Юртбошимиз ташаббуси билан ташкил этилган уч босқичлик спорт ўйинлари ёшларимиз доимо орзиқиб кутадиган катта байрамга айланиб улгурди



Download 134,74 Kb.
bet1/10
Sana25.02.2022
Hajmi134,74 Kb.
#462163
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gandbol bo’yicha to’garak mashg’ulotlarining vazifalari va vositalari


Mavzu: Gandbol bo’yicha to’garak mashg’ulotlarining vazifalari va vositalari
Reja:
Kirish
1.Umum ta’lim maktablarida musobaqalarini tashkil qilish va o’tkazish
2.Umum ta’lim maktablarida sport mashg’ulotlari
3.Umum ta’lim maktablarda jismoniy tarbiyaning tutgan o’rni
4.Yosh (gandbol) “gandbol”chilarni tanlab olish va tarbiyalash
5.Gandbol bo’yicha to’garak mashg’ulotlarining vazifalari va vositalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2017-yil jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir.Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi.O‘zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash;ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash;ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda

Ustozi avval arastu Xakim “Xitoba” (Ritorika) kitobida yozadiki, ajoyib jismoniy fazilatlarga ega bo‘lgan yigitlar – sog‘lom, bo‘ydor, sport musobaqalarida chaqqon yoshlar har qanday davlatning boyligidir. Bunday jismoniy fazilatlarga qanday erishiladi.


Albatta, oila, maktab muhitida tarbiya topish, ayni vaqtda o‘z-o‘zini tarbiyalash, jismoniy tarbiya bilan aqliy tarbiyani ahloqiy tarbiyaga muvofiqlashtirish yo‘li bilan barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin.
Sir emaski, faqat aqliy mehnat bilan shug‘ullanib, umrida tesha ushlamagan, ketmon chopmagan, aqalli birorta mih qoqmagan yoki ko‘chat ekmagan odamlar ham borki, bular jismoniy mehnat qimagani uchun doimo kasallikdan chiqmay yuradilar. Qadim donishmadlanir barcha sohalarda faoliyat ko‘rsatib, har tomonlama kamol topganlar. Qadimgi Yunonsitondagi Fales, Pittak, Solen, Biant, Xilen kabi donishmand-lar ham mohir jangchi, kurashchi, chavandoz, qilichboz, nayza otuvchi ham davlat arbobi bo‘lib yetishganlar. Abu Muslim, Muqanna, To‘maris, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, amir Temur va uning safdoshlari aqlan, jismonan, ahloqan barkamol insonlar edilar.
Milliy Istiqlol fidoyilaridan alloma Abdurauf Fitrat “Oila” asarida ota-onalarga qarata bunday yoziladi: “Inshooloh, oqilona tarbiyangiz soyasida farzandingiz sog‘lom aql va sog‘lom badanga sohib bo‘lib, yahshi kamol topib, yetti yoshni to‘ldiradi. Yetti yoshgacha bolalarni ham jismoniy ham aqliy, ham odob-ahloqli qilib tarbiyalash juda muhimdir. Bola yetti yoshgacha jismonan sog‘lom va aqlan yoshiga yarasha oqil bo‘lsa, kelgusidagi kamolotiga ham imkoniyatlar, yo‘lar ochiladi.”
Alpomish, Go‘ro‘g‘li kabi halq qahramonlari ham o‘z oilasini, yorini, el-yurtini turli bosqinchilardan himoya qilishda jismoniy va aqliy quvvati bilan jasoratlar ko‘rsatib, halq mehrini qozonganlar. Donishmand shoir, Xorazm bahodiri – Pahlavon Mahmud – aqli va jismoniy kuch-quvvati bilan kurashda g‘olib chiqib, minglab vatandoshlarini yovlar qo‘lidan ozod qilib, halq duosini olgan.
Milliy an’analarimizni boy ma’naviy merosimizni yahshi bilgan Vatanimiz Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ma’rifat va ma’naviyatni rivojlantirish bilan bir vaqtda yosh avlodning jismoniy tarbiyasiga, sport ishlarini rivojlantirishga juda katta g‘amho‘rlik qilmoqda.
O’zbekiston Birinchi Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov; “O’zbekiston halqining salomtligi haqida shahsan g‘amho‘rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan oila, maktab, mahalla, sog‘liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sport ko‘magida singdirish kerak” – deb tushuntirgan edi. Yurtboshimiz “Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida so‘zlagan nutqida alohida bunday deydi: “Biz naslimizning kelajagi – sog‘lom avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden tasis yetdik va mahsus halqaro jamg‘arma tuzdik. Bu biznes emas, farzandlarimizni emas, balki ma’anviy boy avlodga ega bo‘lgan halqni tushunishimiz kerak buni hammamiz yahshi anglab olmog‘imiz shart!”
Bejiz emaski, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” gi farmonida (24-oktyabr 2002-yil) “Bolalar jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublarini joriy etish” sohasida muhim vazifalar belgilangan.
Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga hizmat qiluvchi, mualliflar tomonidan nashrga tayyorlangan ushbu qo‘llanmaning nihoyatda kamligini inobatga olib, mutahassislar yetishtirayotgan o‘quv muassasalari talabalariga mo‘ljallangan “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti” qo‘llanma shu yo‘nalish bo‘yicha davlat tilida yozilganligiayni maqsadga muvofiq davlat tilida yozilganligi ayni maqsadga muvofiq O’zbekiston Respublikasi mustaqilligka erishgandan so‘ng Vazirlar Mahkamasi tomonidan jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorlar.

  • 1992-yil 14-yanvar Oliy kengshning yig‘ilishida “Jismoniy madaniyat va sport to‘g‘risida” qonun qabul qilindi.

  • 1992-yil 21-yanvar Milliy Olimpiya qo‘mitasi tuzilib u Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining tarkibiga rasmiy a’zo etib qabul qilindi.

  • 1992-yil Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan O’zbekistonda sportchi v murabbiylar mehnatini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishga katta e’tibor berilib “O’zbekiston Respublikasida hizmat ko‘rsatgan sport ustozi” va “O’zbekiston Respublikasida hizmat ko‘rsatgan sportchi” fahriy unvonlari ta’sis etiladi.

  • 1993-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Sog‘lom avlod uchun” farmon e’lon qilindi va shu yili “Sog‘lom avlod” fondini tashkil etish haqidagi qaror qabul qilindi.

  • 1993-yil 18-martda Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

  • 1995-yil Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” qarori qabul qilindi.

  • 1996-yil 13-martda “O’zbekistonda futbolni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.

  • 1996-yil 17-yanvar Vazirlar Mahkamasining 27-sonli qaroriga asosan “O’zbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirish tashkiliy asottsiatsiyasi va prinsipari tubdan o‘rganish va tashkil qilish” qarori qabul qilindi.

  • 1997-yilda Prezidentiga Farmoniga asosan “O’zbekiston tennisni rivojlantirish va uni qo‘llab quvvatlash”ga qaratilgan mahsus jamg‘arma tashkil etildi.

  • 1998-yilda Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida tennisni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

  • 1998-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Olimiya o‘yinlari va jahon chempionatlarida sovrinli o‘rinlarni egallgan sportchilarga beriladigan “O’zbekiston iftihori” fahriy unvoni ta’sis etildi.

  • 1999-yil 1-fevral O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Xalqaro kurash asotsiyatsiyasini qo‘llab quvatlash to‘g‘risda” qabul qilindi.

  • 1999-yil 27-mayda Vazirlar Mahkamasining 271-sonli qaroriga asosan “O’zbekiston Respublikasidan jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qbul qilindi.

  • 2000-yil 26-may Oliy kengashining yangi tahriridagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” gi qonunini 2-chaqiriq 2-sessiyasida qabul qilindi.

  • 2000-yil 7-iyun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni “O’zbekiston Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va mamlakat sportchilarini sidney (Avstraliya)dagi XXVII Olimpiadada Sidneyda tayyorlanish to‘g‘risida”

  • 2002 yil 24-oktyabr o‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni “o‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish” to‘g‘risida

  • 2002-yil 31-oktabr Vazirlar Mahkamasining 374-sonli qarori “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish” to‘g‘risida

  • 2003-yil Vazirlar Mahkamasining “O’quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.

  • 2003-yil vazirlar Mahkamasining “Bolalar sportini targ‘ib qilish va bolalar uchun sport tovarlari ishlab chiqarish turlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.

  • 2003-yilda Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi va O’zbekiston televideniyasida mahsus “Sport” kanali tashkil etildi.

  • 2004-yil 27-sentyabr O’zbekiston Prezidenti Farmoni O’zbekiston Respublikasida Madaniyat va sport ishlari Vazirlarini tashkil etish to‘g‘risida

  • 2006-yil 1-may O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “O’zbekiston futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida” qarori qbul qilindi.

  • 2006-yil 26-dekabr O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori “2007-yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini byudjeti va bolalar sport obektlari qurilishining manzili aniq dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” qabul qilindi. “Mashg‘ulot” termini boshqa ko‘p terminlar singari bir ma’noli so‘z emas. Uni eng keng ma’noda, mashqlarning aniq, mazmuni mutlaqo hilma-hil bo‘lishiga qaramay, har qanday mashq, qilish odatlantirish jarayoni ma’nosida tushunadilar. Misol uchun “aqliy mashg‘ulot”, “jismoniy mashg‘ulot” va “katta hayvonlar” , “Mashg‘ulot” deb gapiradilar. Bu esa bir-biridan prinsipial farq qiladigan narsalarni qorishtirib yubormaslik uchun dastlabki tushuncha tarifini qat’iy aniqlab olishimiz talab qiladi.




Download 134,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish