Юртбошимиз ташаббуси билан ташкил этилган уч босқичлик спорт ўйинлари ёшларимиз доимо орзиқиб кутадиган катта байрамга айланиб улгурди


Umum ta’lim maktablarida musobaqalarini tashkil qilish va o’tkazish



Download 134,74 Kb.
bet2/10
Sana25.02.2022
Hajmi134,74 Kb.
#462163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gandbol bo’yicha to’garak mashg’ulotlarining vazifalari va vositalari

1.Umum ta’lim maktablarida musobaqalarini tashkil qilish va o’tkazish
Sport mashg‘uloti pedagogik hodisa bo‘lib u sportga yuksak natijalarga erishishi uchun bevosita yo‘naltirilgan mahsus jismoniy tarbiya jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, bu jismoniy tarbiyaning “Sport orqali” sport vositasida amalga oshiriladigan jarayondir. Bunga sport pedagogik nuqtai nazardan o‘z qobig‘iga o‘ralib qolgan narsa bo‘lmay, balki tarbiyalash, sog‘lomlashtirish odamni, hayotga tayyorlash vositasi ekanligini nazarda tutish g‘oyat muhimdir.“sport mashg‘uloti” bilan bir qatorda “Sportchilarni tayyorlash” termini ham qo‘llaniladi. Bulardan anglashiladigan tushuncha ma’no jihatidan bir-biriga juda yaqin, biroq bir hil emas. Sportchini tayyorlash – kengroq, tushuncha bo‘lib, u sportga yuksak ko‘rsatgichlariga erishiga tayyor bo‘lish va buni oshira borishini ta’minlovchi vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Sport mashg‘uloti mazmuniga oid vositalar ham mashg‘ulotdan tashqari vaqtlardan qo‘llanadigan o‘ziga hos formadagi vositalar, ya’ni sport tehnikasi, taktikasi etikasi masalalari bo‘yicha ma’ruzalar, suhbatlar va kinofilmlar, sport nazariyasi sohasidagi kitoblar ustida mustaqil ish olib borish va boshqa vositalar ham ana shular jumlasiga kiradi. Sport mashg‘uloti sportchining tayyorlashi asosiy formasini tashkil etadi, deyish mumkin. Sport mashg‘uloti u yoki bu darajaga tayyorlashning barcha qismlarini o‘z ichiga oladi, biroq ularni yetarli darajaga mukammal hal yetmaydi, unga tayyorlashning bevosita jismoniy mashq, mashg‘ulotlari jarayonida amalga oshiriladigan asosiy qism kiradi. Sport mashg‘ulotida jismoniy tayyorgarlik, shuningdek, sportchining sport-tehnika tehnik va ma’naviy iroda tayyorgarligining ommaviy qismlari eng o‘rin olgandir. Umuman sport mashg‘ulotini va sportchini tayyorlash biologik va psihologik o‘zgarishlarning murakkab majmuasini yuzaga keltirib natijada mashq ko‘rganlik, tayyorgarlik, sport kiyimida bo‘lishlik darajasi yahshitlashga olib keladi. “Mashq ko‘rganlik” tushunchasi odatda mashg‘ulot ta’siri ostida sportchi organizmida sodir bo‘ladigan hamda uning ish qobiliyatini ortishiga o‘z ifodasini toapdigan biologik moslashuv o‘zgarishlari ma’nosida anglanadi. Bu o‘zgarishlar asosan bir-biri bilan bog‘liq ikki yo‘nalishda yuz beradi. Birinchidan, struktura va biohimik o‘zgarishlar bazasida organizmning turli organ va tizimlarning funktsional imkoniyatlarini, ishga layoqatliligini yuksaltiradi. Ikkinidan, markaziy nerv tizimining barcha organlar ishini tartibga solib turish va o‘z-o‘zidan sozlanishi takomillashadi. Sportchi qanchalik yahshi mashq ko‘rgan bo‘lsa, u muayyan ishni shunchalik samarali va mukammal bajaradi. Mashq ko‘rganlik – mashg‘ulot vositasida organizmning muayyan bir ishga moslashganlik darajasidir. Umumiy mashq ko‘rganlik va mahsus mashq ko‘rganlikni bir-biridan farq qilinadi. Sportchining mahsus mashq ko‘rganligi tanlangan sport turi spetsifik talablariga sportchi organizmining qanchalik moslasha olganligini ifodalaydi. Umumiy mashq ko‘rganlik harakat faoliyatining g‘oyat xilma-xil turlariga moslsha olishining umumiy darajasi bilan harakterlanadi. Umumiy va mahsus mashq ko‘rganlik o‘zaro hamohang bo‘lib, ularning biri ikkinchisiga aylanib turadi desa ham bo‘ladi.
Sportchi tayyorgarligi ntijalarini harakterlash uchun mashq ko‘rganlikdan tashqari, undan kengroq tushuncha – tayyorgarlik darajasi tushunchasi tushuniladi. Bu tushuncha tegishli tayyorgarlik natijasida sportga yutuqlarini qo‘lga kiritishga tayyor bo‘lganlikning barcha elementlarini o‘z ichiga oladi. Bu elementlar kuch-quvvat, tezlik, chiniqqanlik, epchillik hamda boshqa jismoniy fazilatlar ma’lumot darajada rivoj topganidan sport tehnikasi va taktikasini bilishdan psihik jumladan, irodaviy, tayyor ekanlikdan iborat, sportchining mashq ko‘rganligi va tayyor ekanligi tizimlik mashg‘ulotlar jarayonida to‘htovsiz, umuman yuksalish tomon o‘zgarib turadi. Bunda muayyan sikllik ko‘zga tashlanadi. Xar bir yangi siklda sportda yutuqlarini iritishga optimal tayyor bo‘lish davri mavjud. Sport mahoratiga erishishiga bunday tayyor ekanlikni odatda sport formasi deb ataydilar. Murabbiy va sportchilar mashg‘ulot jarayonini shunday tshkil etish keraki bu o‘z vaqtida sport formasiga erishish uchun sharoit yaratsin, uni ma’suliyatli musobaqalarning muddatlariga muvoqif belgilanadigan ma’lum davr mobaynida saqlab turish va yanada rivojlantirish mumkin bo‘lsin, bu ma’noda sport mashg‘uloti sport formasi taraqqiyotini boshqarish jarayonidir.Sportchi tayyorgarligi asosan jismoniy sport-tehnika, taktik, ma’naviy iroda va nazariy tayyorgarlikdan iborat bo‘ladi. Sportchining jismoniy tayyorgarligi sport faoliyati uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlarni, qobiliyatlarini tarbiyalash demakdir. Sportchining jismoniy tayyorgarligi bevosita ommaviy sport yo‘nalishiga ega bo‘lgani uchun ayni paytda vaqtda organizmning umumiy jismoniy rivojlanishi, mustahkamlanishi va chiniqishi bilan tamomila bog‘liqdir. Tayyorgarlikning barcha boshqa tomonlari singari jismoniy tayyorgarlik ham umumiy va mahsus bo‘ladi.Sportchining mahsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rishi tanlangan sport turlari o‘ziga hos talablariga javob bera oladigan jismoniy qobiliyatini tarbiyalash jaranida iboratdir. Ma’lumki sportning har bir turi sportchining jismoniy qobiliyatlarga mahsus talablar qo‘yadi. Xilma-hil jismoniy fazilatlar o‘ziga hos uyg‘unlashgan bo‘lishi va namoyon yetilishini talab qiladi. Masalan sprinterdan avvalo tezkor-ko‘ngilik fazilatlarining mahsus nisbatga bo‘lishi shuningdek, jumladan, muskul qisqarishining energetik resurslaridan anaerob foydalanishga asoslangan tezlikdagi tlab qilinadi. Starter uchun esa aksincha birinchi navbatda nafas olishdagi moddda almashinish jarayoni yuksak darajada bo‘lishga asoslangan chidmlilik zarurdir. Kurashuvchi polvondan alohida kuchga chidam, shuningdek, mahss chaqqonlik va yepsllik talab etiladi. Gimnastikachilarga qat’iy dastur bo‘yicha berilgan mahsus mashqlar majmuini ifodali va aniq koordinatsiya bila bajarish vobiliyati, shuningdek, kuch-qudratli, chaqqonlikni va boshqa jismoniy fazilatlarni gimnastik ko‘p kurashning butun dasturi davomida namoyon eta bilish qobiliyatini kerakli darajada saqlab turish uchun imkon beradigan ko‘p kurashga chidamlilik katta rol o‘ynaydi. Turli jismoniy fazilatlarni o‘ziga hos ravishda namoyon yetish va uyg‘unlashtirishga asoslangan ana shunday spesifik qobiliyatlardan tarbiyalash sportchi mahsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rishning mazmunini tashkil etadi.
Sportchining umumiy jismoniy tayyorgarligi deganda, ular tanlangan sport turi uchun hos bo‘lmagan tanlangan sport turi uchun hos bo‘lmagan, biroq sport faliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun bevosita va bilvosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan har tomonlama jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash nazarda tutiladi.Sportning har bir turidagi muvaffvqiyatli faqat zarur sport turining o‘ziga hos tomonlarini ifoda etuvchi ayrim qobiliyatlar bilangina emas, balki oragnimzning funktsional imkoniyatlarining umumiy darajasi bilan ham belgilanadi. Shu sababli ham mahssus tayyorgarlik, ham umumiy tayyorgarlik birga qo‘shib olib borilganidagina sportchining jismoniy tayyorgarligi ham tomonlama bo‘lishi mumkin. Umumiy jismoniy tayyorlanish mahssus tayyorgarlik uchun zamin yaratadi, ya’ni tanlangan spor turida kamol topish uchun zarur shart-sharoit sifatid kuchlilikni, tezkorlikni, chidamlilikni, yengillikni, chaqqonlikni har tomonlama rivojlanishi ta’min etadi. Sportchi jismoniy tayyorgarligining mazmuni uchun qaysi sport turi bo‘yicha ihtisoslashganiga bog‘liq. Biroq ihtisosga qarab g‘oyat katta farqlar bo‘lishiga qarab hamma sohadagi umumiy tayyorgarlikda qator o‘hshash tomonlari saqlanib qoladi. Bunga sabab, birinchidan, sportning har hil turlari faqat bir-biridan farq, qilibgina qolmay, ma’lum darajada mumiylikka ham ega ekanligida bo‘lsa, ikkinchidan, umumiy tayyorgarlikning mazmuni faqat sport faoliyatidgi vazifalarni hisobga olib belgilanmay, balki jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalarga ham muvofiqlab belgilanishigadir. Sportchining umumiy va mahsus jismoniy tayyorgarligi jarayonida jismoniy tarbiyaning barcha vositalaridan, ya’ni jismoniy mashqlar, chiniqish va sog‘lomlashtirishning tabiiy farqlari, rejim va boshda mahsus tanlangan jismoniy mashqlar asosiy rol o‘ynaydi. Sportchining ma’naviy iroda tayyorgarligi o‘zining pedagogik mahorati jihatidan sport faoliyati sharoitiga moslab amalga oshiriladigan ahloqiy tarbiya, jismlaridan irodani tarbiyalash jarayonidir.Sport – iroda sifatlarini to‘la namoyon etishini talab etadigan mardonavor ko‘pincha, hatto beshavqat faoliyat turidir. Shuning uchun kuchli iroda, maqsad sari intilish tashabbus, talabchanlik, qatiylik va jasurlikni chidamlilkni va o‘z-o‘zini boshqarishni tarbiyalash sportchi tayyorgarligining ajralmas qismini tashkil etadi. Iroda fazilatlarining namoyon bo‘lishi faoliyatining konkret sharoitiga bog‘liq ekanini e’tiborga olib va shu bilan birga irodaning turli tomonlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni nazarda tutib, umumiy va mahsus irodaviy tayyorgarligini bir-biridan farq qilinadi. Sportchining umumiy iroda tayyorgarligi irodani sport harakatlar-ining tanlangan formasiga bevosita aloqador bo‘lmagan, biroq sport faoliyatining muvaffaqiyatli chiniqishiga har qanday sabab bo‘ladigan har tomonlama tarbiyaning bu qismi amalda ko‘p jihatdan umumiy jismoniy tayyorgarlik materiali hamda tehnik va taktik tayyorgarlikning tegishli bo‘limlari materiali asosida ko‘riladi.
Sportchining mahsus iroda tayyorgarligi esa tanlangan sport turi bo‘yicha mashg‘ulot va musobaqalar sharoitida paydo bo‘ladigan spe-tsifik qiyinchiliklarini yengib o‘tishga imkon beridagan iroda qobi-liyatlarini tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. U mahssus tayyorgarlikning boshq bo‘limlar jismoniy sport tehnik, taktik tayyorgarlik bilan bevosita bog‘liq. Sportchining ahloqiy tarbiyasi faqat sport mashg‘uloti ramkalar bilan chegaralanishi mumkin emas. Sportchining tarbiyalashning umumiy sistemasida mashg‘ulotlardan tashqari ahloqiy tarbiyaning yana bir qator eng muhim vosita va metodlardan ham etikaga doir siyosiy temadagi ma’ruza va shahslardan, sport kollektividagi foydali jamoat ishlari va hokazolardan foydalaniladi. Nazariya elementlari yuqorida ko‘rib o‘tkanimizdek, sportchi tayyorgarligining taktik tehnik va boshqa turlari bilan organik aloqada ekan.
Shu bilan bir qatorda nazariy tayyorgarlik bir oz shartli ravishda boshqalardan ajartiladi. Sportchi uchun zarur blgan bo‘limlarning shunday keng doirasi mavjudki ular yuqorida keltirilgan tayyorgarlik qismlarining hech biriga kirmaydi. Sportning tarihi va sotsiologiyasi sport mashg‘uloti va unga yaqin narsalarning nazariya hamda metodi-kasi bo‘yicha bilimlar ana shular jumlasidan. Ana shu bilimlarni o‘zlashtirib olish nazariy tayyorgarlik qismini tashkil etadi. Sportchining nazariy tayyorgarlik asosan aqliy ma’lumot olish va mustaqil mutolaga harakterli bo‘lgan formalarda olib boriladi. Nazariy tayyorgarlik bevosita sport mashg‘ulotlarida tehnik, taktik ma’anviy iroda va jismoniy tayyorgarliklar bilan birgalikda amaliy mashg‘ulotlarning bir elementi sifatida bo‘ladi. Shunday qilib, sportchining tayyorgarligi ko‘p qirrali va ko‘p tomonli jarayondir. Uning barcha tomonlari o‘zaro bir-biri bilan mustahkam bog‘liqdir. Masalan, jismoniy tayyorgarlik tehnik va taktik tayyorgarlik sohasidagi vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan, zamin va shart-sharoitlarni yaratadi. O’z navbatida jismoniy tayyorgarlik jarayonining o‘zi ham, uning pirovard natijalari samarali chiqishi ham ko‘p jihatdan tehnik va taktik tayyorgarlikka bog‘liq. Mashg‘ulot jarayonini bu tomonlari ko‘p jihatdan bir-biriga ancha o‘hshash ketishini keyinroq yozib o‘taman. Xuddi ana shunday mustahkam aloqadorlik tayyorgarlikning boshqa qismlari o‘rtasida ham mavjuddir. Shu munosabat bilan ma’naviy iroda tayyorgarlikning ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi, chunki u sportchining umuman o‘z faoliyatiga munosabati qanday ekanini ko‘rsatadi.Yuqorida ko‘rsatganimizdek, sport mashg‘uloti sportchi tayyorgar-ligining butun mazmunini va barcha formalarini qamrab olmaydi. U doimiy ravishda tayyorgarlikning boshqa formalari bilan to‘ldirib turiladi, va tarbiya umumiy tuzilishining tarkibida bo‘ladi. Biz keyinroq chuqurroq tahlil maqsadida faqat mashg‘uloti jarayonining o‘ziga diqqatni qaratganimizda ana shularni esda tutishimiz kerak. Sport mashg‘uloti vositasi sifatida qo‘llaniladigan jismoniy mashq-lar quyidagilardan iborat 1) tanlangan (asosiy) musobaqa mashqlari 2) mahsus tayyorlov mashqlari va 3)umumiy tayyorlov mashqlariMusobaqa mashqlari – bu yahlit harakat faoliyati bo‘lib sportga ihtisoslash predmeti hisoblanadi va mazkur sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqa sharoitlariga ko‘ra muvofiq holda bajariladi.
“Musobaqa mashqlari” tushunchsi ma’lum ma’noda “Sport turi” degan tushunchaga o‘hshaydi. Ko‘pgina musobaqa mashqlari nisbatan tor o‘ylanishdagi va harakat sostavi jihatidan cheklangan harakterdagi faoliyat bo‘ladi. Bunga siklli harakatlar ham shuningde ba’zi bir siklli bo‘lmagan va aralash mashqlar ham kiradi. Asosiy jismoniy sifatlarga qarab, bu mashqlarni tezlik-kuch talab etadigan va ko‘proq chidamlilik talab tiladigan mashqlarga bo‘lish mumkin. Chidamlilik talab qilinadigan mashqlar o‘z navbatida chidamlilik spetsifikatsiyasi qarab, g‘oyat maksimal quvvat talab qilib katta quvvat talab va o‘rtacha quvvat qilish larga bo‘linadi. Shu bilan birga har biri shartli ravishda birlashgan sharotiga qarab o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan hilma-hil harakatlar yig‘indisidan iborat musobaqa mashqlari ham bo‘ladi. Masalan, sport o‘yinlarida va yakkama-yakka sport uchrashuvlari ana shunday harakatlar yig‘indisi bo‘ladi. Musobaqa mashqlarining mazkur turlari yuqorida sinab o‘tilgan mashqlardan farq qiladi. Bular situatsiyaga va harakat shakllari mntazam va to‘satdan o‘zgarib turadigan sharoitga asosiy jismoniy sifatlarning majmui namoyon bo‘lishi bilan harakterlanadi.
Skalom hamda chang‘ida tezroq tushish singari musobaqa mashqlari ham ana shunday harakterga ega; biroq ular sostav jihatidan unchalik hilma-hil va ulardaa musobaqalashuvchilarning birgalikda harakat qilish momenti yo‘q.
Shuningdek, nisbatan mustqil muosbaqa mashqlari majmualari ham mavjud bo‘lib, ular ikki kurash va ko‘pkurash singari mahsus sport turlaridan iborat. Ular nisbatan bir tipdagi mashqlardan ham, mutlaqo hilma-hil mashqlardan ham iborat bo‘lishlari mumkin. Xozirgi vaqtda asosan bitta, goho-goho ikkita, lekin bir-biriga yaqin musobaqa mashqiga yoki bir sport turi sabablaridan qo‘shkurash, ko‘pkurashlarda ihtisoslashish odat bo‘lgan. Bunga boshqa mashqlardan qo‘shimcha,yordamchi sport turi sifatida foydalanishi mumkin. Sport mashg‘ulotining istaklari aslida belgilangan sport natijalariga erishishni ta’minlash uchun mashg‘ulot vositalardan foydalanishning hilma-hil usulllari demakdir. Bu metodlar umumiy tarzda jismoniy tarbiya metodikasining umumiy asoslari haqidagi bo‘limga qarab chiqilgan.
Bu yerda ana shu aytilganlarni bir qadam aniqlashtiriladi holos. Xarakat faoliyatini o‘zlashtirishning boshlang‘ich davrida mashg‘ulot metodlari, ana shu harakatlarni amalda bajarishga o‘rganish metodlaridn boshqa narsa emas. Bunga mashqlarni bo‘laklarga ajratib, bo‘laklari bir-biriga qo‘sha borish bir butun holda birlashtirish metodi va detallarini to‘la bajarish metodalri kiradi. Xarakatlarni amalda o‘rganish murabbiy rahbarligida o‘tadi. Bunda u so‘zlab borish metodlaridan hamda ko‘rsatish metodlaridan foydalanadi. Sport mashg‘ulotining asosiy metodik arsenali sportchidagi harakat malakalarini takomillashtirishga va jismoniy fazilatlarini tarbiya-lashga qaratilgan metodlardan iborat. Bunga qatiy ravishda reglamentlarni qo‘yilgan mashqlar metodlari birini darajali ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki bu metodlar standartlanish belgilariga qarab hamda ta’sir etish kuchining o‘zgarib borishiga qarab, shuningdek, mazkur nagruzkalar uzluksiz ravishda yohud integral bilan berilishin hisobga olib qismarga ajartilgan edi.



Download 134,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish