5 -§ . Sud
notiqligi1.
Yuristning
nutq odobi
Yuridik dialog tabiatan ziddiyatli ekaniga qaramasdan,
uning samaradorligi munozara olib borishda asoslash,
mantiqiylik va boshqa mantiqiy mezonlar tizimiga ham,
kishining xushmuomalaligi, o ‘zini tuta bilishi va axloqiy
me’yorlarga rioya qilish qobiliyatiga ham bog‘liqdir. Yuridik
amaliyotda odobsizlik qilish va axloqiy me’yorlarga amal
qilmaslik ko'pincha dialog olib borishni buzadi, uning
samarasiz yakunlanishiga olib keladi.
Sud munozaralarini olib borishda xushmuomalalik,
ayniqsa, muhimdir, chunki sud dialogini olib borayotgan
tomonlardan birining odobsizligi oxir-oqibatda sudning
qaroriga ta’sir ko‘rsatishi va so‘zsiz ravishda, u sud odobini
buzgan tomon zarariga hal bo‘lishi mumkin. Huquqiy maslahat
jarayonida huquqiy maslahatchining kasb odobini buzishi
mijozning ishonchsizligiga sabab bo‘ladi va bu huquqiy
masalani muhokama qilishni qiyinlashtiradi. Omma oldidagi
siyosiy munozarada yoki xizmat yuzasidan bo‘layotgan
muhokamada ishtirok etayotgan shaxsning odobsiz xulqi
munozarani yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Muzokara olib borish — bu ziddiyatli dialog sharoitida yuzaga
keladigan xulq me’yoridir, chunki har qanday odam ham
qarashlar kurashida aqliy va hissiy yukni ko'tarishga qodir
emas. Huquqiy izlanishlar amaliyoti doirasida yuridik dialog
olib borish odobi qat’iy belgilab, Ba’zan esa protsessual
jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Aynan ana shu axloq asosida
yurist odobi, sud etikasi, ish yuzasidan fikr almashish odobi,
va nihoyat, huquq etikasi vujudga kelgan.
1 Sud notiqligi bilan bog‘liq 7-bobning 5-7-§lari M .G . Voinovaning
“Культура речи юриста” kitobidan o ‘zbek tiliga erkin taijima qilindi.
Ba’zi o'rinlarda o'zgartirishlar kiritildi.
152
Kasbiy aloqa qilish odobi, eng awalo, qatnashuvchining
tinglovchilar shaxsiyatiga hurmat bilan qarashini nazarda tutadi.
Dialogni qo‘pollik, o‘rinsiz va tahqiromuz so‘zlar bilan behuda
janjalga aylantirmaslik lozim. Xushmuomalalik, o‘zini tuta bilish
va mayin ohangda gapirish faqat o‘z nuqtai nazarini himoya
qilishni kuchaytiradi. Ishonch va o'zaro xush-fe’llik bahsning
borishiga yaxshi ta ’sir ko‘rsatadi. Dialogda auditoriya yoki
suhbatdoshning o‘ziga xos mhiyatini inobatga olib, iloji boricha
tushunarli va mantiqan izchil darajada gapirish lozim.
Dialog qatnashchilariga hurmat ko'rsatish, eshita olish,
suhbatdoshini va o‘zini ham tinglay bilish, uning keltirayotgan
isbot-dalillarini tahlil qila bilishda ko‘rinadi. Ruhshunoslar
tinglay bilishni samarali aloqa qilishning eng muhim vositasi
deb hisoblashishadi. Tinglay bilish — aloqa qilish jarayonida
suhbatdosh bilan o‘zaro hamkorlik qilishga qulaylik tug'diradi.
Bu samara, ayniqsa, so‘roq olib borish chog‘ida, huquqiy
maslahat yoki xizmat yuzasidan suhbatlashilayotganda yaqqol
ko‘zga tashlanadi.
Dialog olib borish odobi va uning axloqiy jihati dialogdagi
ikki muhim holatdan saqlanishni nazarda tutadi. Birinchidan,
suhbatdoshining aniq yoki isbotlangan dalillarini o‘jarlik bilan
qabul qilmaslik axloqiy jihatdan nomaqbul va aksar hollarda
taktik jihatdan noto‘g‘ri hisoblanadi. Bunday taktika, hatto,
sudlanuvchi, guvoh yoki gumon qilinuvchini so‘roq qilish
chog‘idagi operativ-taktik masala nuqtai nazaridan ham
mutlaqo noto‘g‘ridir.
Ba’zan dialogda opponent keltirgan dalillami tan olish
yoki uning asosli tanqidini qabul qilish juda to‘g‘ri va maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Bu bahslashuvchilar shaxsiyatiga nisbatan
ish o n c h va h u rm a tn i o rttira d i, b u n d an ta sh q a ri,
himoyachining qabul qilgan dalillash m e’zoni hisobiga
o ‘zining dalillash m e’zonini kengaytiradi.
Ikkinchidan, himoyachi keltirgan dalillami osonlik bilan
qabul qilish, muhim va murakkab muammolami muhokama
qilish chog‘ida murosasozlik qilishdir. Ko‘pincha opponentning
153
daliUari yetarli darajada asosli va qat’iy tuyuladi. Himoyachining
dalillari noto‘g‘ri ekanligi ayon bo‘lganda esa, o‘z so'zini
qaytib olishga intilish odobsizlik bo‘lib ko‘rinishi mumkin.
Etikada ham, munozara taktikasida ham nutq madaniyati
muhim ahamiyatga ega. Chunki dialogda nafaqat so‘zlaming
mazmuni, balki ifoda usulining ham o‘z o‘m i bor. 0 ‘rinli
tanlangan ohang, to ‘g‘ri qo‘yilgan urg‘u, shablonlaming
yo‘qligi, g‘aydoddiy nutq harakati, nutq darajasi va
suhbatdosh tajribasini hisobga olish — bularning bari
muhokama jarayonida ishtirok etuvchilaming ruhiyati bilan
bog‘liq bo‘lib, dialog jarayonidagi ortiqcha hissiyotga
berilishning oldini olishga imkon beradi. Bunda dialogda
qatnashuvchilaming temperamenti va xarakteriga bog'liq
ravishda, axborot almashinuv tezligi alohida ahamiyatga ega.
Masalan, u tez fikrlovchi va tez gapiruvchi shaxslarda
loqaydlikni yuzaga keltiradi, ayni paytda, opponent fikri va
nutqining ortiqcha tezligi esa sekin-asta odamning g'ashini
keltira boshlaydi.
Tilning leksik imkoniyatlaridan, uning obrazliligi va
ifodaliligidan ustalik bilan va bexato foydalanish fikmi ifoda
qilish va uni yetkazishning asosiy garovidir. Mazmunga e’tibor
bermaslik yoki til vositalarini qo‘llashdagi qashshoqlik nafaqat
so‘zlovchining obro‘iga, balki uning egallab turgan mavqeiga
ham ta’sir qilishi mumkin.
Yuridik dialog olib borishda va nutq jarayonida til
vositalaridan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Bahsda ko£pincha ko£zda tutilgan va ko‘zda tutilmagan
tahqirlashlar bo‘lishi mumkin. Agar bahs haqiqatni aniqlash
maqsadida emas, balki faqat g‘alaba qozonish uchun olib
borilayotgan bo‘lsa, unda qo‘pol so‘zlarni qo‘llash deyarli
normaga aylanadi. Bunga odob yuzasidan ham, taktik-strategik
nuqtai nazardan ham yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki u
bahslashuvchilami muhokama qilinayotgan muammodan
chalg‘itadi va bahsni boshqa tomonga burib yuboradi. Bunday
xatti-harakatlarga parlam ent bahslarida yoki siyosiy
154
munozaralarda qaysidir darajada yo‘l qo‘yish ehtimol o'zini
oqlar, biroq tergov yoki operativ harakatlar olib bo-
rilayotganda yoki huquqiy maslahat faoliyatida bunga aslo
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ta’kidlangan nutqiy muomalaning
odob doirasida bo‘lishi sud tekshiruvi yoki har qanday yuridik
munozarani olib borish odobining asosiy belgisi bo‘lishi
lozim.
U yoki bu kasbiy-nutqiy holat yuzasidan kelib chiqadigan
har qanday yuridik dialog so‘zsiz ravishda axloq normalariga
vamuayyan axloq prinsiplarigaega. Masalan, taktik-operativ
usuli va o‘zining axloqiy asoslari bilan jiddiy nizo ko‘rinishidagi
dialog (gumon qilinuvchining aybiga iqror bo‘lishi)dan
kuchsiz ziddiyat (tergov qilinayotgan ishni guvohning esiga
solish) farqlanadi. Advokatning odobi elchining odobiga
o ‘xshaydi. Biroq barcha o ‘ziga xosliklari va farqlariga
qaramasdan, yuridik dialogda so‘zlovchining nuqtai nazari
eng awalo, shaxs nuqtai nazari emas, balki davlat hokimiyati
vakilining nuqtai nazari ekanligini unutmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |