. Qorinni paypaslab ko‘rganda umurtqa pog‘onasining ikkala tomonida qattiq muhitga ega o‘smasimon hosila borligini payqash mumkin. Ba’zan taqasimon buyrakning birlashgan qismi bo‘yin pastki kavak venani bosib qo‘yganligidan unda gipertenziya holatlari paydo bo‘lib, oyoqlar shishi, hatto assit ham paydo bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Taqasimon buyrak, ko‘pincha gidronefrozga uchraydi, pielonefrit rivojlanishi, tosh paydo bo‘lishi, ba’zan nefrogen gipertoniyaga sabab bo‘lishi mumkin - . Qorinni paypaslab ko‘rganda umurtqa pog‘onasining ikkala tomonida qattiq muhitga ega o‘smasimon hosila borligini payqash mumkin. Ba’zan taqasimon buyrakning birlashgan qismi bo‘yin pastki kavak venani bosib qo‘yganligidan unda gipertenziya holatlari paydo bo‘lib, oyoqlar shishi, hatto assit ham paydo bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Taqasimon buyrak, ko‘pincha gidronefrozga uchraydi, pielonefrit rivojlanishi, tosh paydo bo‘lishi, ba’zan nefrogen gipertoniyaga sabab bo‘lishi mumkin
- Translyumbal buyrak angiogrammasi. Taqasimon buyrak
Davosi. - Agar bemophi kuchli og‘riq bezovta qilsa, operatsiya qilinadi. Bunda istmotomiya (buyin sohasini kesib, buyraklarni ajratish) qo‘llaniladi.
- Agar gidronefroz rivojlangan yoki tosh paydo bo‘lgan bo‘lsa, tegishli operatsiya muolajalari ham bajariladi.
Buyrakning kistoz kasalliklari -
- Buyrak struktura anomaliyasi.
- Multikistoz buyrak juda kam uchraydi. Ko‘pincha bir tomonlama bo‘lib, buyrak to‘qimasi o‘rniga har xil kistalar (pufaklar) kuzatilib, siydik nayi obliteratsiyalangan yoki uning distal qismi umuman bo‘lmadi.
- Buyrak strukturalari anomaliyalari, asosan, aortografiya yordamida aniqlanadi. Bunda buyrak tomirlari yoki nefrogramma bo‘lmaydi.
- Multikistoz bir tomonlama bo‘lsa, nefrektomiya o‘tkaziladi, ikki tomonlama bo‘lsa, bola tug‘ilishining dastlabki kunlaridayoq nobud bo‘ladi.
Buyrak polikistozi. Bu buyrakning tug‘ma kasalliklari orasida eng og‘iri hisoblanadi. Chunki u ikki tomonlama uchrashi mumkin. 95 foiz hollarda ikki tomonlama bo‘lib, ko‘pincha naslga oid kasallik hisoblanadi. Bunda buyrak parenximasining o‘phini har xil kattalikdagi pufakchalar egallaydi. Buyrakning tashqi ko‘rinishi xuddi uzum shingiliga o‘xshash bo‘ladi. Ba’zan buyrak kattalashgan, ayrim bemorlarda esa uning hajmi o‘zgarmagan, hatto kichiklashgan bo‘lishi ham mumkin. - Buyrak polikistozi. Bu buyrakning tug‘ma kasalliklari orasida eng og‘iri hisoblanadi. Chunki u ikki tomonlama uchrashi mumkin. 95 foiz hollarda ikki tomonlama bo‘lib, ko‘pincha naslga oid kasallik hisoblanadi. Bunda buyrak parenximasining o‘phini har xil kattalikdagi pufakchalar egallaydi. Buyrakning tashqi ko‘rinishi xuddi uzum shingiliga o‘xshash bo‘ladi. Ba’zan buyrak kattalashgan, ayrim bemorlarda esa uning hajmi o‘zgarmagan, hatto kichiklashgan bo‘lishi ham mumkin.
- Buyrak polikistozining sxematik ko‘rinishi:
- 1 – total, 2 – solitar, 3 – o‘choqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |