Bog'liq Gandbol bo’yicha to’garak mashg’ulotlarining vazifalari va vositalari
2.Umum ta’lim maktablarida sport mashg’ulotlari Sport mashg‘uloti jarayonida sanab o‘tilgan barcha metodlardan shuningdek, shulardan kelib chiqadigan va jamlangan vaqtda g‘oyat ko‘p metodlardni keltirib chiqaradigan metodlardan foydalaniladi. Bular quyidagilardan iborat: to‘liq qatiy va eksterimal inteval bilan dam olib bajarila-digan takroriy mashq metodi, o‘zgaruvchan mashq metodi, ko‘p qismli intervalli mashq va hokazolar. Shu bilan birga o‘yin metodlari va ayniqsa, musobaqa metodidan ham foydalaniladi.
Organizmning funktsional imkoniyatlariga oshirilgan talablar qo‘yiladigan metodlardan jumladan qatiy intervallar bilan o‘tkaziladigan intervlli mashq bilan qilish metodidan va ayniqsa, nagruzka maksimal darajaga yetkaziladigan zo‘rayib boruvchi mashqlar metodidan hamda musobaqalshuv metodlaridan sport mashg‘ulotida jismoniy tarbiya boshqa turlariga nisbatan ancha kengroq foydalani-ladi. Bu metodlar sport faoliyatining spesifik vazifalari ta’siri ostida paydo bo‘lgan va eng ko‘p takroriy etgan. Jismoniy, tehnik, tak-tik va ma’naviy-iroda tayrgarligining hususiyatlariga qarab sport mashg‘ulot metodlari shaklan o‘zgarib va to‘ldirilib turadi.
Bunga bir metodning o‘zi tayyorgarlikning turli tomonlari amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, yugurish vaqtida o‘zgaruvchan mashq metodidan foydalanilgan holda bir vaqtning o‘zida chidamlilikni tarbiyalash, yugurish texnikasini takomillashtirish hamda kuch quvvatni masofa bo‘ylab takomillashtirish tanlangan taktik variantini ishlab chiqish mumkin. Bir metodning o‘zi mazkur misolga sportchining jismoniy tehnik va taktik tayyorgarligi metodi sifatida hizmat qilmoqda. Bunday aralash ta’sir etishning yana ham yorqinroq misolini musobaqa metodida ko‘-rish mumkin. Metodlarning bir-biriga bunday kirishib ketish bevo-sita sport formasi yahshilanadigan mahsus tayyorlo mashg‘ulot bosqichi uchun ayniqsa harakterlidir. Sport mashg‘uloti jarayonida mashg‘ulot uyuushtirishning asosiy formasi mashg‘ulot darsi bo‘lib, u jismoniy mashq mashg‘ulotlarining tashkil tishning umumiy qonuniyatlariga muvofiq ravishda uyushtiriladi. Jismoniy tarbiya sohasidagi har bir dars singari mashg‘ulot darsi ham o‘ng qismdan, … ya’ni kirish tayyorlov qismi, asosiy qism va yakuniy qismdan iborat bo‘ladi. Bu qismlarning aniq xarakteristikasi sportning har bir turi bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulot mazmuni o‘ziga hos ususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg‘u-lot darsining qancha davom etishi. Vaqti nisbatan doimiy bo‘lgan g‘oyat xilma-hildir. Masalan, davom etish vaqti nisbatan doimiy bo‘lgan maktab darsidan farqli o‘laroq sport mashg‘uloti jarayonidgi mashg‘ulot darsi 30-60 minutdan to bir necha soatgacha ham cho‘zilishi mumkin. Bu sport turining xususiyatlariga, mashg‘ulotlarning xususan nimaga yo‘naltirilganiga va boshqa shart-sharoitlarga bog‘liqdia. Shu munosabat bilan sport mashg‘ulot darslari uchun uning qismlari uchun uning qismlari arafasidagi nisbatan ancha xilma-xilligi hamda asosiy qism strukturasi nihoyatda turli-tuman bo‘lishi xarakterlidir. Mashg‘ulot darsi, shuningdek, harakatli yuksaklig bilan ham farqli qiladi. Sport amaliy mashg‘ulot darslardan tashqari jismonyi mashqlar bilan qo‘shimcha mustaqil mashg‘ulotlar o‘tkazish ham keng tarqalgandir.
Ular odatda qisqartirilgan mashqdan hususiy vazifalarni hal etadigan mashqlardan va unga katta bo‘lmagan yakunlovchi qismdan iborat bo‘ladi. Bu turdagi mashg‘ulotlar ko‘pincha ertalabki soatlarga o‘tkaziladi va bunga ular mashg‘ulot funktsiyalari bilan bir qatorda ertalabki gigienik gimnastika rolini ham bajaradilar. Sportning tobora ommaviy harakterga ega bo‘la borishi va sportchilarning ilmiy-metodik darajalari yuksala borishi bilan mustaqil mashg‘ulotlarning ahamiyati ham olish boriladi. Ular mashg‘ulot uyushtirishning asosiy formalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Mashg‘ulot mashg‘ullarning alohida formasi sifatida musobaqalarni ko‘rsatish kerak. Sport musobaqalarining ahamiyati ko‘p qirralidir. Shuning uchun ular ahamiyatini faqat mashg‘ulot funktsiyasini bilan cheklab bo‘lmaydi. Biroq mazkur holda ularning mashg‘ulot mashg‘ulotlarining bir formasi ekani muhimdir. Sport amaliysining musobaqalarining xilma-xil turlari paydo bo‘ldi. Shahsiy sport musobaqalari, o‘zi norma topshirish musobaqalari va tayyorgarlik musobaqalari.
Shahsiy sport musobaqalarida birinchilik uchun raqobat uchun keskin kurash momenti yorqin ifodalangan bo‘ladi. Ular absolyut birinchilik aniqlangan musobaqalarga va nsibiy birinchilik aniqlanadigan musobaqalarga bo‘linadi. Birinchi hil musobaqalar odatda ko‘p bosqichli bo‘lib, sport kalendarining asosini tashkil etadi. Ikkinchi hil musobaqalar esa ayrim tashkiliy va metodik vazifalarni hal etib, ko‘makchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Mayor topshirish musobaqalari ko‘proq yoki ozroq davom etgan musobaqa bosqichiga yakun yasaydi, sportchilarning rasmiy yoki mustaqil ravishda belgilangan me’yorlarni bajarishga qay darajada tayyor ekanini baholashga imkon beradi. Ular sport musobaqalarining o‘ziga tomon bosqich bo‘lib hizmat qiladi. Bu borada tayyorlov musobaqalari ularga yaqin turadi, biroq tayyorlov musobaqalarida o‘quv-mashg‘ulot xarakteri yana ko‘proq bo‘ladi. Musobaqalarning butun bir tizimi faqat yakunlarini yakunlash bilan cheklshanib qolmay, izchillik bilan tobora yuksak ko‘rsatkichlarga erisha borishini ham nazarda tutadi. Bunda sport musobaqalarining o‘zi musobaqa tajribasi orttirishda va sportga muvaffaqiyatlarga erishish uchun zarur bo‘lgan qobiliyatni tarbiyalashda g‘oyat katta ahamiyatga ega. Bular bari musobaqalarni tayyorgarlikning, sport mashg‘uloti jarayoniga qaratilganidan muhim formalaridan biri deb qarashga imkon beradi. Mashg‘ulot siklining ma’lum bosqichlarida sport musobaqalari mashg‘ulot uyushtrishning asosiy formasi bo‘lib bo‘lib, hizmat qiladi. Kuchli sportchidan amaliyotda umumiy mashg‘ulotlarning 15 va undan ortiq, foizi ana shu musobaqalardan iborat bo‘ladi, futbolchilar, basketbolchilar va boshqa sport o‘yinlari vakillari musobaqalarda yana ham ko‘proq band bo‘ladilar. Jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini aks ettiruvchi prinsiplar sport mashg‘ulotiga ham taalluqlidir. Yuqorida aytib o‘tilgan onglilik va aktivlik ko‘rgazmalilik, tushunarli bo‘lishi va individullashtirish, tizimlilik hamda borish zo‘raya borish prinsiplari ana shular jumlasidandir. Umumiy konupsiyalar sport mashg‘ulotida mahsus, o‘ziga hos formada aks etadi.
Unda jismoniy tarbiyaning boshqa formalarida bo‘lmagan spesifik konupsiyalar ham bor. Bu esa sport trenirovkasini uyushtirayotganda umumiy prinsiplarini mazkur jarayonning o‘ziga hos hususiyatlariga muvofiq ravishda aniqlashtirishni taqozo etadi. Sport yuksak ko‘rsatkichlarga intilish va ularni doimo yahshilab borish vazifasini nazarda tutadi. Jismoniy mashqlardan sport maqsadida foydalanish-larda natijalar imkon boricha yuqori darajada bo‘lishni nazarda tutmaydi.Sport faoliyatida esa maksimum natijasiga erishish mo‘ljallaniladi. Albatta bu maksimum turli sportchilar uchun turlicha. Umumiylik esa, ularning har biri sport kamoloti yo‘lida mumkin qadar ko‘proq natija sari intilishdadir. Sport yutuqlari esa, albatta, shunchaki o‘ziga muhim bo‘lmay balki, kuch-quvvat, qobiliyat, mahorat taraq-qiyotining konkret ifodasi sifatida muhimdir.Yuksak sport natijalariga intilish shu munosabat bilan ulkan ijtimoiy-pedagogik ahamiyat kasb etadi, chunki u insonning eng muhim hayotiy qobiliyatlarini eng yuqori darajada takolmillashtirishga intilish degan ma’noni bildiradi. Bunday faoliyat sport faoliyatining barcha tashkiliy tomonlari va shart-sharoitlari tizimi va orta boruvchi rag‘batlantirish chegaralari bilan qo‘llab-quvvatlab boriladi. Yuksak ko‘rsatkichlarga intilish sport mashg‘ulotini shunga moslab tashkil etish, eng ta’sirli vosita va metodlardan foydala-nish, nihoyat darajada chuqur ihtisoslanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Maksimumga intilish sport mashg‘ulotining barcha o‘ziga hos belgilari – nagruzkalar yuksak darajada bo‘lishi nagruzka va dam olishning sikllikdan iborat almashib turish va h.k lar mavjud bo‘lishni talab etadi. Sport mashg‘ulotining yuqorida yozib o‘tilgan qonuniyatlarini sportdagi ko‘p yillik kamolot bosqichlariga bog‘liq, tarzda turlicha namoyon bo‘ladi. Dastlabki, bosqichlarda sport bilan shug‘ullanish asosan umumiy tayyorgarlik tipida o‘tkazildigan bunda mashg‘ulot protsessi sport ihtisoslashtirishning yorqin ifoda etilgan belgilariga ega bo‘lmaydi – oliy ko‘rsatkichlarga intilish uzoq, kelajak xarakteriga ega bo‘ladi. Organizmning yosh jihatdan shakllana borishi va mashg‘ulot darajasining yuksala borishiga qarab, bunday intilish to kishi faoliyatini cheklab qo‘yadigan yosh ulg‘ayishiga bog‘liq va boshqa farqlar sodir bo‘lmaganicha to‘liq ravishda amalga oshirib boriladi. Yuqorida aytganlaridan ko‘rish mumkinki, orta borishning umumiy prinsipi sport mashg‘ulot sohasida alohida mazmun kasb etadi. Uni sportning ma’lum turida imkoniyat boricha maksimal darajada kamol topishini ta’minlash talabi sifatida tushunish kerk. Bu esa chuqur ihtisoslashtirish sport faoliyati jarayonida vaqt va qudrat sarflash-ning shunday taqsimlanishi bilan xarakterlanadi, bu sportning tanlangan mazkur turini takomillashtirish uzun g‘oyat qulay bo‘lgani holda sportning boshqa turlari uchun bunday bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan sport mashg‘uloti uyushtirishda individual hususiyatlarni hisobga olish g‘oyatda muhimdir. Sportning individual moyilligiga muvofiq ravishda o‘tkaziladigan ihtisoslashtirish uning sport sohasidagi iste’dodni mumkin qadar sport qiziqishlarini qondirishga imkon beradi. Aksincha, ihtisosning hato, sportchining shahsiy fazilatlariga mos kelmaydigan bo‘lishi sportchi va murabbiyning ko‘pgina harakatlarini yo‘qqa chiqaradi.