Bitiruv malakaviy ishning maqsadi - o‘quvchilarda kasbiy faolllik motivatsiyalarini shakllantirishda o‘ziga xos yosh, hududiy va ijtimoiy psixologik xususiyatlarini o‘rganish, tadqiq qilish va tegishli ilmiy xulosalar chiqarish.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:
O‘quvchilarda kasbiy faollik motivatsiyalarini tadqiq qilish uslubini ishlab chiqish.
O‘quvchilarda kasbiy faollik motivatsiyalarini keltirib chiqaruvchi ijtimoiy psixologik omillarni o‘rganish va tadqiq qilish.
O‘quvchilarda namoyon etilgan kasb tanlashga munosabat ierarxik tizimi ko‘rsatkichlarining o‘rtacha, umumiy va qiyosiy–tipik ko‘rsatkichlari ko‘lamini tadqiq qilish va shu asosda tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: o‘quvchilarda kasbiy faollik motivatsiyalarini va ularning kasb tanlashga munosabati tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |