84
XII bob.
JISMONIY SHAXSLARDAN OLEVADIGAN MOL-MULK
SOLIG`I
l-§. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ining iqtisodiy mohiyati
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan
soliq - bu bevosita soliq
bo`ladi, u o`zining ushbu sifati bilan moddiy boyliklarni olish va jamg`arish
jarayonida undiriladi. Bu real soliqdir, («real» atamasi (inglizcha real - mulk) ayni
ushbu soliq birinchi galda fuqaro egalik qilinadigan mol - mulk solinishi bilan
bog`liq). Bu muntazam soliq hisoblanadi, ya'ni u yarim yilda bir marta muntazam
ravishda undiriladi. Nihoyat bu hududiy soliq bo`ladi, u O`zbekiston Respublikasi
hududida bo`lgan va unda ro`yxatga olingan ko`chmas mulk va transport vositalari
(2002-yil 1-yanvardan transport vositalari dvigatel quwatidan olinadigan soliq
bekor qilingan) uchun to`lanadi. Mol-mulk solig`i mutanosib (proporsional) va
shedulardir.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan
soliqni huquqiy tartibga
solishning asosiy manbalariga O`zbekiston Respublikasi Soliq ko-deksi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 29-dekabrdagi 478-
sonli «Jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli bo`lgan bino va inshootlarni
baholash va qayta baholash to`g`risidagi nizomni tasdiqlash to'grisida»gi qarori
(O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasining 1994-yil 9-dekabrdagi 591-
sonli «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini tasdiqlash
to'g`risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan), O`zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va Davlat soliq qo`mitasi tomonidan «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliqni hisoblab chiqish va budjetga to`lash tartibi to'g`risida»
yo`riqnoma ishlab chiqildi. Ilgari ushbu soliqnining undirib olinishi 1993-yil 28-
dekabrda qabul qilingan «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soli-nadigan soliqlar
to'g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinar edi.
Respublika fuqarosi, boshqa davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs,
O`zbekiston rezidenti yoki norezidenti bo`lishidan qafiy
nazar soliq solinadigan
mol-mulkka ega bo`lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig`i to`lovchilari
hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 90-moddasiga muvofiq soliqqa
tortiladigan obyektga: 1) uy-joylar, 2)
kvartiralar, 3) bogdorchilik va o`zumchilik
shirkatlari a'zolarining chorbog` va bog` uylari 4) garajlar va boshqa imoratlar,
bino va inshootlar kiradi hamda yuqoridagi mol-mulkka ega bo`lgan jismoniy
shaxslar mol-mulk solig`i toiovchilardir. Bundan tashqari, 2002-yil 1-yanvargacha
jismoniy shaxslarning mulki bo`lgan
avtomobillar, motorli qayiqlar, vertolyotlar,
samolyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining
quwati soliq solish
obyekti boiib hisoblangan. Lekin 2002-yil 1-yanvaridan O`zbekiston Respublikasi
Va-zirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy
ko`rsatkichlar prognozi va 2002 yilgi O`zbekiston Respublikasi Davlat budjetining
parametrlari to'g`risida»gi 490-son qaroriga muvofiq Jismoniy shaxslarning
transport
vositalariga benzin, dizel yonilg`isi va gaz ishlat-ganlik uchun iste'moli
solig`i joriy etildi.
Umuman olganda, «soliq solish obyekti» va «soliq solish predmeti»
85
tushunchalarini farqlash zarur. Bu farq ayni jismoniy shaxslar mol-mulkiga
solinadigan soliqqa nisbatan yanada yaqqol namoyon bo`ladi, u soliqning
subyektini aniqlaydi va u bilan ma'lum huquqiy aloqada, jumladan, mulk huquqiy
munosabatlarda bo`ladi. Shunga e'tiborni qaratamizki, 1998-yil 13-yanvardagi 392-
sonli Yo`riqnoma (2-bandi)da O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksidan (89-
modda) farqli o`laroq, shunday belgilanadiki, soliq
«o 'z ixtiyorida mol-mulkka ega
bo 'Igan jismoniy shaxslar tomonidan to 'la-nadi».
Mazkur yo`riqnomaning 5.3-
bandi
shuni belgilaydiki, soliq bo`yicha imtiyozlar faqat tovar mulk
Do'stlaringiz bilan baham: