Barcha g’oliblar o’z g’alabalarini abadiy
deb o’ylashadi. Barcha mag’lublar esa o’z
mag’lubiyatlarini abadiy bo’lishidan
qo’rqishadi. Har ikki tomon ham bir
sababga ko’ra nohaq. Xudodan boshqa
hamma narsa o’zgaradi.
*****
Qismlar o’zgarsa ham, butun o’zgarmaydi.
Bir yaramas inson dunyodan o’tsa, boshqa
yaramasi dunyoga keladi. Bir yaxshi inson
dunyoni tark etsa, o’rniga boshqa yaxshisi
keladi. Shuning uchun nafaqat hech nima
o’zgarmasdan qolmaydi, balki hech nima
chinakamiga o’zgarmaydi ham. Bir so’fiy
vafot etsa, qayerdadir boshqa yerda boshqa
so’fiy dunyoga keladi.
*****
Bizning dinimiz – ishq dini. Bizlar yurak
zanjirlari bilan o’zaro bog’langanmiz.
Zanjirning bir bo’lagi uzilsa, uning o’rnida
boshqa joyda yana bir bo’lak keladi. Shams
Tabriziy vafot etganidan keyin boshqa joyda,
boshqa yoshda, boshqa “Shams” paydo
bo’ladi.
*****
Do'stlaringiz bilan baham: |