Yoshlarda kasb tanlash motivatsiyasi va uning psixodiagnostikasi



Download 114,69 Kb.
bet3/16
Sana06.07.2021
Hajmi114,69 Kb.
#110085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Yoshlarda kasb tanlash motivatsiyasi va uning psixodiagnostikasi

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

XULOSA
KIRISH

Mavzuning dolzarbligi: Insonning psixologik imkoniyatlari ko‘lamidan oqilona foydalanish va shu asosida ijtimoiy istiqbollarni belgilash har bir davlatning, jamiyatning, xalqning eng muhim dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. Zero, har bir shaxsning o‘zi jamiyatning, xalqning bir qismi sifatida ham o‘z-o‘zini bilishi, tarbiyalashi va hamisha rivojlantira borishi muqarrardir.

Respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun eng muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxs tarbiyasi va uni pedagogik-psixologik jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirish shu sohaga daxldor barcha sohalar tizimlariga yanada ko‘proq mas’uliyat yuklaydi.

Bu masala, eng avvalo, kadrlar salohiyatiga jiddiy e’tibor qaratishni, o‘sib kelayotgan yosh bunyodkor avlodning kasbiy tayyorgarligini va kasb tanlashga munosabat jarayonini jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy talablari asosida to‘g‘ri tashkil etishni taqozo etadi. Qolaversa, Respublikada izchillik bilan amalga oshirilayotgan «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ushbu masalaning o‘ziga xos yechimlarini izlashda muhim o‘rin tutmoqda.

Binobarin, e’tirof etilganidek, ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro‘yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Har qaysi insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to‘liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilsa, tafakkur har xil qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan xalos bo‘ladi va inson Olloh taolo ato etgan noyob qobiliyati va iste’dodini avvalo o‘zi uchun, oilasining manfaati va xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas. Oldimizda turgan buyuk maqsadlarga erishishda jamiyatimizning har bir a’zosi qo‘shadigan hissa shu hisobdan beqiyos bo‘lishi muqarrar». (O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov).

Mazkur nuqtai nazardan, har bir shaxsni tarbiyalash jarayoniga, ayniqsa, uning u yoki bu sohaga bo‘lgan salohiyatiga jiddiy e’tiborni qaratish orqaligina taraqqiyot barqarorligini ta’minlashimiz mumkin. Bu o‘rinda har bir o‘quvchining o‘ziga xos bo‘lgan kasbiy qiziqishlari, mayllari, tasavvurlari va muayyan kasbning ko‘nikma, malakalari haqida tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda shu asosda ta’limiy-tarbiyaviy ta’sirchanlik imkoniyatlarini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xuddi shu bois mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning ikkinchi sifat bosqichida zukko, o‘ta zehnli, kuchli intellektual potensiya egasi, bunyodkor va ijodiy faol, shaxsiy, kasbiy, ijtimoiy, siyosiy hayotda mustaqil ravishda o‘z yo‘lini, o‘rnini topa oladigan, istiqboldagi vazifalarni oldindan ko’ra bilib, ularni hal etishda va mustaqil qaror qilishga qodir bo‘lgan yoshlarni voyaga yetkazish asosiy vazifa qilib qo‘yiladi.



Respublikamizda o‘ziga xos izchillik bilan amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub markazida shaxs va uning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar yotadiki, bu jarayonda psixologik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday davlatda yoki jamiyatda o‘sib kelayotgan yosh, bunyodkor avlodni kasb tanlashga har jihatdan to‘g‘ri, ilmiy va oqilona yo‘naltirish mazkur davlatning yoki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu vazifaning to‘laqonli bajarilishi esa, eng avvalo, inson omilidan unumli foydalanish, uning o‘zigagina xos induvidual va ijtimoiy psixologik imkoniyatlari ko‘lamini o‘rganishga jiddiy e’tiborning qaratilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq ekanligi barcha ilg‘or pedagogik-psixologik tadqiqotlarda allaqachon o‘z ifodasini topgan. Shu nuqtai nazardan tadqiqotimizning tub mohiyati va mazmunini tashkil etgan o‘quvchilarda kasbiy faollik motivatsiyalarini shakillantirish jarayonini psixologiya fani talablari asosida tadqiq qilish muammosi bilan bog‘liq izlanishlarni o‘ziga xos uslubda bayon etishni lozim topdik.


Download 114,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish