3. TADQIQOT NATIJALARI
Uchinchi Renessans gʻoyasi havoyi orzu havasligicha qolib ketmasligi uchun oraliq bosqich vazifalari aniqlanishi kerak. Yangi AKT, nanotexnologiyalar, biotexnologiyalar, sunʼiy intellekt yaratish va shu kabi yoʻnalishlardagi vazifalar ham eʼtibordan chetda qolmasligi zarur. Har qanday buyuk rejalar, buyuk gʻoyalar inson ehtiyojlari, turmushi yaxshilanishi, erkinligi ortishi va maʼnaviy kamoloti bilan bevosita bogʻlansagina, hayotiylik va reallik kasb etadi. Masalan, 2030-yilda, 2040 — 2050-yillarda biz aholi jon boshiga taxminan qancha yalpi ichki mahsulot ishlab chiqaramiz, jahon reytingida taxminan qanday oʻrinlarga koʻtarilamiz. Taʼlim, madaniyat, ilm-fan sohalarida qanday koʻrsatkichlarni, marralarni zabt etamiz. Ular boʻyicha moʻljallar belgilanishi lozim. Shunda mazkur gʻoyaning safarbarlik taʼsiri konkret va kuchli boʻladi. Ammo moʻljallar havoyi boʻlmasligi, konkret raqamlardan tashkil topmasligi kerak.
Mamlakatimizda Uchinchi Renessans avlodlarini yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlardan oqilona foydalanish jamiyat va yoshlar kelajagini farovonligini ta’minlashi tayin. Asosiy xizmat qiluvchi ustunlari bo‘lib ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzi, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettiruvchi milliy g‘oyamizni qaror toptirish o‘z qo‘limizda. Ilm qadrlanmagan har qanday zamonda taraqqiyot haqida gap bo‘lishi mumkin emas.
Hozirgi “bozor iqtisodiyoti”dek murakkab vaziyatlarda “O‘qib nima bo‘larding?!” deydigan ota-onalar ham uchrashi tabiiy, buni sababi moliyaviy muommolar;- bunda ham ozmi ko‘pmi haqiqat bor. “Harajatsiz harakatning natijasi nolga teng.” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq fan olimpiadalari gʻoliblarini ragʻbatlantirishning yangi tizimi joriy etildi.Mazkur qarorga koʻra faqatgina quyidagi dunyoda tan olingan nufuzli fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad (IMO));
Xalqaro fizika olimpiadasi (International Physics Olympiad (IPhO));
Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad (IChO));
Xalqaro biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad (IBO));
Xalqaro informatika olimpiadasi (International Olympiad in Informatics (IOI)).
1-oʻrin (oltin medal) uchun – oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravar (122,5 mln. soʻm), oʻqituvchisiga – 450 baravar (110,25 mln. soʻm);
2-oʻrin (kumush medal) uchun – oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravar (73,5 mln. soʻm), oʻqituvchisiga – 250 baravar (61,25 mln. soʻm);
3-oʻrin (bronza medal) uchun – oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravar (49 mln. soʻm), oʻqituvchisiga –150 baravarida (36,75 mln. soʻm).
Yuqoridagi nufuzli xalqaro olimpiadalarda medal bilan taqdirlangan oʻquvchilar Oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz imtiyozli ravishda qabul qilinadi.Taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari lavozim maoshiga 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi toʻlanadi.
Shuningdek, yuqorida nomlari qayd etilgan nufuzli olimpiadalardan tashqari oʻtkaziladigan xalqaro olimpiadalardagi oʻquvchilarning ishtiroki ham ragʻbatlantirib borilmoqda. Xususan 2021-yil davomida oʻtkazilgan Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi, Xalqaro Jautikov olimpiadasi hamda Kavkaz matematika olimpiadalarida gʻolib boʻlgan 21 nafar oʻquvchining barchasiga yaqin kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi sifatida monoblok, oltin medal sohiblariga qoʻshimcha ravishda televizorlar berildi. Prezident fundamental fanlar rivoji uchun ishlatilgan mablag‘ bir kun emas bir kun natija berishiga ishonch bildirgan.
“Biz uchinchi Renessans uchun poydevor qo‘yayapmiz. Maktablarda zarur sharoitlar yaratilsa, bilim olishda o‘zbek bolasidek mehnatkash va sabrlisi jahonning hech yerida yo‘q. Uyg‘onish davri baribir bo‘ladi, o‘shanda yangi Ulug‘beklar dunyoga keladi… Nima uchun shuncha mablag‘ni matematika, kimyo, biologiyaga sarflayapmiz? Ertaga ushbu fundamental ilmlar baribir natija ko‘rsatadi. Axir bir vaqtlar shunday bo‘lgandi-ku” [ ]
Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy- ma’naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturimizga aylantirmog‘imiz lozim.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 25-dekabr kuni yoshlar forumida ishtirok etdi. Prezidentimiz o‘z nutqida yoshlarimizni ulug‘ allomalarimizdan namuna olgan holda bilim olishga undadi: “Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiyning bir hikmati bor: “So‘z – gul, ish – meva”. O‘ylaymanki, bugun belgilab oladigan rejalaringiz qanchalik pishiq-puxta bo‘lsa, ishingiz ham shunchalik yaxshi samara beradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Sizlar ko‘ p kitob o‘qigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz o‘tmishda jahon sivizilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini yaxshi bilasiz. Siz Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniy va Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz. Ana shunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim va kashfiyotlar bugun ham butun insoniyatga xizmat qilmoqda”[ 3]review.uz/uz/712 Shavkat Mirziyoyev O„zbekiston yoshlari forumida yoshlar uchun muhim bir yangilikni yetkazdi. ]
Qomusiy olim Muhammad Xorazmiy asos solgan ilm – “algoritm”ni eslashning o‘zi kifoyaligini ta’kidladi. Ushbu ulug‘ zotning beqiyos xizmatlarini insoniyat hamon minnatdorlik bilan eslamoqda. Uning olamshumul kashfiyotlari bugungi axborot texnologiyalarini yaratishda ham asos bo‘lgan.
O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘zotlardan yana biri – bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so‘z yuritamiz.
O‘tgan asrning boshlarida yurtparvar, millatparvar bobolarimiz — „jadidchilik“, ya’ni, yangilanish va erkinlik, adolat va tenglik, ilm-ma’rifat va milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini bayroq qilib, kurash maydoniga mardona chiqqanlarini barchamiz yaxshi bilamiz.«Bu ulug‘ zotlarning maqsadi — jaholat va qoloqlik girdobida qolib kelayotgan Turkiston xalqini dunyoviy ilm-fan, ilg‘or kasb-hunarlar bilan qurollantirib, umumbashariy rivojlanish yo‘liga olib chiqishdan iborat edi. Jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usuldagi maktablar, teatr, kutubxona va muzeylar, gazeta va jurnallar, Turkiston farzandlarini chet ellarga o‘qishga yuborish maqsadida tuzilgan xayriya jamiyatlari xalqimizni necha asrlik g‘aflat uyqusidan uyg‘otdi, milliy ozodlik harakati uchun beqiyos kuch berdi»[ ]
Uchinchi Renessans davrida shoirlar o‘z davrining muhim masalalarini ko‘tarib chiqdilar va xalqni ilm-fan, ma’rifatni egallashga undadilar. Ahmad Donish, Berdaq, Feruz, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Bayoniy, Avaz O‘tar Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon, Hamza kabi olim, iste’dod egalari jadidchilik g‘oyalarini olg‘a surish va targ‘ib qilishda,Turkistonning o‘z rivojlanish yo‘lini targ‘ib etishda jonbozlik ko‘satdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |