Aralashmasi yo’q ideal yarim o’tkazgich zonalarining parametlarini aniqlash.
Ideal xususiy yarim o’tkazgichlarda Fermi sathi ta’qiqlangan zonaning o’rtasida joylashdi. (Absolyut nol temperatura deb qaralsa). ßrim o’tkazgich yuzasiga tushayotgan fotonlar elektronlarni EV sath va undan pastki sathlardan chiqara oladi. EV dan EB (qattiq jism va vakuum chegarasi)gacha bo’lgan energetik masofa fotoelektron chiqish ishiga teng bo’ladi. Termoelektron chiqish ishi esa EV dan EB gacha bo’lgan energetik oraliqni ifodalaydi (22.3-rasm).
Fß =ß +(ET/2) (22.4)
Bu erda Fß - yarim o’tkazgich uchun fotoelektronlar chiqish ishi, ß - termoelektronlarning chiqish ishi, ET - ta’qiqlangan zonaning kengligi. EV sathdan chiqayotgan elektronlar eng katta kinetik energiyaga ega bo’ladi va uni quyidagi formuladan aniqlash mumkin:
(22.5)
ßrim o’tkazgichdan uchib chiqqan elektronlar kollektorga kelib tushadi, ya’ni nishon va kollektor orasida kontakt hosil bo’ladi. Bu holda ularning Fermi sathlari bitta gorizontal chiziqda yotgani uchun (22.5)ni quyidagicha yozish mumkin:
K - kollektorning termoelektro chiqish ishi
U holda to’xtatuvchi potentsial maydonining energiyasi quyidagiga teng bo’ladi:
(22.8)
Bu formuladan eU0, h va K larning qiymatlarini bilgan holda ta’qiqlangan zona kengligi E ni ham aniqlash mumkin bo’ladi. Umuman UBES yordamida yarim o’tkazgichlarning (dielektriklarning ham) EV, EF, EC sathlarning energetik o’rnini, zonalarning kengligini aniqlash mumkin. Bulardan tashqari real yarim o’tkazgichlar uchun yuzada zonalarning egilish kattaligini hamda ta’qiqlangan zonada hosil bo’ladigan har xil donor va aktseptor sathlarning holatini (o’rnini) aniqlash mumkin.
Tayanch so’zlar
Fotoelektron spektroskopiya, to’xtatuvchi potentsial, volüt-amper xarakteristika, fotoelektronlarning spektri, nishon, kollektor, energetik taqsimot, metall-vakuum chegarasi, spektrning kengligi, ideal yarim o’tkazgich, xususiy yarim o’tkazgich, absolyut nolü temperatura, ta’qiqlangan zonaning kengligi, kinetik energiya, donor va aktseptor sathlar.
Savollar
Ulütrabinafsha nurlarning elektron spektroskopiyasi. Yupqa metall plyonkasining zonalarining parametrlarini aniqlash va hisoblash formulalari.
Metallarda chiqish ishi kattaligining to’xtatuvchi potentsial bog’liqligi.
Kontakt potentsiallar farqining vujudga kelishi, uni aniqlash.
Metallar uchun tashqi fotoelektronning energetik sxemasi.
Aralashmasi yo’q ideal yarim o’tkazgichlarning zonalar parametrini aniqlash, hisoblash formulasi.
Ideal yarim o’tkazgichlar uchun tashqi fotoelektronning energetik sxemasi.
Termoelektron chiqish ishi formulasi.
Donor va akseptor sathlar nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |