Qadimgi
Yunoniston
YUNONISTON, Qadimgi
Yunoniston
— Bolqon ya.o.ning jan.,
Egey
dengizidagi orollar,
Frakiya
sohillari, Kichik Osiyoning gʻarbidagi dengiz sohilida joylashgan qadimiy yunon davlatlari
hududining umumiy nomi.
Tarixi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Yu. hududida odamlar paleolit davridan yashab
kelmoqda. Xalkidika ya.o.dan neandertal odamining bosh suyagi chiqqan. Neolit davrida Yu.
aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Yu.ning jez davri
madaniyati shartli ravishda Kritmiken madaniyati yoki Egey madaniyati deb atalgan. Miloddan
avvalgi 3-ming yilliqda Yu. etnik tarkibi rangbarang(pelasglar, leleglar va boshqalar) boʻlgan;
ularni protoyunon qabilalari — axeylar, ioniyaliklar siqib chiqarib oʻz tarkiblariga singdirib
yuborganlar. Miloddan avvalgi taxminan 20—17-asrlarda Krit o.da axeylarning ilk davlatlari
(Knos, Fest, AgiaTriada, Mikena, Tirinf, Pilos va boshqalar) barpo etilgan. Miloddan avvalgi
taxminan 1260 yil Mikena, Tirinf, va boshqalar davlatlar Troyani bosib olib, uni vayron
etishgan (qarang
Troya urushi
). Doriy qabilalarining kirib kelishi (miloddan avvalgi taxminan
1200 yil) oqibatida davlatlar parchalanib, urugʻchilik munosabatlari jonlangan. Miloddan
avvalgi 9-asrga kelib Shim. Yu.da — eoliylar, Oʻrta Yu. va Peloponnesda — doriylar, Attika va
orollarda — ioniyaliklar istiqomat qilgan: 8—6-asrlarda yunonlar Oʻrta dengiz, Marmar va Qora
dengiz sohillarini kolonizatsiya qilganlar. Bu davrda Yu.da polislar (shahar davlatlar)
shakllangan. Dehqonlar va hunarmandlarning urugʻ zodagonlari bilan kurashi natijasiga qarab
polisdagi davlat hokimiyati yo demokratik (Afinada) yoxud oligarxik (Sparta, Krit o.da) tarzda
boʻlgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan polislarda (Korinf, Afina va boshqalar) qulchilik keng
tarqalgan; Sparta, Argos va boshqalarda urugʻchilik tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan.
Miloddan avvalgi 6-asrda polislar Sparta boshchiligida Peloponnes ittifoqiga va Fiva
rahbarligi ostida Beotiya ittifoqiga birlashganlar. 5— 4-asrlar polislarning eng ravnaq topgan
davri sanaladi. U yunonfors urushlarida (500—449) yunonlarning gʻalabasi natijasida
Afinaning yuksalishi va Delos ittifoqining (Afina boshchiligida) barpo etilishi bilan bogʻliq
boʻlgan.
Perikl hukmronligi davri (443— 429) Afina kuchqudratining eng kuchaygan, siyosiy tuzumning
eng demokratlashgan va madaniyatning ravnaq topgan davri hisoblanadi. Afina Yu.ning
asosiy iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi, u dengizda hukmronlikni oʻz qoʻliga olgan.
Afina bilan Sparta oʻrtasida Yu.da gegemon boʻlish, savdo yoʻllariga egalik qilish uchun
kurash Peloponnes urushi (431—404)ga olib kelgan, u Afinaning magʻlubiyati bilan tugagan.
Spartaning yunon davlatlari ichki ishlariga aralashuvi miloddan avvalgi 395—387 yillardagi
Korinf urushini keltirib chiqargan. 4-asrda Fiva vaqtinchalik yuksalgan. Levktra jangida
(miloddan avvalgi 371 yil) fivaliklar Sparta qoʻshinini tormor keltirishgan. 4-asr oʻrtasida
Yu.ning shim.da Makedoniya yuksalgan. Uning podshohi Filip II Xeroneya jangida (338) yunon
shaharlari koalitsiyasi ustidan gʻalaba qozonib Yu.ni tobe etgan. Aleksandr (Iskandar)
saltanati parchalangach, ellinizm davrida (3—2-asrlar) Yu.da hukmron boʻlish uchun
kurashayotgan harbiylashgan tipdagi davlatlar va ittifoqlar koʻp boʻlgan (Makedoniya, Axey
ittifoqi, Etoliya ittifoqi). Miloddan avvalgi 197 yil Kinoskefal jangida Rim qoʻshinlari
Makedoniya ustidan gʻalaba qozongach, Rim Yu.dagi oligarxiyani quvvatlab, mamlakatning
ichki ishlariga aralasha boshlaydi. Miloddan avvalgi 148 yil Makedoniya, Illiriya va Epir Rim
provinsiyasiga aylantirilganlar. 146 yildan (Axey ittifoqi rimliklar tomonidan tormor etilgandan
soʻng) Yu.Rimga tobe boʻlgan (miloddan avvalgi 27 yildan uning hududida Rimning Axaya
provinsiyasi barpo etilgan), faqat nomiga Afinagina erkin shahar deb hisoblangan. Milodiy 4-
asrdan Yu.Vizantiyaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan.
Falsafasi. Antik falsafa falsafa tarixida muhim oʻrin tutadi. U avvalo, falsafa tushunchasining
fanga kirib kelishiga sababchi boʻldi, hozirgi kungacha boʻlgan barcha falsafaga hal qiluvchi
taʼsir koʻrsatdi. Yuz yil davom etgan tayyorgarlik davridan soʻng yunon falsafasining mumtoz
davri boshlandi. Uning gullab yashnashi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga toʻgʻri keldi, taʼsiri esa
ming yil mobaynida sezilib turdi. Vizantiya va islom mamlakatlarida yunon falsafasining
hukmron taʼsiri keyingi ming yillikda saqlanib qoldi; keyinchalik, Renessans va gumanizm
davrlarida, Yevropada yunon falsafasining uygʻonishi yuz berdi, bu esa Renessans davri
platonizmi va aristotelizmidan boshlab Yevropa falsafiy tafakkurining butun taraqqiyotigacha
boʻlgan davrdagi ijodiy yangilanishlarga olib kedsi.
Yunon falsafasi miloddan avvalgi 6—5-asrlarda butun Yu.dagi yunon polislari falsafasining
davomchisi boʻlgan mumtoz yunon ellinistik falsafasi (miloddan avvalgi 4-asr) va ellinistikRim
falsafasiga, yaʼni miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 6-asrgacha davom etgan Rim
imperiyasiga tarqagan ellinistik falsafaga boʻlinadi. Ellinistik falsafa Sokratgacha boʻlgan
falsafa (miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va mumtoz (klassik) falsafaga (Sokrat, Platon, Aristotelʼ
— miloddan avvalgi 4-asr) ajraladi. Sokratgacha falsafa, oʻz navbatida, kosmologik
(gilozoistik) falsafaga (miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va antropologik falsafaga (miloddan
avvalgi 5—4-asrlar) boʻlinadi.
Yunon falsafasi ilkkosmologik— Sokratgacha falsafa davri, ruhoniylar bilan birga siyosiy
yoʻnalishdagi mutafakkirlar va yetti donishmand tomonidan tayyorlangan olimlar davri bilan
boshlanadi. Ulardan biri miletlik Fales boʻlib, Aristotel uni birinchi faylasuf deb hisoblagan; u
birinchi kosmolog , torroq maʼnoda ioniya naturfalsafasi maktabining vakili, bu maktabga
Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen va boshqalar ham mansub edi. Undan soʻng Eleya
maktabi vujudga kelib borliq falsafasi bilan shugʻullandi (miloddan avvalgi 580—430), bu
maktabga Ksenofan, Parmenid, Eleyalik Zenon, Meliss mansub edilar; ayni vaqtda bu maktab
bilan birga Pifagor maktabi ham mavjud edi. Bu maktab vakillari uygʻunlik, oʻlchov, son
masalalari boʻyicha tadqiqot olib bordilar. Bu maktabga Fillolay (miloddan avvalgi 5-asr oxiri)
krotonlik Alkmeon (taxminan miloddan avvalgi 520), musiqa nazariyotchisi, faylasuf va
matematik Arxit Tarentskiy (taxminan miloddan avvalgi 400—365) va uning tarafdori
haykaltarosh Katta Poliklet (miloddan avvalgi 5-asr oxiri), Heraklit, keyin Empedokl va
Anaksagor mansub edi. Hamma narsani qamrab oluvchi qomusiy tafakkur egasi Demokrit,
uning mashhur oʻtmishdoshi Levkipp hamda Demokrit maktabi vakillari Sokratgacha
kosmologiyaning oxirida turadilar. Shu bilan birga soʻnggi davrda antropologik sofistikada
rivojlanish yuz berdi (taxminan miloddan avvalgi 475—375), uning vakillari, asosan, Protagor,
Gorgiy, Gippiy, Prodik boʻlgan. Yunon falsafasining eng mashhur 3 vakili — Sokrat, Platon,
Aristotel tufayli Afina taxminan 1000 yil yunon falsafasining markazi boʻldi.
Tarixda birinchi marta Sokrat tomonidan insonni falsafiy anglash masalasi qoʻyildi. Platon
falsafani tugallangan dunyoqarash — siyosiy va mantiqiyetnik sistema sifatida yaratdi;
Aristotel esa falsafaga haqiqiy mavjudlikni tadqiqiynazariy oʻrganuvchi fan sifatida qaradi. Bu
3 mashhur yunon mutafakkirining har biri oʻsha vaqtdan buyon oʻzicha alohida va turli
shakllarda 2 ming yildan buyon jahon falsafasining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatib keladi. Yunon
falsafasining ellinistikrim davri bir-biri bilan parallel ravishda mavjud boʻlgan muhim falsafiy
maktablarning paydo boʻlishi bilan boshlanadi (miloddan avvalgi 4-asr); faqat neoplatonizm
keyinroq — 500 yildan soʻng vujudga keldi. Sokrat taʼsirida butun bir maktablar guruhi tashkil
topadi: sokratchilar (asosiy vakili Ksenofont), megar maktabi (unga Evbulid va imkoniyat
tushunchasining birinchi nazariyotchisi Diodor Kronos (miloddan avvalgi 307 yilv.e.) mansub
boʻlgan), siniklar (Antisfen, Diogen), birmuncha keyinroq jamiyatni diniy qayta oʻzgartiruvchi
pruzalik Dion Xrizost; pirovardida kirena maktabi (Aristipp va Evgemer). Bu maktablar
unchalik uzoq yashamadi. Platon tarafdorlari Platon akademiyasi nomi ostidagi falsafiy
maktabga birlashdilar (qad. Akademiya — miloddan avvalgi 348—270, oʻrta Akademiya —
miloddan avvalgi 315—215, yangi Akademiya — miloddan avvalgi 160 — milodiy 529; oʻrta
Akademiyaning vakillari — Arkesilay va Karnead; yangi Akademiyaning vakillari — Sitseron va
Mark Terensiy Varron (miloddan avvalgi 116 — miloddan avvalgi 28); Akademiyadan keyin
("yangi"sidan farq qilgan holda) platonizm vujudga keldi. Unga boshqa faylasuflar bilan birga
Plutarx (taxminan 45—120) va Frasill (Platon sharhlovchisi) kirgan.
Aristotel tarafdorlarining katta qismi aniq fanlar bilan shugullangan, peripatetik deb nom
olgan mashhur olimlar boʻlgan; qadimiy peripatetiklar bilan birga mashhur botanik Teofrast,
musiqa nazariyotchisi Aristoksen (taxminan miloddan avvalgi 350), tarixchi va siyosatchi
messinalik Dikearx; keyingi peripatetiklar orasida fizik Straton, geograf va astronom samoslik
Aristarx (Stratonning shogirdi, taxminan miloddan avvalgi 250) va Klavdiy Ptolemey
(taxminan milodiy 150), vrach Galen, Aristotelning sharhlovchisi Rodoslik Andronik (taxminan
miloddan avvalgi 70) boʻlgan.
Epikur asos solgan maktab keng yoyildi, bu maktabga boshqalar bilan birga Lukretsiy ham
mansub edi. Skeptik maktabning vakillari (unga Akademiya vakillaridan koʻplari kirgan edi)
Pirron va keyinchalik vrach Sekst Empirik edi. Stoya maktabi juda muhim falsafiydiniy
harakatga aylandi, neoplatonizm va xristianlikning paydo boʻlishiga qadar mavjud boʻldi.
Kitionlik Zenon asos solgan bu maktabni qadimiy Stoyada Xrizip adabiy jihatdan pishitdi;
oʻrta Stoyada boshqalar bilan birga Panetsiy Rodoslik va Posidoniy bor edi; bu maktabga
tarixchi Polibiy ham yaqin turgan. Keyingi Stoya davrida, asosan, 3 Rim faylasufi — Seneka,
Epiktet va Mark Avreliy asosiy rol oʻynadi.
Neoplatonizmda, uning asoschisi Plotin fikricha, Rim, Afina, Aleksandriya, Siros, xristian
falsafiy maktablari bir-biridan farq qiladi. Plotin bilan birga Porfiriy, Prokl, ayolfaylasuf
Gipatiya, Yamvlix, imperator Yulian Apostat (332—363), ensiklopedist Marsian Kapella (5-
asrning 1-yarmi), Boetsiy mashhur neoplatonchi boʻlishgan. [[El[[
linizm
davrida gʻarb va sharq
dini hamda falsafasini oʻzida birlashtirgan gnostika rivojlandi. Bobil gnostikasidan moniylik va
uning yorugʻlik hamda zulmat olami haqidagi taʼlimoti paydo boʻldi. Milodning birinchi yuz
yilligi falsafasi uchun Filonning Bibliyani majoziy, platonchastoikcha talqini jiddiy taʼsir
koʻrsatdi. U Aleksandriya maktabiga asos soldi, uning anʼanalarini aleksandriyalik Kliment va
Origen davom ettirdi, bu esa gʻarb falsafasiga koʻproq taʼsir koʻrsatgan xristian falsafasining
boshlangʻich holati edi. Yunon falsafasining turli xil koʻrinishlari islom falsafasida mavjud,
uning taʼsirini hind falsafasida ham payqash mumkin.
Adabiyoti. Yu.da yozma badiiy ijodning ilk namunalari taxminan 2700—2800 yillar muqaddam
paydo boʻla boshlagan. Bu adabiyot miloddan avvalgi 3-asrda Rim madaniyatining barpo
etilishida, tarkib topishida ham muhim ahamiyat kasb etgan. "Iliada" hamda "Odiseya"
dostonlari yunon yozma adabiyotining bizga qadar yetib kelgan eng qadimiy namunalaridir.
Bu kabi yuksak badiiy asarlar uzoq muddatli adabiy harakatning davomi, uning yetuk mahsuli
sifatida maydonga kelgan. "Odisseya" dostonida Demodok kabi ajoyib baxshilar — rapsodlar
botirlik haqida dostonlar aytib, davra ahllarini rom qilgan. Platon, Herodot kabi allomalar va
shu zamonning baʼzi yozuvchilari Homerdan ilgari Orfey degan shoir yashab oʻtganligini xabar
qiladilar. Biroq bu shoirning goʻzal navolari haqida afsonaviy rivoyatlardan boshqa tarix
sahifalarida bironta ham misra saqlanib qolmagan.
Yunon xalqi oʻrtasida keng tarqalgan rivoyatlarda Orfeydan tashqari yana bir qancha shoirlar:
Muze, Evmolp, Tamir, Olen va boshqalar tilga olinadi.
Barcha xalqlarning tarixida boʻlgani kabi yunon adabiyoti ham xalq ogʻzaki ijodi zaminida
vujudga kelgan. Tarix sahifalarida yunon folkloridan juda kam namunalar saqlanib kelgan
boʻlsada, shularga asosan ibtidoiy qabilachilik davrlarida yunon xalqining anʼanasi boy va
rangbarang ogʻzaki adabiyoti — ertaklari, maqollari, matallari, topishmoqlari, qoʻshiqlari
boʻlganligini aniqlash mumkin. Ibtidoiy jamiyatdagi mavjud ogʻzaki adabiyot shu jamiyat
kishilarining tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etgan.
Yunon mifologiyasi uzoq tarixga ega. Shu uzoq muddat davomida ijtimoiy ongning oʻsishi
bilan miflar ham oʻzgargan, yangi maʼnomazmun kasb etgan. Yunon kishisi ibtidoiy
qabilachilik davrida tevarak atrofdagi tabiiy hodisalarning hammasini jonli his qilib, ularga
sigʻinishgan, ulardan madad tilashgan, yovuz kuchlarni moyil qilish uchun qurbonliklar
qilingan. Tabiat hodisalari qarshisida ibtidoiy insonning butun hayoti qoʻrquv va tahlikada
oʻtgan. Keyinchalik qabilachilik tuzumining yemirilishi va harbiy aristokrat tabaqalarning
kuchayishi natijasida quyi tabaqa vakillarining ahvoli yanada ogʻirlashgan, boylarning zulmi
kuchaygan. Bu holat insonlarning diniy eʼtiqodlariga ham oʻz taʼsirini oʻtkazgan. qadimiy inson
tasavvurida falak hukmronlari — odam qiyofasidagi Olimp maʼbudalari paydo boʻlgan. Zevs —
momaqaldiroq hamda bulutlar hukmdori, maʼbudlar maʼbudi; Poseydon — dengiz hukmroni;
Aid oxirat xoqoni, Zevsning rafiqasi Gera — osmon maʼbudasi, maʼbudalar malikasi va h.k.
Maʼbudlarni odam qiyofasida tasavvur etish, oʻz navbatida, mifologiyani haqiqiy hayotga
yaqinlashtirgan va uning obrazlariga chinakam hayotiylik bagʻishlagan. "Iliada" dostonida
muallifning butun diqqati asarning bosh qahramoni Axillning gʻazabiga qaratilgan boʻlib,
qolgan voqealar faqat 50 kun ichiga sigʻdirilgan. Tinglovchi va kitobxon toʻla taassurotga ega
boʻlishi uchun asar davomida muallif yoʻlyoʻlakay chekinishlar yasab, turlituman hodisalar
bilan asosiy voqeani toʻldirib borgan. Xuddi shu uygʻunlik, muxtasarlik "Odisseya" dostonida
ham bor. Jafokash Odisseyning oʻz vataniga qaytishi, har safar mobaynida uning boshidan
kechgan mushkulotlar, uchragan ajoyibot, gʻaroyibotlar — asarning asosiy mavzusidir.
Qahramonlarning qiyofasini ular, ning tabiati, xattiharakatini koʻrsatish bobida — realistik
tavsifi nihoyatda sezilarli. Dostonlarda hayotning turli pogʻonalarida turuvchi ilohiy kuchlar,
odam bolalari: Olimp togʻining maʼbud va maʼbudalari, devlar, parizodlar afsonaviy maxluqlar,
podshohlar, pahlavonlar, oddiy jangchilar, malikalar, kanizaklar, qul va choʻrilar, goʻdaklar va
h.k. koʻz oʻngida gavdalanadi. Yunon xalqi asrlar davomida botirlik haqidagi oʻz tuygʻu va
orzularini ana shunday qahramon nomi bilan bogʻlab kelgan.
Yunon xalqining botirlik, gʻayrat va jasorat tushunchalarini yozuvchi Axill obrazida talqin etgan
boʻlsa, shu xalqning hayot bobida orttirgan donishmandligi, aql va zakovatini Odissey obrazi
orqali koʻrsatgan. Boshqa qahramonlardan tashqari (har ikkala) dostonda ikkinchi darajali
shaxslar bor: Agamemnon — takabbur, Menelay — botir, Diomed — sergʻayrat, Nestor —
nuroniy, Baris — xudbin, olifta, Gektor — oriyatli va h.k.
Yevropa xalqlari oʻz taraqqiyotlari davomida katta ishtiyoq bilan necha bora yunonlar hamda
rimliklar yaratgan sanʼat va adabiyotga murojaat etib, ular asosida qalblarini bezovta qilgan
tuygʻu va gʻoyalarni hal etishga uringanlar. Uygʻonish davrining buyuk allomalari qoʻlida antik
(qadim) dunyoning ilmu fani, sanʼat va adabiyoti, falsafiy taʼlimotlari eng kuchli qurol boʻlib
xizmat qilgan. "Uygʻonish" soʻzining dastlabki maʼnosi ham qadimgi madaniyatni qayta
tiklash, yangidan oyoqqa turgʻizish demakdir.
17-asr Yevropa klassitsizm adabiy oqimi ham 100—150 yil davomida antik dunyo badiiy
ijodiga taqlid shiori ostida rivojlandi, bu davr mobaynida qariyb butun Yevropa sahnasi,
asosan, Yunon va Rim tragediyalari mavzulari bilan yashadi. Elin madaniyati Oʻrta Osiyo
madaniyatining ravnaq topishiga samarali taʼsir etgan. Salavkiylar va YunonBaqtriya
podsholigi hukmdorlari davrida Oʻrta Osiyo, Eron va boshqalar oʻlkalar aholisining faol
ishtirokida sharqiy ellinizm madaniyati vujudga keldi, u yunon madaniyatini ham boyitdi (yana
q. [[El[[
linizm
).
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Yunon meʼmorlari va tasviriy sanʼat namoyandalari koʻp asrlar
osha turli xalqlar uchun goʻzallik, uygʻunlik, yuksak did namunasini oʻtagan sanʼat
yodgorliklarini yaratgan. Asarlar asosan sodda afsonaviy mavzularga asoslangan boʻlsada,
borliq va inson muvozanatini his etib, tabiiy muhit, inson tanasining tabiiy goʻzalligi va
uygʻunligini anglab aks ettirdi. Bu nisbatlar meʼmorlikda ham aniq ifodasini topgan. Yunon
badiiy yodgorliklari Bolqon ya.o. dagina emas, shuningdek, Kichik Osiyo, Janubiy Apennin
ya.o., Oʻrta dengiz orollari hamda Shim. Qora dengiz sohillarida ham saqlangan.
YU. sanʼati Miken madaniyati negizida paydo boʻlgan; mikenlar bilan miloddan avvalgi 2—1-
ming yillik sanʼatining oʻzaro bogʻliqligi kulollik va meʼmorlik boʻyama naqshlarida koʻzga aniq
tashlanadi. Yunon sanʼati taraqqiyoti (miloddan avvalgi 11—1-asrlar) tarixan gomer, arxaika,
klasika, ellin kabi bir necha davrlarga ajratiladi.
Homer davri (miloddan avvalgi 11—8-asrlar) da boʻyama naqshli kulollik taraqqiy etgan,
geometrik uslub miloddan avvalgi 7-asrgacha hukm surgan, eng taraqqiy etgan davri (8-
asr)da %abr yodgorliklari vazifasini oʻtagan roʻzgʻorga moʻljallangan dipilon koʻza va idishlar
bezagi, naqsh va inson shaklining aniq ritmi, chiziqlar ifodaliligi bilan ajralib turadi. Geometrik
uslubda terrakota haykallar va idishlarga haykaltaroshlik bezaklari (qopqoq, shakldor
dastalar) ham yaratildi. Meʼmorlik haqida maʼlumotlar deyarli yoʻq, baʼzi bino qoldiqlari,
ibodatxonalarning terrakota modeli va adabiy yozma manbalarda ayrim maʼlumotlar uchraydi.
Arxaika (miloddan avvalgi 7—6-asrlar) davrida polislar shakllandi, shaharlar yuzaga keldi,
shaharsozlikning asosiy belgilari muqaddas joy (akropol) va jamoat savdo markazlari (agora)
boʻlib, ular atrofida turar joy mavzelari joylashtirilgan, shaharlar bunyod etilgan. Yetakchi
oʻrinni ibodatxonalar (haykallari boʻlgan "xudolar uyi") egallagan.
Ibodatxonalar bilan bir qatorda turli vazifalarni bajaruvchi jamoat binolari (teatr, stadion,
palestr va boshqalar) bunyod etilgan. Inshootlar toshdan qurishga oʻtilgach, order turlari
shakllandi (qarang
Meʼmorlik orderlari
), ibodatxonalar boʻrtma tasvirlar, haykallar bilan
bezatildi; dahshatli maxluqlar bilan olishayotgan xudolar va qahramonlar (Gerakl, Tesey,
Persey va boshqalar)ning qatʼiy tasvirlari yaratildi; ularning hajmdorligi ibodatxonalardagi
meʼmoriy shakllar bilan uygʻun. Ioniy uslubidagi ibodatxonalarning haykaltaroshlik frizlari
dinamikasi va murakkab kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Dastlabki oʻzaro bogʻlanmagan
kam shaklli frizlardan oʻzaro uygʻun va koʻp shaklli yaxlit kompozitsiyalarga oʻtish kuzatiladi,
ilk frontonlardagi relyeflar (Kerkira o.dagi Artemida ibodatxonasi) dumaloq haykallar bilan
almashadi.
Haykaltaroshlikda kichik bronza haykallar ("Fivalik Apolon", miloddan avvalgi 7-asr 1-
yarmi)dan yalangʻoch oʻsmir (kuros)lar va uzun koʻylakli qiz (kora)lar shaklini yasashga oʻtildi.
Harakatsiz shakllar oʻrniga harakatlarni shartli ifodalash yuzaga keldi ("Delosli Nike",
miloddan avvalgi 6-asr oʻrtalari). Haykaltaroshlar inson mimikasini ifoda vositasi sifatida kam
qoʻllasalarda, ayni vaqtda boy hajm, kiyimlar burmalarining goh qatʼiy, goh nafis talqini bilan
ifodali obraz qurilishiga erishdilar. Arxaika haykallarida ayrim mahalliy farklar kuzatiladi: ioniy
uslubidagi kora va kuroslar lirik va hayotbaxsh obrazlari, shakllarning mayinligi bilan qatʼiy
qiyofali va keskin shaklli doriy uslubidagi haykallardan ajralib turadi. Bu davrda yunon
koʻzalari (amfora va boshqalar) tugal shakllandi, buyumlarga butun yuzasi qoplab gilama
usulida mujassamotlar yaratildi, shartli qatʼiy chiziqlar va geometrik uslubdagi naqshlar
oʻrnini syujetli sahnalarning tez-tez qoʻllanishi egaladi. Korinf, keyinroq Afina (7—6-asrlar)da
qora shaklli uslub qaror topdi (Klitiy, Eksekiy, Amasis va boshqalar), qora shakli uslubdan qizil
shakli uslubda koʻzalar yasashga oʻtish yuzaga keldi (Andokid va boshqalar).
Klasika (miloddan avvalgi 5-asr — 4-asr 3-choragi)da shaharlar rivojlandi, muntazam tarhli
shahar tipi shaklandi (Milet, Pirey), shaharlarni toʻgʻri burchakli koʻchalar toʻri bilan qismlarga
boʻlish, turar joylarni majmua tarzida qurish kabi asosiy qoidalar yuzaga keldi. Polislarning
oʻziga xos ramzi boʻlgan ibodatxonalarning tipik xususiyatlari individuallik bilan qoʻshilib
ketgan, bir tipdagi qurilishlarda yagona order tuzilishidagi nisbat va koʻlamlarnigina oʻzgartirib
takrorlanishi bilan har bir shahar — davlat bosh inshootlarida oʻziga xos meʼmoriy qiyofalar
yaratishga erishildi. Shu jihatdan umumiy tarhli va order elementlari boʻlgan
Afina
Afayi
(taxminan miloddan avvalgi 500—480, Egin o.da), Gera II ("Poseydon ibodatxonasi", miloddan
avvalgi 5-asr 2-choragi,
Poseydoniyada
),
Zevs
(miloddan avvalgi 468—456, Olimpiyada)
ibodatxonalari oʻziga xos sifatlari bilan bir-biridan farqlidir.
Miloddan avvalgi 6—5-asrlar chegarasida tasviriy sanʼatda keskin oʻzgarishlar roʻy berdi,
haykaltarosh va rassomlar inson qiyofasi va uning harakatini mukammal ifoda etdilar,
fronton, frizlarda koʻp shaklli lavhalarni dadil bajardilar. Klasika boshida yuzaga kelgan "qatʼiy
uslub" hususiyatlari koʻzalarga ishlangan tasvirlarda aniq ifodasini topdi (Epiktet, Yevtimid,
Yefroniy). Qizil shakllar uslubida ijod qilgan Brig afsonaviy mavzular bilan bir qatorda maishiy
lavhalar (bazm, maktabdagi mashgʻulotlar, stadiondagi atletlar)ni ham yaratdi. "Qatʼiy uslub"
miloddan avvalgi 5-asr 1-yarmidagi haykaltaroshlikda ham koʻzga tashlanadi; Egin o.dagi
Afina Afayi ibodatxonasi frontoni, Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasi fronton va metoplari kabi
sanʼat durdonalari yaratildi. Klassikaning ilk davrida qahramonlar obrazlari bilan bir qatorda
koʻtarinki ruhdagi real obrazlar ham yuzaga keldi (Miron va boshqalar). Inson tanasini
mukammal ishlanishi yunon sanʼatiga umrboqiy gʻoyalar (goʻzallikning xunuklik ustidan
gʻalabasi)ni ifodalash imkonini berdi. Miloddan avvalgi 5-asr oʻrtalarida klassika sanʼati
("yuksak klassika" deb nomlangan) gullab yashnadi. Perikl davrida Afina Elladaning siyosiy va
badiiy markaziga aylandi. Vayron boʻlgan Akropolda Fidiy boshchiligida mohir meʼmorlar va
haykaltaroshlar ishladi: tasviriy ansambllar hosil qilindi, yangi ibodatxonalar bunyod etildi,
haykallar oʻrnatildi, goʻzallik va uygʻunlik tarannum etildi (maʼbudlarning yuksak mavqei,
tantanalarda viqor bilan yurishlari, kentavrlar bilan olishuvlari va boshqalar). Ozod ellin
fuqarolik ruhi, gʻoyaviy, axloqiy va jismoniy mukammalligi Fidiy asarlarida, Parfenon
bezaklarida, Poliklet haykallari, Polignot koʻzalari, freskalar, terrakota haykallari, relyef va
tangalarda yorqin ifodalangan.
Miloddan avvalgi 4-asr boshlarida yunon polislari demokratiyasi inqirozi bilan ayrim shaxslar
xohishi polislar xohishini siqib chiqardi. Diniy inshootlar qurish oʻrnini insonning kundalik
hayoti bilan uzviy bogʻliq boʻlgan inshootlar (palestr, teatr va boshqalar) qurish egalladi
(jumladan, Epi davrdagi teatr, miloddan avvalgi 350—330 va boshqalar).
Vazifasiga mos aniq kompozitsiyali yunon teatrlari jahon meʼmorligidagi tomosha
inshootlarining keyingi taraqiyotiga asos boʻldi. Memorial ansambllarda inson shaxsini
abadiylashtirish anʼanalari yuzaga keldi (mas, Galikarnasl&t maqbara, taxminan miloddan
avvalgi 353). Tasviriy sanʼatda inson xarakteriga qiziqishning ortishi haykaltaroshlik
portretlarini rivojlanishini taʼminladi. Afsonaviy kompozitsiyalarda kurash dramatizmi,
insonning ruhiy qudrati va jismoniy shijoatini tasvirlagan Skopas ijodida voqelikdagi qarama-
qarshiliklar oʻtkir ifodasini topdi, bu jihatdan Praksitel haykallari, Lisipp asarlari diqqatga
sazovor.
Ellin davri (miloddan avvalgi 4-asr oxiri — 1-asr) yunon madaniyati mintaqalarining kengayishi
uning Aleksandr davlati va uning vorislari davlati tarkibiga kirgan xalqlar madaniyati bilan
oʻzaro qoʻshilishi bilan belgilanadi (qarang [[El[[
linizm
). Afina badiiy hayot markazi mavqeini
yoʻqotdi. Kichik Osiyoning yirik shaharlari yangi qarash (nuqtai nazar)larni yaratuvchiga
aylandi, qurilish beqiyos darajada oʻsdi, koʻplab muntazam tarhli yangi shaharlar yuzaga keldi
(Istanbul va boshqalar), yirik inshootlar qurildi (Istanbuldagi Faros mayogʻi), mahobatli
meʼmoriy ansambllar bunyod etildi (Pergamdagi Akropol) oddiy uydan bosh saroygacha
boʻlgan turar joy tipi shakllandi, anʼanaviy ichki hovli tarhli uylar ustunlar bilan oʻralgan
peristilga aylantirildi. Elin haykallaridagi qiyofalar qoʻrquv, davrni fojiaviy anglash bilan
yoʻgʻrilgan. Ellin davri sanʼatiga mintaqaviy maktablar, yoʻnalishlarning hamda badiiy obrazli
masalalarning rangbarangligi xos: haykal portretlar rivojlandi, klassikaning inson — fuqaro
uygʻunligi oʻrniga buyuklarni ulugʻlash qaror topdi. Ijtimoiy kelib chiqishi har xil boʻlgan
odamlarga, ularning yoshidaga xarakterli xususiyatlarga qiziqish ortdi. Yunoniston Rim
tomonidan zabt etilishi bilan ellinlar sanʼati gʻoliblar madaniyatining rivojlanishi bilan qoʻshilib,
uni oʻzining koʻp asrlik anʼanalari bilan boyitdi, shuningdek, oʻzining mustaqilligini ham
yoʻqotib bordi.
Teatri — yunon dramasi va teatri Dionis sharafiga oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi
bayramlaridan boshlangan. Uning asosida tabiatning qishki oʻlik mavsumi va bahorgi
uygʻonish davri bilan bogʻliq qadimiy yer egalarining oʻyinlari yotadi. Miloddan avvalgi 4—1-
asrlargachaYunon teatri. 1. Getera niqobi. 2. Tropik kahramonniqobi. 3. Andromedaning teatr
libosidagi tasviri (vazadagi rasm). 4. Tragik aktyor (fil suyagidan ishlangan
haykalcha).dramatik chiqishlarda xor asosiy rol oʻynagan. 6-asrning 2-yarmida alohida ijrochi
— aktyor (dramaturgning oʻzi) paydo boʻldi. Esxil sahnaga 2 aktyorni olib kirdi. Sofokl esa
sahna dekoratsiyasida tasviriy bezaklardan keng foydalandi, fojialarda 3 aktyor paydo boʻldi.
Aktyorlar, asosan, niqob kiyib oʻynaganlar. Teatr yunonlar hayotida alohida oʻrin egalladi.
Ayniqsa, quldorlik davri gullagan paytda teatr ahamiyati yanada ortdi. Teatr, asosan, 3 qism:
orxestr, tomoshabinlar uchun joy va chodirdan iborat boʻldi. Bulardan eng qadimiysi
orxestryumaloq maydon boʻlib, unda aktyor va xor ijrochilari tomosha koʻrsatganlar. Dastlab
barcha tomoshabin orxestr atrofida oʻtirganlar, keyinchalik omma uchun alohida joylar
ajratilgan. Teatr binolaridan qadimiysi Afinadagi Dionis teatri binosi hisoblanadi. Keyingi eng
katta Afina teatri miloddan avvalgi 4-asrning 2-yarmida qurildi. Teatrda tragediya va
komediyadan tashqari mifologik syujetga ega satirik spektakllar ham qoʻyilgan. Dastlab
ayollar rolini erkaklar niqob kiyib ijro etgan, Esxil, Sofokl, Yevripid, Aristofan kabi buyuk
dramaturglarning ijodida Yu. quldorlik demokratiyasining ravnaqi va ziddiyatlari aks etdi.
Mifologik syujetli pantomimik raqslar keng tarqaldi. Ularda ayol aktyorlar ham qatnashdi.
[[El[[
linizm
davrida (miloddan avvalgi 3—1-asrlar) teatr Sharqda yunon madaniyatini targʻib
qilishda asosiy vositalardan biriga aylandi. Teatrlar nafaqat yirik savdo markazlarida, balki
kichik shaharlarda ham qurila boshladi. Dionis sharafiga oʻtkaziladigan bayramlarda tragediya
va komediyalar namoyish etildi. Qishloq komediyasi yoʻqola bordi. Yangi komediyalar
(Menandr, Filemon va boshqalar) oʻzaro hayotiy munosabatlarni, inson ichki kechinmalarini
aks ettirdi. Miloddan avvalgi 5-asrda Yu.da mimlarmaishiy va hajviy harakterdagi kichik
sahnalar yuzaga keldi. [[El[[
linizm
davrida ilk bor professional aktyorlar ijod qildi. Aktyorlar
uyushmasi paydo boʻldi. Bu davrda aktyorlar katta hurmatga, yuridik huquqga ega boʻlganlar.
Tomosha koʻrsatish uchun aktyorlar hatto urush paytlarida ham xohlagan yerlariga borish,
oʻzlari va narsalariga daxlsizlik huquqi berilgan. Aktyorlarning oʻzlari esa har qanday harbiy
xizmatdan ozod etilganlar (miloddan avvalgi 3-asr boshlarida bu haqda maxsus qonun qabul
qilingan). Yu. teatri jahon teatrining rivojlanishida muhim rol oʻynadi.
Musiqasi. Yu. musiqasini badiy (mas, "Iliada" "Odiseya") va ilmiy (
Platon
,
Aristotel
,
Pifagor
,
Aristoksen
) meros hamda tasviriy sanʼat yodgorliklari orqali tasavvur qilish mumkin. Yu.da
musiqa sanʼati ijtimoiy hayotda muhim oʻrin olib, uni oʻrganish yoshlar tarbiyasi tizimiga
kiritilgan, qoʻshiqchilik va sozandalik boʻyicha turli musobaqalar oʻtkazilgan. Turli xalq
qoʻshiqlari — georgik (dehqonchilik bilan bogʻliq), epitalama (nikoh toʻylarida aytiladigan),
trenos (yigʻi), embateriy (harbiy) kabi janrlar, Apolon (pean), Dionis (difiramb, fallik^) va
boshqalar xudolarga bagʻishlangan aytimlar keng oʻrin olgan. Shoirxonanda (aed, rapsod —
Homer va boshqalar)lar oʻzi yaratgan epik qoʻshiqlar va dostonlarni cholgʻu (torlitirnama
forminks va boshqalar)larni chalib ijro etgan. Musiqaning odamlarga sehrli taʼsiri, mashhur
xonanda va sozandalar (Olimp, Marsiy, Orfey va boshqalar) faoliyatiga doir bir necha rivoyat
va afsonalar bizgacha yetib kelgan.
Olimp avlos chalish yoʻllarini hamda garmoniya (enarmonika) qonunlarini, lesboslik Terpandr
kifarani kashf qilganlar. Olimpning shogirdi kritlik Talet xor qoʻshiqchiligini kiritgan. Musiqa,
ayniqsa, xor qoʻshiqchiligi katta ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlib, vatanparvarlik ramzi
darajasiga koʻtarilgan. Harbiy (marshsimon) kuylari bilan birga lirika yoʻnalishidagi janrlar
(mas, Sapfoning ishqiy qoʻshiqlari, Pindarning gimn va odshtari, elegiya) rivoj topgan.
YU. tragediya va komediyasida musiqa muhim dramaturgik vazifalarni bajargan. Uning
ijodkorlari (Esxil, Frinix, Sofokl, Yevripid va boshqalar) kuylarni ham yaratib, dramatik
asarlarga xor va raqslar, yakka xonandalik shakllarini kiritgan. "Antigona" (Sofokl)
tragediyasidagi xor Afinaning milliy madhiyasiga aylangan. [[El[[
linizm
davrida katta cholgʻu
ansambllar, organ kabi musiqa cholgʻu asboblari paydo boʻlgan.
YU. musiqa madaniyatiga Kichik Osiyo hamda Yaqin Sharq xalqlari musiqa anʼanalari taʼsir
etgan. Oʻz navbatida, Yu. musiqasi hamda musiqa nazariyasi Sharq musiqa ilmi (Yunus
alKotib, Ibn Surayj, Ishoq alMavsiliy, Forobiy, alKindiy, AbulFaraj, Isfahoniy va boshqalar)da
rivoj topgan. 9-asrda Bagʻdodda Aristotel, Aristoksen, Nikomax, Ptolemey va boshqalarning
koʻpgina musiqa risolalari arab tiliga tarjima qilingan. Forobiy Aristotel tizimini, al-Kindiy yangi
platoniklar gʻoyalarini rivojlantirgan. Yunoniston musiqa nazariyasida qaror topgan
Soʻnggi tahrir 1 yil avval
Malikxan
tomonidan amalga oshirildi
tushunchalar (musiqa, melodiya, ritm, gamma, monodiya, garmoniya, diatonika va boshqalar)
hozirgi musiqashunoslikda ham joriy etilmoqda.
Qadimgi yunon falsafasi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Qadimgi_Yunoniston&oldid=2
168717
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |