Yurak poroklari



Download 65,35 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.08.2021
Hajmi65,35 Kb.
#143037
Bog'liq
Yurak poroklari - Vikipediya



Yurak poroklari

Yurak poroklari — yurakning anatomik

tuzilishidagi turgʻun nuqson, kamchilik va

oʻzgarishlar; normal qon oqimiga xalaqit

beradi. Tugʻma va orttirilgan Yurak

poroklari farq qilinadi. Tugʻma Yurak

poroklari homila yuragi va yurak yirik

tomirlarining embrional rivojlanish

davrida notoʻtri shakllanishi natijasida

roʻy beradi. Homiladorlikning ilk davrida

ona organizmining zaharlanishi, baʼzi

kasalliklar bilan ogʻrishi, ionlovchi

nurlarning biologik taʼsiri, irsiy kasalliklar




va h.k. sabab boʻladi. Goʻdaklik davrida (1

yoshgacha) yuraktomir sistemasining

toʻla rivojlanmay qolishi (mas, ochiq

arterial yoʻllar yoki oval teshikning bitmay

qolishi) ham Yurak poroklariga kiradi.

Tugʻma Yurak poroklari ning koʻp

uchraydigan turlari: katta va kichik qon

aylanish doiralari oʻrtasida har xil

kombinatsiyadagi anormal yoʻllar,

shuningdek, yurakning yirik tomirlari

(mas, oʻpka arteriyasi va aorta)da

toraygan yoki bitib qolgan joylar boʻlishi

yoki shu tomirlarning notoʻgʻri joylashuvi;

aralash poroklar; yurak boʻlmachalar soni

va tuzilishiga oid nuqsonlar.



Arteriya va vena qonining qay daraja

aralashib turishiga qarab baʼzi tugʻma

Yurak poroklari sianoz bilan (koʻk xildagi

poroklar), baʼzilari sianozsiz (oq xildagi

poroklar) oʻtadi. Bu qonning katta va

kichik qon aylanish doiralarini

tutashtiruvchi nooʻrin teshiklar orqali

qaysi tomonga oqib oʻtishiga (shunt

yoʻnalishiga), oʻpka arteriyasidagi

bosimning koʻtarilishi darajasi va yurak

muskullari holatiga bogʻliq. Bolaning

jismonan tuzuk rivojlanmasligi, rangparlik

yoki koʻkarib ketish, nafas siqishi, yurak

hajmi va holatining oʻzgarishi, yurakda

shovqin eshitilishi va boshqalar tugʻma

Yurak poroklariga xos belgilardir.




Orttirilgan Yurak poroklari hayot davrida

yurakning xastalanishi, aksari

revmokardit, baʼzan ateroskleroz, septik

endokardit, zaxm va h.k. kasalliklar

oqibatida paydo boʻladi. Orttirilgan Yurak

poroklariga: yurak klapanlarining (yopilish

vaqtida) zich berkilmasligi;

boʻlmachaqorinchalar (oʻng va chap

boʻlmachaqorinchalar) oʻrtasidagi teshik

yoki asosiy tomirlar chiqish joyining

torayishi (stenozi); shu nuqsonlarning

aralash boʻlishi, bir yoki bir necha

klapanda baravar kamchilik boʻlishi va

h.k. kiradi. Yurakning mitral (chap

boʻlmacha bilan qorincha oʻrtasidagi

teshik va ikki tavaqali klapan), aortal,

mitralaortal va boshqalar poroklari farq



qilinadi. Yurak poroklarida klapan

nuqsonlari tufayli qon qisman orqaga

qaytib tushadi yoki toraygan teshikdan

zoʻriqib oʻtishi natijasida yurakning

muskul devori qalinlashib (gipertrofiya),

keyinchalik qisqarish kuchi susayadi,

boʻshliqlari kengayadi (dilatatsiya).

Natijada qon aylanishi izdan chiqib — qon

aylanishi yetishmovchiligi sodir boʻladi.

Orttirilgan Yurak poroklari tez yoki uzoq

vaqt davomida asta-sekin yuzaga keladi.

Paydo boʻlgan illatning joyi, turi,

darajasiga qarab kasallikning klinik

belgilari turlicha namoyon boʻladi. Baʼzan

u uzoq vaqt hech qanday belgisiz

kechishi ham mumkin. Homiladorlik,

zotiljam, gripp, shuningdek, kuchli



jismoniy zoʻriqish va boshqalar kasallik

belgilarining quchayishi va roʻyrost

namoyon boʻlishiga olib keladi. Tomir

urishining tezlashuvi, oyoqlarda shish,

hansirash kabi yurak yetishmovchiligi

belgilari va yurakda shovqin paydo

boʻlishi yurak porogi borligidan darak

beradi. Yurak poroklari ning klinik

koʻrinishi porokning xususiyati,

shuningdek, unga sababchi asosiy

kasallikning kechishi, bemorning mehnat

va dam olish rejimiga bogʻliq. Vaqtida

terapevtik va jarrohlik usulida davolash

bemor ahvolini yengillashtirib, umrini

uzaytirish imkonini beradi.



Davo vrachning koʻrsatmasi va uning

doimiy kuzatuvi ostida olib boriladi.

Yurak poroklarining baʼzi turlarida

doridarmonlar, parhez bilan davolash

yaxshi natija beradi. Shu sababli bemorni

operatsiya qilishqilmaslikni mutaxassis

vrach belgilaydi. Xirurgik davo Yurak

poroklari ni davolashning asosini tashkil

qiladi.

Oldini olish uchun Yurak poroklariga

sabab boʻladigan kasalliklarni oʻz vaqtida

davolash lozim.

Sulaymonov A.S. va boshqalar, Bolalar

xirurgiyasi, T., 2000; Xaydarov Gʻ.O.,

Adabiyot



Ermatov Sh.X., Ichki kasalliklar, T.,

2002.


Mahmud Pirnazarov.

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


  Soʻnggi tahrir 5 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Yurak_poroklari&oldid=1806



809

" dan olindi 



Download 65,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish