3. Bola huquqlariga oid mintaqaviy halqaro hujjatlarni umumiy tavsifi
Bola huquqlariga rioya qilinishi va ularni himoya qilishni nazorat qiluvchi
univ rsal xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham
mavjud bo‘lib, uning a’zolari ma’lum g ografik mintaqa davlatlari bo‘lishlari
mumkin. Bunday tashkilotlarning faoliyati xavfsizlik, iqtisod, ijtimoiy, madaniy va
boshqa sohalar, kabi inson huquqlari, shu jumladan, bola huquqlari sohasidagi
mintaqaviy xalqaro hamkorlikka ham qaratilgandir.
BMT Nizomida bunday tashkilotlarga ma’lum talablar qo‘yiladi. Jumladan,
ularning tashkil etilish maqsadlari va faoliyati BMT Nizomining maqsad va
tamoyillariga to‘g‘ri k lishi va bu tashkilotlar BMTning iqtisodiy, ijtimoiy,
76
madaniy va boshqa sohalardagi huquqiy muammolarni yechishga qaratilgan
faoliyatiga ko‘maklashishi lozim.
Barcha a’zo-davlatlarga nisbatan qo‘llaniladigan bola huquqlarini himoya
qilish sohasidagi BMT Nizomi asosida tashkil etilgan hamda BMT tomonidan
qabul qilingan shartnomalar asosida ta’sis etilib, ishtirokchi-davlatlargagina
taalluqli bo‘lgan tizimlardan tashqari, Afrika, Am rika va Yevropa qit’alaridagi
ko‘plab davlatlar huquqiy jihatdan mintaqaviy darajada bajarilishi majburiy
bo‘lgan inson huquqlari, shu jumladan, bola huquqlariga doir shartnomalar qabul
qilgan bo‘lib, bu shartnomalarning bajarilishi yuzasidan xalqaro monitoring olib
boruvchi idoralar vakolatlarini e’tirof etadilar. Bola huquqlari sohasidagi
mintaqaviy shartnomalar va ularning amalga tatbiq etilishi bo‘yicha monitoring
olib boruvchi m xanizmlar tizimi Osiyo va Tinch ok ani mintaqasida hanuzgacha
ishlab chiqilgani yo‘q.
Bola huquqlariga oid xalqaro hamkorlikning rivojlanib borishi, bola
huquqlarini mintaqaviy darajada himoya qilish tizimining shakllanishiga sabab
bo‘ldi. Ya’ni, dunyoning turli mintaqalarida inson huquqlari, shu jumladan, bola
huquqlarini himoya qilishning o‘ziga xos mod llari vujudga k ldi. Bunday
mod llar ko‘p jihatdan univ rsal tizimdan o‘zining samaradorligini ham ko‘rsatdi.
Bunday mintaqaviy tashkilotlarga, Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha
Yevropa tizimi, Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Am rika tizimi, Inson
huquqlari va xalqlar huquqini himoya qilish bo‘yicha Afrika tizimi, Inson
huquqlari bo‘yicha Doimiy arab komissiyasi, MDH doirasida qabul qilingan 1995-
yil 26-maydagi Inson huquqlari va asosiy erkinliklari bo‘yicha MDH
konv nsiyalarini kiritish mumkin.
Shu shu yerda, bola huquqlari sohasidagi mintaqaviy tashkilotlar faoliyatlari
asoslanadigan hujjatlarga to‘htalib o‘tadigan bo‘lsak, ular quyidagilardir:
-
Yevropa mintaqasi davlatlari hamkorligiga qaratilgan hujjatlar
:
Bolalarga homiylik qilish va ularga homiylik qilishni tiklash borasidagi qarorni tan
olish va ularni bajarish to‘g‘risidagi 1980-yilgi Yevropa konv nsiyasi; Bolalarni
huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha Yevropa konv nsiyasi, 1996-yilda qabul
77
qilingan va 2000-yilda kuchga kirgan.
-
Afrika mintaqasi davlatlari hamkorligiga qaratilgan hujjatlar
: Bola
huquqlari va baxt saodati to‘g‘risida Afrika konv nsiyasi, 1991-yilda qabul qilingan
va 1999-yilda kuchga kirgan; Afrika yoshlari xartiyasi, 2006-yilda qabul qilingan,
xali kuchga kirmagan.
-
Am rika mintaqasi davlatlari hamkorligiga qaratilgan hujjatlar
: Balog‘atga
yetmagan bolalar xalqaro traffiki bo‘yicha am rika davlatlari konv nsiyasi 1994-
yilda qabul qilingan, 1997-yilda kuchga kirgan; Qaytib k lgan bolalar to‘g‘risidagi
am rika davlatlari konv nsiyasi, 1989-yilda qabul qilingan va 1994-yilda kuchga
kirgan; Balog‘at yoshini o‘rnatish bo‘yicha qonunlar kolliziyasi bo‘yicha am rika
davlatlari konv nsiyasi, 1984-yilda qabul qilingan va 1988-yilda kuchga kirgan.
Am rika qit’asiga t gishli xalqaro hujjatlarning o‘ziga xosligi, ular ko‘proq
muayyan huquqiy munosabatlar sohasini tartibga solishga qaratilgan.
Bola huquqlarini himoya qilishga oid mintaqaviy hujjatlar xususida fikr
yuritilganda, yuqoridagi manzaradan ko‘rish mumkinki, hozirgacha mavjud
hujjatlar asosan yevropa, am rika va afrika qit’alarigagina taalluqli, xolos. Afsuski,
bolalar huquqlarini ta’minlash murakkab va muammoli bo‘lgan Osiyo mintaqasiga
oid bunday hujjat xali ishlab chiqilmagan. Bu esa bu mintaqada inson huquqlari
bo‘yicha mintaqaviy m xanizmning yo‘qligi va bu sohada davlatlararo mintaqaviy
hamkorlik juda ham sust ekanligi bilan xarakt rlanadi.
Xulosa qilib aytganda, bola huquqlariga oid xalqaro hujjatlarning
klassifikatsiyasi shuni ko‘rsatmoqdaki, birinchidan, bola huquqlari sohasidagi
xalqaro hujjatlarning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri tushunishga yordam b rsa,
ikkinchidan bola huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy baza, ham univ rsal
miqyosda, ham mintaqaviy miqyosda rivojlanib borayotganligini, ammo, bu
rivojlanish barcha mintaqalarda ham bir xil k tmayotganligi to‘g‘risidagi
manzarani ko‘rsatib b radi. Shu bilan birga, turli mintaqalardagi davlatlarning
siyosiy, iqtisodiy tuzumidagi farqlar, ularning diniy va madaniy xilma-xilligi kabi
78
omillar bu sohadagi davlatlarnnig mintaqaviy int gratsiyasiga ta’sir qiluvchi
omillar ekanligini tushunishga yordam b radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |