Yuristning nutq


-§. Tergov jarayonida so‘roqqilishning nutqiy



Download 400,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/150
Sana24.04.2022
Hajmi400,04 Kb.
#578603
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   150
Bog'liq
67. Yuristning nutq madaniyati. Somir Usmonov

6-§. Tergov jarayonida so‘roqqilishning nutqiy
strategiyasi va taktikasi
Dastlabki tergov jarayonidagi so‘roq qilish yuridik dialog 
turlaridan biri hisoblanadi.
Tergovchi guvoh, jabrlanuvchilar yoki tergovdagilaming 
ko‘rsatmalarini qayd etarkan, qanday eshitgan bo‘lsa, aynan 
shu ko‘rinishda yozib ololmaydi, chunki real odam hech 
qachon «yozganidek» gapirm aydi. Tergovchi so ‘roq 
qilinuvchining ko‘rsatmalarini har doim ham so‘zma so‘z 
yozib olishga muvaffaq bo‘la olmaydi. Unga quyidagi omillar 
to'sqinlik qilishi mumkin:
1) 
nut q t a l a b d a r a j a s i d a bo ‘I m a y d i ,
y a ’ni 
tergovchining izchillik bilan bayon qilish yo‘liga solib 
qo‘yishga urinishiga qaramay, guvoh, jabrlanuvchi odatda 
adashib ketadi, mavzudan chetga chiqib ketadi, ortiqcha 
gaplarni gapiradi;


2) so'roq qilinuvchi adabiy tilni o‘zlashtirmagan bo‘ladi. 
Ta’kidlash joizki, odam qanchalik hayajonlansa, shunchalik 
uning nutqi hissiy bo‘yoqlarga boy bo‘ladi, u shunchalik ko‘p 
gapiradi. So‘roq qilishning shart-sharoiti va holati odamni 
hayajonga soladi, shuning uchun ham nutq adabiy tildan 
yiroq, hatto, nutqi ravon va boy nutqiy tajribaga ega odamning 
nutqi ham noto‘g‘ri bo‘ladi;
3
)ohang va ma ’no urg‘usining sezilarli darajada ko ‘tarilishi
Ba ’zan ma ’noni o ‘zgartiradi.
Agar guvoh: 
Axmedov soat 9 (ya ’ni
aynan 9)da ketdi
desa, bu gapning mazmuni boshqa; agar 
u: 
Axmedov to ‘qqizda ketdi (Axmedov, boshqa birov emas)
desa mutlaqo boshqa ma’no ifodalaydi;
4) guvoh, jabrlanuvchilar yoki tergov qilinayotganlaming 
nutqida paralingvistik yoki til bilan ifoda etilmaydigan holatlar 
(imo-ishora va mimika) mavjud bo‘ladi. Ba’zan nutq jarayonida 
mimika va turli imo-ishoralar nutqning o‘mida keladi. Masalan, 
odam o‘ziga berilgan savolga javob berish o'miga noiloj qo‘lini 
silkitadi, bu esa har xil talqin qilinadi.
Shuning uchun ham tergovchi o‘z nutqini talab darajasida 
takomillashtirib borishi va ko‘rsatma mazmuniga mos yoza olish 
mahoratini egallashi lozim.
Birinchidan, guvohlar, jabrlanuvchilar va umuman so‘roq 
qi-linayotganlar nutqini iloji boricha hissiyotga berilmaydigan 
qilish uchun eng qulay sharoitni yaratish maqsadga muvofiqdir. 
So‘roq qilinuvchihing nutqi qanchalik hissiyotdan xoli bo‘lsa, 
tergovchida uni to‘g‘ri tushunib olish imkoniyati bo‘ladi va 
uning mazmunini umume’tirof etilgan bayonnoma «tili»ga 
ko‘chirishda xatoga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ikkinchidan, so‘roq qilinayotganlar nutqida oha'ng urg‘usi 
mavjud bo‘lsa, mazmunini to‘g‘ri tushunib olish uchun undan 
qayta so‘rash va uning mazmunini so‘zma-so‘z ifodalab 
berishiga erishish lozim.
Tergovchi so'roq qilinayotgan shaxsning nutqini mutlaq 
to‘g‘ri qabul qildim deb o‘ylashi mumkin emas. Ko‘pincha 
imo-ishoralar ikkiyoqlama yoki ko‘p ma’noli bo'lishi mumkin.

Download 400,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish