Yoshlarda kasb tanlash motivatsiyasi va uning psixodiagnostikasi


Kasbiy faollik motivatsiyasi va uning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi



Download 114,69 Kb.
bet9/16
Sana06.07.2021
Hajmi114,69 Kb.
#110085
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Yoshlarda kasb tanlash motivatsiyasi va uning psixodiagnostikasi

Kasbiy faollik motivatsiyasi va uning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi

Kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasi va uning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi bilan bog‘liq ilmiy mulohazalarning tadqiq etilishi tadqiqotning maqsad va vazifalarini yanada chuqurroq talqin etish imkonini beradi. Chunki, munosabat tizimini o‘rganmay turib kasb tanlash jarayonini to‘liqroq tasavvur qilish juda mushkul. Shu boisdan munosabat tushunchasini ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan bir qator tadqiqotlar tahliliga e’tibor qaratishni lozim topdik.

Tabiiyki, munosabat tushunchasi keng qamrovli va keng ko‘lamli tushuncha bo‘lib, uning talqini ham shu qadar keng va xilma-xildir. Shu nuqtai nazardan munosabatning turli sohalaridagi ijtimoiy psixologik mezonlari bo‘yicha tadqiqot olib borgan faylasuflar, psixologlar, sotsiologlar, psixofiziologlar, pedagoglar va qator ijtimoiy fanlarning vakillari (B.G.Ananev, G.M.Andreyeva, A.N.Bodalev, F.V.Bassin, Sh.R.Barotov, A.S.Begmatov, LS.Vo‘chatskiy, A.V.Vedenov, Yu.M.Zabrodin, A.G.Kavalyov, I.S.Kon, G.A.Kitvel, Ye.S.Kuzmin, M.S.Kagan, V.S.Merlin, V.N.Myasishchev, V.S.Magun, I.G.Pavlov K.K.Platonov, B.D.Paro‘gin, S.L.Rubinshteyn, V.V.Stolin, E.G‘oziyevlar) munosabat kategoriyasining u yoki bu yo‘nalishini ilmiy jihatdan asoslab beradilar. Jumladan, munosabat mezoni faylasuflar talqinida shaxs va borliq o‘rtasidagi ko‘prik sifatida, psixologlar talqinida shaxsning «ichki va tashqi» faoliyati o‘rtasidagi hissiy kognitiv va xulq-atvor komponentlari asosida namoyon bo‘luvchi intilishlarning mahsuli sifatida, sotsiologlar talqinida shaxsning ijtimoiy muhitga nisbatan xayrixohlik yoki norozilikning ifodalanishi sifatida, psixofiziologlar talqinida shaxs oliy nerv faoliyatini aks ettirish vositasi sifatida, pedagoglar talqinida esa o‘quvchining o‘quv topshiriqlarini «bajonidil» (ixtiyoriy qiziqish orqali) yoki majburan (yuzaki) bajarishga bo‘lgan intilishlarning mahsuli sifatida e’tirof etiladi. Kasb tanlash jarayoni esa xuddi shu tadqiqiy yo‘nalishlarga tayanadi va shaxs faoliyati tarkib topishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda professor E.G‘oziyev tomonidan talaygina ilmiy mulohazalar bildirilgan. Chunonchi, hozirgi kunda shaxsga subyektiv munosabat muammosini ijtimoiy jihatdan turmushda qaror toptirish uchun «odam-inson-shaxs-induviduallik - subyekt-komillik» ierarxiyasiga rioya qilish, shaxsga subyektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz kechish, «subyekt-subyekt» aloqasini vujudga keltirish, har kanday subyekt – shaxs, lekin har qaysi shaxs subyekt emasligi muammosini yechish, shaxs subyekt bo‘lishi uchun mustaqillik, shaxsiy pozisiya, qat’iyatlilik, dunyoqarash va ularni hayotga tatbiq qilish imkoniyati mavjudligini tan olish kabi mulohazalar shaxs munosabatlari motivatsiyasi talqinida muhim o‘rin tutadi.

Psixologiya fanlari doktori, professor V.M.Karimova rahbarligida yangicha ijtimoiy psixologik munosabatlarga o‘rgatish muammosiga bag‘ishlab olib borilayotgan tadqiqotlar ham diqqatga sazovordir. Bu tadqiqotlar zamirida yotgan mulohazalarni ta’kidlash orqali O‘zbekistonda munosabat tizimi motivatsiyasi shakllanishining tarixi, buguni va kelajagi haqida ma’lum tasavvurlarni shakllantirish mumkin. Zero, inson munosabatlari uning xulq-atvorida, ichki dunyosining shakllanishida, barcha psixologik jarayonlarida muhim boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi (V.N.Myasishev). Bunday boshqaruvchilikning yuksak ijtimoiy saviyada tarkib toptirilishi esa insonning hayotdagi ayrim muvaffaqiyatsizliklarga nisbatan psixologik himoyalanish vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin.

Umuman, munosabatlar motivatsiyasi nafaqat nazariy, balki, lug‘aviy nuqtai nazardan ham olimlarning xilma-xil mulohazalari bilan xarakterlanadi.

K.Obuxovskiy motivni «ma’lum faoliyatni yo‘naltiruvchi maqsad dasturi» sifatida talqin qilsa, X.Xekxauzen esa «motiv bu – individ-muhit munosabati doirasidagi yo‘naltirilgan harakatlarni izohlovchi jarayon» ekanligini asoslab beradi.

Qator psixologik tadqiqotlarda motivatsiya talqini shaxsning ijtimoiy shakllanishi jarayoni sifatida qaraladi. Jumladan, shaxs motivatsiyasi ijtimoiy ishlab chiqarishning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Biologik motivatsiyasidan farqli o‘laroq shaxs motivatsiyasi jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu esa uning tarixiy o‘zgaruvchanligini tasdiqlaydi; Donchenko va boshqalar) va ontogenezda tarbiya tizimini shakllantirishga qaratiladi.

Umuman, kasbiy faollik motivatsiyasi haqida juda ko‘plab xilma-xil ilmiy mulohazalar yuritish mumkin. Zero, bu bilan kasbiy faollik motivatsiyasini har tomonlama chuqur va to‘liq tahlil qilish birmuncha murakkab ilmiy jarayon hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan biz o‘z tadqiqotimizning maqsad-mohiyatidan kelib chiqib kasbiy faollik motivatsiyasi tadqiq etilgan ilmiy adabiyotlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lib talqin qilishni va shu talqin asosida tadqiqot vazifalarini belgilab olishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.

1. Kasbiy faollik motivatsiyasi asosida shaxsning qiziqishlari yotadi. Bu qiziqishlarning beqaror yoki barqarorligini ta’minlovchi ichki turtkilar tizimi ma’lum darajada munosabat tizimini ham belgilaydi.

2. Kasbiy faollik motivatsiyasiga shaxs yo‘nalganligining u yoki bu darajada ta’siri namoyon etiladi. Ushbu ta’sir jarayonida shaxs yo‘nalganligi va kasbiy faollik motivatsiyasi uyg‘unligining ayrim ko‘rinishlari yuzaga keladi.

3. Kasbiy faollik motivatsiyasi kasbiy ustanovkalar zamirida ham shakllanadi. Jumladan, kasbiy ustanovka kasb tanlash jarayonining shaxs ijtimoiy taraqqiyotiga daxldor omillarini belgilashga xizmat qiladi.

4. Kasbiy faollik motivatsiyasi zamirida qadriyatlar ko‘lamining u yoki bu darajadagi ta’siriga ham baho berish mumkin. Chunki, har qanday ijtimoiy munosabatda ma’lum darajada qadriyat omillari yotadi. Bu omillar shaxs ijtimoiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallashi tayin.

Motivatsiya jarayonining markazida turuvchi qiziqishlar mezoni ma’lum ehtiyojlar manbai sifatida ham qaraladi va uning turli-tuman qirralari ochib beriladi. Jumladan, D.A.Kiknadzening ta’kidlashicha, har qanday qiziqishlar shaxs ehtiyojlari va uni qoniqtirish shartlari asosida yuzaga keladi.

A.V.Petrovskiyning fikricha, qiziqishlar shaxsni bilim va tushunchalardan qoniqishga bo‘lgan faollikka undaydi. B.I.Dodonov esa qiziqishlarga shaxsni faoliyatga undovchi hissiy faollik sifatida qaraydi. G.K.Cherkasov tomonidan qiziqish o‘z maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatini tanlashga qaratilgan subyektning faol munosabati sifatida talqin qilinadi. L.S.Vigotskiy (1984) qiziqishlar hissiyot va iroda imkoniyatlarining mahsuli ekanligini asoslab beradi. Binobarin, qiziqishlar turli olimlarning tadqiqotlarida o‘z ifodasini topganligini alohida qayd etish mumkin. qiziqishlar bilish jarayoniga oid ehtiyojlar mavjudligining namoyon etilishi sifatida, (A.V.Petrovskiy, A.N.Leontev, A.G.Kovalev), protsessual va irodaviy-protsessual sifatlar majmui tarzida (B.I.Dodonov), kasbga yo‘naltirishning manbai sifatida (A.E.Golomshtok, 1979), obyekt-subyekt munosabatlari o‘rtasidagi ehtiyoj uyg‘unligi (S.L.Rubinshteyn) sifatida tadqiq qilinadi.

Alohida tadqiqotlar borki, ularda qiziqish jarayoni bevosita munosabat jarayoni tarzida qaraladi. Hatto, psixologik lug‘atlarda qiziqish insonning olamga bo‘lgan ehtiyojlari ifodalangan munosabati sifatida e’tirof etiladi. Chunonchi, qiziqish -bu, borliqqa nisbatan tanlangan va hissiy kechinmalar aks etgan insonning munosabatidir (S.L.Rubinshteyn). qiziqishning muhim jihati bu subyektning obyektga bo‘lgan qat’iy ijobiy-hissiy munosabatlar majmuidir.

Ijobiy-hissiy munosabatga aylanish jarayoni faqat ijobiy emotsiyalar asosida kechishi mumkin, qaysiki, unda ehtiyojlarning qondirilishi uning namoyon etilishiga nisbatan muhim asosiy o‘rinni egallaydi. Bu jarayonda qiziqish – mayl (munosabat) haqiqatan ham shaxsning motiv va motivasion ustanovkalar tuzilishini eslatuvchi murakkab psixologik tushuncha hamda tamoyillarini o‘z ichiga oladi.

Deyarli barcha psixologlar shaxs yo‘nalganligini u yoki bu motivatsiya tushunchasi ifodalangan hodisaning bir butun majmui yoki tizimi sifatida tadqiq qiladilar. Jumladan, bu jarayon D.I.Dodonovda ehtiyojlar tizimi, K.K.Platonovda qiziqish, istak, mayl, xohish, ideal, dunyoqarash va e’tiqodlar majmuining jalb etilganligi, L.I.Bojovich va R.S.Nemovda motivlar majmui yoki tizimi sifatida qaraladi.

V.S.Merlin shaxs yo‘nalishini o‘zgalarga, jamiyatga va o‘z-o‘ziga munosabat tizimining namoyon etilishi deb e’tirof etsa, D.I.Feldshteyn esa shaxs yo‘nalishini bir necha tiplarga bo‘ladi. Jumladan, gumanistik yo‘nalish shaxsning o‘z-o‘ziga va jamiyatga ijobiy munosabatlari bilan xarakterlanadi. Egoistik yo‘nalish shaxsning o‘z-o‘ziga ijobiy munosabati va jamiyatga nisbatan salbiy munosabati bilan xarakterlanadi. Shaxsning depressiv yo‘nalishi shunday xarakterlanadiki, unda shaxsning o‘zi o‘z qadriyatlari haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmaydi. Shaxsning susidal yo‘nalishda shaxs faoliyatida hech qanday shaxsning o‘zi uchun ham, jamiyat uchun ham biror qadriyatlarni his etishga moslashtirilgan harakatlar sezilmaydi.

D.I.Feldshteyn va I.D.Egoricheva fikricha, shaxs yo‘nalishlarining bunday bo‘lishi undagi turli xil ustanovkalarning mavjudligidan dalolat beradi, qolaversa, shaxs yo‘nalishi tuzilishiga nisbatan oddiy va murakkab bo‘lishi va unda eng muhimi ma’lum darajadagi dominant ehtiyojlar, qiziqishlar asosida yuzaga keluvchi harakatlarga bog‘liq bo‘ladi. Inson hamisha qat’iy ravishda o‘z-o‘zi uchun ijtimoiy muhim bo‘lgan narsalarga intilib yashaydi va o‘zini shu narsalarning mohiyatini anglashga undaydi, yo‘naltiradi (B.I.Dodonov).

Umuman, shaxs yo‘nalganligi psixologik adabiyotlarda turlicha talqin qilinsa-da, ularning negizi shaxs yo‘nalganligining asosiy manbai shaxs motivatsiyasi asosida shakllantiruvchi o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga va faoliyatga munosabat tizimining shakllanishi bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. Bu esa munosabat va shaxs yo‘nalishi o‘rtasida ma’lum ijtimoiy psixologik mutanosiblikning mavjudligidan dalolat beradi.

Zero, G‘arb, ayniqsa, AQSh olimlari tomonidan ijtimoiy ustanovka tushunchasi «attityud» so‘zi bilan ifodalanib, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya faniga shaxsning guruh a’zosi sifatidagi xulq-atvoriga, uning mexanizmlarini o‘rganuvchi ob’ekt sifatida kiritiladi (U.Tomas, F.Znaneskiy, G.Ollport, M.Smit, D.Kas va boshqalar).

G.Ollport attityudga shaxsning harakatga tayyorgarlik jarayoni sifatida qarab, xulq–atvorini keltirib chiqaruvchi yakunlangan manba ekanligini e’tirof etadi va bu shaxsning yo‘nalishi uchun juda muhimdir. Xuddi shunday mulohazani E.Bogadusning «Attityud – bu atrof–muhitdagi ayrim omillarga mos yoki qarama–qarshi harakat qilish an’anasidir» - degan fikri bilan ham izohlash mumkin. Bu o‘rinda, muallif shaxsning faoliyatga nisbatan o‘z–o‘ziga kasbiy faollik motivatsiyasi hosil qilishi jarayoniga jiddiy e’tibor beradiki, bu e’tirof psixologik ustanovkagacha asoslangan kasbiy yo‘nalganlikning ayrim ilmiy–nazariy jihatlari haqida fikr–mulohaza yuritish imkonini beradi.

Attityudning aniq psixologik tuzilmasini asoslashga oid yangi qarash I. Aysen va M.Fishbaynlar (1973) tomonidan taklif qilingan «komponentlik» nazariyasi bilan bog‘liqdir. Ular murakkab ustanovka tushunchasini faqat affektiv baholash komponenti doirasida kognitiv, affektiv va konativ komponentlari bilan chegaralashni tavsiya etadilar va buni g‘arb ijtimoiy psixologiyasidagi ustanovka muammosining 4 jihati: harakat, maqsadli ob’ekt, bajarish konteksti jarayoni va bajarilish vaqti asosida talqin qilinishi bilan ham ifodalash mumkin.

Ijtimoiy ustanovkaning kasbiy o‘zlikni anglash uchun muhim bo‘lgan psixologik tuzilishini aniqlash maqsadida 1942 yilda M.Smit tomonidan tavsiya etilgan «uch komponentli shaxs ijtimoiy psixologik qurilmasi» ustanovkaning ilmiy jihatlarini kengroq ochib berishga va tadqiq qilishga xizmat qiladi. Bunga ko‘ra har qanday attityud bir–biri bilan o‘zaro bog‘liq uch kismdan, ya’ni, kognitiv (ijtimoiy ustanovka ob’ektining anglanganligi), affektiv (obyektni hissiy–emotsional baholash, uni yoqtirish yoki yoqtirmaslik), konativ yoki xulq-atvor (obyektga nisbatan u yoki bu darajadagi mas’ullik bilan bog‘liq xatti-harakatlar) komponentlaridan iboratdir. Komponentlilik nazariyotchilarining (D.Grek, R.Kramchfild, M.Fishbayn, I.Aysen) boshqa bir ta’rifida ham attityudning kognitiv komponenti – subyektning turli-tuman bilimlari, affektiv komponenti predmetga nisbatan hissiy baho berish va kognativ (xulq-atvor) komponenti predmetga nisbatan ma’lum dasturlash yoki maxsus rejalashtirilgan harakat sifatida talqin qilinadi.

Shuningdek, kasb tanlash jarayonida hisobga olinishi va tadqiq qilinishi muhim bo‘lgan ustanovka muammosi V.M.Snayder tadqiqoti (1974) bo‘yicha o‘z-o‘zini kuzatish jarayoni bilan bog‘liq holda hamda ustanovka va xulq-atvor hamjihatligidan dalolat beruvchi «layoqatlilik printsipi» zamiridagi empirik ma’lumotlar qayd etilsa, Dyuval va Vixlan tadqiqotlari ustanovkani «o‘z-o‘ziga diqqatni qaratish» nazariyasi asosida tadqiq qiladi va tegishli ko‘rsatmalar beradi (1978).

Umuman olganda, kasb tanlash metodologiyasini yaratishdagi kasbiy tashxis talqini uchun muhim bo‘lgan attityud tushunchasiga G.M.Andreyeva tomonidan quyidagi 4 ta ilmiy yo‘nalishni belgilash asosida yanada oydinlik kiritiladi:



  1. Muvofiqlashtirish – subyektning o‘z maqsadlariga erishish uchun xizmat qiluvchi attityudni obyektga nisbatan yo‘naltira olishi;

  2. Bilish - u yoki bu obyektga nisbatan attityudning soddalashtirilgan xulq-atvor ko‘rsatmasini ta’minlay olishi.

  3. Ifodalilik – shaxs o‘z–o‘zini idora qilishida attityud shaxs sifatida o‘zini ifodalash uchun sub’ektning keskin tang holatlardan xalos qilish usuli sifatida namoyon eta olishi.

  4. Himoya – attityudning shaxs ichki ziddiyatlarini bartaraf etishga xizmat qilishi.

Demak, aytish mumkinki, attityudning mazkur to‘rtala vazifasi ham inson va faoliyat taraqqiyoti uyg‘unligiga xizmat qiluvchi psixologik muhofazaning qaror toptirilishiga ko‘maklashishi tabiiy. Chunki, ijtimoiy taraqqiyot omillari hamisha inson ustanovkalari kamolotiga hamohangdir. Bu hamohanglikni to‘liq his etgan holda, attityudni yanada kengroq ko‘lamda «ijtimoiy ustanovka» nomi bilan e’tirof etish qabul qilingan (V.A. Yadov, D.N. Uznadze, G.M. Andreyeva, P.N.Shixirev, Sh.A. Nadirashvili, A.G. Asmolov va boshqalar). Bu esa ijtimoiy psixologiya fani uchun muhim bo‘lgan kasb tanlash metodologiyasini nazariy–ilmiy jihatdan yanada oydinlashtirishga xizmat qiladi. Chunonchi, D.N.Uznadze kashfiyotida ustanovka ma’lum ehtiyojlar va ularni qondirish majmuasi sifatida mukammal ochib berilgan bo‘lsa,, V.A.Yadov qoidalarida «ustanovka ma’lum vaziyatlar bilan bog‘liq» o‘z-o‘zini idora qilish mezoni sifatida o‘rganildi va bu, o‘z navbatida, ijtimoiy psixologiya fani taraqqiyotiga «ijtimoiy faoliyat ierarxiyasi» degan yangi tushunchani olib kirdi. V.A.Yadov faoliyat ierarxiyasini shaxs faolligi va o‘z-o‘zini idora qilish ko‘lamining kengayishi asosida namoyon bo‘luvchi ehtiyojlarning qondirilishi bilan belgilashni tavsiya etdi va o‘z ilmiy xulosasini quyidagi darajada joylashuvi bilan asoslab berdi:

1–daraja: D.N.Uznadze talqin qilgan oddiy vaziyatlarda namoyon bo‘luvchi ehtiyojlar ustanovkasi. Yadov tuzilmasi bo‘yicha yangi quyi predmetli vaziyat sharoitidagi xarakter mazkur darajadagi joylashuvini «ustanovka» sifatida qabul qilish mumkin. Bunday daraja G‘arb tadqiqotchilarida «SET» termini bilan ma’lum va mashhur.

2-daraja: Biroz murakkab joylashuv, chunki bunda kichik guruhlarda muomala bilan bog‘liq shaxs ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyat kechinmalari kiritiladi. Bu yerda shaxs faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy obyekt talabiga nisbatan ma’lum munosabatlarning tarkib topish jarayoni yotadi. Bu esa G‘arbda qabul qilingan «uch komponentli tuzilma» - «kognitiv», «affektiv», «xulq-atvor»lardan iborat ekanligi bilan alohida ajralib turadi.

3-daraja: Ijtimoiy ustanovka manbai sifatidagi yoki ijtimoiy faollikka nisbatan shaxsni umumiy qiziqishlar yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Bunday shaxs o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan birga aniq faoliyat turiga nisbatan faollikni ham namoyon qilishi ko‘zga tashlanadi. Albatta, bunda ham ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan yuqoridagi uch komponent tizimi ishtirok etadi.

4-daraja: Eng yuqori bo‘lgan bu darajaning joylashuvi shaxsning ijtimoiy faollik tizimdagi xulq-atvori va faoliyatini ma’lum me’yorda boshqarish bilan bog‘liq. Bunda shaxs faolligi jamiyat va uning iqtisodiy, siyosiy va g‘oyaviy yo‘nalishdagi prinsiplari asosida tarkib toptiriladi.

V.A.Yadov tomonidan ishlab chiqilgan mazkur ierarxik tizim shaxs faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish bilan bog‘liq ustanovkalarning ierarxik tizimini tasavvur etishda ham ma’lum darajada asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Masalan: taqdim etilgan 1-daraja predmetga nisbatan shaxsning bevosita dastlabki harakatlarini ko‘rsatsa, 2-daraja esa shaxsning o‘z xatti-harakatlarini idora qila olishi bilan bog‘liqlikdan dalolat beradi. 3-daraja xatti-harakatlardagi vaziyatni hal qilish bilan bog‘liq kechinmalarni va nihoyat, 4-daraja esa xulq-atvorning bir butunligini yoki shaxs faoliyatining bir butunligini ifodalovchi mezon sifatida yakunlanadi.

Kasb tanlash motivatsiyasi va ustanovka uyg‘unligining metodologik asoslarini talqin qilar ekanmiz, psixologiya fanida ma’lum va mashhur D.Uznadze maktabi tadqiqotchilari tomonidan ustanovka muammosining maxsus predmet sifatida ishlab chiqilib, ilmiy xulosalar chiqarilganligini unutmasligimiz kerak.

Bir qarashda «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tushunchasi bir-biriga juda yaqin va o‘xshash. Ayniqsa, shaxs, faoliyat, yo‘nalish, tayyorgarlik, munosabat tushunchalari ikkala tushuncha uchun ham birday ahamiyat kasb etadi. qolaversa, bularni bir-biridan ajratgan holda ta’riflash ham juda mushkul. Lekin fanda aniqlik va har bir sohaning ilmiy yo‘nalishi nuqtai nazaridan, shuningdek, ustanovka muammosining umumiy psixologiyada va ijtimoiy psixologiyada tutgan o‘rni kasb tanlash motivatsiyasidagi va o‘ziga xos vazifalarini belgilash maqsadida «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tushunchalari shartli ravishda qabul qilingan. Balki bu ustanovka muammosini yanada chuqurroq, yanada mukammalroq o‘rganishga xizmat qilar.

Ustanovka muammosi ijtimoiy psixologiya fanining eng muhim obyekti ekanligini, hatto D.Uznadze tomonidan keltirilgan quyidagi ta’rifda ham ko‘rish mumkin:



  1. Ustanovka ma’lum faollik holatiga tayyorgarlik, ayni paytda, subyekt ehtiyoji va unga mos obyektiv vaziyatning yaratilishi bilan bog‘liq subyektning bir butun dinamik holatidir.

Bu o‘rinda obyektiv vaziyat bilan bog‘liq psixologik himoyalanishda shaxs faolligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarning roli va ahamiyati alohida o‘rin tutganligi ko‘rinib turibdi. Lekin D.Uznadze o‘z tadqiqotlarida shaxsning oddiy fiziologik ehtiyojlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida ustanovka qonuniyatlarini ochib beradi va ilmiy xulosalar qilish bilan kifoyalanadi. Ijtimoiy psixologiyada esa bugungi eng muhim va dolzarb muammolardan biri – shakllangan ijtimoiy ustanovkaning hayot va faoliyat mazmuniga qarab o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligini aniq dalillar misolida asoslab berishdir. Bu borada ham G‘arbda ma’lum tadqiqotlar mavjud. Binobarin, bixevioristik yo‘nalishdagi ijtimoiy psixologik oqim namoyandasi K.Xovlandning fikricha, ijtimoiy ustanovka o‘rgatish yoki ijtimoiy psixologik ta’sir yo‘li bilan o‘zgarishi mumkin. Ya’ni, insondagi turli xil ustanovkalarni o‘zgartirish uchun unga nisbatan rag‘batlantirish yoki jazolash tizimini o‘zgartirish mumkin (K.Xovland,).

  1. Kognitiv yo‘nalishdagi ijtimoiy psixologik oqim namoyandalarining (F.Xayder, T.Nyukom, L.Festinger, Ch.Osgu, P.Tannenbaum) fikricha, shaxslar orasida nizoli vaziyatlar yuzaga kelganida, ongli ravishda u yoki bu shaxs o‘z ustanovkasini o‘zgartira olishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, psixologik muhofaza omili sifatida talqin qilinishi mumkin.

Umuman, ijtimoiy ustanovka kasbiy faollik motivatsiyasining manbai sifatida ongli faoliyat, ijtimoiy mas’ullikni anglash zamirida e’tirof etiladi.

Bu esa ayni paytda shaxsning kasbiy yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Kasbiy faollik motivatsiyasi va ijtimoiy ustanovka uyg‘unligini talqin qilar ekanmiz, P.N.Shixirev tomonidan ustanovka insonning o‘z-o‘zini idora qilishida va samarali faoliyatida namoyon bo‘luvchi jarayon ekanligi va uni o‘zgartirish uchun dastavval shu jarayonni o‘rganish muhimligi borasida keltirilgani ilmiy dalillari va xulosalari hozirgi zamon ijtimoiy psixologiya fanining kasb tanlash amaliyoti bilan bog‘liq ilmiy tasavvurlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutganligini ko‘ramiz.

Shunday qilib, ijtimoiy ustanovka mezoni bo‘yicha yuqorida qayd etilgan tadqiqotlar tahlili bugungi ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos shaxs va faoliyat uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasi omillarini ishlab chiqishda va tadqiq qilishda o‘ziga xos nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan metodologik yo‘nalishlarni ochib beradi.

Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, shaxs shakllanishida muhim o‘rin tutuvchi dunyoqarash, e’tiqod, ideallar, xulq-atvor motivlari u yoki bu qadriyatlarga asoslanadi. qolaversa, qadriyatlar ijtimoiy tajriba asosida ham shakllanadi.

Ilmiy matbuotda ma’lum ikki yo‘nalish qadriyatlarning muhim jihatlarini ochib berishga xizmat qiladi.

Bular - maqsadli qadriyatlar va vositali qadriyatlardir. Zero, maqsadli qadriyatlar deyilganda keng ko‘lamli ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan va aniq hayotiy tamoyillar asosida harakat mazmunini belgilab berishga asoslangan faoliyat tushuniladi.

Vositali qadriyatlar esa shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi kasb-hunar olami, o‘quv-tarbiya sohasi, oilaviy hayot, ijtimoiy hayot, qiziqishlar olami kabi sohalarni o‘z ichiga oladi.

Umuman, qadriyatlar va kasbiy faollik motivatsiyasi o‘rtasidagi mutanosiblikning mavjudligi kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasini tushuntirish va tahlil qilish uchun ma’lum ma’noda asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. qolaversa, vositali qadriyatlar (shaxsning xulq-atvor namunalari, intilishlari) maqsadli qadriyatlarning (e’tiqod, dunyoqarash, umumhayotiy g‘oyalarning shakllanishi va hokazo) namoyon etilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

M.Rokich tomonidan taqdim etilgan maqsadli qadriyatlarga 18 ta qadriyat kiritilgan: faol hayot tarzi, hayotiy donishmandlik, sog‘liq, qiziqarli ish, tabiat va san’at go‘zalligi, sevgi, xalqning moddiy ta’minlanganligi, yaxshi va sodiq do‘stlarning borligi, ijtimoiy tan olinganlik, bilim olish, samarali hayot, rivojlanish, dam olish, erkinlik, baxtli oilaviy hayot, o‘zgalar baxti, ijodiylik, o‘z-o‘ziga ishonch. Shuningdek, vositali qadriyatlar sifatida ham 18 ta jarayon talqin etilgan. Bularga: saranjom-sarishtalik, tarbiyalanganlik, yuqori talab, hayotiy quvnoqlik, tartib-intizom, mustaqillik, o‘z va o‘zgalar kamchiligiga murosasizlik, bilimdonlik, mas’uliyatlilik, rasionallik, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘zgalar fikrini inobatga olish, qattiq iroda, sabr-bardoshlilik, keng dunyoqarash, samimiylik, mehnatsevarlik, g‘amxo‘rlik kabi xislatlar kiritilgan holda qadriyat ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Ushbu metodik ko‘rsatmalarga tayangan holda I.G.Senin (1991) tomonidan qadriyatlarni o‘rganish tizimining birmuncha takomillashgan varianti tavsiya etiladi. I.G.Senin maqsadli qadriyatlarga shartli ravishda 8 ta qadriyatni (shaxsiy istiqbol, yuqori moddiy ta’minlanganlik, ijodkorlik, faol ijtimoiy munosabatlar, o‘z ustida ishlash, yutuqlarga yo‘nalganlik, ruhiy qoniqish, o‘zlikni saqlash) va vositali qadriyatlar yo‘nalishiga esa 4 ta qadriyatni (kasb-hunar olami, o‘quv-tarbiya sohasi, oilaviy hayot, ijtimoiy hayot, qiziqishlar olami) kiritdi.

Bizningcha, ushbu qadriyat yo‘nalishlariga asoslanib olingan ma’lumotlar tahlili o‘quvchilarda kasbiy faollik ko‘rsatishga kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlarini ijtimoiy psixologik va etnopsixologik tamoyillar asosida tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish imkonini ham beradi. Chunki, har qanday qadriyat shaxsiy, kasbiy yo‘nalganlikni shakllantirishda yoxud kasb tanlashga munosabat tizimining shakllanishida u yoki bu darajada ta’sir etish doirasida shaxs ijtimoiy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin deb hisoblaymiz.






    1. Download 114,69 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish