Yurak va mushak biokimyosi. Reja



Download 128,88 Kb.
bet1/2
Sana13.07.2022
Hajmi128,88 Kb.
#792668
  1   2
Bog'liq
8...Yurak va mushak biokimyosi


Yurak va mushak biokimyosi.
Reja:
l. Kardiomiotsitlar va tomir silliq mushaklari tuzilishining o'ziga xosligi, farqlari, miofibrillalarning asosiy oqsillari va molekulyar qurilishi.
2. Kardiomiotsitlar va tomir silliq mushaklarining qisqarishi va bo'shashishining biokimyoviy mexanizmi, farqlari, qisqarish va bo'shashish energiya talab qiluvchi j arayonlar ekanligi.
3. Kardiomiotsitlar va tomir silliq mushaklari qisqarishini boshqarishda bir valentlik ionlar va kalsiy ionlari gradientining ahamiyati.
4. Muskullarning ekstraktiv moddalari va muskullarda energiva almashinuvininng o'ziga xosligi. Kreatinfosfat. Bolalarda kreatinuriyaning sab ablari.

Turli hayot shakllari uchun harakatchanlik xos xususiyat hisoblanadi; mitotik apparatdagi xromosomalarning aniq to‘g‘rilanishi va tarqalishi, burganing sakrashi, shuningdek odam qo‘llarining ajoyib harakatlari va oyoq mushaklarining og‘ir ishini ko‘rsatish mumkin. Lekin bu turlituman funksiyalarni amalga oshirishda ko‘p bo‘lmagan kimyoviy mexanizmlar qatnashadi. Umurtqalilar skelet mushaklari qisqaruvchi apparati eng yaxshi o‘rganilgan sistema hisoblanadi. Mushak to‘qimasi tana vaznini 40-42% ini tashkil etadi. Mushaklarni asosiy dinamik funksiyasi – qisqarish va keyinchalik bo‘shashishi hisobiga harakatchanlikni ta’minlashdir. Mushaklar qisqarganda kimyoviy energiyani mexanik energiyaga aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ish amalga oshadi.


Qisqarish mushakda parallel joylashgan, aktin va miozindan tashkil topgan 2 xil oqsil iplarining o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Ikki turdagi iplar o‘rtasida ko‘ndalang ko‘prikchalarning ketma-ket hosil bo‘lishi va uzilishi hisobiga kuchlarning generatsiyasi amalga oshadi. Bu aktin filamentlarining miozin filamentlari markaziy sohasiga harakatlanishini ta’minlab beradi. Ko‘ndalang ko‘prikchalarning uzilishi va filamentlarning birlamchi holatga kelishi natijasida bo‘shashi sodir bo‘ladi. Bunday sikl neyromushak kontaktdan mushak tolasi uzunligi bo‘yicha ikki yo‘nalishda depolyarlanish to‘lqinining tarqalishi bilan initsirlanadi; ko‘ndalang nay teshigiga to‘lqin yetishi bilan qo‘zg‘alish jarayoni ichkariga tarqaladi va sarko‘plazmatik retikulumdan Ca+2ni chiqarilishini ta’minlaydi. Sarko‘plazmatik retikulum aktinda joylashgan troponin C oqsili bilan bog‘lanadi va bu oqsilning konformatsiyasini o‘zgartiradi. Bu o‘z navbatida boshqa oqsil — tropomiozinga siljishga imkon beradi, aktin va miozin o‘rtasida ko’ndalang ko‘prikchalar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Ko‘ndalang ko‘prikchalarning hosil bo‘lishi aktin iplarini harakatga keltiradi; u miozin ta’sirida ATFning gidrolizi natijasida ajralayotgan energiya hisobiga boradi. Qo‘zg‘alish holati tugaganda sarko‘plazmatik retikulum Ca+2-Mg+2-ATF-aza shu Sistema ichkarisiga kalsiyning qayta o‘tishini ta’minlaydi. Ca+2 konsentratsiyasi past darajaga yetganda ko‘ndalang ko‘prikchalar uziladi va mushak tolasi bo‘shashadi.
3 turdagi mushaklar bir-biridan quyidagicha farq qiladi:
1) skelet mushagi;
2) yurak mushagi;
3) silliq mushak.
Ko‘ndalang targ‘il mushak substrukturasi oddiy usulda mikrosko‘pda o‘rganilgan va quyidagi sxematik tuzilishga ega:

1-rasm. Ko‘ndalang targ‘il mushaqlarning tuzilishi
Mushak tolalari diametri 1 mkm bo‘lgan, ko‘ndalang joylashgan fibrillalardan tuzilgan, ularda ketma-ket keluvchi qora va oq disklar ko‘rinadi. Qora disklar ikkilamchi nur sindirish qobiliyatiga ega bo‘lib, A-(anizatrop) disklar deb ataladi; oq disklar ikkilamchi nur sindirish qobiliyatiga ega emas. Ular I-(izotrop) disklar deb ataladi. I disk o‘rtasida kengligi taxminan 80 nm bo‘lgan pishiq Z chiziq joylashgan. Bu chiziq tolani butun ko‘ndalangi bo‘yicha kesib o‘tib, fibrillalarni bir boylamda ushlab turadi hamda bir vaqtda ko‘p fibrillalar A- va I-disklarining joylashishini tartibga soladi.
Bir Z-chiziqdan ikkinchisigacha bo‘lgan miofibrillalar boylami sarkomerni hosil qiladi va har bir sarkomerga kiradi:
1) ko‘ndalang naychalar turi, ular tolaning ko’ndalang o‘qiga nisbatan to‘g‘ri burchak orqali joylashgan va hujayraning tashqi yuzasi bilan bog‘lanadi;
2) hujayraning 8-10% ini tashkil etuvchi sarko‘plazmatik retikulum;
3) bir necha mitoxondriylar.
Elektron mikrosko‘pda miofibrill strukturalarning agregatlar sifatida mavjudligi aniqlandi. Ular diametri 14 nm, uzunligi 1500 nm va birbiridan 20-30 nm oraliqda joylashgan yo‘g‘on filamentlar va ular o‘rtasida diametri 7-8nm bo‘lgan ingichka filamentlardan iborat. Adiskning ko‘ndalang kesimida filamentlarning ikkilamchi geksagonal to‘r hosil qilishi ko‘rinadi, ya’ni filamentlarning har biri boshqa turdagi olti filament bilan o‘ralgan. Tinch holatda H zonada ingichka, I diskda esa qalin filamentlar bo‘lmaydi. Qalin filamentlar miozindan, ingichkalar – aktindan iborat. Qisqarishda sarkomer o‘zining birlamchi uzunligiga nisbatan 25-30%ga kaltalashadi. Maksimal qisqarishda to‘qnash keluvchi ingichka filamentlar bir-biri bo’icha siljiydi va qisman bir-birini yopadi. Ayni vaqtda qalin filament uchlari sarkomer ikkala Z-chiziqlari bilan bog‘lanadi.
Ko‘ndalang-targ‘il mushaklarni kimyoviy tarkibi
Katta yoshdagi odam va hayvon mushak to‘qimasida 72 dan 80% gacha suv saqlanadi. Mushak massasini 20-28% quruq moddalarga, asosan oqsillarga to‘g‘ri keladi. Oqsillardan tashqari quruq moddalar tarkibiga glikogen va boshqa uglevodlar, turli lipidlar, azot saqlovchi ekstraktiv moddalar, organik va noorganik kislotalar tuzlari va boshqa kimyoviy birikmalar kiradi.
Mushak oqsillari. A.Ya. Danilevskiy birinchi marotaba mushaklardan ekstraksiya qilinuvchi oqsillarni 3 sinfga bo‘ldi: suvda eruvchi, 8-12% ammoniy xlorid eritmasi bilan ekstraksiya qilinuvchi va kislota hamda ishqorlarni suyultirilgan eritmalari bilan ajratiluvchi. Hozirgi vaqtda mushak to‘qimasi oqsillari 3 ta asosiy guruhga bo‘linadi: sarko‘plazmatik, miofibrillyar va stroma oqsillari. Barcha mushak oqsillaridan birinchisi 35%, ikkinchisi – 45%, uchinchisi 20% ni tashkil etadi. Bu oqsillar suv va turli ion kuchlanishga ega bo‘lgan tuzli eritmalarda erishi bilan bir-biridan keskin farqlanadi.
Miofibrillaning muhim oqsillari bo‘lib, yuqori ion kuchli tuzlarda eruvchi miozin, aktin, aktomiozin, shuningdek, boshqaruvchi oqsillar tropomiozin, troponin, alfa- va β-aktinin hisoblanadi. Miozin miofibrillalarning asosiy oqsili bo‘lib, quruq massasini 50-55%ini tashkil etadi. Miozin oqsilining umumiy strukturasi rasmda keltirilgan:
Qalinligi 2,4 nm va uzunligi 150 nm bo‘lgan tayoqchasimon bo‘lganc miozin molekulasi (m470000) molekulyar og‘irligi 215000 bo‘lgan 2 ta katta zanjir va 20000 bo‘lgan 2 ta kichik zanjirdan iborat. Miozin ATF-aza faolligiga ega bo‘lib, ATFni ADF va H3PO4 ga parchalaydi. Miozin bilan adenil kislotaning fermentativ dezaminlanishi bog‘liqdir.
Og‘ir zanjirlar uzun o‘ralgan α-spiralni hosil qiladi. Har bir og‘ir zanjir oxiri yengil zanjirlar bilan globulani (molekula «boshchasini») hosil qiladi, u esa aktin bilan bog‘lanish xususiyatiga ega. Bu boshchalar molekula asosiy o‘qidan bo‘rtib turadi. Miozin boshchasida joylashgan yengil zanjirlar miozinning ATF-aza faolligini ko‘rsatishda ishtirok etadi.
Aktin miofibrillalar quruq massasining 20% ini tashkil etadi. Aktinning
2 shakli ma’lum: globulyar (G-aktin) va fibrilyar (F-aktin). G-aktin molekulasi 42000 mol og‘irlikka ega bo‘lib 374 aminokkislota qoldig‘idan iborat bo‘lgan 1 ta polipeptid zanjirdan iborat. F-aktin G-aktin polimerlanishn mahsuloti bo‘lib, qo‘sh spiralli strukturaga ega.
Mushak qisqarganda miozin F-aktin bilan birikadi va yangi oqsil kompleksi — aktomiozinni hosil qiladi. Aktomiozin ATF-aza faolligi miozin faolligidan ingibirlovchi moddalar va optimal pH muhit bilan farqlanadi.
Tropomizon molekulasi α-spiraldan iborat bo‘lib, uzunligi 40 nm bo‘lgan o‘q shakliga ega, molekulyar og‘irligi 65000. Tropomiozin miofibrilla oqsillarini 4-7% ni tashkil etadi.
Troponin globulyar oqsil bo‘lib, molekulyar og‘irligi 80000 dir. Skelet mushakda barcha miofibrilla oqsillarini 2 % ini tashkil etadi. Uning tarkibiga 3 subbirlik – TN-I, TN-C, TN-T kiradi. Troponin tropomiozin bilan birikib nativ tropomiozin kompleksini hosil qiladi.
Bu kompleks aktin filamentlariga birikadi va skelet mushagi aktomioziniga kalsiy ionlariga sezuvchanlik xususiyatini beradi. Tropomiozin-troponin kompleksini faol filament bilan ta’sirini quyidagi sxema bilan ko‘rsatish mumkin. Troponin (uning TN-T va TN-I subbirliklari) s-AMF ga bog‘liq proteinkinazalar ishtirokida fosforillanish qobilyatiga ega. Mushak qisqarishi kimyoviy mexanizmini tushuntirish bo‘yicha ko‘p gipotezalar taklif etilgan. Ularning hammasi uchun umumiy bo‘lib, katabolizm davrida ajralayotgan kimyoviy energiyaning mexanikka naylanishi hisoblanadi. Mushak qisqarishi davrida aktin iplari M-chiziqlarga qarab miozin iplari orasiga kiradi:
Mushak qisqarish muammosi o‘z ichiga 3 aspektni oladi:

Mushak tolalarining qisqarish mexanizmi
1. Energetik.
2. Morfologik (mushak tolalarini mikro va submikrostrukturasi o‘zgaradi).
3. Biofizik-kimyoviy energiya mexanik energiyaga transformatsiya qilinadi.
Miozin qisqarish funksiyasi va ATF-aza faolligiga ega. Aktin pH ni
surilishida rol o‘ynaydi (pH ning fiziologik darajalari sohasida qisqarish reaksiyasining optimal darajasi). Aktin bundan tashqari tayanch vazifani bajaradi, miozin molekulalari struktur holatining o‘zgarishi qisqarish yoki taranglashish mexanik samarasi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. G. Xaksli ta’limoti bo‘yicha morfologik aspektlarni tushuntirish ko‘pchilik tomonidan tan olinadi. Unga asosan mushak qisqarganda ingichka protofibrillalarning qalinlari bo‘yicha siljishi ro‘y beradi, I soha qisqaradi, Z disklar yaqinlashadi, ya’ni sarkomer qisqaradi. Mushak qisqarishi energetikasida ATF qatnashadi. Hozirgi vaqtda ATFning mushak qisqarishi va bo‘shashishida energiya manbai ekanligi to‘liq isbotlangan.

Download 128,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish