Yuristning nutq



Download 400,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/150
Sana24.04.2022
Hajmi400,04 Kb.
#578603
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   150
Bog'liq
67. Yuristning nutq madaniyati. Somir Usmonov

Raislik qiluvchi: 
Sudlanuvchi, o‘mingizdan turing. Sizga 
so‘nggi so‘z aytish huquqi beriladi.
143


(Sudlanuvchi so‘nggi so‘zni aytadi).
Sud sudlanuvchining so‘nggi so‘zini eshitib bo‘lgach, 
darhol hukm chiqarish uchun maslahatlashishga chiqib ketadi. 
Buni raislik qiluvchi sud majlisi zalida o'tirganlarga e’lon 
qiladi.
So‘ngra sud majlisining kotibi e’lon qiladi: 
Barchaning
o ‘midan turishini so‘rayman. Sud hukm chiqarish uchun maxsus
xonaga chiqib ketadi.
Kotib: 
Turing, sud kelyapti.
Raislik qiluvchi hukmni o‘qib eshittiradi. Uni barcha tik 
turib eshitadi.
Sud muhokamasi senariysini tavsiflash va qanchalik 
protsessual bo‘lsa, shunchalik nutqiy tartibda rasmiylashtirilgan 
nutqiy ifo d ala rn i ta h lil qilish sud m uhokam asi 
qatnashchilarining nutqiy xulqini tasawur qilish imkonini 
beradi. Bunday ifodalarni bilish kelgusida yurist bo‘ladigan 
talabalarda dastlabki kasbiy-nutqiy k o ‘nikm alarning 
shakllanishiga imkon beradi, maxsus fanlarni yaxshi 
tushunishga va maxsus fanlar bo‘yicha rasmiy treninglarda 
ishtirok etishga tayyorlaydi, shuningdek, kasbiy-nutqiy 
madaniyatni yuksaltirishga yordam beradi.
4-§. Sud muzokarasi va uning o‘ziga xosliklari
Sud tergovi tamomlanganidan song sud taraflarning 
muzokarasini eshitishga o‘tadi. Muzokara davlat ayblovchisi va 
jamoat ayblovchisining nutqlari bilan boshlanadi. So‘ngra 
jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki ularning vakillari, 
himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy 
javobgar yoki uning vakili so‘zga chiqadi.
Davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining, shuningdek 
himoyachi va jamoat himoyachisining so‘zga chiqish navbatini 
sud ularning takliflarini inobatga olgan holda belgilaydi.
Taraflar o ‘zlarining nutqlarida sud tergovida ko‘rib 
chiqilmagan dalillami keltirishga haqli emas. Tekshirish uchun 
sudga yangi dalillami taqdim etish lozim bo‘lsa, taraflar sud 
144


f.
! tergovini yangidan boshlash to ‘g‘risida iltimos qilishlari 
mumkin.
Davlat ayblovchisi sud tergovining yakunlarini inobatga 
olib, o‘z nutqida sudlanuvchining aybliügi yoki aybli emasligi 
to ‘g‘risidagi xulosani asoslashi lozim. Davlat ayblovchisi 
sudlanuvchi aybli degan xulosaga kelganda, unga nisbatan 
qo‘llanilishi lozim bo‘lgan jazo tun va me’yori haqida sudga 
o‘z fikrini bayon qiladi.
Taraflar nutq so‘zlab bo‘lganlaridan keyin, ulardan har 
biri boshqa tarafning nutqlarida aytilgan masalalar yuzasidan 
e’tirozlar yoki mulohazalar bilan yana bir martadan so'zga 
chiqishlari mumkin. So‘nggi e’tiroz bildirish huquqi hamisha 
himoyachi va sudlanuvchiga beriladi.
Sud taraflarning muzokarasini muayyan muddat bilan 
cheklab q o ‘yishi mumkin emas, lekin raislik qiluvchi 
muzokarada ishtirok etayotgan shaxslarning nutqlarini, 
basharti ular ko'rilayotgan ishga dahli yo‘q holatlarga taalluqli 
bo‘lsa, to‘xtatib qo‘yishga haqlidir (JPK, 449-modda).
Ayblovchi va himoyachi deb atalmish o‘zaro qarama-qarshi 
ikki tomon manfaatlarining ochiqdan-ochiq to‘qnashuviga 
asoslangan sud muzokarasi ham umummuzokara turlaridan 
biridir. Sud protsessi odatda ikki qarama-qarshi tomonning 
o ‘zaro ochiqchasiga tortishuvidan iborat bo‘lib, bunda 
prokuror va jabrlanuvchi — bir taraf, sudlanuvchi va himoyachi
— ikkinchi taraf bo‘lib turadi. Birining nutqi jinoyatni asoslashga 
qaratilgan bo'lsa, ikkinchisiniki esa sudlanuvchini oqlashga 
qaratilgan bo'ladi.
Shu tariqa sudda taraflarning so‘zga chiqishlari munozaraning 
og‘zaki ko‘rinishi, og‘zaki shakli bo‘lib, bunda sudlanuvchi 
aybdormi, aybsizmi degan muqobil savolga aniqlik kiritish 
zarurati asosiy vaziyatni belgilovchi yetakchi mavzu bo‘ladi. 
Shunday qilib, bu holat butun dalillar bilan isbotlash tizimi 
asosida ana shu masalaning yechimiga qaratilgan bosh omil 
bo‘lib xizmat qiladi. Shu tufayli sudda taraflarning so‘zga 
chiqishlari — sud muzokarasining dalil-isbotlari majlis ahliga
145


tez yetib boradigan, o‘tkir, ifodali bo‘lishini, ularning 
ishonchliligi va asosliligini hamda o‘z nuqtai nazarlarini ana 
shu dalil-isbotlar yordamida asoslashlaming qat’iy tizimiga 
buysunishini taqozo qiluvchi alohida turidir.
Sudda taraflaming so‘zga chiqishlari jinoyat ishini sudda 
ko‘rib chiqish bosqichidagi mustaqil qismlardan biridir. Sudda 
jinoyat ishini muhokama qilish jinoyat ishiga tegishliligi 
bo'yicha 

Download 400,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish