tayyor ekanlikning dastlabki darajasiga shuningdek, umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlikka nisbatan asoslovchi rol o‘ynashiga bog‘liq. Birinchi bosqichda sportchining jismoniy kamol topishidagi turli yo‘nalishlarning o‘zaro aloqadorligidan foydalanish uchun ancha qulay imkoniyatlar mavjud. Jismoniy fazilatlarning “bevosita va bilvosita o‘tish”idan keng foydalanish jismoniy tayyorgarlikning bu bosqichdagi asosiy mehanizmi bo‘lib hizmat qiladi.Sport –tehnik va taktik tayyorgarlikka birinchi bosqichdagi harakterli fazilatlar quyidagilardan iborat: Sport faoliyatining nazariy asosini tashkil etuvchi bilimlar olish va ularni mustahkamlash; tanlangan sport turida kamolotga erishilish uchun qulay sharoit yaratuvchi harakat mahorati va malakalari fondini kengaytirish; tanlangan sport tehnikasi va malakalarni shakllantirish yohud qayta tartiblanish va takomillashtirish.Mazkur vazifalar tanlangan sport turida tehnik va taktik jihatdan kamolga erishish birinchi holda umumiy jismoniy ma’lumotga, bilim malaka va mahorat zahirasini tizimlik boyitib borishga bog‘liq ekanligidan kelib chiqadi. Shuningdek, harakat ko‘nikmalarini ijobiylaridan foydalanish va “salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi” larni yengib o‘tish yo‘li bilan tanlangan sport turidagi hususiy va “mayda” malakalardan yahlit formalariga o‘ta borish ham qonuniy bir holdir.
Ma’naviy-irodaviy tayyorgarlikda katta hajmdagi tayyorgarlik ishlariga intilishni shakllantirish sportchiga hos mehnatsevarlikni tarbiyalash sport faoliyatidagi muvaffaqiyatni ta’minlovchi irodaviy imkoniyatlar umumiy darajasini yuksaltirish birinchi etapda alohida ahamiyat kasb etadi. Tayyorlov davrining ikkinchi mahsus tayyorgarlik bosqichida esa, mashg‘ulotning bevosita nimagadir qaratilganligining o‘zgarishi. Tayyorlov davrining ikkinchi bosqichiga mashg‘ulotning strukturasi va mazmuni sport formasiga bevosita kirib borish uchun sharoit yaratadigan bo‘lib o‘zgaradi. Tayyorgarlik o‘zining barcha bo‘limlarida ko‘prq mahsus maqsadga qaratila boshlaydi. Jismoniy tayyorgarlikda tanlangan sport turining spetsifik talablariga javob bera oladigan jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan ta’sir ta’sir etish ya’ni mahsus jismoniy tayyorgarlik asosan umumiy mashq ko‘rganlikni saqlab turishni ta’minlaydi va uning mahsus mashq ko‘rganlik bilan eng mustahkam aloqada bo‘lgan komponentlarni yuksaltiradi. Boshqa bo‘limlarda ham unga o‘hshash o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Sport-texnika tayyorgarligi musobaqa harakatlari tehnikasini mazkur mashg‘ulot siklining musobaqa davri davomida qanday bo‘lsa o‘shanday ko‘rinishda chuqurroq o‘zlashtirib olishga qaratiladi. Bunda turg‘un va shu bilan birga moslashuvchan harakatlar dinamik stereotipining shakllanishi markaziy vazifa bo‘lib qoladi. Parallel ravishda jiddiy mahsus taktik tayyorgarlik ham kengaytirib boriladi. Ikkinchi bosqichga yaqinlashgan sayin tanlangan sport turi bo‘yicha musobaqalarga mahsus iroda tayyorgarligining roli orta boradi.Musobaqa davrining strukturasi oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Birinchi holda u asosiy bir turdagi mikrosikllardan – musobaqa va nagruzka tashlash mikrosiklardan iborat bo‘ladi. Ikkinchi holad esa 4-6 haftalik mahsus oraliq bosqich bilan bir-biridan ajralgan ikkita musobaqa bosqichlaridan iborat bo‘ladi.Jismoniy tayyorgarlik musobaqa davrida eng ko‘p kuch-g‘ayrat talab qiladigan kuchlanishlarga bevosita funktsional tayyorgarlik harakteriga ega bo‘ladi va mahsus mashq ko‘rganlikning maksimal darajasiga erishishga uni ana shu darajada saqlab turish va qo‘lga kiritilgan umumiy mashq ko‘rganlikni quvvatlab turishga qaratilgan bo‘ladi. Sport-tehnika va taktik tayyorgarlik harakat faoliyatining tanlangan formalarini imkon boricha yuqori pog‘onada takomillash-tirishini nazarda tutsa, ikkinchi tomomndan variativlikni, harakat koordinatsiyasining nihoyatda nozik silliqlash, taktik tafakkurini rivojlantirish va mahsus bilimlarni chuqurlashtirish asosida sport kurashining turli sharoitlarda yaraydigan bo‘lishlikni ortti-radi. Ma’naviy – iroda tayyorgarligi musobaqalar davrida musoba-qalarga bevosita psihologik jihatdan tayyor bo‘lish sportchini jismoniy va ruhiy kuch-quvvatni oliy darajada namoyon etishga safarbar etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga ehtimol tutilgan sport mag‘lubiyatlariga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish va ijobiy emotsional holatni saqlab qolishni ta’minlash ham g‘oyat muhimdir. Agar musobaqa davri uzoq davom etadigan bo‘lsa, u holda mashg‘ulot sport formasini poydevorini kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan holda uchraydigan oraliq bosqichlar ma’lum ma’noda tayyorlov davrini eslatadi.



Download 134,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish