Qo‘shimcha uchinchi buyrak. - Juda kam uchraydi. Qo‘shimcha buyrak ayrim qon tomiridan oziqlanadi, uning o‘ziga tegishli siydik nayi ham bor.
- U buyrakning pastida joylashgan bo‘lib, gohida chanoq sohasiga ham tushishi mumkin. Uning o‘lchamlari har xil, ko‘pincha kichik bo‘ladi.
- Ba’zan uning siydik nayi qovuqda emas, balki a’zolarga ham ochiladi. Qo‘shimcha buyrak ekskretor urografiya va buyrak angiografiyasi yordamida diagnostika qilinadi.
Davosi. - Kasallikning bu turini asoratlangan turida va konservativ davolash foyda bermaganida operativ davolashga ko‘rsatma hisoblanadi.
- Operatsiya usulini tanlash asosiy yoki qo‘shimcha buyrakdagi patologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq Masalan, qo‘shimcha buyrak o‘z funksiyasini butunlay yo‘qotgan bo‘lsa a’zoni yo‘qotuvchi operatsiya – geminefrureterektomiya operatsiyasi amalga oshiriladi; a’zoni saqlovchi operatsiyalar – antireflyuks operatsiyalar, jom-siydik nayi yoki siydik naylari aro anastamoz operatsiyalari amalga oshiriladi.
- Bundan tashqari ko‘rsatma bo‘yicha endoskopik operatsiya, ya’ni qovuq siydik nayi reflyuksi kuzatilganda siydik nayi shilliq ostiga teflon implantatsiyasi amalga oshiriladi.
Buyrak o‘lchami patologiyasi. - Buyrak gipoplaziyasi. Bu buyrak o‘lchamining kichikligidir. U me’yoriy gistologik tuzilishga ega, funksiyasining buzilish belgilari ham yo‘q. Ko‘pincha bir tomonlama bo‘ladi
- . Tashxis asosan ekskretor urografiyada aniqlanadi. Rentgenda uning o‘lchamlari, jomi kichik bo‘lib, uchburchak yoki ampula shaklida bo‘ladi
- . Bir tomonlama gipoplaziya faqat asoratlari bo‘lgan taqdirdagina davolanadi. Agar ikkinchi buyrak yaxshi ishlayotgan bo‘lsa, gipoplaziyaga uchragan buyrak olib tashlanadi.
- Buyrak gipoplaziyasining ikki xili farq qilinadi:
- rudimentar buyrak
- kichik buyrak.
Rudimentar buyrakda buyrak embrion davrining ilk bosqichlarida o‘z rivojini to‘xtatadi. - Rudimentar buyrakda buyrak embrion davrining ilk bosqichlarida o‘z rivojini to‘xtatadi.
- Bunda buyrak o‘phida 1-3 sm yoki undan ham kichik o‘lchamli sklerotik to‘qima borligi aniqlanadi. Gistologik tekshirishda esa kalavacha qoldiqlari va oz miqdorda siydik naychalari aniqlanadi.
- Kichik buyrakda esa uning o‘lchamlari (2-3 sm gacha) kichik bo‘lib, parenximasida kalavachalar soni ancha kam, biroq; oralik, to‘qima ancha yaxshi rivojlangan. Kichik buyrak, ko‘pincha nefrogen gipertoniya bilan asoratlanadi. UTT yordamida tekshirilganda gipoplaziya tomonda buyrak o‘lchamlari yoshiga nisbatan kichik bo‘ladi, struktur elementlari kuzatiladi, buyrak sinuslarining deformatsiyasi aniqlanadi
- O‘ng buyrak gipoplaziyasining
- exografik tasviri
Do'stlaringiz bilan baham: |