Nazorat savollari
1. Logistikaning tamoyillari va prinsiplari haqida aytib bering.
2.Logistikaning vazifasi jihatdan marketing, moliya, ishlab chiqarishni rejalashtirish bilan bog’liqligi haqida aytib bering.
3.Logistika masalalarini hal etish usullarining umumiy xususiyatlari haqida aytib bering.
69-mavzu: Logistika masalalarini hal etish usullarining umumiy xususiyatlari. Logistik sohasi vazifalarining xususiyatlari.
Reja:
1.Logistika masalalarini hal etish usullarining umumiy xususiyatlari. Logistik sohasi vazifalarining xususiyatlari.
2. Xarid qilish logistikasida mahsulotlarni “Aniq muddatlarda” yetkazib berish tizimi.
3. Transport vositalar turlarini tanlash. Transport harakatining yo’nalishini tuzish.
Tayanch iboralar: Logistika masalalarini hal etish usullarining umumiy xususiyatlari, logistika, xarid qilish logistikasi, mahsulotlarni “Aniq muddatlarda” yetkazib berish tizimi, transport vositalari.
Bayoni:
Logistika masalalarini hal etish usullarining umumiy xususiyatlari.
Logistika sohasi vazifalarining xususiyatlari.
Mahsulot yetkazib beruvchining tanlash masalasi
Logistika sohasida ilmiy va amaliy masalalami hal etishda qo‘llaniladigan asosiy usullarga quyidagilar kiradi:
tizimli tahlil usullari;
jarayonlar nazariyasini tadqiq qilish usullari;
kibemetika yondashuvi;
istiqbolni belgilash.
Ushbu usullarning qo‘llanilishi moddiy vositalar oqimining istiqbolini belgilash, boshqaruv tizimi va uning harakatini nazorat qilish, logistik xizmat ko‘rsatish tizimini ishlab chiqish, zaxiralami qulay holga keltirish va qator boshqa masalalar hal etilishiga imkon yaratadi.
Moddiy vositalar oqimini boshqarish yuzasidan qarorga kelishda logistikaning keng ravishda qo‘llanishiga qadar ko‘p hollarda malakali ta’minotchilar, sotuvchilar, ishlab chiqaruvchilar va transportchilaming ichki hissiyotlariga asoslanar edi. Uslubiy apparatni rivojlantira borib, zamonaviy logistika qarorga kelishning rasmiy usullarini ishlab chiqish va foydalanish bilan bir qatorda, aytib о‘ tilgan kasb mahoratiga ega bo‘lgan kishilaming tajribalarini ham keng qo‘llash imkoniyatlarini izlab topadi. Ana shunday maqsadlarda ekspert kompyuterli qo‘llab-quvvatlashlar deb ataluvchi tizimlar qo‘llanilib, bular logistikada chuqur tayyorgarlikka ega bo’lmagan xodimlarga texda yetarli darajada samarali qarorga kelish imkoniyatini beradi.
Transport bo’linmalarida moddiy vositalar oqimini boshqarishda transport logistikasining o‘ziga xos vazifalari hal qilinadi. Transport ishlarining to‘plami hajmi moddiy vositalar oqimini boshlang‘ich xom-ashyolar manbalaridan oxirgi iste’molchiga yetkazish jarayonida bajarilgan ishlarni asosiy ikkita yirik guruhlarga bo’lish mumkin:
transport bilan bajariladigan, maxsus transport tashkilotlari tomonidan (umum foy dalanadigan transportlar) bajariladigan ishlar;
korxonalaming xususiy transportlari va boshqa barcha (transportli bo’lmagan) korxonalar tomonidan bajariladigan ishlar.
Xuddi boshqa vazifa sohasidagi logistika singari, transport logistikasi aniq belgilangan doiraga ega emas.
Transport logistikasining usullarini har qanday yuk tashishni tashkillashtirishda qo’llaniladi. Biroq, bu bo’limda e’tiborga molik ob’yekt, о‘rganish va boshqarishdagi moddiy vositalar oqimi bo’lib, umum foydalanish transportlarining yuk tashish jarayonida sodir bo’ladi.
«Yasash yoki sotib olish» haqidagi masala hal qilingandan so‘ng, shuningdek, korxona tomonidan qanday xomashyo va qanday moddiy vositalami sotib olish aniqlangach, mahsulotni yetkazib beruvchini tanlash vazifa si hal qilinadi. Ushbu vazifaning hal qilinishidagi asosiy bosqichlarni sanab o’taylik va ta’riflaylik:
imkoniyatli mahsulot beruvchilami topish;
imkoniyat darajasida mahsulot yetkazuvchilaming tahlili;
mahsulotni yetkazib beruvchilar bilan bo’ladigan ishlarni baholash.
Mahsulotlami yetkazib beruvchilami tanlashga ular bilan tuzilgan shartnomalar bilan ishlash natijalari jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |