Ishning hamma bo‘limida aniqlik va oddiylik
Rejalashtirish ishning bo‘limini qamrab oladi. O’zining formasi bo‘yicha har qanday reja, oddiy ko‘rgazmali va asosiy ish hajmi ochib berilgan bo‘lishi shart. Ish sharoitiga musobaqalarni vaqtiga qarab rejaga quyidagi o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Gandbol o‘quv mashg‘ulotlar protsessida rejalashtirish quyidagilarga bo‘linadi:
O’quv mashg‘ulotlar ishini ko‘p yillik rejalashtirish.
O’quv mashg‘ulotlar ishini yil davomida rejalashtirish
Kelgusida rejalashtiradigan ishlar rejasi.
Maktab fizkultura kollektivning gandbol sektsiyasi o‘quv mashg‘ulotlarini ishi rejalari oldindan chiqilishi kerak. O’quv mashg‘ulotlarining ko‘p yillik ish rejalari va oldiga ma’lum vaqtga mo‘ljallab qo‘yilgan ishni, vazifani bajarishi maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsad shug‘ullanuvchilarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligi yoki gandboldan malakasini oshirishdan iborat. Xar tomomnlama jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichini har hil mashqlarni bajarib ko‘rsatish bilan belgilanadi. 13-14 yoshdagi gandbolchilar uchun jismoniy tayyorgarligini aniqlash uchun mahsus mashqlar beriladi. 15-16 yoshdagi gandbolchilarni chidamliligini, epchilligini, chaqqonligini, kuchliligini, egiluvchanligini aniqlash uchun mahsus mashqlar ajratilib, yil davomida ularni jismoniy tayyorgarligini aniqlash uchun mahsus rivojlanishini, shu mashqlar tufayli aniqlanadi. O’quv – mashg‘ulotlar ishini yil davomida rivojlantirish.
Yosh gandbolchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlar protsessini asosiy yil davomidagi sikli, tayyorlov, asosiy o‘tish davrlardan tashkil topgan. Ba’zi rayonlarda yoki maktablarda yil davomida gandbol bilan shug‘ullanish imkoni bo‘lmasa unda, o‘quv mashg‘ulotlar yil davomida ikki mashg‘ulot tsikli-yozgi va qishgi mashg‘ulotlar sikllariga bo‘linadi. Har bir tsikl tayyorlov, asosiy va o‘tish davrlarini o‘z ichiga oladi. Ikki tsikli o‘quv mashg‘ulotlar ichida qishga gandbolchilar har hil qishgi sport turlari bilan shug‘ullanudilar. Bu vositalardan foydalanish yosh gandbolchilarni, harakatini, irodasini va unga kerakli bo‘lgan sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Lekin ular oldiga shu sport turlaridn baland natijalarni egallashni, ular oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ymaslik kerak. Davrlardagi davom etishi va aniq mazmuni shug‘ullanuvchilarning uddaburonligidan, ishining sharoitidan, ob-havo sharoitidan va musobaqa kollektivlarini gandboldan o‘quv mashg‘ulotlar ishi rivojlantirish uch davrga mo‘ljallashtiriladi.
A) Tayyorlovchi – 1 yanvardan maygacha
B) asosiy – 1 iyundan to 1 oktyabrgacha
V) O’tish – 1 oktyabrdan to 1 yanvargacha
Bunday o‘quv yilini rivojlantirish bir yillik o‘quv mashg‘ulotlar siklini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Tajribali maktab fizkultura kollektivlarining ishi shuni ko‘rsatadiki, ikki siki o‘quv mashg‘ulotlarni ishini rivojlantirish ko‘p qo‘llaniladi.
Davrlar
|
Yozgi sikl
|
Qishgi sikl
|
Tayyorlovchi
Asosiy
O’tish
|
Mart-aprel
May-sentyabr
Oktabr-fevral
|
Oktabr-yanvar
Dekabr – fevral
Mart-sentyabr
|
Tayyorlovchi bosqich (period)
Vazifasi:
Guruhini tuzish
Shug‘ullanuvchilarni umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirish
O’tish tehnika va taktikasi ko‘nikmalarini tiklash va o‘rganish
Kerakli sifatlarini (tezlik, chidamlilik kuch, chaqqonlik) rivojlantirish
Teoritik bilimlarni egallash
Vositalari
Teoritik tayyorgarlik
Jismoniy tarbiyadan umumiy savollar
Shahsiy gigiena va o‘z-o‘zini nazorat qilish
Gandbol mashg‘ulotlarni asosidan bir qancha savollar
Gandbol o‘yini qoidasi
Jismoniy tayyorgarlik
Qishki etapda har hil yurishlar, yugurishlar, sakrashlar qo‘shilib o‘tish kiritiladi. U shuni rivojlantiruvchi va mahsus tayyorlov mashqlari snaryadsiz, snaryadlar bilan bajariladi.
Akrobatika elementlar: oldinga va orqaga dumbaloq oshish, yiqitishni o‘rgatish, shikastlanishni oldini olish uchun strahovka qilishni o‘rgatish
To‘ydirilgan to‘p, bulavka, yuklarini ko‘tarib yurish,tirmashib chiqish kabi elementlardan foydalanib har hil estafetalar o‘tkazish.
Xarakatlar va tayyorlovchi o‘yinchi turdagi “Qarmoq”, “Uchinchi Ortiz”, “Ovchilar va o‘rdaklar” o‘yinini o‘tkazish. Basketbol, voleybol, futbol va boshqa o‘yinlarni o‘tkazish.
Jismoniy tayyorgarligini yozgi etapida.
Asosan qishki etapdagi vositalar kuzda tutiladi, faqat yengil atletika mashqlarini ko‘paytirib beradi. Misol uchun o‘rta va qisqa masofalarda yugurish.100 m, 200 m, 400 m, 600 m, 100 metrga
20,30,40 m har hil start holatdan vaqtni hisobga olib vaqtni hisobga olmasdn tez yugurishlar: uzunlikka va balandlikka turgan joydan yugurib kelib sakrashlar, estafetalar har hil o‘yinlar va h.k lar.
Basketbol, gandbol o‘yinlari va boshqa jismoniy mashqlar yosh fut-bolchilarni tezligini, chaqqonligini tezlikka chidamliligini reaktsiya tezligini diqqatini, aktivligini rivojlantirisha yordam beradi.
Texnik tayyorgarlik
Qishki va bahorgi etaplarda to‘pni otish, to‘pni ushlash, to‘pni olib yugurish, aldamchi harakatlarni bajarish, to‘pni o‘yinga kiritish darvozabonni o‘yin tehnikasini o‘rgatish va takomillashtirish ko‘zda tutiladi. Har hil o‘yinlar voleybol yoki tennis setkasi ustidan blokga chiish sakrash qo‘l bilan uzatib o‘ynash kabi o‘yinlardan foydalaniladi. Mahsus jihozlar bilan o‘tkaziladigan mashqlardan, tortilgan setka, to‘siqlar, osilgan to‘plar, aldash uchun to‘siqlar va boshqa sport inventarlardan foydalaniladi. Texnik tayyorgarlikni bahorgi etapida qo‘shimcha standart va ko‘chuvchi darvozalardan foydalanib mashqlar, mahsus devorlar, osilib turgan to‘plardan foydalaniladi. To‘p bilan har razmerdagi maydonlarda qarshilik ko‘rsatib mashqlar bajarish. Tayyorlov va ikki tomonlama o‘yin protsessida to‘p bilan ishlashni takomillashtirish
Taktik tayyorgarlik.
Qishki etapda yoki bosqichda juft bo‘lib to‘p uzatish, uch kishi bo‘lib to‘p uzatish, joylarni almashtirib harakat qilish va h.k. O’yin mashqlari 1-o‘yinchi 3-o‘yinchiga qarshi, 2-o‘yinchi 4-o‘yinchiga qarshi, 2-o‘yinchi 3-o‘yinchiga qarshi, 3-o‘yinchi 3-o‘yinchiga qarshi, 4-o‘yinchi 4-o‘yinchiga qarshi va h.k. ochilib o‘ynashni o‘rgatish maydonda to‘g‘ri joyni tanlab olish, ko‘nikmalarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkaziladi. Qor bosgan maydonda o‘yin mshqlarini o‘tkazish, himoyaga qarshi hujum yuritish, tayyorlov o‘yinlari: “To‘p uchun kurash”, o‘quv o‘yinlari o‘tkazish. Bahorgi bosqichda – qishda o‘tkazilgan, o‘rgatilgan taqdirdagina takomillashtirsh uchun mashqlardan futbol maydonida foydalaniladi.Taktik kombinatsiyalari ikki, uch to‘p uzatish, bo‘sh joylarda chiqish, ikki, uch o‘yinchilar bilan joylarda almashtirib harakat qilish mashqlari tavsiya etiladi. Qarshilik ko‘rsatmasdan va qarshilik ko‘rsatib ayrim zvenodagi o‘yinchilar hujumda va himoyada taktik kombinatsiyalarga qo‘shib harakatlanishi o‘rgatish va takomillashtirish. Jarima, erkin burchakdan to‘p uzatish va yon chiziqlardan to‘pni o‘yinga kirgizishda o‘yin taktikasini qo‘llash.
Darvozabonning o‘yin taktikasi
Qishki bosqichda mashg‘ulotar ham sport zallarida ham ochiq havoda o‘tkaziladi. Ochiq havoda o‘tkazilgan mashg‘ulotlarni birini kunlari mashqlar yengil va tez-tez dam olish bilan o‘tkaziladi. Umumiy yuklama asta-sekinlik bilan ko‘paytirib boriladi. Mashg‘ulotlarni katta qismini tayyorlovchi o‘yinlar egallaydi. O’yin taktikasini o‘rgatishda va uni takomillashtirish shakllari sport zallarida va ochiq havoda o‘tkazish tavsiya etiladi. Taktik usullar avval qarshiliksiz, keyinchalk, passiv va aktiv qarshiliklar bilan bajariladi. Ikki tomonlama o‘yin bilan birgalikda qizishib qolish tavsiya qilinmaydi. Ikki tomomnlama ochiq havoda mash-g‘ulotlar vaqti asta-sekin ko‘paytirilib boriladi.Bahorgi bosqichda- mashg‘ulotlarning intensivligi va jipsligi bosqichi o‘rtalarida ko‘paytiriladi. Maydonga chiqish oldidn shuni e’tiborga olish kerakki, sport zallarida, yopiq binodan ochiq binoga chiqish hususiyatlarini inobatga olib mashg‘ulotlarni boshlash kerak. To‘p bilan bajaradigan mashqlar katta kuch bilan raqibni ko‘rsatishga qaramay aniq bajarilishi lozim. Yosh gandbolchilarni shahsiy individual ish formasiga ko‘proq e’tibor berish shart. O’yinchilar oldingi chiziq zvenosidagi o‘yinchilarni taktik vazifalari qiyinlashib borishiga e’tibor berish kerak. Komandaning taktik o‘yii bezatib boradi. Bosqich ohirida ikki tomonlama o‘yin o‘rtoqlik o‘yinlari avval kuchsiz, keyinchalik kuchli raqib o‘yinlari o‘tkaziladiYurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan uch bosqichlik sport o‘yinlari yoshlarimiz doimo orziqib kutadigan katta bayramga aylanib ulgurdi. Xususan, umumta’lim maktablari o‘quvchilarining “Umid nixollari” akademik litsey va kasb –xunar kollejlari o‘quvchilarining “Barkamol avlod” xamda oliy o‘quv yurtlari talabalarining Universiada sport musobaqalari o‘zgacha shukux va kayfiyatda o‘tishi, shuningdek, o‘g‘il-qizlarimizni Vatanga sadoqatlik qilib tarbiyalash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yangidan-yangi marralar sari yetaklashga xizmat qiluvchi tadbir sifatida xalqaro miqyosda xam ko‘pchilikning xavasini keltirmoqda. Ma’lumki “Umid nixollari” , “Barkamol
Do'stlaringiz bilan baham: |