Yuristning nutq



Download 400,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/150
Sana24.04.2022
Hajmi400,04 Kb.
#578603
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   150
Bog'liq
67. Yuristning nutq madaniyati. Somir Usmonov

5 -§ . Sud 
notiqligi1. 
Yuristning 
nutq odobi
Yuridik dialog tabiatan ziddiyatli ekaniga qaramasdan, 
uning samaradorligi munozara olib borishda asoslash, 
mantiqiylik va boshqa mantiqiy mezonlar tizimiga ham, 
kishining xushmuomalaligi, o ‘zini tuta bilishi va axloqiy 
me’yorlarga rioya qilish qobiliyatiga ham bog‘liqdir. Yuridik 
amaliyotda odobsizlik qilish va axloqiy me’yorlarga amal 
qilmaslik ko'pincha dialog olib borishni buzadi, uning 
samarasiz yakunlanishiga olib keladi.
Sud munozaralarini olib borishda xushmuomalalik, 
ayniqsa, muhimdir, chunki sud dialogini olib borayotgan 
tomonlardan birining odobsizligi oxir-oqibatda sudning 
qaroriga ta’sir ko‘rsatishi va so‘zsiz ravishda, u sud odobini 
buzgan tomon zarariga hal bo‘lishi mumkin. Huquqiy maslahat 
jarayonida huquqiy maslahatchining kasb odobini buzishi 
mijozning ishonchsizligiga sabab bo‘ladi va bu huquqiy 
masalani muhokama qilishni qiyinlashtiradi. Omma oldidagi 
siyosiy munozarada yoki xizmat yuzasidan bo‘layotgan 
muhokamada ishtirok etayotgan shaxsning odobsiz xulqi 
munozarani yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Muzokara olib borish — bu ziddiyatli dialog sharoitida yuzaga 
keladigan xulq me’yoridir, chunki har qanday odam ham 
qarashlar kurashida aqliy va hissiy yukni ko'tarishga qodir 
emas. Huquqiy izlanishlar amaliyoti doirasida yuridik dialog 
olib borish odobi qat’iy belgilab, Ba’zan esa protsessual 
jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Aynan ana shu axloq asosida 
yurist odobi, sud etikasi, ish yuzasidan fikr almashish odobi, 
va nihoyat, huquq etikasi vujudga kelgan.
1 Sud notiqligi bilan bog‘liq 7-bobning 5-7-§lari M .G . Voinovaning
“Культура речи юриста” kitobidan o ‘zbek tiliga erkin taijima qilindi.
Ba’zi o'rinlarda o'zgartirishlar kiritildi.
152


Kasbiy aloqa qilish odobi, eng awalo, qatnashuvchining 
tinglovchilar shaxsiyatiga hurmat bilan qarashini nazarda tutadi. 
Dialogni qo‘pollik, o‘rinsiz va tahqiromuz so‘zlar bilan behuda 
janjalga aylantirmaslik lozim. Xushmuomalalik, o‘zini tuta bilish 
va mayin ohangda gapirish faqat o‘z nuqtai nazarini himoya 
qilishni kuchaytiradi. Ishonch va o'zaro xush-fe’llik bahsning 
borishiga yaxshi ta ’sir ko‘rsatadi. Dialogda auditoriya yoki 
suhbatdoshning o‘ziga xos mhiyatini inobatga olib, iloji boricha 
tushunarli va mantiqan izchil darajada gapirish lozim.
Dialog qatnashchilariga hurmat ko'rsatish, eshita olish, 
suhbatdoshini va o‘zini ham tinglay bilish, uning keltirayotgan 
isbot-dalillarini tahlil qila bilishda ko‘rinadi. Ruhshunoslar 
tinglay bilishni samarali aloqa qilishning eng muhim vositasi 
deb hisoblashishadi. Tinglay bilish — aloqa qilish jarayonida 
suhbatdosh bilan o‘zaro hamkorlik qilishga qulaylik tug'diradi. 
Bu samara, ayniqsa, so‘roq olib borish chog‘ida, huquqiy 
maslahat yoki xizmat yuzasidan suhbatlashilayotganda yaqqol 
ko‘zga tashlanadi.
Dialog olib borish odobi va uning axloqiy jihati dialogdagi 
ikki muhim holatdan saqlanishni nazarda tutadi. Birinchidan, 
suhbatdoshining aniq yoki isbotlangan dalillarini o‘jarlik bilan 
qabul qilmaslik axloqiy jihatdan nomaqbul va aksar hollarda 
taktik jihatdan noto‘g‘ri hisoblanadi. Bunday taktika, hatto, 
sudlanuvchi, guvoh yoki gumon qilinuvchini so‘roq qilish 
chog‘idagi operativ-taktik masala nuqtai nazaridan ham 
mutlaqo noto‘g‘ridir.
Ba’zan dialogda opponent keltirgan dalillami tan olish 
yoki uning asosli tanqidini qabul qilish juda to‘g‘ri va maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Bu bahslashuvchilar shaxsiyatiga nisbatan 
ish o n c h va h u rm a tn i o rttira d i, b u n d an ta sh q a ri, 
himoyachining qabul qilgan dalillash m e’zoni hisobiga 
o ‘zining dalillash m e’zonini kengaytiradi.
Ikkinchidan, himoyachi keltirgan dalillami osonlik bilan 
qabul qilish, muhim va murakkab muammolami muhokama 
qilish chog‘ida murosasozlik qilishdir. Ko‘pincha opponentning
153


daliUari yetarli darajada asosli va qat’iy tuyuladi. Himoyachining 
dalillari noto‘g‘ri ekanligi ayon bo‘lganda esa, o‘z so'zini 
qaytib olishga intilish odobsizlik bo‘lib ko‘rinishi mumkin.
Etikada ham, munozara taktikasida ham nutq madaniyati 
muhim ahamiyatga ega. Chunki dialogda nafaqat so‘zlaming 
mazmuni, balki ifoda usulining ham o‘z o‘m i bor. 0 ‘rinli 
tanlangan ohang, to ‘g‘ri qo‘yilgan urg‘u, shablonlaming 
yo‘qligi, g‘aydoddiy nutq harakati, nutq darajasi va 
suhbatdosh tajribasini hisobga olish — bularning bari 
muhokama jarayonida ishtirok etuvchilaming ruhiyati bilan 
bog‘liq bo‘lib, dialog jarayonidagi ortiqcha hissiyotga 
berilishning oldini olishga imkon beradi. Bunda dialogda 
qatnashuvchilaming temperamenti va xarakteriga bog'liq 
ravishda, axborot almashinuv tezligi alohida ahamiyatga ega. 
Masalan, u tez fikrlovchi va tez gapiruvchi shaxslarda 
loqaydlikni yuzaga keltiradi, ayni paytda, opponent fikri va 
nutqining ortiqcha tezligi esa sekin-asta odamning g'ashini 
keltira boshlaydi.
Tilning leksik imkoniyatlaridan, uning obrazliligi va 
ifodaliligidan ustalik bilan va bexato foydalanish fikmi ifoda 
qilish va uni yetkazishning asosiy garovidir. Mazmunga e’tibor 
bermaslik yoki til vositalarini qo‘llashdagi qashshoqlik nafaqat 
so‘zlovchining obro‘iga, balki uning egallab turgan mavqeiga 
ham ta’sir qilishi mumkin.
Yuridik dialog olib borishda va nutq jarayonida til 
vositalaridan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega. 
Bahsda ko£pincha ko£zda tutilgan va ko‘zda tutilmagan 
tahqirlashlar bo‘lishi mumkin. Agar bahs haqiqatni aniqlash 
maqsadida emas, balki faqat g‘alaba qozonish uchun olib 
borilayotgan bo‘lsa, unda qo‘pol so‘zlarni qo‘llash deyarli 
normaga aylanadi. Bunga odob yuzasidan ham, taktik-strategik 
nuqtai nazardan ham yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki u 
bahslashuvchilami muhokama qilinayotgan muammodan 
chalg‘itadi va bahsni boshqa tomonga burib yuboradi. Bunday 
xatti-harakatlarga parlam ent bahslarida yoki siyosiy
154


munozaralarda qaysidir darajada yo‘l qo‘yish ehtimol o'zini 
oqlar, biroq tergov yoki operativ harakatlar olib bo- 
rilayotganda yoki huquqiy maslahat faoliyatida bunga aslo 
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ta’kidlangan nutqiy muomalaning 
odob doirasida bo‘lishi sud tekshiruvi yoki har qanday yuridik 
munozarani olib borish odobining asosiy belgisi bo‘lishi 
lozim.
U yoki bu kasbiy-nutqiy holat yuzasidan kelib chiqadigan 
har qanday yuridik dialog so‘zsiz ravishda axloq normalariga 
vamuayyan axloq prinsiplarigaega. Masalan, taktik-operativ 
usuli va o‘zining axloqiy asoslari bilan jiddiy nizo ko‘rinishidagi 
dialog (gumon qilinuvchining aybiga iqror bo‘lishi)dan 
kuchsiz ziddiyat (tergov qilinayotgan ishni guvohning esiga 
solish) farqlanadi. Advokatning odobi elchining odobiga 
o ‘xshaydi. Biroq barcha o ‘ziga xosliklari va farqlariga 
qaramasdan, yuridik dialogda so‘zlovchining nuqtai nazari 
eng awalo, shaxs nuqtai nazari emas, balki davlat hokimiyati 
vakilining nuqtai nazari ekanligini unutmaslik lozim.

Download 400,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish