!
Mavzuga aloqador
Bosh sahifa
/
Badiiy kitob sharhlari
/ Elif shafaq –
Ishqqa oid 40 qoida (Ostiga chizilgan parchalar)
Elif shafaq – Ishqqa oid 40 qoida
(Ostiga chizilgan parchalar)
"
Islombek Abdixakimov # 1,197 Ko'rildi
“Qonun misoli sham – u yoritadi. Lekin biz
qorong’uda sham yorug’ida faqat bir yerdan
boshqa yerga o’tishimiz mumkinligini ham
unutmasligimiz kerak. Agar biz bor
e’tiborimizni faqat shamga qaratib, aslida
qayoqqa ketayotganimizni unutsak, yaxshi
bo’ladimi?” (Shams Tabriziy)
*****
Tafakkur bilan ishq turli matolardan
to’qiladi. Tafakkur odamlardan chigallik
to’qiydi va hech nimasini boy bermaydi, ishq
esa barcha chigallarni yozadi va bor yo’g’ini
beradi. Tafakkur hamisha ehtiyotkor va har
doim: “Me’yorsiz zavqu-shavqdan
saqlanish”ni maslahat beradi. Ishq esa”Oh
bu gaplar behuda! Zahmatlar tubiga tushib
boraver!” deydi. Aqlni aldab bo’lmaydi,
ishqni esa loyga belash mumkin. Lekin ana
shul oy ichiga xazina jo bo’lishi mumkin.
Pora bo’lgan yurak xazinani o’zida saqlaydi.
*****
Insoniyat muammolarining juda ko’pi o’zaro
bir-birlarini tushunmasliklaridan kelib
chiqadi. So’zlarni to’g’ridan-to’g’ri qabullab
bo’lmaydi. Ishq mintaqasiga kirilganida tilni
qo’llab bo’lmaydi. Ishq tuyg’usini so’zlar
bilan qamrab olib bo’lmaydi, uni so’zsizlikda
ifodalash mumkin xolos.
*****
Yosh Rumiy buyuk so’fiy, attor va ruhiyat
bunyodkori
Farididdin Attor bilan
uchrashganida, u “Hademay uning qalbida
dunyo qalbi o’t olur, uning uchqunlari
Haqiqat tashnalari yuragida alanga yoqur”
degan edi. Taniqli faylasuf, olim va so’fiy Ibn
Arabiy ham otasi bilan birga yurgan
Rumiyni ko’rganida “Sharaflar bo’lsin, ko’l
yonida ummon odimlamoqda”, deya xitob
qilgan edi.
*****
Yolg’izlik va hilvat bir xil hodisalar emas.
Kishi yolg’iz bo’lsa, o’zining to’g’ri
yo’ldaligiga o’zini oson ishontiradi. Biz
uchun hilvat yaxshi, chunki bu yolg’izlanib
qolishni anglatmaydi. Ammo senga ko’zgu
bo’la oladigan insonni toppish undan-da
yaxshiroq. Yodingda bo’lsinki, sen o’zingni
va o’z qalbingdagi xudoni faqat boshqa
inson yuragiga qarab, adashmasdan ko’ra
olasan.
*****
So’fiy berilgani uchun ham, berilmagani
uchun ham shukur qiladi.
*****
Sabr degani nofaollik degani emas. Sabr
degani oqibatni ko’ra olish va unga ishonish
demakdir. Sabrning ma’nosi nimada?
Tikanga qarab turib atirgulni ko’rmoqlikda;
tunda bo’la turib tongni ko’ra bilmoqlikda.
Sabrsizlik esa uzoqni va kelajakni ko’ra
bilmaslikdir. Xudoni sevuvchilar aslo sabrni
yo’qotmaydilar, zero ularga oyning to’lishi,
to’lin oyga aylanishi uchun vaqt kerakligi
ma’lum.
*****
Sharq, G’arb, Janub va Shimol orasida farq
yo’q, asosiysi, sayohat tashqariga emas,
ichkariga yo’nalgan bo’lishidir. Shunda
butun olamni bila olasan.
*****
Men so’fiy edim va atirgulni tikoni bilan,
hayotdagi qiyinchiliklarni undagi
quvonchlar bilan birga qabul qilishga
odatlangan edim. Bu esa “Ona o’z bolasini
dunyoga og’riqsiz keltira olmasligini, o’z joni
og’rimasdan farzandiga hayot baxsh eta
olmasligini biladi. Insonda boshqacha
“Men”ning tug’ilishi uchun ham xuddi
shunday mashaqqatlar zarur. Loy ham
spool idishga aylanishi uchun olovda
kuyishi kerak. Ishq mukammal bo’lishi
uchun og’riq, azoblarni boshdan kechirish
kerak”, degan yana bir qoidadan kelib
chiqadi.
*****
Ishq izlash insonni o’zgartiradi. Bu yo’lda
kishi balog’atga yetmay qolmaydi. Ishq
izlash boshlangan ondanoq u ichkaridan
ham, tashqaridan ham o’zgara boshlaydi.
*****
Hodisalar suv kabi oquvchan, o’zgaruvchan
va kelajakda nima bo’lishini oldindan aytib
bo’lmas.
*****
Yo’lingda uchraydigan to’siqlarga qarshilik
qilma. Hayot o’z o’zanida oqishiga qo’yib
ber. Hayoting o’zgarib ketsa, bundan diling
vayron bo’lmasin. O’tmish kelajakdan
yaxshiligini qayoqdan bilasan.
*****
Xudo hamisha sen bilan mashg’ul. Har bir
inson xudoning yaratmishidir va u sekin-
asta, lekin og’ishmasdan barkamollashish
sari harakatlanadi. Bizlar Xudoning
tugallangan yaratiqlari emasmiz, biz to’liq
mukammallik ishtiyoqidagi yaratiqlarmiz.
Xudo har birimiz bilan alohida ishlaydi, zero
insoniyat – har bir qismning umumiyatda
muhim o’rni borligini bilguvchi buyuk
me’mor san’atining asaridir.
*****
Mukammal, benuqson va beayb xudoni
sevish juda oson. Ammo qisqa umr
kechiruvchi o’z birodaringni barcha nuqson
va kamchiliklari bilan sevmoq mushkul.
Inson sevishga qobil zot ekani esingizda
bo’lsin. Sevgisiz hikmat yo’qdir. Esingizda
bo’lsinki, agar biz Xudoning yaratmishlarini
seva olmasak, Xudoni ham chinakamiga
seva olmaymiz va bila olmaymiz.
*****
Asosiy kir insonning ichida bo’ladi. Qolgan
barcha kirlarni yuvsa ketadi. Faqat bir kirni
toza suv bilan yuvib ketkazib bo’lmaydi, bu
qalblarni kemiruvchi nafrat va o’ta
mutaasiblik kiri, yuragingni faqat ishq
poklay oladi.
*****
Har bir inson misoli ochiq kitob. Xudoni
anglamoqlik, xoh u fohisha bo’lsin, xoh
avliyo, har bir inson qalbida jo bo’lgan, Har
bir inson qalbida tig’ilgandan boshlab Ishq
yashaydi va u ochilmoqni istaydi. Qirq
qoidadan biri ayni shu haqidadir: “Butun
koinot insonda – senda jo bo’lgan.
Atrofingda nimalarni ko’rayotgan bo’lsang,
hatto sen nafratlanadigan, yoqtirmaydigan
odamlar ham, – hammasi o’zingda jo
bo’lgan. Shuning uchun shaytonni
tashqaridan izlama. Iblis o’zimizning
ichimizda yashiringan. Agar sen chin
o’zligingni bila olsang, o’zingdagi nurli va
qorong’u tomonlaringni ko’ra olsang, eng
yuksak anglashga erishasan. Har bir inson,
xoh u erkak bo’lsin, xoh yo ayol, o’zligini bila
olsa, Xudoni ham biladi.
*****
“Men” degan tushuncha bo’lmagani kabi
“ular” degan tushuncha ham yo’q. Butun
olam, undagi hamma narasalar o’zaro
bog’langan. Biz – yuzta yoki mingta har xil
mavjudotlar emasmiz. Biz hammamiz Bir
butunmiz.
*****
Agar odamlarning senga munosabati
o’zgarsin desang, avval o’zingning o’zingga
munosabatingni o’zgartir. O’zing o’zingni
chin qalbdan sevishni o’rganmaguningcha,
seni hech kim seva olmaydi. Lekin bunga
erishganingdan keyin ham odamlar senga
qarshi otadigan barcha tikanlardan
minnatdor bo’lishing kerak. Zero, bu sening
yaqin orada atirgullar ichiga
tushmog’ingdan nishonadur.
*****
O’tmish – bu girdob. Agar uning hozirni o’z
soyasida qoldirishiga yo’l qo’yib bersang, u
seni o’z tubiga tortib ketadi. Vaqt – bor yo’g’i
sarob. Sen hozirgi damda yashashni
o’rganishing kerak. Faqat hozirgi on
ahamiyatga ega.
*****
Har bir inson o’z avliyolik yo’lini o’zi tanlaydi.
Shunday qoida bor: “Biz hammamiz Uning
o’zidan nusxa olib va o’ziga monand qilib
yaratilganmiz. Ikkita bir xil odam yo’q. Ikkisi
bir maromda tepuvchi yurak yo’q. Agar
Xudo barcha odamlar bir xil bo’lishini istasa,
ularni bir xil qilib yaratgan bo’lar edi.
Shuning uchun boshqa insonlarga
hurmatsizlik bilan qarash va ularga o’z
fikrini majburlab qabul qildirish, Xudoning
rejasiga hurmatsizlik bilan munosabatda
bo’lishni bildiradi.
*****