Elif shafaq Ishqqa oid 40 qoida (Ostiga chizilgan parchalar) Civil uz


Chin e’tiqodli inson mayxonaga kirsa



Download 420,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana13.11.2020
Hajmi420,37 Kb.
#52360
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elif shafaq Ishqqa oid 40 qoida @worldof books

Chin e’tiqodli inson mayxonaga kirsa,

mayxona uning uchun ibodatxonaga

aylanadi, ichkilikboz ibodatxonaga kirsa,

ibodatxona mayxonaga aylanadi. Barcha

ishlarimizda eng asosiysi qalbdir. So’fiylar

inson haqida tashqi ko’rinishiga qarab

hukm chiqarmaydilar. So’fiy kimnidir

ko’rmoqchi bo’lsa, ko’zlarini yumadi, lekin

uchinchi – ichkarini ko’radigan ko’zini

ochadi.

***** 

…harakatdagi, bir joydan boshqasiga

ko’chib  turadigan narsalar shubha ostida

bo’ladilar.

*****

Faylasuflar ham so’fiylardan tuzukroq emas.



Ular o’zlarining cheklangan tafakkurlari

bilan cheksiz olamni bilish mumkin den

o’ylashadi.

Bir kuni faylasuf bilan darvesh

uchrashishibdi va ular bir birlaria juda

o’xshar ekanlar.

Ular kun bo’yi gaplashishibdi, gaplari bir

biriga aynan muvofiq ekan.

Nihoyat xayrlashganlaridan keyin, faylasuf

suhbat haqida: “U men bilgan narsalarni

tushunadi” degan ekan.

So’fiy esa: “Men tushungan narsalarni u

biladi” degan ekan.

Demak, So’fiy tushunaman, deb o’ylaydi,

Faylasuf esa bilaman deb o’ylaydi. Men esa

ular hech nimani tushunishmaydi va

bilishmaydi, deb o’ylayman.

*****


Bir darbadar darvesh begonalarni

yoqtirmaydigan shaharga kelib qolibdi.

“Ket, –  deb qichqirishibdi unga.  – Seni bu

yerda hech kim tanimaydi.!” Darvesh esa

ularga xotirjam javob beribdi: “Tog’ri, lekin

men o’zimni taniyman va ishontirib

aytamanki, agar buning aksi bo’lsa, yomon

bo’lardi. “

*****

Tushunmovchiliklar bilan yo’g’rilgan bu



dunyoda hech bir suhbatdoshga qat’iy

ishonib bo’lmaydi, chunki eng kuchli

ishonch ostida ham tushunmovchiliklar

to’lib yotgan bo’lishi mumkin.

*****

Botin Alloh – aqlimdan pardani ko’targil,



toki Haqiqatni bilgayman.

*****


…Haqiqat sari yo’lning yeti bosqichi – Xudo

bilan bog’lanishga erishmoqlikda har bir

inson “men”I yengib o’tishi kerak bo’lgan

yeti maqom, yeti taraqqiyot bosqichi

namoyon bo’ldi.

1.  Birinchi bosqich Buzilgna Yolg’on Men –

inson joni faqat dunyoviy istaklarni

qondirish yo’llarini axtaradigan eng tuban

va eng keng yoyilgan bosqich. Ko’pchilik

odamlar o’zlarining shu “men”larini deb

azob-uqubatlar chekar va uni

qanoatlantirishga urinar ekanlar, shu

bosqichdan nariga o’ta olmay to’xtab

qoladilar va hamisha o’z omadsizliklari,

baxtsizliklarida faqat boshqalarni aybdor

hisoblaydilar (Nafsi Ammora). Inson

qachon o’zining bu “men”ining

tubanligini tushunsa, o’zining bu holati

ustida ishlay boshlaydi va muayyan

ma’noda bu bosqichdagi fe’liga qarshi

bo’lgan ikkinchi bosqich (ikkinchi

maqom) ga o’tadi.

2.  Bu bosqichdagi inson birovlarni ayblash

o’rniga o’zini ayblashga o’tadi. Shunda

uning xudbinona meni (EGOsi) o’zini

ayblovchi Menlik bosqichiga o’tadi va u

ichki poklanish maqomiga ko’tariladi

(Nafsi Lavvoma).

3.  Uchinchi  bosqichda inson joni (ruhiy

quvvati, ma’naviyati) birmuncha

kuchayadi va uning xudbin meni yo’q

bo’lib, o’rnini Mayinlashgan Men oladi.

Shunda inson Ma’rifat vodiysiga yetib

kelgan bo’ladi. Bu bosqichda unda (shu

bosqich uchun zaruriy) sabr, qat’iyat,

zakovat va royishlik zahirasi to’plangan

bo’ladi. Olam uning uchun ilhomga to’lib

toshadi. Bu bosqichga yetganda

ko’pchilik yanada ilgarilab boorish istagini

yoki jasoratini yo’qotib, shu pog’onada

to’xtashga moyil bo’ladilar. Shuning

uchun bu bosqich garchi juda chiroyli

ko’rinsa-da, olg’a intiluvchi inson uchun

qopqonga aylanishi mumkin (Nafsi

Mutmaina).

4.  Yo’lda davom etuvchilar esa Tinchlangan

Men (Nafsi Rizoiya) maqomiga yetadilar.

Sahovat, shukronalik va hayotning

o’zlariga bog’liq bo’lmagan barcha

qiyinchiliklarga rozilik nazari bilan qarash

– shu bosqichga yetgan insonning asosiy

xususiyatlaridir. Bu Birlik Vodiysidir. Bu

maqomdagilar Xudo ularga nimaiki ravo

ko’rsa, shunga rozi bo’lib va ilhomlanib

yashaydilar.

5.  Bu maqomga yetganlar duyoviy quvonch

va qiyinchiliklarga befarq bo’lib qoladilar.

Ularning “Men”i Qanoatlangan Men

bo’ladi (Yoki “Nafsi mulhama”, ya’ni

ilhomlangan nafs ham deyiladi).

6.  Keyingi Maqom – Yordam berishga tayyor

turadigan Men (Nafsi Mardiya). Bu

maqom egalari odamlar uchun nur

manbaiga aylanadilar, haqiqiy Ustozlar

sifatida boshqalarga ilm, ma’rifat baxsh

etib, o’z ruhiy quvvatlarini hammaga

taratadilar. Ular qayerga bormasinlar,

o’sha yerda odamlar hayotini tubdan

o’zgartiradilar. Nimaiki ish qilmasinlar,

qanday kasb bilan mashg’ul bo’lmasinlar,

baribir, atrofdagilarga xizmat ko’rsatish

vositasida Xudoga xizmat qiladilar.

7.  Nihoyat yettinchi bosqichga yetganida,

uning shaxsi Sof Men (Asl Men)ga

aylanadi, o’zi esa, so’fizm nazariyasiga

ko’ra komillikka erishadi, ya’ni INSONI

KOMIL bo’ladi. Ammo bu maqom haqida

hech nima ma’lum emas. Bunga erishgan

ozchilik insonlar bu borada hech nima

gapirmaydilar.

*****

Do’zax hozirda va shu yerdadir.  Jannat ham



shunday. Do’zaxdan qo’rqish va jannatni

orzu qilish kerak emas, zero do’zax ham,

Jannat ham hamisha inson qalbida.

Qachon ishq bizga nuzul etsa, demak, biz

jannatdamiz. Qachon nafratlansak, hasad

qilsak yoki jang qilsak, demak, biz do’zax

o’tida yonayotirmiz.

*****


E’tiqoding mustahkam bo’lishini istasang,

qalbingni yumshat. E’tiqoding bamisoli

qoyatosh, sen esa pardanda yumshoq

bo’lmog’ing kerak. Biz duch keladigan

ko’pgina hodisalar – hastalik, baxtsizlik,

judolik, qo’rqinch kabilar – bizni o’z

muhokamalarimizda xudbinlik va

keskinlikni kamaytirishga, odamlarga

nisbatan hamdardroq va mehribonroq

bo’lishga o’rgatadi. Ba’zilar bu darslardan

saboq olib yumshaydilar, boshqalar esa,

aksincha, avvalgidan ham qattiqroq bo’lib

boradilar. Haqqa yaqinlashmoqning yagona

yo’l – o’z qalbingni ochmoqlikdir, toki u

barcha insonlarni qamrab olsin va Ishq

uchun yana joy bo’lsin.

*****

Bobo Zamonning bir vaqtlar aytgan gaplari



esimda: dunyoni o’z ipagi bilan qoyil


Download 420,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish