Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi haqida umumiy tushunchalar


Umumiy tushunchalar : Monomer



Download 253,07 Kb.
bet2/3
Sana28.06.2022
Hajmi253,07 Kb.
#714212
1   2   3
Bog'liq
sardor kimyo 2

Umumiy tushunchalar : Monomer
Barcha tabiiy va sun’iy polimerlarning makromolekulalari ko’p marta takrorlanadigan bir xil atomlar gruppasi elementar zvenolardan tashkil topgan bo’ladi. Ular bir -birlari bilan kovalent bog’langan bo’ladi.
Polimerlarni sintez qilishda ishlatiladigan quyi molekulyar birikmalarga monomerlar deyiladi. Demak qaysi moddadan polimerlar olinsa uni monomeri deyiladi. Masalan : polietilen makromolekulasi ( - CH2 – CH2 - )n da CH2 = CH2 etilen monomer , tabiiy kauchuk

da butadiyen monomer bo’lsa,
polistirolda , monomer stirol polivinilxlorda monomer ro’lini vinil xlorid o’ynaydi. Polipropilenda monomer sellulozada C6H10O5 monomerdir.
Polimer – yuqori molekulyar birikmalarga ko’pincha polimerlar deyiladi.
Grekcha “poly” – ko’p, “meros” – qism (bo’lak) ma’nosiga ega. Polimerlar molekulalarini makromolekulalar ham deyiladi (grekcha “macros” – katta, uzun deganidir). Nisbiy molekuyar massasi juda katta quiymatga ega bo’lgan, tarkibida takrorlanib keluvchi elementar zvenolardan (bo’laklardan) iborat moddalar yuqori molekulyar birikmalar yoki bir qancha molekulalarning o’zaro kovalent bog’ orqali birikib yuqori molekulyar birkma hosil qilish reaksiyasi polimerlanish deb ataladi.
Polimerlanish reaksiyalari qo’shbog’i, uchbog’i bo’lgan yoki siklik tuzilishli organik moddalariga xosdir.
Elementar zveno.
Yuqori molekulyar birikmalar tarkibida davriy (ketma – ket) ravishda takorlanadigan elementar xalqalarga (yoki monomerlarga) elementar zveno deyiladi.
Polimerlarda elementar zvenolar kimoviy tarkibi bir xil bo’lib, ular zanjirda doimiy qaytarilib turadi. Masalan : polietilenda doimiy takrorlanadigan ( -CH2 – CH2 - ) gruppaga elementar zveno deyiladi.
Polimerlanish darajasi :
Polimer molekulasini hosil bo’lishida qancha molekula monomer ishtirok etganligini ko’rsatadigan songa polimerlanish darajasi deyiladi.
Polimerlar formulasidagi “n” indeksi yuqori molekulyar birikmalarning polimerlanish darajasini ifodalaydi va quydagi formula bilan topiladi :

Bu yerda : M r polimer - polimerning nisbiy molyar massasi Mr monomer – monomer molekulaning nisbiy molyar massasi. Mr = nMr polimerning nisbiy molekulyar massani.
Polimerlanish darajasi “n” doimiy kattalik emas. Bir xil polimer ammo har xil molekulalar uchun u har xil bo’ladi. Shuning uchun ayni polimer uchun ko’rsatilgan Mr uning o’rtacha molekulyar massasi bo’ladi.
Polimerlanish darajasi yuqori bo’lgan birikmalarni yuqori molekulyar polimerlar, past bo’lganlarni oligomerlar deyiladi.
Polimerlarning xossalari tuzilish regulyarligiga bog’liq bo’ladi, u fazoda yon radikallar va atomlar gruppasini joylashish tartibliligining darajasi bilan ifodalanadi. Polimerlar stereoregulyar va sterenoregulyar strukturali bo’ladi. Agar polimer tarkibnidagi radikallar uglerod zanjirining faqat bir tomoniga batartib joylashsalar stereoregulyar strukturali polimer deyiladi.
Masalan: polipropilenda stereoregulyarlik makromolekulalardagi metil radikallaring hammasi uglerod zaanjirining faqat bir tomoniga joylashganda yuzaga keladi.

bunday polimerlar yuqori sifatli hisoblanadi, ammo ularni olish uchun alohida sharoitlar (o’ziga xos katilizatorlar, optimal temperatura, optimal bosim) yaratishni talab qiladi.
Agar metil radikallari uglerod zanjirining ikkala tomoniga betartib joylashsa stereonoregulyar struktirali polimer hosil bo’ladi.



Stereonoregulyar strukturali polimerning sifati stereoregulyar strukturali polimerlarga nisbatan past bo’ladi. Ammo ko’pchilik hollarda stereonoregulyar strukturali polimerlar hosil bo’ladi.



Download 253,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish