Xarid qilish logistikasida mahsulotlarni «Aniq muddatlarda» yetkazib berish tizimi.
Ishlab chiqarishni tashkillashtirishning
an’anaviy va logistik tamoyillari
«Aniq muddatlarda» yetkazilib berish tizimi - bu ishlab chiqarish yoki butlovchi tovarlaming yoki tovarlarning ishlab chiqarish iste’moli joylariga, yoki savdo korxonasiga sotish paytiga talab qilingan miqdorda va kerakli paytda yetkazish tizimidir.
Aniq muddatda ta’minlash tizimi iste’molchilar ishlarini an’anaviy ta’minot sharoitlariga nisbatan kamroq zaxiralar bilan ishlashni ko‘zda tutadi. Shu boisdan, logistik jarayonlardagi barcha ishtirokchilaming ishonchli bo‘lishliklariga talablar ortadi, shu jumladan, transportchilarga ham. Shuning uchun ham, agar an’anaviy ta’minot tizimida yuk tashuvchini tanlashda birinchi navbatda yuk tashish tariflariga e’tibor berilsa, u holda aniq muddatli ta’minot tizimida ko‘proq e’tibor yuk tashuvchiga, ya’ni uning belgilangan muddatlarga yukni yetkazib berishni ishonchli kafolatlashiga beriladi.
Savdo tizimida tovarlami o‘z muddatida yetkazib berish quyidagi shakllaming biri orqali amalga oshirilishi mumkin:
ulgurji savdo korxonalari ombori-do‘kon savdosi;
tayyorlovchi zavodning tayyor mahsulotlar omborido‘kon savdosi;
dala-do‘kon savdosi.
Aniq muddatli tizimni amalda joriy qilish uchun ancha urinishlami talab etadi. Binobarin, uni ishlab chiqish uchun qo‘yilayotgan tovarlar ro‘yxatini tabaqalashfirish yoki eng qulay qatorlar resurslarini yetkazib berishda aniq muddatda ta’minlash tizimi eng yuqori samara berishi mumkin.
Transport vositalar turlarini tanlash. Transport harakatining yo’nalishini tuzish.
Avtomobil transportidan an’anaviy ravishda yuklami kichik masofalarga tashish uchun foydalaniladi. Ulaming asosiy afzalliklaridan biri - yuqori darajadagi tezligi va moslashuvidir.
Avtomobil transporti yordamida yuklar eshiklarning tagigacha zarur muddatlarda yetkazilib beriladi. Transportlaming bu turlari yukni yetkazishni uzluksiz amalga oshirib, shuningdek, kichik to‘plamlarda jo‘natish imkoniyatlarini yaratadi. Bu yerda boshqa transport turla riga qaraganda, tovarlarni о‘rash va bog‘lashga nisbatan qat’iy talablar kamroq qo‘yiladi. Avtomobil transportining asosiy kamchiliklariga nisbatan yuk tashish tannarxining yuqori bo‘lishi bo‘lib, ular uchun haq to‘lash avtomobilning eng yuqori yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha olinadi. Bu transport turining boshqa kamchiliklariga, shuningdek, yuk tushirishning muddatliligi, yuklaming o‘g‘irlanish xavfi va avtomobillami olib qochib ketish, yuk yuklash imkoniyatlarining ozligini ko‘rsatish mumkin.
Avtomobil transporti ekologik jihatdan noqulay bo‘lib, uning keng ravishda qo‘llanilishi cheklangandir. Turli xildagi omillaming ahamiyatlarini baholashning ekspert farqlari shuni ko‘rsatadiki, transport turlarini tan- lashda birinchi navbatda quyidagilar e’tiborga olinadi:
yuklami yetkazishning jadvaliga amal qilish;
yukni yetkazish vaqti;
yukni tashishing qiymati.
Transport turini to‘g‘ri aniqlashi texnik iqtisodiy hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan bo‘lishi, turli xil transport barcha xarajatlarga asoslangan boTishi kerak.
Masalan, 5 tonna qimmat bahodagi yukni (qiymati - 50000 dol) avtomobilda tashish - 1000 dollar, samolyotda esa - 3000 dollar. Tanlov avtomobilda to‘xtadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |