Nazorat savollari
1.Logistika masalalarini hal etish usullarining umumiy xususiyatlari. Logistik sohasi vazifalarining xususiyatlari haqida aytib bering.
2. Xarid qilish logistikasida mahsulotlarni “Aniq muddatlarda” yetkazib berish tizimi haqida aytib bering.
3. Transport vositalar turlarini tanlash. Transport harakatining yo’nalishini tuzish haqida aytib bering.
Mavzu: 70. Yuklar birligi – bu logistik jarayonning bevosita qismidir. Logistik xizmat ko’rsatishning sifat ko’rsatkichlari.
Reja:
Yuklar birligi – bu logistik jarayonning bevosita qismidir.
Yuk birliklarini shakllantirishning ilg’or usullari.
3. Logistik xizmat ko’rsatishning sifat ko’rsatkichlari.
Tayanch iboralar: Yuklar birligi, logistik xizmat ko’rsatishning sifat ko’rsatkichlari, yuk birliklarini shakllantirishning ilg’or usullari, yuk, logistika, sifat ko’rsatkichi.
Bayoni:
Yuk birliklari – bu logistik jarayonlarning bevosita qismidir.
Yuk birligining o‘lchami, shuningdek, ulami yuklash, transportda tashish-tushirish va saqlashlar bo‘yicha usku- nalar o‘zaro kelishilgan bo‘lishlari kerak. Bular moddiy vositalar oqimidagi barcha bosqichlarda logistik jarayonlar ishtirokchilarining moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.
Asos sifatida yuk birligini shakllantirish yuzasidan standart tagdonlardan foydalaniladi. Standart transport - idishlariga joylashtirilgan har qanday yukni ushbu tagdonlarga qulay joylashtirish mumkin. Bularga transport idishlarining uyg‘unlashtirilishi natijasida erishish mumkin. Logistikada turli xildagi moddiy-texnika vositalari qo‘llaniladi. Ular ma’lum darajada o‘lchovli bodishi uchun ayrim maydon birliklaridan foydalaniladi hamda asosiy modul deyiladi.
Bu modul tomonlari 600x400 mm bo‘lgan to‘rtbur chak bo‘lib, transport vositasining yuk maydonchasidan teng sonli ravishda, shuningdek, ombor uskunalarining ishchi yuzalarida joylanishi shartdir va h. k.
Yagona moduldan foydalanish, moddiy vositalar oqimi harakatining barcha yo‘llaridagi moddiy-texnika bazalarining oMchamlarini uyg‘unlashgan holatga keltirish imkoniyatlarini yaratadi, ya’ni xomashyo boshlang‘ich manbalaridan tortib oxirgi iste’molchiga qadar bu tartib saqlanib qoladi.
Asosiy modul asosida transport idishlarining uygunlash- gan o‘lchamlarining yagona tizimi ishlab chiqilgan. Ushbu tizimni barpo etishning printsipi shundan iboratki, tagdon maydonchasi teng miqdorda bo‘lingan bo‘lib, u transport idishlarining tashqi va ichki o‘lchamlarini belgilaydi.
Yuk birliklarinng ikkita asosiy turlarini ajratish mumkin.
- boshlang‘ich yuk birliklari transport idishlaridagi yuk bo‘lib, masalan, qutilarda, bochkalarda, qoplarda va h. k. bo‘ladi.
- yiriklashtirilgan yuk birliklari - yuk to‘plamlari, boshlang‘ich birliklaridan tarkib topgan tagdonlardagi yuk birliklari, ya’ni transport idishlaridagi yuklardir.
Boshlang‘ich yuk birliklari tovar harakatlari tarmoqlari, odatda qaytadan shakllantirilmasdan ortiladi, karton qutilariga solingan konfetlar konditer fabrikasidan tortib, iste’molchilarga yetkazib berilguniga qadar ochilmasdan yetkaziladi.
Yukning bo‘lib tarqatilishi uning o‘lchamlariga to‘g‘ri mutanosiblikda bodgani bois uning o‘lchamlarini qisqartirish ushbu turning harakatlarini pasaytiradi.
Boshqa tomondan shu narsa aniqki, yuk birligini yuklash, tushirish va transportlarda tashish bilan bogdiq bodgan xarajatlar, ulaming ogdrligiga teskari mutanosiblikda bo‘lib, shuningdek, ulaming odchamlariga ham bogdiqdir. Shunday qilib, yuk birligining odchamlarini tanlashda kelishuv yodlarini izlab topish zamr bodadi. Yuk birliklarining odchamlari bo‘yicha tanlov masalasi ayrim korxona omborlari darajasida ham, bevosita uzluksiz logistik zanjirlami shakllantirishda ham hal etilishi mumkin.
Bunda yuk birliklarini tashishda yiriklashtirish an’analarini e’tiborga olish muhimdir.
Yuk birliklarining bir butunligiga va boshlang‘ich geometrik shakllarda bo‘lish xususiyatlariga turli xildagi logistik jarayonlami bajarish va ulami to‘plamlar bo‘yicha paketlashtirish yo‘li bilan erishiladi.
Paketlashtirish - bu yuk birliklarini tagdon bilan birgalikda shakllantirish va keyinchalik yuk va tagdonning yaxlit bog‘lanish jarayonidir. Paketlashtirish (to‘plam qilib bog‘lash) quyidagilami ta’minlaydi:
mahsulotlaming iste’molchiga harakati davomida ulaming saqlanishini;
yuklami kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hisobiga yuklash-tushirish va transport- ombor ishlarini bajarishda samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish imkoniyatlarini;
hamma transport turlari bo‘yicha harakatlanuvchi tarkibning yuk ko‘tarish va joylanish imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanishni;
qayta shakllantirilmagani holda qo‘shimcha yuklash imkoniyatlarining mavjudligini;
yuklash-tushirish va transport-ombor ishlarining xavfxatarsiz bajarilishini ta’minlaydi.
Amalda yuk birliklarini paketlashtirishning turli usullari qo‘llanilib, shulardan po‘lat simlar yoki polietilen tasmalar, arqonlar, rezinali bog‘lagichlar, yopishqoq tasmalardan va h. k. foydalaniladi.
Yuk birliklarini shakllantirishning ilg‘or usullaridan biri yuklami to‘plamlarga bog’lashning plyonkalardan issig‘icha yopishtirish yo‘li bilan foydalanishdir. Ushbu usulning afzalliklarini ko‘rib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |