1996 yil 19 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshketda Halqaro Islom tadqiqot markazi tashkil etildi. Islom diniga oid boy ma'naviy-madaniy merosni asrash, diyorimizda etishib chiqqan buyuk allomalarning ilmiy g‘oyalari va asarlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida 1999 yil 7 aprelda Toshkent Islom Universiteti, uning qoshida Islomshunoslik ilmiy-tadqiqod markazi va akademik litsey tashkil etildi.
O‘zbekistonda islom dini bilan bir qatorda pravoslavlar, yahudiylar, baptistlar, adventistlar, katoliklar, lyuteranlar, krishnaitlar, buddistlar, xristian-presvitorianlari singari bir qancha din va mazhablar faoliyat yuritmoqda. Bu borada, respublikamizda 15 ta noislomiy konfessiyaga mansub 186 ta tashkilot faoliyat olib borayotgani buning amaliy ifodasidir17. Shuningdek, “1990 yilda respublikamizda 119 ta diniy tashkilot, 2 ta diniy o‘quv yurti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 2186 ta diniy tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan eng yirigi O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Rus Pravoslav cherkovining Toshkent va o‘rta Osiyo eparxiyasi, evangel xristian-baptistlar cherkovi, Rim-katolik cherkovi, to‘liq Injil xristianlari cherkovi, O‘zbekiston Bibliya jamiyati. Shuningdek, 1987 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 8 ta yaxudiy sinagogalari, 6 ta Bahoiylar jamiyati, 1 ta Krishnani anglash jamiyati, 1 ta Budda ibodatxonasida fuqarolar emin-erkin ibodat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan”18.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VIII bobi siyosiy huquqlarga bag‘ishlangan. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tizimida uning siyosiy huquqlari alohida o‘rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlatni va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki bilan bog‘liqdir. Siyosiy huquq va erkinliklar siyosiy manfaatlarga tegishli bo‘lgan hamda shaxsning siyosiy jarayon va davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi”19deyiladi. Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi huquqiy-demokratik davlatning muhim prinsiplaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi demokratik huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan biridir. Konstitutsiyada xalqning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini amalga oshirish shakllari ifodalangan. O‘zbekiston fuqarolari oliy va mahalliy vakillik organlariga saylaydigan o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etadilar.
Fuqarolarning saylov huquqlarini o‘z navbatida aktiv va passiv saylov huquqlariga bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |